Authors

  • Uzoqova Oʻgʻilkerak Shokir qizi

Author Biography

  • Uzoqova Oʻgʻilkerak Shokir qizi

    Qarshi davlat universiteti 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118267

Keywords:

tuyuq tajnis Alisher Navoiy Xazoyin ul -maoniy tajnisli tuyuq tajnissiz tuyuq.

Abstract

Bu maqolada sof turkiy janrlardan biri boʻlgan tuyuq janrining mumtoz adabiyoti hamda Alisher Navoiy ijodida muhim ahamiyat kasb etgani va tuyuq turlari. Ularda ifodalangan maʼnolar,tajnis haqida berilgan fikrlar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_Апрел –2025

280

ALISHER NAVOIYNING "XAZOYIN UL -MAONIY" ASARIDA

TUYUQLAR SHARHI

Uzoqova Oʻgʻilkerak Shokir qizi

Qarshi davlat universiteti 3-bosqich talabasi

Annotasiya:

Bu maqolada sof turkiy janrlardan biri boʻlgan tuyuq janrining

mumtoz adabiyoti hamda Alisher Navoiy ijodida muhim ahamiyat kasb etgani va

tuyuq turlari. Ularda ifodalangan maʼnolar,tajnis haqida berilgan fikrlar.

Kalit soʻzlar:

tuyuq,tajnis, Alisher Navoiy, Xazoyin ul -maoniy, tajnisli tuyuq,

tajnissiz tuyuq.

Abstract:

This articli describes the genre of tuyuk ,one of the purely Turkic

genres,which occupies ana important place in classical literature anda the work of

Alisher Navoiy. It describes the tupes of tuyuk ,the meanings and relationships

expressed in tuyuk,and this genre.

Keywords:

tuyuk ,tajnis, Alisher Navoiy, Xazoyin ul -maoniy,tuyuk without

tajnis,tuyuk wtis tajnis.

Аннотация:

В данной статье жанр туюк который явлется одним из

чисто турейкех жанров, занимает важное местов в классической литературе

и творчестве Алишер Навои а также определяются виды туюка,смыслы,

выраженные в туюка и етом жанре.

Ключевые слова:

туюк, таджинис, Алишер Навоий , Хазоин ул маони,

туюк без таджинса, туюк таджисом.

Mumtoz sheʼriyatda shunday janrlar borki , sheʼriy sanʼatlarni ustamonlik

bilan ishlatish natijasida hosil boʻladi. Bu esa asarning jozibaliligini hamda shoirning

soʻz qoʻllash sanʼatini qanchalik yuqorili ekanligini koʻrsati beradi. Shunday sheʼriy

janrlardan biri tuyuqdir. Bu sheʼriy janr tajnis sanʼatini baland choʻqqiga olib chiqdi.

Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Ogahiy, Bobur, Munis ijodida tuyuqning yetuk

namunalarini koʻrishimiz mumkun.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_Апрел –2025

281

Tuyuq sof turkiy janr boʻlib, turkiy sheʼriyatda qalam tebratgan ijodkorlardan

biri Alisher Navoiy ham bu janrni chetlab oʻtmadi.

Navoiy tuyuq va uning xususiyatlari bilan ham shugʻullangan va shu janr

uchun xos boʻlgan belgilarni koʻrsatib berishga muvaffaq boʻlgan.Navoiy fikrlaridan

shuni anglash mumkinki,tuyuq turkiy xalqlar orasida keng tarqalib, toʻy, bazm,

yigʻinlarda yaratilgan ekan.Tuyuq ikki bayt , yaʼni toʻrt misradan iborat boʻladi.

Tuyuq tajnisli qofiyaga asoslangan va albatta ramali musaddasi maqsur vaznida

yoziladi. Shoir oʻzining yutuqlarini jamlab ,"Badoye ul-vasat" devoni tarkibiga

kiritgan. Devondagi tuyuqlarning jami soni 13 tadir.Alisher Navoiy faqat shu

devondagina emas boshqa asarlarida ham tuyuq janri haqida toʻxtalib oʻtgan.

Masalan,"Majolis un-nafois"da ham tuyuq namunalari va mualliflari haqida

maʼlumotlar keltirilgan.Tuyuqlarni ularda tajnisning ishtirok etishi yoki etmasligiga

koʻra ikki guruhga boʻlish mumkin:

1.tajnisli tuyuq ;

2.tajnissiz tuyuq;

Bular hajmi,vazni jihatidan bir xildir. Tajnisli tuyuqlar oʻzbek adabiyotida

keng tarqalgan va rivojlangani a,a,b,a tarzida qofiyalanib, 1,2,4 misralarda tuyuqlar

ishlatilgan tuyuqlardir. Oʻzbek shoirlari, asosan, tuyuqning shu turida asar yaratganlar

. Navoiyning tajnissiz yozilgan tuyuqlari umuman yoʻqdir. Tajnisli tuyuqning

ikkinchi bir turida ham toʻrttala misrada hamjins ,ham shakl soʻzlar qofiya oʻrnida

keladi,bu soʻzlar kamida toʻrt xil maʼnoni anglatishi mumkin, lekin adabiyot tarixida

uning namunalari kam uchraydi.

