MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_Апрел –2025
312
BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI KASBGA IJODIY
MUNOSABATINI TARBIYALASHDA JADIDCHILIK NAMOYONDALARI
ASARLARIDAN FOYDALANISH
Nishonova Shohista Boymatovna
Iqtisodiyot va Pedagogik universiteti pedagogika yo’nalishi 1-kurs
magistranti, Qarshi shahar 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabining oliy toifali
boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada boʻlajak oʻqituvchilarni kasbga ijodiy
munosabatini tarbiyalashda jadidchilik namoyondalari asarlaridan foydalanishning
ahamiyati haqida soʻz yuritilgan. Oʻz davrida yangicha fikrlashni ilgari surgan,
millat ertasi uchun qaygʻurgan jonkuyarlar koʻplab yangicha maktablar tashkil etib,
darsliklar yaratishgan. Boʻlgʻusi pedagoglar bu insonlardan fidoyilikni, yangilik
yaratishga boʻlgan intilishni oʻrganadilar, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Kalit soʻzlar
: jadidchilik, yangilik, pedagogika, maʼnaviy meros, fidoyilik, ,
taʼlim, tarbiya, innovatsiya, texnologiya, masʼuliyat.
Аннотация:
В этой статье рассказывается о значении использования
произведений деятелей джадидизма в воспитании творческого отношения
будущих учителей к профессии. В свое время эти самоотверженные люди,
продвигавшие новое мышление и переживавшие за будущее нации, создали
множество новых школ и учебников. Можно без преувеличения сказать, что
будущие педагоги учатся у них преданности своему делу и стремлению к
новшествам.
Ключевые слова:
джадидизм, новизна, педагогика, духовное наследие,
преданность,
образование,
воспитание,
инновации,
технологии,
ответственность.
Annotation:
This article discusses the importance of using the works of
Jadidism figures in fostering a creative approach to the profession among future
teachers. These devoted individuals, who once promoted new ways of thinking and
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_Апрел –2025
313
cared about the nation's future, established numerous modern schools and created
textbooks. It is no exaggeration to say that future educators learn dedication and a
drive for innovation from them.
Keywords
: Jadidism, innovation, pedagogy, spiritual heritage, dedication,
education, upbringing, technology, responsibility.
KIRISH
Bugungi kun oʻqituvchisidan nafaqat zamonaviy bilimlar, balki tarixda
yashab oʻtgan ajdodlarimiz hayoti va ijodini ham keng oʻrganish talab etiladi. Chunki
har bir xalq oʻz milliyligini saqlab qolgan holda farzandlariga taʼlim-tarbiya berishga
harakat qiladi. Kelgusida pedagoglik sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlar
ekanmiz, ularni oʻz kasbiga ijodiy munosabatini tarbiyalash ustuvor vazifa sanaladi.
Bu borada yaqin oʻtmishda yashab oʻtgan ajdodlarimiz-jadidchilik namoyondalari
faoliyatini oʻrganish talaba-yoshlar uchun nihoyatda muhimdir. Aslida "jadid" soʻzi
arabcha "yangi" degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatdan, oʻz nomiga munosib ravishda
taʼlim sohasida jadidlar tom maʼnoda yangilik olib kirdi, desak adashmagan boʻlamiz.
Millatini maʼrifatparvar, ziyoli, oʻqimishli, davr talabi hamda zaylini anglagan el
sifatida koʻrishni istagan bu kishilar jonkuyar muallim, adabiyotshunos, shoir, adib
yoki davlat arbobi sifatida tarixda oʻchmas iz qoldirdilar. Ular hamisha yangilikka
intiladigan, yangi innovatsion gʻoyalarni oʻylab topib, amalga oshiradigan hur fikrli
yosh avlodni yetishtirishga astoydil kirishgandilar. Shu istakda jadidlar tomonidan
koʻplab maktablar qurildi, yangi dorilfununlar oʻz faoliyatini boshladi, yangicha
ruhdagi adabiyotlar, darsliklar chiqarildi. Gazetalar nashr etilib, xalq savodxonligini
hamda kitobxonlik saviyasi, didini oshirishga eʼtibor qaratildi. Taassufki, koʻpchilik
ezgu niyatli maʼrifatparvar bobolarimizning qismati Chor Rossiyasi hukumati
tomonidan oʻtkazilgan siyosat va tazyiqlar tufayli ayanchli yakun topdi. Agar ular oʻz
faoliyatini davom ettirganlarida, balki xalqimiz orasidan bundanda koʻproq ziyoli
yoshlar yetishib chiqardi. Nima boʻlganda ham, ularning hayot va ijod yoʻli, eʼtiqodi,
Vatanga sadoqati, muhabbati boʻlajak oʻqituvchilarni kasbga ijodiy munosabatini
tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_Апрел –2025
314
"Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat -yo
falokat masalasidir",- degan edi Abdulla Avloniy. Oʻz davrining mohir pedagogi
hisoblangan Abdulla Avloniy koʻplab darsliklarni yozgan boʻlib, ularda masallar
janriga ham qoʻl urgan. Ana shu masalalardan biri "Bolari va pashsha" hozirgi
"Novda" nashriyoti tomonidan nashr etilgan 3-sinf oʻqish savodxonligi darsligiga
ham kiritilgan. Masalda mehnatsevarlik, oʻziga va jamiyatga foydali ish bilan
shugʻullanish fazilatlari ulugʻlanib, Bolari timsolida mujassamlashtirilgan. Pashsha
obrazi orqali esa yalqovlik, ishyoqmaslik, umrni behuda oʻtkazish illatlari
qoralangan. Abdulla Avloniyning shu kabi asarlarida halollik ulugʻlangan boʻlib, bu
fazilatni shakllantirish boʻlgʻusi pedagoglar uchun nihoyatda muhimdir. Bu kichik
asar janrida ham ulkan maqsadlar koʻzlangan boʻlib, yosh avlodni, jumladan, boʻlajak
oʻqituvchilarni kasbga ijodiy munosabatini tarbiyalashda ham katta ahamiyatga ega.
