Authors

  • Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna
  • Sattorova Yoqutxon Yax'yo qizi
  • Abdullayeva Diyora Xabibulla qizi

Author Biographies

  • Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna

    PhD., dotsent

  • Sattorova Yoqutxon Yax'yo qizi

    Toshkent davlat transport universiteti, talabalar.

  • Abdullayeva Diyora Xabibulla qizi

    Toshkent davlat transport universiteti, talabalar.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118255

Keywords:

lyossimon grunt yo‘l poyi ko‘tarma o‘yma grunt gill chang. loess soils highway roadbed soil embankment excavation clay dust.

Abstract

Mazkur maqolada lyossimon gruntlarining xususiyatlari, ularning O‘zbekiston hududida tarqalishi, genetik turlari, avtomobil yo‘llarining yo‘l poyida ulardan foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar bayon qilingan.

This article describes the characteristics of loess soils, their distribution across the territory of Uzbekistan, their genetic types, as well as requirements and recommendations for their use in the roadbed of highways.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

342

YO’L POYIDA FOYDALANILADIGAN LYOSSIMON GRUNTLARNING

XUSUSIYATLARINI O’RGANISH

Maxmudova Dilfuza Abdulazizovna PhD., dotsent

Sattorova Yoqutxon Yax’yo qizi, Abdullayeva Diyora Xabibulla qizi,

Toshkent davlat transport universiteti, talabalar.

ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada lyossimon gruntlarining xususiyatlari,

ularning O‘zbekiston hududida tarqalishi, genetik turlari, avtomobil yo‘llarining yo‘l

poyida ulardan foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar bayon qilingan.

ANNOTATION: This article describes the characteristics of loess soils, their

distribution across the territory of Uzbekistan, their genetic types, as well as

requirements and recommendations for their use in the roadbed of highways.

Kalit so‘zlar: lyossimon grunt, yo‘l poyi, ko‘tarma o‘yma, grunt, gill, chang.

Keywords: loess soils, highway, roadbed, soil, embankment, excavation, clay,

dust.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodida yo‘l-transport tarmog‘i muhim o‘rinlardan

birini egallaydi. Uning tarkibiga umum foydalanuvdagi yo‘llardan tashqari

tashkilotlarga tegishli bo‘lgan yo‘llar ham kiradi. Umum foydalanuvdagi avtomobil

yo‘llariga respublika ahamiyatidagi va joylardagi avtomobil yo‘llari kiradi. Respublika

ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari halqaro yo‘llar to‘riga kiritilgan. Ular Toshkent

shahrini viloyat va tumanlarning ma’muriy markazlari, shuningdek tuman markazlarini

o‘zaro birlashtiradi.

Joylardagi avtomobil yo‘llari tumanlarning ma’muriy markazlarini qishloq

aholi punktlari bilan va qishloq aholi punktlarini o‘zaro va respublika yo‘llari bilan

bog‘laydi. Korxonalarga qarashli avtomobil yo‘llari хo‘jalik ob’ektlariga joylashgan

bo‘ladi. Yo‘l poyi avtomobil yo‘li konstruksiyasining eng asosiy qismi bo‘lib,

ko‘tarma va o‘yma ko‘rinishlarida quriladi. U quyidagi elementlardan iborat (1-rasm):


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

343

a)

b)

1-rasm. Yo‘l poyi elementlari: a-ko‘tarma; b-o‘yma; YT-yo‘l to‘shamasi;

YYo-yo‘l yoqasi; 1-yo‘l poyining yuqori qismi (ishchi qatlam);

2-yon qiyalik qismi; 3-ko‘tarma asosi; 4-ko‘tarma yadrosi; 5-o‘yma asosi

Yo‘l poyi tarkibiga shuningdek yuza suv qochiruvchi tizim (yonariq, kyuvet)

va yo‘l poyini havfli geologik jarayonlar (surilishlar, eroziya va boshqalar)dan himoya

qilish uchun mo‘ljallangan har xil turdagi maxsus ushlab turuvchi va saqlovchi,

himoyalovchi geotexnik qurilma va konstruksiyalar kiradi.

