Authors

  • Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi

Author Biography

  • Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti

    Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishi

    2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118235

Keywords:

ustoz–shogird tizimi tasviriy san’at ijodiy faoliyat pedagogik tayyorgarlik amaliy mashg‘ulotlar “O‘rgatib–o‘rganamiz” loyihasi Akvarel maktabi kasbiy kompetensiyalar innovatsion yondashuvlar.

Abstract

Ushbu maqolada Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi tomonidan joriy etilgan “ustoz–shogird” tizimi hamda “O‘rgatib–o‘rganamiz” loyihasi asosida talabalarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash tajribasi yoritilgan. Ayniqsa, “Akvarel maktabi” to‘garagi misolida ijod, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Maqolada ushbu yondashuvning ahamiyati, afzalliklari hamda istiqboldagi takliflar ilmiy asosda tahlil qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

78

“USTOZ–SHOGIRD” AN’ANASI ASOSIDA TASVIRIY SAN’AT

YO‘NALISHIDA IJODIY VA KASBIY FAOLIYATNI

RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI

Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishi

2-bosqich talabasi

Annotasiya:

Ushbu maqolada Chirchiq davlat pedagogika universiteti

San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi tomonidan joriy

etilgan “ustoz–shogird” tizimi hamda “O‘rgatib–o‘rganamiz” loyihasi asosida

talabalarni kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorlash tajribasi yoritilgan. Ayniqsa, “Akvarel

maktabi” to‘garagi misolida ijod, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Maqolada ushbu yondashuvning ahamiyati,

afzalliklari hamda istiqboldagi takliflar ilmiy asosda tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar: ustoz–shogird tizimi, tasviriy san’at, ijodiy faoliyat, pedagogik

tayyorgarlik, amaliy mashg‘ulotlar, “O‘rgatib–o‘rganamiz” loyihasi, Akvarel

maktabi, kasbiy kompetensiyalar, innovatsion yondashuvlar.

Zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy-ijodiy salohiyatini

rivojlantirish, ularni amaliyotga tayyorlash va mustaqil fikrlovchi mutaxassis sifatida

shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Ayniqsa, tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil

olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar orqali

mustahkamlash, ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirish va kasbiy faoliyatga bo‘lgan

masʼuliyat hissini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Sanʼatshunoslik fakulteti “Tasviriy

sanʼat va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabalari “Tasviriy sanʼat va dizayn”

kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu

jarayonda “ustoz–shogird” anʼanasi asosida talaba-talabaga ustoz, talaba-talabaga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

79

shogird tamoyili samarali qo‘llanilmoqda. Ushbu tizim orqali kafedra talabalari

sezilarli yutuqlarga erishmoqdalar. Xususan, kafedra huzurida faoliyat yuritayotgan

turli to‘garaklar doirasida talabalar muntazam ijodiy mashg‘ulotlar olib borib, amaliy

natijalarga erishmoqda.

2023–2024-o‘quv yili uchun qabul qilingan 23/1 va 23/2-guruh talabalari ham

ustoz-shogird tizimi asosida ilmiy va ijodiy faoliyatni amalga oshirib kelmoqdalar. Bu

esa talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi, deyish mumkin. Talabalarning

ijodiy ishlari turli ko‘rgazmalarda namoyish etilib, o‘z o‘rnini topdi. Ularning ilmiy

maqolalari va tezislari xalqaro jurnallarda chop etildi, shuningdek, turli festival va

tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.

Mazkur yondashuvning samarasi sifatida, ustoz va shogirdlar hamkorligida

“o‘rgatib-o‘rganamiz” loyihasi doirasida “Akvarel maktabi” tashkil etildi. Ushbu

tashabbus fakultet hayotida muhim yangilik va yutuqlardan biri bo‘ldi.

“O‘rgatib–o‘rganamiz” loyihasi uch asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:

Loyihaning bosh maqsadi — tasviriy sanʼat yo‘nalishida tahsil olayotgan

talabalarni pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini jadallashtirishdan iborat.

Shuningdek, “o‘qituvchi–talaba–o‘quvchi” o‘zaro ta’sir tizimini shakllantirish va

uning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali mexanizmlarni ishlab

chiqish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish ko‘zda tutiladi. Talabalarda nazariy

bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbiy faoliyat

mohiyati va uning masʼuliyati to‘g‘risida chuqur tasavvur hosil qilish orqali ularni

mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish ushbu loyihaning ustuvor yo‘nalishlaridan

hisoblanadi.

