MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
383
YANGILANAYOTGAN O’ZBEKISTON: MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY
YUKSALISH SARI QO’YILGAN QADAMLAR
Mavzusidagi ilmiy-maqola.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
OLTIARIQ SANOAT VA TEXNOLOGIYALAR TEXNIKUMI
Fargʻona – 2025
O’rinboyeva Sevaraxon Komilovna
Oltiariq Sanoat va texnalogiyalar texnikumi (Fargʻona viloyati, Oltiariq
tumani)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
384
Annotatsiya. Mazkur maqolada O`zbekistonning tarixiy davrlarda bosib
o`tgan yo`llari, xalqimizning shonli o`tmishi va buguni to`grisida alohida to`xtalib
o`tilgan.
Kalit so`z: milliy tilanish, milliy g`oya, qadryatlar, globallashuv, ilmiy-nazariy,
amaliy-konstruktiv, daxildorlik, rennesans, mutafakirlar, ilm-fan.
Kirish.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi
va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan 0‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar
strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy
natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng
muhimi, xalqimizning ong-u tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga
tashlanmoqda. Shu ma’noda, Harakatlar strategiyasi 0‘zbekistonni tez sur’atlar bilan
o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-
konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, taraqqiyotning yangi davri uchun
mo‘ljallangan muhim dasturiamaldir desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Bu keng ko'lamli,
noyob hujjat davlatimizning barcha sohalarida yangicha yondashuv va mezonlarni
joriy etish, aholining barcha qatlamlari o‘rtasida tashabbuskorlik, tadbirkorlik, el-u
yurtimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyat va daxldorlik tuyg‘usini oshirish, aniq
tizim asosidagi samarali faoliyat tartibini joriy etishda tobora hal qiluvchi ahamiyat
kasb etib borayotganini hozirgi kunda yurtimizda va xorijdagi nufuzli ekspert va
tahlilchilar, jahon siyosat maydonida katta o‘rin tutadigan atoqli davlat va siyosat
arboblari keng e’tirof etishmoqda.
Bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan globallashuv jarayonlari hech bir
mamlakatni chetda qoldirmayapti. Insoniyat o`zgacha bir muhit, o`zgacha sharoit va
o`zgacha bir zamonda yashamoqda. Bu davrda turli xil xavf hatarlar va tahdidlar
kuchayib bormoqda. Bu kabi vaziyatlarda uzoq davr mobaynida turli xil sinovlardan
o`tgan, qancha zamonlarning mashaqatlarida toblanib borgan va pishkan har qanday
millat va xalq birligi, hamjihatligini oshirish xalqning manfaatlari uchun xizmat qiladi.
Bir necha ming yillik tarixga ega bo`lgan xalqimiz o`zining boy moddiy va nomoddiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
385
merosi, ko`xna tarixi bilan dunyoga tanilgan. O`zining buyuk mutafakirlari, shoirlari,
faylasuflari va ilm-fanga xissa qo`shgan olim-u fuzalolarini yetishtirgan xalq sifatida
dunyoga tanilgan. Bizning yurtimiz qadimiy svilizatsi o`choqlaridan biri sifatida
dunyoga tanilgan.
Xalqimiz uch buyuk renessans davirlarini o`z boshidan o`tqazdi. Milodiy IX-
XII asrlarda birinchi renessans, XIV-XVI aslarda ikkinchi renessans, XXI asr 20-
yillaridan uchinchi renessans davrlarini shahdam qadamlar bilan bosib o`tti. O`z
sohasining buyuk namoyondalari, o`zlarining necha asirlik say harakatlari va
mehnatlari bilan jahon ilm-fan va madaniyatiga ulkan hissalarini qo`shdi. Abu Ali Ibn
Sino, Abu Rayxon Beruniy, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Al-Farg`oniy, Mirzo
Ulug`bek, Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy kabi bir qancha alloma,
faylsuf va o`z sohasining yetuk mutafakkirlari o`zlarining oltinga teng qimmatbaho
ilimlari bilan o`zbek diyorini dunyo yuzining ko`rkiga aylantirdi. Buyuk mutafakkirlar
nafaqat ilimga madaniyat, marifat va manaviyatga hattoki islom dinini ravnaqiga
beqiyos xissa qo`shishgan. Buyuk mutafakkirlar tomonidan yaratilgan qiymati oltinga
teng asarlar jahon xalqari madaniyati va ma`naviyati ravnaqiga ulkan xissa qo`shdi.