Mahmudxoʻja Behbudiy - jadidchilik namoyondalaridan biri hisoblanadi. U
oʻzbek teatri uchun birinchi boʻlib, asarlar yozgan. Uning " Padarkush" tragediyasi
nafaqat oʻsha davr, balki bugungi kun uchun ham dolzarb sanaladi. Asarning muhim
gʻoyasi farzandlarga toʻgʻri tarbiya berish, ularning kasb egallashi xususida
qaygʻurish nihoyatda zarur va shart ekanligiga urgʻu berilgan. Otasi hisobidan kun
koʻrib, kayf-u safoga berilgan bolalarning taqdiri ayanchli yakun topishi hayot
tomonidan isbotlangan aksioma ekanligi yana bir bor turli obrazlar orqali
tasvirlangan. Umri mobaynida xalq manfaatini oʻylab, ish tutdi. Maʼrifatparvar kishi
sifatida xalq taʼlimi uchun qaygʻurdi.
Abdurauf Fitrat jadidchilik namoyondalaridan biri boʻlib, bu borada koʻplab
asarlar, darsliklar yaratdi. Oddiy xalqning savodxonligini oshirish uchun tinmay
targʻibot olib bordi. Yangi maktablar tashkil etilishi, oʻquv qoʻllanmalari yaratilishida
jonbozlik koʻrsatdi. U oʻzbek tili grammatikasi ustida qizgʻin ishlar olib borib, bu
yoʻnalishda kitob yozdi. Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashdi. Zamonasining
zukko kishisi boʻlgan Abdurauf Fitratning vatanparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan
asarlari zamonlar oʻtsa-da, bugungi kun yoshlari, boʻlajak oʻqituvchilari uchun bir
namuna boʻlib xizmat qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_Апрел –2025
315
Isʼhoqxon Ibrat oʻsha davrning ilgʻor kishilaridan biri boʻlgan, desak
mubolagʻa boʻlmaydi. Ibrat bir vaqtning oʻzida bir nechta tillarni yaxshi
oʻzlashtirgan, bemalol muloqot qila olgan. U 25 yoshida haj safariga yoʻl oladi hamda
koʻplab mamlakatlarga sayohat qiladi, ayrimlarida maʼlum muddat istiqomat qiladi.
Uning " Lugʻati sitta al-lugʻa" nomli asari olti tilda: arab, fors, turk, ingliz, rus
hamda oʻzbek tillarida yozilganligi eʼtiborga molikdir. Hatto bugungi kunda ham til
oʻrganish qanchalik muhim ekanligini hisobga olsak, Isʼhoqxon Ibrat naqadar
zakovatli olim boʻlganligini anglash mumkin. U oʻz safari davomida nafaqat til
oʻrganadi, balki boshqa xalqlar madaniyatini ham nazar soladi. Boʻlajak
oʻqituvchilarni kasbga ijodiy munosabatini tarbiyalashda oʻzga ellarning oʻrnak
boʻlarlik urf-odatlarini oʻrganish, samarali taʼlim berish usullarini egallash orqali oʻz
milliy taʼlim-tarbiya uslubimizni yaratish, amalda qoʻllash dolzarb masala sanaladi.
