MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
332
JAHON ADABIYOTSHUNOSLIGIDA UILLYAM SHEKISPIR
TRAGEDIYALARINING TALQINI
Mahmudova Ruhshona Sodiqjon qizi
Qoʻqon universiteti Andijon filiali talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada jahon adabiyotshunosligida Uilyam
Shekspirning tragediyalari qanday talqin etilgani tahlil qilinadi. Asosan, “Gamlet”,
“Otello”, “Maqtangon qirol Lir” kabi mashhur asarlari asosida turli davrlarda
adabiyotshunoslar tomonidan bildirilgan fikrlar, ularning estetik, falsafiy va
psixologik jihatlari yoritiladi. Talqinlar orqali Shekspir asarlarining zamonaviy
o‘qilishi va ta’siri haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Uilyam Shekspir, tragediya, jahon adabiyoti, talqin, estetik
tahlil, psixologiya.
Annotation: This article analyzes the interpretation of William Shakespeare’s
tragedies in world literary criticism. It focuses on the reception of major works such
as Hamlet, Othello, and King Lear, highlighting the aesthetic, philosophical, and
psychological dimensions emphasized by scholars across different periods. The study
also explores the relevance and impact of Shakespeare’s tragedies in modern literary
discourse.
Keywords: William Shakespeare, tragedy, world literature, interpretation,
aesthetic analysis, psychology.
Аннотация: В данной статье рассматриваются интерпретации
трагедий Уильяма Шекспира в мировой литературоведческой мысли. Основное
внимание уделяется таким произведениям, как Гамлет, Отелло, Король Лир,
анализируется эстетический, философский и психологический подход к их
толкованию в разные исторические периоды. Также обсуждается значение
шекспировских трагедий в современном литературоведении.
Ключевые слова: Уильям Шекспир, трагедия, мировая литература,
интерпретация, эстетический анализ, психология.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
333
KIRISH
Shekspirona go‘zallik tushunchasining chigal va murakkabligi ham , oliy
darajadagi tragizimi ham , eng muhimi , millat va zamon tanlamasligi ham undagi
haqqoniyatda.Uilyam Shekspir ijodiga yuqori baho bergan adiblardan hisoblanadi. U
Shekspirni nafaqat ingliz adabiyotining, balki butun jahon adabiyotining yirik siymosi
deb bilgan. Shekspir inson qalbidagi eng nozik, eng murakkab tuyg‘ularni tasvirlay
olgan dahodir. U shunday deydi: “Shekspir – bu faqatgina ingliz adabiyoti emas, u
butun insoniyatga tegishli. Har bir millat uning asarlarida o‘z qalbidagi kechinmalarni
topa oladi.” (GʻafurGʻulom)
Uilyam Shekspir — ingliz va umuman jahon adabiyotining eng yirik
namoyandalaridan biri bo‘lib, uning asarlari asrlar davomida turli xalqlar madaniy
hayotida chuqur iz qoldirgan. Shekspir nafaqat o‘z davrining, balki butun insoniyat
tarixining murakkab psixologik, axloqiy va falsafiy muammolarini yoritgan buyuk
dramaturg sifatida tanilgan. Ayniqsa, uning fojialari — Gamlet, Otello, Makbet, Qirol
Lir kabi asarlar — insoniyatning eng dolzarb savollariga javob izlovchi asarlar sifatida
dunyoning deyarli barcha madaniyatlarida o‘rganilgan, talqin qilingan va
sahnalashtirilgan. Shekspir fojialarining o‘ziga xos jihati shundaki, ular milliy
chegaralardan tashqariga chiqib, butun insoniyat uchun umumiy bo‘lgan mavzularni
— sevgi va xiyonat, hokimiyat va yovuzlik, taqdir va iroda, aql va aqldan ozish —
keng qamrovda yoritadi. Bu jihat ularning bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab
qolishiga sabab bo‘lgan. Turli davrlarda, turli falsafiy oqimlar va madaniy
kontekstlarda bu fojialar yangicha talqin qilinib, ularning chuqur ma’nosi yanada
kengayib bordi.