Hattoki Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari XIX asr boshlariga qadar yevropa
meditsina oliygohlarida asosiy o`quv qo`llanma sifatida foydalanildi. Alisher
Navoiyning Xamsa dostoni dunyoning oltmish to`rt tiliga tarjima qilindi. Xalqimiz
tomonidan yaratilgan ma`naviy va madaniy meroslari dunyo xalqlari tomonidan
yuksak e`tirofga sazovor bo`ldi. Hayot yo`llari bir tekkis bo`lmagani kabi o`zbek
xalqining tarixiy taraqqiyot davrida moddiy va manaviy madaniyati bir tekisda
rivojlangan emas. Bunda biz uyg`onish, yuksalish bilan bir qatirda turli noqulayliklar
va turg`unlik holatlarini ham kuzatishimiz mumkin.
Markaziy Osiyo xalqlari necha ming asrlar davomoda forslar, mog`ullar,
xunlar, arablar , dashti qipchoq va rus xalqi tomonidan talon toroj qilindi shunday
vaziyatlarda ham o`zbek xalqi o`zligini, dinini, urf odatlarini, madaniyatini yo`qotmadi
aksincha qattiyat bilan kurashdi va mustaqillikka erishdi.[1]
Yerlarimizni bosib olish uchun kelgan bosqinchilar qaysi millatga mansub
bo`lmasin ularning maqsadi faqat bitta, boylik ortirish. Bu maqsad yo`lida tub yerli
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
386
ahilini madaniyatini, urf odatlarini, tilini, dinini va o`zligini toptab o`z madaniyatlarini
olib kirishga urinishdi. Xalqimiz o`zligini yo`qotishga urinish holatlari juda ko`p
uchradi. Mo`gular istilosi davrida shunday manfur ishlar amalga oshirildiki, butun bir
shaharlar olov ichida qoldi, madaniy obidalar vayron qilib tashlandi, xalqning
manaviyatini uyg`otishga urinadigan har qanday adabiyotlar yo`q qilindi.
Chor Rassiyasi tomonidan O`rta Osiyoga kirib kelishi bu xalqlarning
madaniyati, manaviyati va iqtisodiyoti rivojlanishida orqada qolishiga olib keldi.
Sovet davrida xalqimizning ma`naviy, madaniy hayoti komunistik mafkura iskanjasiga
solindi. O`zbek xalqining milliy, ma`naviy qadryatlar, urf-odatlar oyoqosti qilindi,
o`zbek tili ikkinchi darajali tilga aylantirildi. Millatning eng ilg`or namoyondalari,
ziyolilar qatig`on qilindi.
Mustabit tuzumning zulmiga qaramasdan, o`lkamizda ijobiy, bunyodkorlik
ishlari ham bo`ldi. Xalqimizning fidokorona mehnati bilan ko`plab shaharlar bunyod
etildi, zavod va fabrikalar qurildi, millionlab gektar yangi yerlar o`zlashtirildi.