Avtomobil yo‘llarining ko‘ndalang qirqimi ko‘rinishi va uning

elementlari 2-rasmda ko‘rsatilgan.

2-rasm. Yo‘l konstruksiyasining elementlari:

a - bitta qatnov qismli yo‘l; b - ikkita qatnov qismli va ajratuvchi tasmali yo‘l;

1 - yo‘l poyi; 2 - yo‘l yokasi; 3 - qatnov qismi; 4 - yon ariqchaning

ichki kiyaligi; 5 - ko‘tarma qirg‘og‘i; 6 - qatnov qismining cheti; 7 - qatnov


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

344

qismi o‘qi; 8 - yo‘l o‘qi; 9 - chetki tasma; 10 - yonariqning tashki yonbag‘ir

qiyaligi; 11 - ko‘tarmaning yonbag‘ir qiyaligi; 12 - ajratish tasmasi.

Yo‘l qurilayotgan tumanning tabiiy sharoiti ob-havo iqlim omillari bilan

tavsiflanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududi tabiiy-iqlim va grunt sharoitlariga ko‘ra

to‘rtta yo‘l-iqlim mintaqasiga bo‘lingan. Avtomobil yo‘llarining yo‘l poyi undan

foydalanish muddati davomida mustahkam va turg‘un bo‘lishi, shuningdek hisobiy

tezlikda harakatlanayotgan avtomobillarni havfsizligini ta’minlashi kerak[1].

Yo‘l poyining talab qilingan mustahkamligi va turg‘unligini ta’minlashga

erishish uchun quyidagilarni inobatga olish kerak bo‘ladi: yo‘l poyini

ko‘pchimaydigan gruntlardan qurish; ko‘pchiydigan gruntlarni suv o‘tkazadigan

gruntlarga almashtirish; yo‘l poyidan yuza va grunt suvlarini qochirish; yo‘l poyining

chetini balandligi yer yuzasidan va grunt suvining hisobiy gorizontidan yoki uzoq vaqt

turuvchi yuza suvi sathidan ma’lum balandlikda turishi kerak; grunt suvlarini

pasaytirish uchun drenajlar qurish; yo‘l poyini qurish davrida foydalanilayotgan

gruntni yetarlicha zichlashtirish; ko‘tarma va o‘ymalarga grunt turiga qarab mos

ravishda qiyalik berish, ayrim hollarda kerak bo‘lsa mustahkamlash; tog‘ yon

bag‘irlarida maxsus muhandislik inshootlarini qurish.

Yo‘l poyini yuza suvlaridan namlanishi va yuvilishdan saqlash uchun,

shuningdek yo‘l poyini qurish bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash uchun

yuza suv qochiruvchi tizim (hududni rejalashtirish, ariq, bug‘lantiruvchi hovuzlar,

pasaytiruvchi quduqlar qazish) ko‘zda tutilishi kerak. Ariqlarning tubini bo‘ylama

qiyaligi ShNQ 2.05.02-07 ga mos ravishda 5‰ dan katta, ayrim hollarda 3‰ dan katta

bo‘lishi kerak.

O‘zbekistonning gruntlari mintaqalar bo‘yicha farqlanadi. Pasttekisliklarda

bo‘zqo‘ng‘ir va bo‘ztuproqlar tarqalgan bo‘lib, ularning tarkibida ozroq gumus

(chirindi) uchraydi. Bir-biridan qumlanganlik va sho‘rlanganligi bo‘yicha farq qiluvchi

turli xil gruntlar mavjud, biroq ularning barchasida tarkibida yuqori darajada

karbonatlar (20-35%), suvda eruvchi tuzlar (10% gacha), chang zarrachalari (65-85%)

uchraydi, hamda tuzilishining yirik g‘ovakliligi bilan tavsiflanadi. Bu xususiyat

ularning suvga nisbatan juda noustivorligini va cho‘kuvchanlik xossalarini keltirib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

345

chiqaradi. Grunt suvlarining tartibi va ularning sathi tuproqlarning sho‘rlanganligi,

sug‘orib dehqonchilik qilish, va daryolarning toshishiga bog‘likdir.