Uilyam Shekspirning fojialari 17-asr oxiri va 18-asr davomida Yevropada asta-
sekin mashhurlikka erisha boshlagan bo‘lsa-da, ular dastlabki davrlarda birdek ijobiy
qabul qilinmagan. Ayniqsa, klassik tragediya qonun-qoidalariga qat'iy amal qiluvchi
fransuz va italyan adabiy maktablari Shekspirning dramatik tuzilmasini tartibsiz,
"qo‘pol" deb baholaganlar. Ularning nazarida Shekspir Aristotelning uch birlik (vaqt,
joy, harakat) prinsiplariga amal qilmagani uchun haqiqiy tragediya yozmagan. Biroq
18-asrda ingliz tanqidchilari va dramaturglari orasida Shekspirga bo‘lgan hurmat
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
334
kuchaydi. Aleksandr Pop va Semuel Jonson singari adabiyotshunoslar Shekspirni
inson ruhiyatining mohir kuzatuvchisi sifatida madh etishdi. Aynan shu davrda
Shekspir fojialari insoniy tuyg‘ularning chuqur va murakkab tasviri bilan qadrlana
boshladi. Bu yondashuv keyinchalik romantizm davrida yanada chuqurlashdi. 19-asrda
Shekspir fojialari Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida, xususan, Germaniyada
alohida qadrlana boshladi. Nemis faylasufi Gete va dramaturg Shiller Shekspirni
dramatik san’atning namunasi deb hisoblab, uning asarlarini sahnalashtirdilar va tahlil
qildilar. Ayniqsa “Gamlet” va “Qirol Lir” kabi fojialar ekzistensial va falsafiy
qatlamlari bilan olqishlandi. Amerikada esa Shekspir fojialari 18-asr oxiri va 19-asr
boshlaridan boshlab teatr sahnalarida muntazam namoyish etila boshladi. Ularning
asosiy kuchi — axloqiy tanlovlar, ichki ziddiyatlar va insoniy dramatizm orqali
tomoshabinni o‘ylantirishi edi. Shekspir Amerika adabiyotida ham iz qoldirdi —
ko‘plab yozuvchilar uning obrazlaridan, syujetlaridan va fikrlaridan ilhomlandilar.
Umuman olganda, 17–19-asrlarda Shekspirning fojialari asta-sekin adabiy klassika
maqomini oldi. Dastlabki e’tirozlar, shakliy tanqidlar o‘z o‘rnini inson ruhiyatini
yoritishdagi chuqur tahlilga bo‘lgan e’tirofga bo‘shatdi. Bu esa keyingi asrlardagi
murakkab talqinlarga yo‘l ochdi.
Tanqidiy nazariyotchilar fikrlari
A.C. Bredli (ingliz adabiyotshunosi) Shekspir fojialarini chuqur psixologik
tahlil orqali talqin qilgan. U “Shekspir fojialari” (1904) asarida Shekspir
qahramonlarini individual xatolari tufayli halokatga uchraydigan buyuk insonlar
sifatida ko‘rsatgan. Uningcha, tragediya – bu axloqiy xatolar, ichki inqirozlar va taqdir
to‘qnashuvi. U Gamletni passivlik qurboni, Otelloni rashk va ishonuvchanlikdan aziyat
chekkan qahramon deb tushuntiradi. Yan Kott (polyak adabiyotshunosi va teatrshunos)
esa Shekspirga marksistik va ekzistensial yondashuvlarni birlashtirib qaragan.
“Shekspir bizning zamondoshimiz” (1965) nomli mashhur asarida u Shekspir
fojialarini zamonaviy tarixiy voqealarga o‘xshatgan. Unga ko‘ra, Shekspirning asarlari
— bu doimiy zo‘ravonlik, siyosiy fitna va hokimiyat uchun kurash ifodasidir. Kott
Shekspirni “hayotning fojiali absurdu”ni ochib beruvchi dramaturg sifatida baholaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
335
Ko‘plab shoirlar Shekspirning obrazlari va mavzularidan she’riy ilhom olgan.
