Authors

  • Abdusalomova Mashhura Isomiddin qizi
  • Muhtorova Shoiraxon Abduhalil qizi

Author Biographies

  • Abdusalomova Mashhura Isomiddin qizi

    Qo`qon Universiteti Andijon Filiali

    Ijtimoiy - gumanitar va pedagogika fakulteti

    Filalogiya fani yo`nalishi

  • Muhtorova Shoiraxon Abduhalil qizi

    Qo`qon Universiteti Andijon Filiali

    Ijtimoiy - gumanitar va pedagogika fakulteti

    Filalogiya fani yo`nalishi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118281

Keywords:

“Maxsus “ radifli g`azal Yusuf Amiriy Umarxon Amiriy Alisher Navoiy “Majolis un-nafois “ “Muhokamat ul-lug`atayn” .

Abstract

Ushbu maqolada biz “ Maxsus “radifli g`azalni ikki shoirning ham ijod namunalarida, ya’ni Yusuf Amiriyning va Umarxon Amiriyning g`azallari safida kelganligi, asli bu g`azal kimning ijod mahsuli sifatida bilishimiz kerakligi to`g`risida so`z boradi .


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

204

O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA MUALLIFI MUNOZARALI

BO’LGAN G'AZAL

Qo`qon Universiteti Andijon Filiali

Ijtimoiy - gumanitar va pedagogika fakulteti

Filalogiya fani yo`nalishi

Abdusalomova Mashhura Isomiddin qizi

Filalogiya fani yo`nalishi

Muhtorova Shoiraxon Abduhalil qizi

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada biz “ Maxsus “radifli g`azalni ikki

shoirning ham ijod namunalarida, ya’ni Yusuf Amiriyning va Umarxon Amiriyning

g`azallari safida kelganligi, asli bu g`azal kimning ijod mahsuli sifatida bilishimiz

kerakligi to`g`risida so`z boradi .

Kalit so’zlar : “Maxsus “ radifli g`azal , Yusuf Amiriy , Umarxon Amiriy ,

Alisher Navoiy , “Majolis un-nafois “, “Muhokamat ul-lug`atayn” .

KIRISH

O`zbek mumtoz adabiyoti jahon madaniyati tarixida o`z o`rniga ega

bo`lgan adabiyotdir . Bu adabiyot serqqira ekanligi hamda ildizlari chuqur teranligi

bilan diqqatga loyiqdir .Adabiyotni chuqur o`rganish uning sehr -u jozibasidan

bahramand bo`lish insonni ma’naviy barkamol qiladi , uni go`zallik va nafosat olamiga

yetaklaydi . Kitob o`qish esa inson tafakkurining ozuqasidir . Bu haqida Yurtboshimiz

Shavkat Mirziyoyev “Kitob o`qigan o`zizni ustida ishlagan odamda qanoat bo`ladi . U

befarq bo`lmaydi . Uning kuchi bilimida bo`ladi shuning uchun hech kimni pisand

qilmaydi .”Kattalarga “ xushomad qilmaydi. Uning bilimi bor ,ilmi bor . Mana nima

uchun kitob o`qinglar deymiz . Kitob o`qisangiz savol berishni bilasiz “. Deya

yoshlarni kitobxonlikka targ`ib qilgan muhtaram yurtboshimiz .

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Shu sababli ko`plab kitoblar mutolaa qilar ekanmiz .Biz bir muammoli

mavzuga duch keldik . Barcha kitobxonlarga ma’lumki ,o`zbek mumtoz adabiyoti


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

205

tarixida , umuman olganda har bir ijodkor taxallus orqali qalam tebratgan. Biz ko`plab

bir xil taxallusli ijodkorlarga duch kelamiz. Shu jumladan sizga ikki adibni aytib

o`tmoqchimiz . Ya’ni Yusuf Amiriy hamda Umarxon Amiriylardir . Endi asosiy

muommoga to`xtaladigan bo`lsak , “ Maxsus “ radifli g`azalni kitoblarda ikki

Amiriyning ham g`azallari orasida uchratishimiz mumkin . Ayrim kitoblarda Yusuf

Amiriynig g`azallari orasida kelgan bo`lsa , ba’zi kitoblarda esa Umarxon Amiriyning

g`azallari orasida ucharatamiz .