Tuyuq haqidagi nazariy maʼlumotlardan maʼlumki, badiiy asarda tajnis hosil

qilish uchun faqat tildagi tayyor shakldosh (omonim) foydalanish shart emas.

Ijodkorlar bir necha soʻz qoʻshilmasi orqali ham ilgari qoʻllanilmagan , yaʼni

tamoman yangi tajnislar yaratish mumkin. Masalan:

" Charx tortib xanjari hijron bu tun

Qoʻymadi bir zarra bagʻrimni butun

Tunga borib bizni behol aylading

Ne baloligʻ yer emish , yo rab bu tun"(4:731)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_Апрел –2025

282

Bu tuyuqda ham Navoiy shunday yoʻl tutgani 1-misradagi "bu tun"soʻzlar

tarkibli, 2- misrada "butun" va 4- misrada "bu tun " degan soʻzlar tarkibi qofiya boʻlib

kelgan . Lekin bu uch qofiyadagi soʻzlarning har biri alohida- alohida maʼnoga ega .

Lekin eski oʻzbek alifbosida bu tajnis tarkibi bir xil yozilgan .1-misrada "bu tun "

soʻzi kechasi degan maʼnoni anglatib kelgan . Natijada satrdan :"Dunyo menga hijron

azobini chektirdi kechasi bilan" degan maʼnoni uqamiz.2 - misrada "bagʻrimning bir

zarralik ham butun joyi qolmadi". 3- misrada " bizni behol qilding tunga borib " degan

fikr ifodalangan. 4- misrada shoir endi "bu va tun" soʻzlarini oʻz maʼnosida

ishlatiladi: " Ey xudo bu kechasi yer qanday boʻldi " degan maʼno anglashadi. Tuyuq

turkiy janr boʻlgani uchun uning aksar namunalaridan qofiyaga olingan

tajnislar,asosan , turkiy soʻz va qoʻshimchalar vositada shakllantiriladi. Bu tuyuqda

shoir aynan kelib turkiycha boʻlgan soʻzlar vositasida tajnis yaratadi. Navoiy tuyuq

yaratishda tajnis usullarining barcha xillari ishga soldi , tarkibli soʼzlarni ham turli

maʼnolarni qoʻllay oladi.

Alisher Navoiy adabiyotimiz tarixida tuyuqning nazariy asoschisi boʻlib

qolmay, bu janrda ham oʻz isteʼdodini sinab koʻrgan va oʻz devonidan bu janrdagi

sheʼrlarga alohida oʻrin ajratgan qalam sohibidir. Shoirning tuyuqlari turkiy

sheʼriyatning yuksak namunalari ekanligi bilan ahamiyatlidir. Shoir qofiya uchun

tajnisning turli koʻrinishlardan foydalangan ekan, shu vositalarni quruq soʻz oʻyini

uchun emas , balki oʻzining chuqur kechinmalari ifoda etish maqsadida

boʻysundiradi.

" Ul pariy ishqida bu devonani ,

Eyki istarsan , kelib gulxanda koʻr

Bir qadah ul gulni xandon ayladi

Ey koʻngul ,nazzora qil, gulxanda koʻr "(4 :731)

Bu tuyuqda esa oshiqning holati haqida soʻz yuritiladi. U yorning ishqida , bu

devona , uni xohlasang kelib olovda koʻr , birgina qadah yorni xursand qildi,ey

koʻngul olov boʻlib yonayotgan yorga bir nazar tashla". Sheʼrdagi " gulxanda koʻr

,yaʼni oʻtxonoda" soʻzi ikkinchi misrada gul xonada yaʼni gul saqlanadigan joy

maʼnosida , toʻrtinchi misrada esa olovda koʻr maʼnosida qoʻllangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_Апрел –2025

283

Xulosa qilib aytadigan boʻlsam , yuqorida aytilgan fikrlar va misollar orqali

tuyuq janrida soʻzlarni tajnis sifatida qoʻllash soʻz oʻynoqiligini, turkiy janr boʻlib ,

oʻzbek tilining rivojiga katta hissa qoʻshgan Alisher Navoiy tuyuq janri orqali

isbotlab berganlar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami.20 tom.16 tom. Toshkent. Fan 2000

yil

2. Alibek Rustamov . Navoiyning badiiy mahorati. T.; 1979

3. Alisher Navoiy . Xazoyin ul -maoniy 3 tom , 1960.

5. Alisher Navoiy. Qomusiy lugʻat. 1-2 jildlar masʼul muharrir Sh. Sirojiddov. T.;

Sharq , 2016

6. Oʻzbek tilining izohli lugʻati 1-4 tomlari . T.; 2006 yil.