Masalan: T. S. Eliot “Gamlet” haqida “noaniqlik va ichki ziddiyatlar dramasi” deb
yozgan va o‘z she’rlarida aynan bu tuyg‘ularni ifoda etgan. Sylvia Plath va Ted Hughes
kabi shoirlar Shekspir qahramonlarining ruhiy iztiroblarini o‘z poetikasida chuqur aks
ettirishgan. Plath o‘z ichki dunyosidagi fojialarni “Opeliya” obrazi orqali ko‘rsatgan.
Madaniy kontekstda yozilgan asarlar Turli xalqlarning yozuvchilari Shekspir
fojialarini o‘z tarixiy va madaniy sharoitlariga moslashtirishgan. Masalan: Hind
yozuvchisi Vikram Chandra Shekspirning “Macbeth” asarini zamonaviy Mumbay
jinoyat olamida qayta talqin qilgan. Karib havzasidan chiqqan adiblar esa “Otello”dagi
irq va begonalik masalalarini mustamlakachilik va diaspora kontekstida qayta yozgan.
Shekspir merosi – abadiy so‘nmas mashala. Uning nuri necha asrlarkim, dunyo
xalqlarining ko‘nglini munavvar etib, o‘z tegrasida birlashtirib keladi, insonlarni
insonlarga tanitadi, ellarni ellarga yaqinlashtiradi, hech qachon zulmatning ziyodan
g‘olib kelmasligiga kitobxonni ham, tomoshabinni ham ishontiradi, yo‘ldan
adashganlarga yo‘l ko‘rsatadi, ezilgan, jabr chekkanlarni suyaydi. Kechmish ayyomlar
tarixi buni yaqqol tasdiqlab turibdi. Shekspir asarlari bizga mangu manaviy yo‘ldosh
bo‘lib qoladi. Va bu mislsiz ijod zamonlar osha barcha nasllar uchun manaviyatning
yuksak manzillarni yorituvchi yorqin bir mashala kabi yarqirab, nur sochib
yashayveradi. Uning asrlari o‘lmas umuminsoniy tuyg;ularni qamrab olgan. Asarlarida
har bir inson uchun tanish kechinmalar , hislar pafosi his etish , tuyish qiyin emas.
Shekspir – jahon adabiyotining yorqin siymosi. Turli davr, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum va
xalqlar va adabiyotlarning adabiy-madaniy o‘ziga xosliklariga qarab Shekspir asarlari
turlicha talqin qilib kelinmoqda. Sobiq ittifoq hududida, jumladan rus va ukrain
adabiyolariga Shekspir XIX asrning o‘rtalarida kirib kela boshlagan. Filologiya fanlari
doktori, professor G‘aybulla Salomovning takidlashicha, Shekspir, 1845-1849 yillarda
prof. P.Savitskiy “Hamlet”ning birinchi pardasini polyak tilidan ukrain tiliga
o‘girgan.31872-1874 yillarda yozuvchi Y. Fedkovich “Hamlet” va “Makbet”
tragediyalarini nemischadan ukrain tiliga tarjima qilgan. 1850-yilda D.Kipiani
Shekspirning “Romeo va Julyetta” tragedyasining gruzincha dastlab tarjimasini qayta
ishlar ekan, Benjamin Laroshfukoning fransuzcha tarjimasidan foydalanganligini qayd
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
336
etadi yoki bo‘lmasam “Qirol Lir”ning G’afur Gulom tomonidan rus tilidan olingan
tarjimasini aytaylik. Bunday tarjima hodisasini asliyatning tarjima tiliga ikkinchi yoki
uchinchi tillardan kirib kelish, deb ham yuritiladi. Chunki, badiiy tarjima faqat
lingvistik hodisa bo‘libgina qolmay, u keng manodagi estetik hodisa va badiiylik bilan
bog‘liq bo‘lgan kategoriya ham
sanaladi. Shekspir asarlari tarjimalari tahlili borasida fikr yuritganda tarjima