Endi biz ushbu g`azalning muallifi sifatida bilganimiz Yusuf Amiriyga

to`xtalib o`tamiz .Uning ijodini o`rganar ekanmiz , Amiriy ijodi katta bo`lmay

bizgacha “Tomosho “ radifli , “ Maxsus “ radifli , “Etmish “ radifli g`azallari, biita

tarje’bandi va bir nechta tuyuqlari yetib kelgan .bundan tashqari “ Dahnoma “ va

“Banginva chog`ir munozarasi “ kabi asarlari ham mavjud .Yusuf Amiriy juda ham

mashhur bo`lmaganligi tufayli ba’zi o`quvchilar uchun notanish chunki ko`p kitoblarda

uning hayoti haqida ma’lumot mavjud emas . Biz sizni adib bilan tanishtirmoqchimiz

. Adib XV asrda Hirotda yashagan . U fors tilida ham ijod qilgani ayrim manbalarda

qayd etilgan .Aynan Alisher Navoiyning “ Muhokamat -ul-lug`atayn “ da Amir Temur

zamonidan to o`g`li Shohrux mirzo hukmronligi oxirigacha yetishib chiqqan turkiy

shoirlar qatorida Amiriyni ham hurmat bilan sanab o`tadi . ” Majolis-un-nafois “

tazrikasining birinchi majlisida unga alohida majlis ajratib , shunday yozadi . Mavlono

Amiriy turk erdi va turkcha she’ri yaxshi voqe bo`libdur ,ammo shuhrat tutmabdur va

bu bay tuning “Dahnoma” sidandur .

Ne emakdin ne uyqudin solib so`z ,

Emakdin tuyub, uyqudin yumib ko`z .

Fors tilidagi ijodida Kamol Xo`jandiyga tatabbee qilganligi aytilgan .

1

“Tizkiratush – shuaro “ mualiffi Davlatshox Samarqandiy Yusuf Amiriyni Shohrux

mirzo davrida kamolotga yetgan shoirlardan hisoblasa , Alisher Navoiy “Majolis -un-

nafois “ va “Muhokamat-ul-lug`atayn “asarlarida uni Atoiy , Sakkokiy , Lutfiy qatorida

tilga oladi .

2

Amiriyning “Dahnoma”si ham nomachilik an’analariga qat’iy rioya

1

Navoiy A. Asarlar . Majolis – un – nafois XV tomlik XII tom -Toshkent . G`afur G`ulom 1966 . 22 – b.

2

O`zbek She`riyati Antologiyasi . Klassik she`riyat . II tom – Toshkent .O`zbekiston davlat badiiy adabiyoti. 1961. 82 – b

.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

206

qilingan holda yozilgan . Asar Ulug`bekni akasi Boysung`ur mirzoga bag`ishlangan ,

chunki shoir o`zini uning himoyasida yashaganligini alohida ta’kidlaydi .

3

“Maxsus “radifli g`azalining yana bir muallifi sifatida bilganimiz ,Umarxon

Amiriy bilan tanishib o`tamiz . Umarxon hammamizga ma’lum va mashhur bo`lib ,

shox va shoir sifatida shuhrat qozongan . Umarxon 1787-yili Qo`qon shahrida

o`zbeklarning Ming urug`idan bo`lgan Farg`ona hukmdori Norbo`tabiy xonadonida

tug`iladi . 1807-1808-yillarda akasi unga Marg`ilon hokimligini ishonib topshiradi .

Shu yillaru tog`asi -Andijon hokimi Rahmonqulning qizi Nodiraga uylanadi . Ya’ni

hammamiz uchun ma’lum bo`lgan shoir Nodira begim bilan turmush quradi . Oradan

vaqt o`tib 1810-yil Umarxon Qo`qon taxtiga o`tiradi . Unga “Amir ul-muslimin “

degan unvon beriladi . Amiriy yaxshi ijodkor bo`lib bizga salmoqli adabiy meros

qoldirgan . O`zbek mumtoz so`z san’ati tarixida alohida hodisa bo`lgan , Qo`qon

adabiy muhitini vujudga kelishi va ravnaq topishida uning ro`li katta bo`lgan

4

.

O`tmishda har qanday shoir ham devon tuzish darajasiga ko`tarila olmagan . Ammo

Amiriy buni muvaffaqaiyatli uddalagan sohibi devondur .

Vafo to bo`ldi jononimg`a maxsus ,

Jafou javr erur jonimg`a maxsus .

Xiromu jilvayu nozu malohat ,

Erur sarvi xirmonimg`a maxsus .

Guliston bo`ldi ko`nglum lola yang`ilig` ,

Vafo dog`i gulistonimga maxsus .

Kecha tong otguncha ko`nglim chekar oh ,

Erur bu sham vayronimg`a maxsus .

Ko`ngil konidadur ko`ngil la`ling hayoti ,

Bu gavhardur Badaxshonimg`amaxsus .