O‘zbekiston hududida lyoss gruntlari keng uchraydi. Eng yirik lyoss

qatlamlari tog‘ oldi va tog‘ oldi tekisliklarida tarqalgan [2]. O‘zbekiston hududida lyoss

va lyossimon gruntlarning tarqalishi [1] bo‘yicha 3-rasmda keltirilgan.

3-rasm. O‘zbekiston Respublikasi hududida lyoss va lyossimon gruntlarning

tarqalishi: 1-prolyuvial lyoss; 2-prolyuvial lyossimon; 3-allyuvial-prolyuvial; 4-

delyuvial-prolyuvial; 5-prolyuvial-delyuvial; 6-allyuvial-delyuvial; 7-allyuvial; 8-

elyuvial-delyuvial; 9-elyuvial lyossimon gruntlar.

Lyosslar tabiiy holatda quyidagi oltita hususiyatga ega bo‘lib, ular: sarg‘imtir

rangda bo‘lishi; quruq holatda yuqori mustahkamlikka egaligi, yuqori karbonatlilik,

qatlamlanishi yo‘qligi, doimo chang zarrachalari ko‘p bo‘lgan granulometrik tarkibga

va yuqori g‘ovaklikka egaligi, hamda vertikal yonbag‘ir hosil qilishidan iborat. Agar

shu xususiyatlardan biri bo‘lmasa, bu lyosslar lyossimon gruntlar turkumiga kiritiladi

[2].

Ma’lumki, O‘rta Osiyoning markaziy va janubiy qismlarining, ya’ni

O‘zbekiston,

Tojikiston,

Turkmaniston,

Qozog‘iston

respublikalari

va

Afg‘onistonning umumiy maydonini 25% dan ortiq hududini lyoss va lyossimon


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

346

gruntlar egallab yotadi. Jumladan, respublikamizning 70% dan ortiq maydoni lyoss va

lyossimon gruntlardan tashkil topgan bo‘lib, mavjud inshootlarning 95% dan ortiq

qismi shu gruntlar ustida qurilgan. G‘.O. Mavlonov birinchi bo‘lib lyoss yotqiziqlarini

lyoss va lyossimon gruntlar guruhlariga ajratdi. Lyoss guruhiga eol va prolyuvial

lyosslarni; lyossimon gruntlar guruhiga eol, prolyuvial, delyuvial, allyuvial, elyuvial,

flyuvioglyatsional jarayonlar va ko‘llar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan gruntlarni

kiritadi. Shu bilan birga lyosslarga xos bo‘lgan quyidagi 11 belgilar bo‘lishini

ta’kidlaydi: 1) rangi sarg‘ish-kulrang, och sariq bo‘lishi; 2) yuqori serg‘ovakligi (46-

56% atrofida), g‘ovaklarining diametri 3 mm gacha bo‘lib, ko‘z bilan bemalol ko‘ra

olish mumkinligi; 3) kalsiy va magniy karbonatlari ko‘p bo‘lishi (grunt og‘irligining

5% dan ortiq qismini tashkil qilishi ); 4) lyoss qatlamlari orasida shag‘al, qum

qatlamlarining bo‘lmasligi; 5) granulometrik tarkibida chang fraksiyalarining (diametri

0,05 dan 0,01 mm gacha bo‘lgan zarralar) ko‘pligi, grunt hajmining 50% va undan

ortiq qismini tashkil qilishi, gil fraksiyalarining (diametri 0,005 mm dan kichik)

nisbatan kam bo‘lishi (10% ga yaqin), diametri 0,25 mm dan ortiq bo‘lgan

fraksiyalarning deyarli uchramasligi; 6) tik ajralishga egaligi va shu xususiyati tufayli

tik devorli jarliklar hosil qilishi; 7) uzoq muddat namlanishi natijasida o‘ta cho‘kish

hodisalarining sodir bo‘lishi; 8) nisbatan suv o‘tkazuvchanligi (suv o‘tkazuvchanlik

koeffitsienti asosan 0,2-0,6 m/sut); 9) tuzlarning sementlash xususiyati hisobiga

nisbatan yuqori jipslashtirish kuchlarining mavjudligi; 10) suv ta’sirida tez ivishi va

turlicha deformatsiyalanishi (cho‘kish jarayoni); 11) tez eruvchan tuzlar miqdorining

ancha yuqoriligi (odatda grunt og‘irligining 0,6 dan 5% igacha).