jarayonida filologik tahlil intuitsiya bilan yonma yon yurishini, boshqacha aytganda,
tarjimada tahlil va tasvir o‘zaro hamkorlik qilishini esdan chiqarmaslik lozim. Bu
borada G‘.Salomovning “Til va tarjima” (1966), “Tarjima nazariyasiga kirish” (1978),
“Adabiy an`ana va badiiy tarjima”(1980) monografiyalarida atroflicha fikr yuritilgan
Bir so‘z bilan aytganda, Shekspir asarlarini o‘zbek o‘quvchilariga yetkazishda
tarjimonlar mashaqqatli mehnat qildilar. Ularning zahmatli ishlaringa xolis baho berish
tarjimashunoslik fanining dolzarb vazifalari sirasiga kiradi.5 Nihoyat, o‘zbek
kitobxonlariga Shekspir bevosita asliyatdan ham o‘girilib, taqdim etildi. Buni taniqli
o‘zbek tarjimoni, O‘zbekston xalq shoiri Jamol Kamol amalga oshirdi. U buyuk ingliz
dramaturgining “Hamlet”, “Otello”, “Makbet”, “Antoniy va Kleopatra”, “Afinalik
timon” asarlarini ingliz tilidan tarjima qilib nashr ettirdi .6 Kitobga O‘zbekston Fan
Arbobi, professor G‘.Salomov va professor B.Nazarovlar kirish so‘zi yozishgan.
Tarjima nashriga ingliz tilinining bilimdonlari bo‘lgan taniqli tilshunos, tarjimashunos
va
adabiyotshunoslardan
professor
A.Abduazizov,
D.Nuritdinova,
dotsent
K.Karomatova, tarjimonlar Q.Mirmuhammedov, N.Komilovlar rasmiy taqrizlar
yozishgan. So‘zboshi muallfilari tarjimon Jamol Kamolning asarni asliyatdan
o‘girishga qanday qilib kirib kelganligi va bevosita tarjimaning mashaqqatli odimlari
borasida jumladan shunday deydilar: “ Biroq, tarjimon oldida o‘tib bo‘lmas, ulkan bir
g‘ov bor edi. Axir u Shekspirning lisoni – ingliz tilini bilmaydi-ku! Nima bo‘pti,
Hozirgacha qilib kelinganidek, Shekspirni ruscha tarjimalaridan o‘giraveradi.
Avvaliga u ham shunday qildi, rus tilidan o‘girdi. Lekin ish bir joyga etkanda shu narsa
ma`lum bo‘ldiki, Shekspirday buyuk zotni tarjima qilish uchun ingliz tilini bilish
mutlaqo shart ekan. Tiyran va zahmatkash shoir Jamol Kamol Shekspir bilan asrlar
osha adabiy muloqotda bo‘lish uchun til o‘rganishga kirishib ketdi. Ingliz tili bo‘yicha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
337
muayyan bilim va malakaga ega bo‘lgach, “Hamlet”, “Makbet”, “Antoniy va
Kleopatra” asarlari tarjimalarini inglizcha asliga qiyoslab, ularni satrma-satr qiyoslab
chiqdi. “Otello”, “Afinalik Timon” fojealarini bevosita inglizchasidan o‘girdi’’
Ammo 30-yillarda Shekspirni asliyatda o‘qishdan ancha yiroq edik. Sobiq
ittifoq davrida aksariyat G‘arb adabiyoti namunalari rus tili vositasida tarjima qilinardi.
Hamma muloqotlar Moskvaning yo‘rig‘i bilan amalga oshirilar edi. Shu bois Shekspir
bizga dastlab nasriy tarjima yani rus tili orqali amalga oshirildi. “Hamlet”
tragediyasining o‘ttizinchi yillardagi o‘zbekcha nasriy tarjimasi Cho‘lpon tomonidan
bajarildi. Bu tarjima sahnada namoyish qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, anchagina
mahalliy muhitga moslashtirish kuchli bo‘lgan.Ya’ni bizning mentalitetimizga
moslashtirilgan.