G`amingda ishq ranji rohatimdur ,

Bu darding o`ldi darmonimg`a maxsus .

G`ubori to`tiyoyi hoki poying ,

3

O`zbek adabiyoti bo`stoni . Muborak maktublar .- Toshkent . G`ofur G`ulom . 1987 . 62 – b .

4

Amiriy U. Devon (Matn ) O`zbekcha she`rlar . I Tom . -Toshkent . ” Tamaddum”, 2017 . 143 – b .


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

207

Bo`lurmu chashmi giryonimg`a maxsus .

Kerak shaxdin gado holini so`rmoq ,

Bu davlat keldi sultonimg`a maxsus .

Ko`ngil xushtur visol umidi birla ,

Bu mahram hijronimg`a maxsus .

Shahidi nozi mujgoning erurman ,

Bu xanjardir mening qonimg`a maxsus .

Erurman ish mulkining Amiriy ,

Junun avboshi darmonimg`a maxsus .

5

Ushbu g`azalni biz biz 1948-yilda nashr etilgan “ Navoiy zamondoshlari “

nomli kitobning 53-betida Yusuf Amiriyning g`azali sifatida ko`ramiz . Bundan

tashqari 1961-yilda nashr etilgan “O`zbek She`riyati Antologiyasi” Klassik she’iyat

ikkinchi tom kitobining 83-betida hamda 1986-yilda nashr etilgan “ Navoiy nigohi

tushgan” nomli kitobining 133-betida va “ Nazm bo`stoni “ nomli kitobda bu g`azal

Yusuf Amiriyning ijod mahsuli bo`lib kelgan bo`lsa , 2017-yilda nashr etilgan Amiriy

Devoni o`zbekcha she`rlar birinchi tom kitobining 143-betida 108 -raqam ostida

Umarxin Amiriyning g`azali sifatida uchratamiz . Ushbu manbalar asosida o`quvchida

savol tug`iladi, Asli bu g`azal kimga tegishli . Qaysi Amiriyning ijod mahsuli sifatida

qarashimiz kerak . Albatta , bu masala har bir o`quvchini o`ylantiradi . Qanday qilib

ikki davrda yashab ijod qilgan adiblarning ijod namunasida bir xil g`azal keladi . Bu

g`azalda uslub ravon so`zlar rang – barang va albatta mukammal tarzda yozilgan .

G`azal 11 bayt 22 misradan iborat bo`lib , “maxsus “ radifi bilan tugovchi g`azaldir .

Aruzning hajazi musadasi mahzuf (maqsur) bahrida yozilgan bo`lib , Ma - fo – iy – lun

/ ma - fo -iy - lun /ma – fo – il shaklida , paradigmasi V- - - / V - - - / V - - (V - ~ )

ko`rinishida namayon bo`lgan . Qofiyalanishi muqayyad qofiyada bo`lib ,”N” tovushi

raviy vazifasini bajarmoqda . G`azalning maqta’sida shoir taxllusi keltirilgan ,bunda

Amiriy taxallus keltirilgan bo`lib , bu qaysi Amiriyniki bo`lishi mumkin?! G`azlning

5 -baytida esa Badaxshon toponimi keltirilgan . Bu esa g`azal Yusuf Amiriyning

qalamiga mansub bo`lishi mumkin degan fikrlrani uyg`otadi .Bunga sabab shundaki ,

5

Zarifov H. ( Nashrga tayyorlovchi ) Navoiy zamondoshlari . – Toshkent . G`afur G`ulom . 1948 . 53 – b .


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

208

Alisher Navoiyning “Majolis – un -nafois “ tazrikasida shunday yozilgan “Aning

qabri Badaxshoi sari Arxang Saroyidadur “ .

6

Ya’ni qabri Badaxshonda bo’lsa , hayoti

davomida u yerda yashagan deb ayta olamiz . Hmma kitobda g`azal so`zlari bir xil

ko`rinishda bo`lib , ammo baytlarda biroz chalkashlikka duch kelishimiz mumkin .

Yusuf Amiriyga tegishli bo`lgan barcha manbalarda begona bayt

Shaxidi nozi mujgoning erurman ,

Bu hanjardur mening qonimg`a maxsus .

Ushbu misra bilan ifodalangan bo`lsa , Umarxon Amiriyning devonida chop

etilgan namunasida esa 8-9 va begona baytlar almashgan holda ko`rishimiz mumkin .

Bu chalkashlik ham o`quvchilarni , albatta , befarq qoldirmaydi .