Maktablar, oliy va o`rta o`quv yurtlari ochildi, madaniy-ma`naviy muassasalar barpo
qilindi, ilm-fan, adabiyot va san`at sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Bu davrni
xalqimiz hayotidan o`chirib bo`lmaydi . O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov
ta`kidlaganidek: “Bu yillar tarixi – bu bizning tariximiz, xalq tarixidir. Tarixdan voz
kechib bo`lmaydi”. [2]
O`zbekiston xalqi XX asrning so`ngi o`n yilligi boshlarida sovet tuzumiga
qaramlikdan ozod bo`lib, o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini qo`lga kiritdi. 1991-yil
31-avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi
sessiyasida O`zbekistonning davlat mustaqilligini e`lon qildi. Xalqimizning asriy
orzusi ro`yobga chiqib, siyosiy mutely va zug`umdan qutildi. Dunyo xaritasida yana
bitta mustaqil davlat – O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda huquqiy-demokratik davlat qurish,
fuqarolik jamiyatini shakllantirish, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o`tish
maqsadida keng qamrovli demokratik islohatlar amalga oshirildi. Qo`lga kiritilgan
yutuqlarimizga Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan
taraqqiyotning “o`zbek modeli” asos bo`lib xizmat qildi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
387
Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz O`zbekiston jahon hamjamiyatiga
qo`shildi. Dunyodagi yirik, rivojlangan mamlakatlar bilan siyosiy diplomatik,
iqtisodiy, madaniy aloqalar o`rnatildi, o`zaro manfaatli aloqalar toboro kengayib
bormoqda. O`zbekiston xalqaro muammolarni hal etishdagi qat`iy siyosati va amaliy
faoliyati bilan xalqaro maydonda obro`-e`tibor qozondI. O`zbekiston jahon
hamjamiyatida munosib o`rin egallagan, o`zining mustaqil ovoziga ega bo`lgan davlat
darajasiga ko`tarildi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko`lamli
islohotlar milliy davlatchilik va suvevenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-
tartibotni, davlatimiz chegaralari daxilsizligini, jamiyat qonun ustuvorligini, inson
huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik muhitini taminlash
uchun muhim poydevor bo`ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi,
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro`yobga chiqarish zarur shart-sharoitlar
yaratdi. Iqtisodiy ma`muriy-buyuruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo
voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kridit
siyosati puxta o`ylab olib borilgani makro iqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning
yuqori sur`atlar bilan o`sishini, inflatsiyani pragnoz ko`rsatkichlari darajasida saqlab
qolishni ta`minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini
rivojlanish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlar va
bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi
o`zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy
tiklanishdan –milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g`oyaning ahamiyati toboro
ortib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 26-martdagi
“Ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini tubdan takkomillshtirish to`g`risida”gi PQ-5040-
son qarorida bir qator vazifalar belgilab qo`yilgan jumladan ezgulik va insonparvarlik
tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy tiklanish sari g`oyasini keng
targ`ib qilish orqali jamiyatda so`glom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy
harakatga aylantirishdir. [3]
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
388
Milliy qadryatlar umuminsoniy qadryatlar bilan qancha uyg`unlashgan bo`lsa,
ularning taraqqiy etishiga shu qadar keng imkoniyat ochiladi. Bu hayotiy haqiqatdir.
Muxtasar qilib aytganda, milliy tiklanish millat taraqqiyoti tarixining birinchi
bosqichida ma`lum bir obektiv va subektiv sabablar oqibatida boy berilgan salohiyatni
qayta millat taraqqiyotiga yo`naltirish bilan bog`liq jarayondir. Hayotimizning barcha
sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohatlarimizning samaradorligi,
avvalo, xalq ma`naviyatining yuksalishi, boy tarixiy merosimizning chuqur
o`rganilishi va tadqiq etilishi, fan va ta`lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining
o`zgarishi va yuksalishi bilan bog`liqdir. Tafakkurning o`zgarishi va yuksalishi o`z
navbatida milliy g`oyaning xalqimiz ongi va qalbidan qanchalik chuqur joy
olayotganligi bilan o`lchanadi.[4]
Butun insoniyat kabi jahondagi har bir xalq va millat ham o`zining taraqqiyoti
tongiga qarab intiladi. Tabiyatning buyuk hodisasi bo`lgan quyoshning xar erta saharda
olamga yuz ko`rsatishi qanchalik go`zal va jozibali bo`lsa, dunyodagi xalqlar va
davlatlar rivojida yangi tonglarning boshlanishi ham shu qadar fayizli va tarovatlidir.
Hozirgi kunda bizning xalqimiz hayotida ham yangi tong otmoqda. Bu – yangi
taraqqiyot yuksalish tongidir. El –yurtimiz dunyodagi eng rivojlangan davlatlarga xos
hayot darajasiga erishish, yangi jamiyat qurishdek ulug`vor maqsadlar bilan
yashamoqda. Mamlakatimizning zamonaviy va jozibador qiyofasini yaratish, Yangi
O`zbekistonni barpo etish vatandoshlarimizning asosiy maqsad-muddaosiga aylandi.
Yangi O`zbekiston tushunchasida mujassam bo`lgan xalq orzusi tarixiy
taraqqiyotniong barcha davrlarida millatning yetuk vakillarini uni ro`yobga chiqarish
yo`lida amaliy harakatlarga undab keldi.
Biz orzu qilgan va qat`iy intilayotgan Yangi O`zbekiston g`oyasi, avvalo,
xalqimiz o`z milliy taraqqiyotning yangi davrlariga qadam qo`yganini, jahon
hamjamiyatidan munosib o`rin egallagani, bu borada oldimizda ko`plab imkoniyatlar
paydo bo`layotganini anglatadigan tushunchadir.