Jadidchilik namoyondalarini eslaganda Abdulhamid Choʻlponni yodga
olmaslik mumkin emas. Choʻlpon hassos shoir sifatida goʻzal sheʼrlar bitgan,
zamonasining eng chirkin tomonlarini aks ettirgan asarlar yozgan. "Qor qoʻynida
lola", " Kecha va kunduz" asarlari shular jumlasidandir. Adib oʻz ijodi orqali jaholatni
faqat maʼrifat urugʻlari bilan yoʻq qilish mumkinligini, busiz yurt yorugʻlik
koʻrmasligini, mamlakatdagi har bir inson, xoh erkak boʻlsin, xoh ayol kishi boʻlsin
ilm olishga intilishi lozimligini uqtiradi. Abdulhamid Choʻlpon "Xalq" sheʼrida
shunday deydi:
"Xalq dengizdir, xalq toʻlqindir, xalq kuchdir,
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq oʻchdir.
Xalq qoʻzgʻalsa kuch yoʻqdirkim, toʻxtatsin,
Quvvat yoʻqkim, xalq istagin yoʻq etsin.....
Butun kuchni xalq ichidan olaylik,
Quchoq ochib, xalq ichiga boraylik!
Choʻlpon qisqa satrlarda olam maʼnoni jam etib, xalqni birdamlikka, ahillikka
chorlagan. Qachonki bir yoqadan bosh chiqarib, birlashgandagina xalq qudratli
kuchga ega boʻlishi taʼkidlangan. Tarixga nazar solsak, koʻpgina rivojlangan
mamlakatlarda aynan butun el bir tan-u jon boʻlib, taʼlimga eʼtibor qaratgani,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_Апрел –2025
316
farzandlariga toʻgʻri tarbiya berganligi sababli buyuk davlatga aylanganiga guvoh
boʻlish mumkin. Masalan, Yaponiyani olaylik. Atom bombasi ikki shaharga
tashlanib, qancha joylar vayron boʻlganda, mamlakat aholisi oʻzidagi barcha
qimmatbaho buyumlarni davlat rivojlanishi uchun topshirgan ekan. Ana shunday
misollardan ham koʻrib turibsizki, bizning naqadar uzoqni koʻradigan, zukko
bobolarimiz yashab oʻtgan ekan.
XULOSA
Mamlakat taraqqiyoti yoʻlida oʻqituvchining oʻrni beqiyos hisoblanadi.
Chunki aynan pedagoglar ertangi kun kishilarini maʼnan va aqlan jamiyatga
kirishishida katta hissa qoʻshadi. Bugungi kunning aqlli, intizomli , yangilikka
intiluvchan muallimlarini oʻz.kasbiga ijodiy munosabatini tarbiyalashda jadidchilik
namoyondalarining hayot va ijod yoʻlini ibrat qilib koʻrsatish, ulardan namuna olish
nihoyatda muhimdir. Mustaqillikning ilk davrlaridanoq garchi nomlari oʻtmishda
qoralanib, xalq dushmanlari deya eʼlon qilingan boʻlsa-da, ularning pok nomi oqlandi.
Ular oʻzbekning mard oʻgʻlonlari, jonkuyar maʼrifatparvarlaridir. Oʻz xalqini hur va
ozod, keng fikrli, dunyoqarashi davr talabiga mos tarzda koʻrishni istagan insonlar
hamisha barhayotdirlar. Ularning yashab oʻtgan shonli yoʻli yosh avlodni
tarbiyalashga bel bogʻlagan barcha boʻlajak oʻqituvchilar uchun namuna, qilgan
ishlari dasturi amaldir. Umid qilamizki, yaqin kelajakda ham buyuk siymolar qoni
vujudida joʻsh urgan fidoyi oʻqituvchi-mutaxassislar yurtimizda yetishib chiqadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI :
1. Sh. Mirziyoyev. "Erkin va farovon demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz". Toshkent- 2017.
2. Abdullayeva M., Abduqodirov A.- Kasbiy pedagogika, Toshkent,2010.
3.Xodjayev A. – Kasbiy ta’lim pedagogikasi, Toshkent, 2015.
4. Sharipov Sh. – Pedagogika va kasb-hunar ta’limi metodikasi, Toshkent, 2012.
5. To‘xtasinov B., Usmonov A. – Kasbiy ta’lim metodikasi va pedagogik
texnologiyalar, Toshkent, 2018.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_Апрел –2025
317
6. Qodirova G. – Kasbiy pedagogika asoslari, Toshkent, 2016
7.Mirzaahmedov H. – Kasbiy ta’lim va pedagogik texnologiyalar, Toshkent, 2021.
8. Ziyonet.uz manbalari.
9. Murodjon Ahmedov. - Jadidchilik: kechagi va bugungi. Toshkent -2017