Xulosa
Uilyam Shekspirning fojialari asrlar davomida nafaqat teatr va kino san’atiga,
balki adabiyot — xususan, roman va she’riyatga ham katta ilhom manbai bo‘lib kelgan.
Uning murakkab obrazlari, psixologik chuqurligi va abadiy mavzulari yozuvchilar va
shoirlarga o‘z asarlarida bu fojialarni qayta talqin qilish, rivojlantirish yoki yangicha
kontekstda ko‘rsatish imkonini bergan.Shekspirning fojialari shu qadar kuchli va
qatlamli ekanki, ular har qanday davr, millat va madaniyatda yangi adabiy shakllar va
ovozlar orqali qayta tug‘ilishi mumkin. Roman va she’riyatda bu jarayon nafaqat
Shekspirning merosini davom ettiradi, balki uni yangilaydi ham.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1QODIROV,
A.
(2025).
BADIIY
ASAR
TAHLILI
VA
DIN
INTEGRATSIYASI:(Alisher Navoiy ijodi misolida). Hamkor konferensiyalar, 1(11),
386-388.
2Qodirov,
A.
(2024).
USLUB
ADABIYOTSHUNOSLIKNING
MUHIM
KATEGORIYASI SIFATIDA. University Research Base, 857-860.
3Abdulazizbek, Q. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM
KATEGORIYASI SIFATIDA. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2(42), 144-
149.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
338
4Qodirov, A., Inomjonova, M., & Olimova, X. (2025). ADABIYOTSHUNOSLIKDA
BADIIY ASAR TILI VA BADIIY NUTQ USLUBI. Наука и технология в
современном мире, 4(5), 36-38.
5O’G’Li, Q. A. L. (2023). ADABIYOTSHUNOS USLUBI HAQIDA (DILMUROD
QURONOV IJODI MISOLIDA). World of Philology, 2(2), 46-50.
6Kobilova, Z. B. (2021). Amiriy and fazliy. Asian Journal of Multidimensional
Research, 10(9), 271-276.
7Kobilova, Z. (2022). Image of a Drinker and a Hermit in the Amir Al-
Ghazali. EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION, 2(4), 173-176.
8Qobilova, Z. (2020, December). THE ARTISTIC-AESTHETIC EFFECT OF
AMIRI'S POETRY SCOPE. In Конференции.
9Haliljonovna, S. K. (2024). PSYCHOLOGICAL POSSIBILITIES OF FORMING
INTERESTS IN VISUAL ARTS IN PRESCHOOL CHILDREN. Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal, 12(3), 438-442.
10Жахонгирова, Тамила; ,ЭВОЛЮЦИЯ НЕГАТИВНЫХ ЭМОЦИЙ В
АНГЛИЙСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ: СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ,Ta'limning
zamonaviy transformatsiyasi,11,2,18-20,2024,
11Andreyevna, Jaxongirova Tamila; ,CURRENT TRENDS AND DEVELOPMENT
FACTORS IN THE APPLICATION OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN
EDUCATION,Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy
tendensiyalari va rivojlanish omillari,28,1,230-233,2024,
12Khabibullaeva F.K. The Problem of Adequacy in Russian Translations of A.
Kadiri’s novel “The Past Days”. Toronto. Design Engineering. 2022. – P. 6091-6101.
13Abdullaevna, K. G. (2024). TRANSLATION CHALLENGES IN SCIENTIFIC
AND TECHNICAL TRANSLATION WITH A FOCUS ON TERMINOLOGICAL
DICTIONARIES. Science and innovation, 3(Special Issue 34), 178-181.
14Toshboyeva, O. (2024). THE TERMINOLOGY, GENESIS, AND LINGUISTIC
FOUNDATIONS OF "BRAND NAMES" IN THE WORLD OF LINGUISTICS.
University Research Base, 992-995.