Yuqorida sanab o‘tilgan belgilardan dastlabki yettitasi asosiylari hisoblanadi.

Ana shu 7 ta asosiy belgilarga ega bo‘lgan gruntlar “lyoss” hisoblanadi, bu belgilardan

bittasi yoki bir nechtasi bo‘lmasa, u holda grunt tashqi ko‘rinishi bilan lyossga o‘xshasa

ham uni G‘.O. Mavlonov ”lyossimon grunt” deb atagan. Shunday qilib, G‘.O.

Mavlonov lyossning ko‘p genezisligini aniqlash bilan birga lyoss va lyossimon

gruntlarni bir-biridan farqlovchi aniq chegaralarini ko‘rsatib berdi.

Lyoss gruntlar quyidagi genetik turlarga bo‘linadi [3]: allyuvial, prolyuvial,

delyuvial, elyuvial, eol, flyuvioglyatsional (muz). Bundan tashqari allyuvial-


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

347

prolyuvial, prolyuvial-delyuvial kabi turdoshlarga bo‘linadi. Allyuvial lyoss gruntlari

asosan hozirgi Chirchiq, Ohangaron, Sirdaryo-Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo

va Amudaryoning vodiylarida ko‘p uchraydi. Prolyuvial lyoss gruntlari esa Farg‘ona

vodiysining adirlari va tog‘ oldi tekisliklarida, Qashqadaryo, Surxondaryo

viloyatlarida, Zarafshon daryosining vodiysida, hamda Hisor va Zirabuloq

tizmalarining tog‘ oldi hududida tarqalgan. Chotqol, Qurama, Oloy, Turkiston-Nurota,

Zarafshon-Hisor va boshqa tizmalarning tog‘ yonbag‘irlari, hamda ushbu tizmalarning

tog‘ oldi terassalari nishabliklari delyuvial lyoss gruntlaridan tashkil topgan. Lyoss

gruntlari tabiiy holatda kam namlikka egaligi (3-15%), chang zarrachalarining ko‘pligi

(50% dan ko‘p), tarkibida tuzlarning bo‘lishi (5% gacha), karbonatlar (15-20% gacha),

grunt hosil qiluvchi yirik zarrali minerallar (99-98.9%) bo‘lishi bilan ajralib turadi

.

Lyoss gruntlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ulardan

yo‘l poyi qurilishida keng foydalanish mumkin [4]. Bunda ularning yo‘l poyida o‘ta

namlanib ketmasligi va suvga to‘yinmasligi yuzasidan turli choralar: turli geosintetik

materiallarni qo‘llash, organik va noorganik bog‘lovchilar bilan bog‘langan mayda

shag‘aldan qatlamchalar qurish kabi tadbirlarni amalga oshirish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Maxmudova D.A. Автомобиль йўли пойидаги лёссимон грунтларнинг

мустаҳкамлиги.

2.

Мавлянов Г.А., Хасанова Х.А. Инженерно-геологические свойства лёссовых

пород Узбекистана.-Тошкент.: «Фан», 1974.-с.169

3.

Maxmudova D.A., Xudayqulov R.M. “Murakkab sharoitlarda avtomobil

yo’llarini loyihalash”. O’quv qo’llanma. Toshkent. “ZEBO-PRINT” 2022 yil. 165 bet.

4.

ШНК 2.05-02-07 Автомобиль йўллари.Ўзбекистон Республикаси

Давархитекқурилиш қўмитаси.Т.:2008-67 б.