Authors

  • R.Jabbarova

Author Biography

  • R.Jabbarova

    SamDChTI Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti, 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118266

Keywords:

sifat yasash o‘zbek tili ingliz tili prefiks suffiks affiksatsiya kompazitsiya qo‘shimchalar grammatik qoidalar qo‘shma sifatlar.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida qo’shma sifatlarning yasalishi, ularning grammatik xususiyatlari va tuzilishi tahlil qilinadi. O‘zbek tilida sifatlar asosan affiksatsiya va kompazitsiya yo‘li bilan hosil qilinib, turli qo‘shimchalar orqali shakllanadi. Ingliz tilida esa prefiks va suffikslardan keng foydalaniladi. Maqolada har ikki tilning sifat yasash tizimi taqqoslanib, umumiylik va farqlar o‘rganiladi. Bu taqqoslash tilshunoslik nazariyasini chuqurroq anglash va amaliy nutq ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_Апрел –2025

284

"O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA QO’SHMA SIFATLARNING

YASALISHI: QIYOSIY TAHLIL"

R.Jabbarova

SamDChTI Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti, 1-kurs talabasi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida qo’shma sifatlarning

yasalishi, ularning grammatik xususiyatlari va tuzilishi tahlil qilinadi. O‘zbek tilida

sifatlar asosan affiksatsiya va kompazitsiya yo‘li bilan hosil qilinib, turli

qo‘shimchalar orqali shakllanadi. Ingliz tilida esa prefiks va suffikslardan keng

foydalaniladi. Maqolada har ikki tilning sifat yasash tizimi taqqoslanib, umumiylik

va farqlar o‘rganiladi. Bu taqqoslash tilshunoslik nazariyasini chuqurroq anglash va

amaliy nutq ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Abstract

: This article analyzes the formation of compound adjectives in Uzbek

and English, their grammatical features, and structures. In Uzbek, adjectives are

mainly derived through affixation and composition, taking various suffixes to form

different meanings. In English, prefixes and suffixes are widely used. The article

compares the adjective formation systems of both languages, exploring their

similarities and differences. This comparison contributes to a deeper understanding

of linguistic theory and enhances practical language skills. are widely used. The

article compares the adjective formation systems of both languages, exploring their

similarities and differences. This comparison helps in a deeper understanding of

linguistic theory and enhances practical language skills.

Аннотация

: В данной статье анализируется образование сложных

прилагательных в узбекском и английском языках, их грамматические

особенности и структура. В узбекском языке прилагательные в основном

образуются с помощью аффиксации и композиции, принимая различные

суффиксы для формирования значений. В английском языке широко

используются префиксы и суффиксы. В статье сравниваются системы

образования прилагательных в обоих языках, изучаются их сходства и


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_Апрел –2025

285

различия. Это сравнение способствует более глубокому пониманию

лингвистической

теории

и

развитию

практических

языковых

навыков.уффиксы. В английском языке широко применяются приставки и

суффиксы. В статье проводится сравнительный анализ систем образования

прилагательных в обоих языках, изучаются их сходства и различия. Этот

анализ способствует более глубокому пониманию лингвистической теории и

улучшению практических языковых навыков.

Kalit so‘zlar

: sifat yasash, o‘zbek tili, ingliz tili, prefiks, suffiks, affiksatsiya,

kompazitsiya, qo‘shimchalar, grammatik qoidalar, qo‘shma sifatlar.

Til inson tafakkurining ifodasi bo'lib, undagi so'zlar va ularning tuzilishi

fikrlarni aniq yetkazishda muhim ro'l o'ynaydi. "Til tafakkur bilan bog'liq holda

insonni barcha jonzotlardan ajratib turuvchi imkoniyat sifatida baholanadi". (

Xolmonova. Z. 2019.p.4) Sifatlar esa har qanday tilda predmet va hodisalarning belgi

xususiyatlarini ifodalovchi so'z turkumidir. Ular nutqga aniqlik va rang baranglik

qo'shib, ifodani boyitadi.

O'zbek va ingliz tillarida sifatlarning yasalishi turli grammatik qoidalarga

asoslangan bo'lsada, o'xshashliklar ham mavjud. Masalan, ikki tilda ham

qo'shimchalar yordamida yangi sifatlar hosil qilish mumkin. Biroq, ingliz tilida

prefiks va suffikslardan keng foydalanilsa, o'zbek tilida qo'shma sifatlar ham keng

qo'llaniladi. Ushbu maqolada o'zbek va ingliz tillarida qo’shma sifatlarning qanday

yasalishi hamda ularning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z yuritildi.

O'zbek tilshunosligida asosiy sifatlar hech qanday qo'shimchalarsiz mustaqil

qo'llanadigan sifatlardir. Ular predmetlarning belgilarini bevosita ifodalaydi.