Yangi O`zbekiston – vatanimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, erkinlik
va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va farovonlik yo`lining yuqori bosqichidir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
389
1-
rasm. ”Yangi O`zbekiston monumenti”.
Yangi O`zbekiston –bu “Xalq manfaati hamma narsadan ulug`”, degan ezgu
g`oya amaliy ishlar o`z tasdig`ni topayotgan mamlakatdir. Yangi - yangi uy joylar,
zamonaviy korxonalar, ilm-fan, talim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, obod
qishloq va shaxarlar yurtimiz chiroyiga chiroy qo`shayotgan tarixiy bir davirdir.
O`zbekistonda so`ngi yillar davomida Harakatlar strategiyasi va uning
mantiqiy davomi sanlmish Taraqqiyot strategiyasi doirasida, rivojlangan davlatlar kabi
uzluksiz ta`lim tizimini muntazam takomillashtirib borish, sifatli ta`lim tarbiya berish
malakali kadrlarni tayyorlash bo`yicha sezilarli islohatlar amalga oshirildi.
Ushbu islohatlar uchun davlat budjetidan so`ngo 6 yilda 4,3 baravarga oshirildi,
maktabgacha ta`lim tashkilotlari soni 2016-yilga 5 211 tadan 2021-yilga kelib 19 316
taga, maktablar soni 9 719 tadan 12 289 taga yetqazildi, 11 yillik majburiy ta`lim qayta
tiklandi yani majburiy ihtiyoriy qilib belgilanib qo`yildi, maktab o`qituvchilarining ish
yuklanmasi yengillashtirildi, majburiy mehnatga chek qo`yildi. Oliy talim
muassasalari soni 2022-yilda 156 tani tashkil qilgan bo`lsa bugungi kunga kelib
ularning soni 212 taga ko`paydi, ulardan 112 tasi davlat, 70 tasi xususiy Oliy Talim
Muassasalaridir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
390
O`zbekiston ta`lim tizimi dunyo miqiyosida katta qiziqish uyg`otmoqda.
Ko`pgina mamlakatlar tomonidan ham O`zbekistonda yaratilayotgan ta`lim tizimi
“Ta`limning o`zbek modeli” deb e`tirof etildi.
Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim
vositasidir. Shu boisdan ham mustaqil O`zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini
eng muhim va dolzarb soha sifatida rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda.
Qaysiki millatda maorif va madaniyat rivojlansa shu xalq yuksaladi va yuksak
marralarni qo`lga kiritadi. Shunday ekan ta`lim sohasini rivojlanishi Yangi
O`zbekiston uchun qo`yigan yana bir ulkan qadamdir.
Takror va takror aytishga to`g`ri keladi: Yangi O`zbekiston tasodifiy hodisa,
shunchaki dunyoga keladigan va o`tkinchi bir ijtimoiy hodisa emas. Bugungi
kungankelib, ushbu tushuncha jamiyatimiz hayoti, xalqimiz qalbi va ongidan chuqur
joy olib islohatlar jarayoniga katta tasir ko`rsatmoqda. Shu munosabati bilan insoniyat
tarixi va xalqlar taraqqiyotiga xos bir qonuniyatni esdan chiqarmasligimiz lozim.
Yangi O`zbekistonni bunyod etishda xalq birdamligi muhimdir. Xalq birlashsa
biz albatta o`z maqsadlarimizga erishamiz va Yngi O`zbekistonni bunyod etamiz.
Davr - o`tadi, odamlar – qoladi. [5]
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI:
1.htt://cyberleninka.ru
2.Usmonov Q., Sodiqov M. O`zbekiston tarixi (1917-1991-yillar): Akademik litseyva
kasb hunar kollejlari 1-bosqich o`quvchilari uchun darslik. T.: “Sharq”, 2013
4.Qamariddin U. O`zbekiston tarixi. Akademik litsey va kasb - hunar kollejlarining 2-
kurs talabalari uchun darslik. “O`qituvchi” Nashiriyot-Matbaa ijodiy uyi Toshkent –
2008.
5.Shavkat
Mirziyoyev.
Yangi
O`zbekiston
–
Taraqqiyot
Strategiyasi.
“O`ZBEKISTON” Toshkent – 2022.