Vazifalari:

- Tasviriy sanʼat taʼlimida mavjud bo‘lgan muammolarni aniqlash, tahlil qilish

va ularni ilmiy asosda tasniflash bo‘yicha talabalarni o‘rgatish;

- Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish;

- Talabalarning tashabbusi bilan turli to‘garaklar va kichik guruhli

“minito‘garaklar”ni tashkil etish;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

80

- O‘quvchilarning ijodiy ishlari asosida ko‘rgazmalar uyushtirish va ularni

muntazam ravishda tashkil etish.

Kutilayotgan natijalar: Loyiha natijasida talabalar ijodiy ko‘nikmalarni egallab,

kasbiy faoliyatga tezroq tayyorlanadilar. Ularning mustaqil va ijodiy fikrlash salohiyati

oshadi. “Ustoz–shogird” tizimini joriy etish orqali “o‘quvchi–talaba–o‘qituvchi”

o‘rtasida samarali teskari aloqa yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa turli vaziyatlarga moslasha

oladigan, kasbiy faoliyatda muhim bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga

xizmat qiladi. Natijada, talabalar pedagogik faoliyatga oid asosiy kompetensiyalarni

o‘zlashtiradi, ularning axloqiy fazilatlari va kasbiy xulq-atvori bosqichma-bosqich

rivojlanadi.

“O‘rgatib–o‘rganamiz” loyihasining asosiy afzalliklaridan biri — unda ilgari

surilayotgan yondashuvlarning integrativ xususiyatga ega ekani bilan izohlanadi.

Loyihada “ustoz–shogird” tamoyili asosidagi an’anaviy ta’lim usullari zamonaviy

innovatsion texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan. Bu yondashuv nafaqat o‘quv

jarayonining samaradorligini oshiradi, balki talabalarning individual qobiliyatlarini

ochib berish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ichki motivatsiyasini shakllantirishga

xizmat qiladi.

Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan mashg‘ulotlar nazariy bilimlar, amaliy

mahorat, kasbiy kompetensiyalar va shaxsiy rivojlanishni bir butun holda ko‘zda

tutadi. Xususan, to‘garaklar va “minito‘garaklar” faoliyati davomida talabalar o‘z

ustozlari rahbarligida muayyan mavzularda ilmiy-tadqiqot olib boradilar, amaliy ijodiy

ishlarni bajaradilar va o‘zaro tajriba almashadilar.

Shu bilan birga, loyihada “talaba-talabaga ustoz” modeli ham keng tatbiq

etilmoqda. Bu model o‘quvchilarga yaqin yoshdagi talabalar tomonidan o‘rgatilishiga

asoslanadi. Bunday yondashuv orqali o‘quvchilarda bilimlarni qabul qilishga bo‘lgan

ishtiyoq va ishonch hissi kuchayadi. Talabalar esa pedagogik faoliyatga tayyorgarlik

bosqichida real amaliy tajriba orttiradilar.

Kasbiy faoliyatga tayyorlovning psixopedagogik jihatlari.

Loyihaning metodologik asoslari orasida talabalarning mustaqil fikrlash

qobiliyatini shakllantirish, kasbiy masʼuliyat hissini chuqurlashtirish, hamda ijodiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

81

yondashuvni rag‘batlantirish muhim o‘rin tutadi. Bu jarayonlarda quyidagi

psixopedagogik yondashuvlar asosiy omil sifatida ko‘zga tashlanadi:

Refleksiv o‘rganish

: Talabalar o‘z faoliyatini tahlil qilish, baholash va xulosa

chiqarish orqali o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rganadilar.

Kooperativ ta’lim

: Guruhli ishlarda o‘zaro yordam, fikr almashish va

hamkorlik asosida kasbiy-ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanadi.

Ijodiy yondashuv

: San’at sohasidagi faoliyatda muhim ahamiyatga ega

bo‘lgan innovatsion tafakkur, yangicha yechim topish, vizual tasvir orqali fikr bildirish

talabalarning yetakchi kompetensiyalaridan biriga aylanadi.

Loyihaning ijtimoiy va iqtisodiy natijalari.

Loyiha doirasida yo‘lga qo‘yilgan “Akvarel maktabi” nafaqat ta’limiy va

estetik maqsadga xizmat qilmoqda, balki amaliy-iqtisodiy jihatdan ham talabalar

uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Talabalar tomonidan yaratilgan ijodiy

asarlarning fakultetga tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik sifatida taqdim etilishi,

shuningdek, ularni ko‘paytirish va ishlab chiqarish orqali iqtisodiy faoliyatga

yo‘naltirish — ta’lim bilan ishlab chiqarish integratsiyasining real namunasi

hisoblanadi.