Masalan, rang va hajm bildiruvchi sifatlar:

oq, yashil, katta, kichik

. Xususiyat va holat

bildiruvchi sifatlar:

achchiq, yumshoq, nam, sovuq

. Sifatlar ikki usul bilan hosil

qilinadi. "Affiksatsiya va kompazitsiya. O'zbek tilida sifat yasovchi affiksial

derivatsion qolip anchagina" (Sayfullayeva. R va boshq. 2009.p.239).

Kompazitsiya usuli bilan qo'shma va juft sifat hosil bo'ladi.

Qo'shma Sifatlar yasalishi :

Ot+ot.

Devsifat, dilozor


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_Апрел –2025

286

Sifat+ot.

Sho'rpeshona, kaltafahm

Ot+sifat.

Yoqavayron, jig'ibiyron

Ravish+ot.

Hozirjavob, kamgap

Ravish +fe'l.

Tezpishar, ertapishar

Fe'l+fe'l.

Yebto'ymas

Olmosh+ot.

O'zboshimcha

Ot+fe'l.

Tinchliksevar

Olmosh+sifat.

O'zbilarmon

Son+ot.

Ikkiyuzlamachi

Sifat+sifat.

Olachipor

Juft sifatlar yasalishi :

I. Juft sifatlar qismlarining ma’no munosabatiga ko’ra quyidagi turlarga

bo’linadi:

a) qismlari o’zaro sinonim(ma’nodosh) bo’lgan juft sifatlar:

aql-hushli, ajoyib-

g’aroyib, boy-badavlat, ola-chipor, pishiq-puxta

b) qismlari o’zaro antonim (zid ma’noli) bo’lgan juft sifatlar:

achchiq-chuchuk,

baland-past issiq-sovuq, tanish-notanish, xom-pishiq, chappa-rosta, quyuq-suyuq,

yaxshi-yomon

d) qismlarining ma’nosi yaqin bo'lgan juft sifatlar:

ijtimoiy-siyosiy, kuydi-pishdi

(fe’ldan ko’chgan), moshguruch (otdan ko’chgan), mo’min-qobil, ochiq-oydin, och-

yalongoch, soya-salqin, tinch-totuv, uzuq-yuluq,

II. Juft sifatlar qismlarining yakka (mustaqil) holda qo’llana olish yoki qo’llana

olmasligiga ko’ra

quyidagi turlarga bo’linadi:

a) har ikkala qismi mustaqil holda qo’llana oladigan juft sifatlar:

quyuq-suyuq,

chappa-rosta, soya-salqin, ochyalongoch, o’ydim-chuqur;

b) qismlaridan biri mustaqil holda qo’llanmaydigan juft sifatlar:

yengil-yelpi,

xom-xatala, tuppa-tuzuk, olakula, nest-nobud, yolg’on-yashiq, kalta-kulta, ilma-

teshik;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_Апрел –2025

287

d) har ikkala qismi mustaqil holda qo’llana olmaydigan juft sifatlar:

aji-buji

(yozuv), apoq-chapoq, aloqchaloq (tush), dali-g’uli, zim-ziyo, poyintar-soyintar

(gap), uvali-juvali.

Ingliz tilida ham sifat vazifasi o'zbek tilidagi bilan deyarli bir xil. "Sifat deb

predmetning begisini bildirib, qanday (how?) savoliga javob bo'ladigan so'z

turkumiga aytiladi. Masalan, red (qizil), beautiful (chiroyli). Sifatlar ikki xil bo'ladi :

oddiy, hech qanday qo'shimcha qo'shilmagan holda. Masalan, short (kalta), big

(katta). Hamda yasama sifatlar. Ularning tarkibida suffiks va prefikslar (old

qo'shimcha) bo'ladi".(Nurutdinova. Z. 2011.p. 9)

Ingliz tilida ham o'zbek tilidagi kabi qo'shma sifatlar (compound

adjective) ham keng qo'llaniladi va nutqga va matnga ifodalilik va ta'sirchanlik

qo'shadi. "Ikkita so'zdan yasalib, bitta ma'noni bildiruvchi sifatlar qo'shma sifatlar

deyiladi" (G'apporov. M. 2010.p.143). Asosiy qo'shma sifat yasash usullari

quyidagilar:

1. Sifat + Hozirgi zamon sifatdosh (

Adjective +Present Participle

). Bu

tuzilma harakatning davomiyligini yoki xususiyatini ifodalaydi.

Misollar:

She has a long-lasting battery. (Uning batareyasi uzoq vaqt ishlaydi.)

He is an easy-going person. (U yengil fe’lli odam.)

