Authors

  • Abdunabiyeva Muhabbatoy

Author Biography

  • Abdunabiyeva Muhabbatoy

    Qoʻqon Universiteti Andijon filiali

    Filologiya va tillarni oʻqitish oʻzbek tili yoʻnalishi

    24_03 guruhi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118219

Keywords:

Alisher Navoiy ijodi xamsa jahon adabiyoti Lison ut’Tayr Muhokamat ul-lug’atayn ma’naviyat insonparvarlik shoir va mutafakkir.

Abstract

Ushbu maqolada jahon adabiyoti va madaniyatining buyuk namoyondasi Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida batafsil ma’lumot berilgan. Unda shoirning asarlari, ularning mazmuni, tarixiy va madaniy ahamiyati, hamda Navoiy ijodining hozirgi zamondagi o’rni yoritilgan. Maqola yosh avlodni ma’naviyatga chorlovchi adabiy merosimizga bo’lgan qiziqishni oshiruvchi ilmiy-tarixiy manba sifatida xizmat qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

171

ALISHER NAVOIY

Qoʻqon Universiteti Andijon filiali

Filologiya va tillarni oʻqitish oʻzbek tili yoʻnalishi

24_03 guruhi talabasi Abdunabiyeva Muhabbatoy

+998975820629

@muhabbatoyabunabiyeva.gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada jahon adabiyoti va madaniyatining buyuk

namoyondasi Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida batafsil ma’lumot

berilgan. Unda shoirning asarlari, ularning mazmuni, tarixiy va madaniy ahamiyati,

hamda Navoiy ijodining hozirgi zamondagi o’rni yoritilgan. Maqola yosh avlodni

ma’naviyatga chorlovchi adabiy merosimizga bo’lgan qiziqishni oshiruvchi ilmiy-

tarixiy manba sifatida xizmat qiladi.

Kalit so’zlar: Alisher Navoiy, ijodi, xamsa, jahon adabiyoti, Lison ut’Tayr,

Muhokamat ul-lug’atayn, ma’naviyat, insonparvarlik, shoir va mutafakkir.

Annotatsion: This article provides detailed information about the life and

creative activity of Alisher Navoiy a great representative of world literature and

culture. It covers the poet’s works, their content, historical and cultural significance

and the relevance of Navoi’s heritage in the present day. The article serves as a

scientific and historical source that encourages the younger generation to appreciate

our literary heritage and contributes to their spiritual growth.

Key words: Alisher Navoi, creativity, ghazals, world literature, Lison ut-

Tayr, Muhokamat ul-lug’atayn, spirituality, humanity, poet, thinker

KIRISH

Navoiy hayoti va ijodi

Alisher Navoiy (1441-1501)-buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To’liq

ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy taxallusi ostida chig’atoy (eski o’zbek tili)

hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G’arbda chig’atoy adabiyoti

hisoblanmish o’zbek hamda jahon adabiyotining eng yirik namoyondasi. Bolalikdayoq


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

172

Farididdin Attorning Mantiq ut-Tayr’asarini yod olgan. Mavlono Lutfiy yosh shoir

iste’dodiga yuqori baho bergan. Yana asarlariga e’tibor qaratsak, ‘’Muhokamat

ul’Lug’atayn (‘’ikki til muhokamasi’’, 1469) –Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid

asarlaridan biri. Navoiy ‘’ikki til muhokamasi ‘’ asarida o’sha davrining qudratini,

o’sha zamonning adabiy tillari qatoridan o’rin olishga qodir va haqli ekanligini ilmiy

tomondan isbotladi. Yana bir asari Lison ut’Tayr (arab. –’’Qush tili’’) –Alisher

Navoiyning dostoni 1498-99-yillarda fors shoiri Farididdin Attorning ‘’Mantiq ut-

Tayr’’ asari ta’sirida yozilgan. Bundan tashqari Navoiy 1480-yil Hirot shahrida va

boshqa viloyatlarda o’z hisobidan bir necha madrasa, 17 ta masjid, 10ta so’fiylar turar

joyi va boshqalarni qurdiradi.