XULOSA

Shunday qilib muallifi munozarali bo`lgan bu g`azal adabiyotimizda

o`rganilishi kerak bo`lgan muammoli holat deb ayta olamiz . Bu g`azalni yozilgan

uslubi , tilini o`rganib chiqib va har ikki adibning yozish usuli va mahoratini bundan

tashqari ikki davrda yashagan ikki Amiriyning so`zlashuv tilida yetarlicha farq

bo`lganligi , g`azaldagi so`zlar qaysi davrga xos ekanligini bilish orqali bu muommoli

vaziyatga yechim topa olishimiz mumkin deb o`ylaymiz .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

:

1.

QODIROV,

A.

(2025).

BADIIY

ASAR

TAHLILI

VA

DIN

INTEGRATSIYASI:(Alisher Navoiy ijodi misolida). Hamkor konferensiyalar, 1(11),

386-388.

2.

Qodirov, A. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM

KATEGORIYASI SIFATIDA. University Research Base, 857-860.

3.

Abdulazizbek, Q. (2024). USLUB ADABIYOTSHUNOSLIKNING MUHIM

KATEGORIYASI SIFATIDA. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2(42), 144-

149.

4.

Qodirov,

A.,

Inomjonova,

M.,

&

Olimova,

X.

(2025).

ADABIYOTSHUNOSLIKDA BADIIY ASAR TILI VA BADIIY NUTQ USLUBI.

Наука и технология в современном мире, 4(5), 36-38.

6

Navoiy A . Asarlar . Maljolis – un – nafois . XV tomlik XII tom . -Toshkent . G`afur G`ulom . 1966 . 82 -b .


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

209

5.

O’G’Li, Q. A. L. (2023). ADABIYOTSHUNOS USLUBI HAQIDA

(DILMUROD QURONOV IJODI MISOLIDA). World of Philology, 2(2), 46-50.

6.

Kobilova, Z. B. (2021). Amiriy and fazliy. Asian Journal of Multidimensional

Research, 10(9), 271-276.

7.

Kobilova, Z. (2022). Image of a Drinker and a Hermit in the Amir Al-Ghazali.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(4),

173-176.

8.

Qobilova, Z. (2020, December). THE ARTISTIC-AESTHETIC EFFECT OF

AMIRI'S POETRY SCOPE. In Конференции.

9.

Haliljonovna, S. K. (2024). PSYCHOLOGICAL POSSIBILITIES OF

FORMING INTERESTS IN VISUAL ARTS IN PRESCHOOL CHILDREN. Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal, 12(3), 438-442.

10.

Жахонгирова, Тамила; ,ЭВОЛЮЦИЯ НЕГАТИВНЫХ ЭМОЦИЙ В

АНГЛИЙСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ: СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ,Ta'limning

zamonaviy transformatsiyasi,11,2,18-20,2024,

11.

Andreyevna,

Jaxongirova

Tamila;

,CURRENT

TRENDS

AND

DEVELOPMENT

FACTORS

IN

THE

APPLICATION

OF

DIGITAL

TECHNOLOGIES IN EDUCATION,Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq

etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari,28,1,230-233,2024,

12.

Khabibullaeva F.K. The Problem of Adequacy in Russian Translations of A.

Kadiri’s novel “The Past Days”. Toronto. Design Engineering. 2022. – P. 609v1-6101.

13.

Abdullaevna, K. G. (2024). TRANSLATION CHALLENGES IN SCIENTIFIC

AND TECHNICAL TRANSLATION WITH A FOCUS ON TERMINOLOGICAL

DICTIONARIES. Science and innovation, 3(Special Issue 34), 178-181.

14.

Toshboyeva, O. (2024). THE TERMINOLOGY,

GENESIS, AND

LINGUISTIC FOUNDATIONS OF "BRAND NAMES" IN THE WORLD OF

LINGUISTICS. University Research Base, 992-995.

15. Amiriy U. Devon ( Matn ) : O`zbekcha sherlar . 1 tom. -Toshkent : “Tamaddum

“, 2017. 143 – b .


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

210

16. Navoiy A . Asarlar . Majolis -un – nafois XV tomlik XII tom . -Toshkent

“G`afur G`ulom “, 1966. 22-b .

17. O`zbek She`riyati Antologiyasi . Klassik she`riyat . II tom – Toshkent .O`zbekiston

davlat badiiy adabiyoti. 1961. 82 – b .

18. O`zbek adabiyoti bo`stoni . Muborak maktublar .- Toshkent . G`ofur G`ulom .

1987 . 62 –b.

19. Zarifov H. ( Nashrga tayyorlovchi ) Navoiy zamondoshlari . – Toshkent . G`afur

G`ulom . 1948 . 53 – b .