2. Sifat + O‘tgan zamon sifatdosh (

Adjective +Past Participle

). Bu tuzilma

narsa yoki odamning qanday shakllanganini yoki qanday ta’sir ko‘rganini bildiradi.

Misollar:

He wears old-fashioned clothes. (U eskicha kiyim kiyadi.)

This is a ready-made meal. (Bu tayyor taom.)

3. Sifat + Ot (

Adjective +Noun

) . Bu tuzilma narsa yoki voqeaning maqsadini

yoki xususiyatini ta’riflaydi.

Misollar:

He took a last-minute decision. (U oxirgi daqiqada qaror qabul qildi.)

We booked a long-distance flight. (Biz uzoq masofaga parvoz bron qildik.)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_Апрел –2025

288

4. Ot + Hozirgi zamon sifatdosh (

Noun +Present Participle

). Bu tuzilma

harakatning davomiyligini yoki narsa qanday ishlashini bildiradi.

Misollar:

This is a time-consuming task. (Bu vaqt talab qiluvchi vazifa.)

She is an English-speaking guide. (U ingliz tilida gapiradigan yo‘lboshchi.)

5. Ot + O‘tgan zamon sifatdosh (

Noun +Past Participle

). Bu tuzilma narsa

yoki odamning qanday yaratilganini yoki unga qanday ta’sir ko‘rsatilganini bildiradi.

Misollar:

She lives in a middle-aged house. (U o‘rta yoshdagi uyda yashaydi.)

We bought some sun-dried tomatoes. (Biz quyoshda quritilgan pomidor sotib

oldik.)

6. Ot + Sifat (

Noun+Adjective

) . Bu tuzilma narsa yoki odamning qanday

xususiyatga ega ekanligini bildiradi.

Misollar:

I like sugar-free drinks. (Men shakar tarkibisiz ichimliklarni yoqtiraman.)

This place is world-famous. (Bu joy dunyoga mashhur.)

7. Ravish + O‘tgan zamon sifatdosh (

Adverb+Past Participle

). Bu tuzilma

odam yoki narsaning qanday darajada ekanligini bildiradi.

Misollar:

He is a well-educated person. (U yaxshi ta’lim olgan odam.)

The room is brightly-lit. (Xona yorqin yoritilgan.)

8. Son + Ot (

Number +Noun

) . Bu tuzilma vaqt yoki miqdorni bildiradi.

Misollar:

We have a five-minute break. (Bizda besh daqiqalik tanaffus bor.)

They live in a two-room apartment. (Ular ikki xonali kvartirada yashashadi.)

9. Son + Tananing bir qismi + -ed (

Number +div part+ -ed

) . Bu tuzilma

jonzot yoki narsaning fizik xususiyatlarini bildiradi.

Misollar:

A spider is an eight-legged insect. (O‘rgimchak sakkiz oyoqli hasharotdir.)

He met a one-eyed man. (U bitta ko‘zli odam bilan uchrashdi.)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_Апрел –2025

289

Xulosa qilib aytganda, sifatlar nutqning muhim qismi bo‘lib, har qanday

tilda aniqlik va ifodalilikni oshiradi. O‘zbek va ingliz tillarida qo’shma sifat yasash

usullari o‘xshash bo‘lsa-da, ba’zi farqlar mavjud. Masalan, ingliz tilida prefiks va

suffikslar keng qo‘llansa, o‘zbek tilida qo‘shimchalar va qo‘shma sifatlar ko‘proq

uchraydi.

Bu ikki tilning sifat yasash usullarini o‘rganish nafaqat grammatikani

tushunishga, balki so‘z boyligini kengaytirishga ham yordam beradi. Bir tilning

xususiyatlarini ikkinchisi bilan taqqoslab o‘rganish esa til o‘zlashtirish jarayonini

yanada samarali qiladi.

Sifatlarning qanday hosil bo‘lishini bilish yozma va og‘zaki nutqda to‘g‘ri

ishlatish uchun muhimdir. Shuning uchun o‘zbek va ingliz tillarida sifat yasash

qoidalarini chuqur o‘rganish har ikki tilda ravon so‘zlashishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

1. G'apporov, M., & Qosimova, R. (2014). Ingliz tili grammatikasi. Turon-Iqbol.

2. Sayfullayeva, R., Mengliyev, B., Boqiyeva, G., Qurbonova, M., Yunusova, Z., &

Abuzalova, M. (2009). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va

o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

3. Zuhra Nurutdinova. (2011) . Ingliz tilidagi asosiy qoidalar. Toshkent

4. Umidjon Qodirov. (2024) . O'zbek adabiy tili bo'limlari yuzasidan uslubiy

qo'llanma. Boysun

5. Xolmonova Zulxumor Turdiyevna. (2019) . Kompyuter lingvistikasi. Toshkent