Navoiyning jahon adabiyotida tutgan o’rni

Alisher Navoiy nafaqat o’zbek, balki fors-tojik va turkiy adabiyotlarining ham

yirik naomoyondasi hisoblanadi. Uning turkiy tilda yozilgan asarlari ayniqsa muhim

bo’lib, bu tilning adabiy imkoniyatlarini kengaytirdi va uni fors tilidagi adabiyot bilan

tenglashtirdi. Navoiy shuningdek, fors tilidagi she’riyatni o’z turkiy tilidagi asarlari

bilan boyitib, uni yanada nafislashtirdi.

Navoiyning mashhur xamsasi

Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Besh dostonining hajmi 60 000 ga yaqin

misrani tashkil etadi. 1483-1485-yillar davomida Navoiy o’z ichiga besh dostonni

olgan Xamsa’ asarini yaratgan. Hayrat ul-Abror’ (yaxshi kishilarning hayratlanishi),

Farhod va Shirin’, Layli va Majnun’, Sabbayi Sayyor’ (Yetti sayyora), Saddi

Iskandariy’ (Iskandar devori). Navoiy Xamsa’sining yaratilishi XV asarda Xuroson eli

uchun favqulodda shodumonlik va saodat sifatida qabul qilindi. Abdurahmon Jomiy

va Husayn Boyqaroning hayrat va yuksak e’tiofi ushbu haqiqatga dalildir.

Navoiy g’azallarini ma’nosi va mazmuni

G’azal haqida ma’lumot bersam, g’azal (arabcha: oshiqona so’z, ishq izhor

etish, ayollarni madh etish)’Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr ‘’G’azal’’

atamasi dastlab VIII-IX asarlarda arab she’riyatida paydo bo’lgan.

Hayotim bodasidin sargaoronmen asru, ey soqiy,

Qadahqa zahr qotil quy, dog’i daf’ et xumorimni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

173

Ya’ni hayot bodasi ichib boshim og’irdur, ey soqiy, qadahga zahar quyib

bergin-da mening boshim og’rig’ini daf et. Chunki bu dunyoda o’lmay turib tinchimak

mumkin emas, shu bois meni dardlardan ozod qilmoqchi bo’lsangiz, boru yo’g’imni

yoqing.

Xulosa

Alisher Navoiy o’zining betakror ijodi va falsafasi bilan faqat o’zbek

adabiyotiga emas, balki butun jahon adabiyotiga ulkan hissa qo’shgan. Uning asarlari

nafaqat o’z davrining ijtimoiy va madaniy hayotini aks ettiradi, balki insoniyatning

ma’naviy, axloqiy va ruhiy qadriyatlariga ham boylik kiritadi. Navoiy nafaqat o’zining

zamondoshlari, balki keyingi avlodlar uchun ham buyuk bir adabiy meros qoldirdi va

uning ta’siri jahon adabiyotida davom etmoqda.

Navoiy’bu jahon adabiyotining yirik namoyondasi bo’lib, uning ijodi har doim

yuksak qadrlanadi va u dunyo miqyosida e’tirof etilgan adabiyotshunoslarning

diqqatini o’ziga jalb qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. QODIROV A. (2025). BADIIY ASAR TAHLILI VA DIN INTEGRATSIYASI:

(Alisher Navoiy ijodi)

2. Qodirov A. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM

KATEGORIYASI SIFATIDA. Universit)

Research Base, 857-860

3. Abdulazizbek, Q. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM

KATEGORIYASI SIFATIDA. Talqir

va taqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2(42), 144-149

4. Qodirov, A. Inomjonova, M. & Olimova, X. (2025). ADABIYOTSHUNOSLIKDA

BADIIY ASAR TILI VA

BADIIY NUTQ USLUBI. Hayka n texhonorns b cobpemehhom mup, 4(5), 36-38

5. O’G’LI, Q. A. L. (2023). ADABIYOTSHUNOS USLUBI HAQIDA (DILMUROD

QURONOV IJOD

MISOLIDA). World of Philology, 2(2), 144-149

6. Kobilova, Z. (2022). Amiriy and fazliy. Asian Journal of


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

174

Multidim haensional Research, 10(9), 271-276

7. Kobilova, Z . ( 2022). Image of a Drinker and a Hermit in the Amir Al

Gʻazali