Ushbu yondashuv talabalarda nafaqat ijodiy va pedagogik ko‘nikmalarni, balki

tadbirkorlik madaniyatini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida,

ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlaydi.

Talabalar tomonidan tashkil etilgan akvarel maktabi ustozlar koʻmagi asosida

boshqa talabalarga oʻrgatiladi. Ushbu toʻgarak faoliyati davomida talabalar oʻz

tengdoshlari bilan birgalikda ijodiy asarlar yaratishni oʻrganadi hamda fakultetga

tashrif buyurgan mehmonlarga estalik tariqasida sovgʻa qilishadilar. Keyinchalik esa

ishlab chiqarish orqali koʻplab universitetlar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyiladi.

Buning natijasida talabalar ijodiy qobiliyatini oshiribgina qolmay moddiy taraflama

ham oʻzlarini ragʻbatlantirib borishadi. Bunday imkoniyatlar nafaqat akvarel maktabi

aʼzolarida balki kafedra tomonidan tashkil etilgan barcha toʻgaraklarda mavjuddir.

Xulosa.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

82

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, Chirchiq davlat pedagogika universiteti

San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi tashabbusi bilan yo‘lga

qo‘yilgan “ustoz–shogird” tizimi va “O‘rgatib–o‘rganamiz” loyihasi zamonaviy

ta’limning dolzarb masalalariga amaliy yechim taklif etuvchi samarali tashabbus

sifatida e’tirof etilishi mumkin. Mazkur loyiha orqali talabalar nafaqat kasbiy-ijodiy

faoliyatga tayyorlanmoqda, balki pedagogik mahorat, ijodiy tafakkur, mustaqil fikrlash

va mehnatga bo‘lgan mas’uliyat hissini chuqur o‘zlashtirmoqdalar.

Talabalar o‘rtasida ilg‘or tajriba almashinuvi, kichik guruhlarda ishlash, amaliy

mashg‘ulotlar orqali o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash va real sharoitda sinab

ko‘rish imkoniyatining yaratilishi ularning kasbiy shakllanishiga katta ta’sir

ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, “Akvarel maktabi” misolida ko‘rilgan natijalar — ta’lim, ijod

va ishlab chiqarish integratsiyasining ijobiy tajribasi sifatida qaralishi mumkin.

Takliflar.

1.

Ustoz–shogird tizimini kengaytirish

: Ushbu tizimning samaradorligini

inobatga olgan holda, boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham analog loyihalarni yo‘lga

qo‘yish tavsiya etiladi.

2.

Loyihaning raqamlashtirilgan formatini ishlab chiqish

: “O‘rgatib–

o‘rganamiz” loyihasining metodik va amaliy materiallari raqamli platformalar orqali

keng auditoriyaga taqdim etilishi lozim. Bu esa tajribaning boshqa hududlarga

tarqalishiga xizmat qiladi.

3.

Ijodiy asarlarni tijoratlashtirish

: Talabalar tomonidan yaratilgan

mahsulotlarni savdo maydonlariga olib chiqish, onlayn ko‘rgazmalar tashkil etish

orqali ularni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadga

muvofiq.

4.

Kafedrada ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish

: Talabalar

ishtirokidagi ilmiy izlanishlar, maqolalar, tadqiqotlar yagona platformada to‘plansa,

kafedra ilmiy salohiyati va innovatsion faolligi yanada ortadi.

5.

Pedagogik amaliyotlar integratsiyasini kuchaytirish

: Loyiha doirasida

ishlab chiqilgan model maktabgacha va umumta’lim muassasalaridagi amaliyot

dasturlariga tatbiq etilishi orqali ko‘lam kengaytirilishi lozim.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

83

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Бердиев, Д. (2023). Кластер ёндашувига асосланган ўқитувчиликнинг

талабаларни касбий фаолиятга тайёрлашдаги аҳамияти.

International scientific

and practical conference on the Topic: “Priority Areas for Ensuring the Continuity of

Fine Art Education: Problems and solutions”

,

1

(01).

2.

Бердиев, Д. А. (2023). Кластер ҳамкорлигида ташкил этилган тасвирий

саньат тўгаракларнинг таьлим-тарбия соҳасидаги аҳамияти.

Innovative

developments and research in education

,

2

, 15.

3.

Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi. (2024). Akvarelda maktab o‘quvchilariga

manzara ishlashni o‘rgatish. IQRO INDEXING, 13(01), 68-71.

4.

Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi. (2025). Artistic expression capabilities of

watercolor.

Web of Teachers: Inderscience Research

,

3

(4), 24–26.