Authors

  • Nuraliyeva Kamola Isaqali qizi
  • Abdusalomova Gulsevara

Author Biographies

  • Nuraliyeva Kamola Isaqali qizi

    Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi (PhD) katta o‘qituvchisi

  • Abdusalomova Gulsevara

    Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi

    1-bosqich talabasi

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118297

Keywords:

liderlik ijtimoiylashuv faollik jamiyat tashabbuskorlik yetakchilik koʻnikma qobiliyat.

Abstract

Ushbu maqolada yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda liderlik qobiliyatining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Yoshlarning jamiyatdagi faolligi, fuqarolik pozitsiyasi va yetakchilik salohiyati jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil sifatida ko‘riladi. Maqolada liderlik tushunchasi, uning asosiy fazilatlari, yoshlar orasida yetakchilik qobiliyatini shakllantirishda oilaviy, ta’lim va ijtimoiy muhitning ta’siri yoritilgan. Shuningdek, milliy qonunchilik va tarixiy-ma’naviy merosimizga tayanilgan holda ijtimoiy faollikni rivojlantirishda liderlik qobiliyatining tutgan o‘rni tahlil qilindi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

109

YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA LIDERLIK

QOBILIYATINING O‘RNI

Nuraliyeva Kamola Isaqali qizi

Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari

kafedrasi (PhD) katta o‘qituvchisi

Abdusalomova Gulsevara

Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi

1-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda

liderlik qobiliyatining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Yoshlarning jamiyatdagi

faolligi, fuqarolik pozitsiyasi va yetakchilik salohiyati jamiyat taraqqiyoti uchun

muhim omil sifatida ko‘riladi. Maqolada liderlik tushunchasi, uning asosiy

fazilatlari, yoshlar orasida yetakchilik qobiliyatini shakllantirishda oilaviy, ta’lim va

ijtimoiy muhitning ta’siri yoritilgan. Shuningdek, milliy qonunchilik va tarixiy-

ma’naviy merosimizga tayanilgan holda ijtimoiy faollikni rivojlantirishda liderlik

qobiliyatining tutgan o‘rni tahlil qilindi.

Kalit soʻzlar: liderlik, ijtimoiylashuv, faollik, jamiyat, tashabbuskorlik,

yetakchilik, koʻnikma, qobiliyat.

Аннотация: В статье анализируется роль и значение лидерских

навыков в повышении социальной активности молодежи. Социальная

активность, гражданская позиция и лидерский потенциал молодых людей

рассматриваются как важные факторы развития общества. В статье

рассматривается понятие лидерства, его основные качества, а также

влияние семейной, образовательной и социальной среды на формирование

лидерских качеств у молодежи. Также была проанализирована роль лидерских

качеств в развитии социальной активности на основе национального

законодательства, нашего исторического и духовного наследия.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

110

Ключевые слова: лидерство, социализация, активность, общество,

инициатива, лидерство, навыки, умения.

Annotation: This article analyzes the role and importance of leadership skills

in increasing the social activity of young people. The activity of young people in

society, their civic position and leadership potential are considered important factors

for the development of society. The article discusses the concept of leadership, its

main qualities, the influence of family, educational and social environment on the

formation of leadership skills among young people. Also, based on national

legislation and our historical and spiritual heritage, the role of leadership skills in

the development of social activity was analyzed.

Keywords: leadership, socialization, activity, society, initiative, leadership,

skills, abilities.

Bugungi kunda jamiyatning har bir sohasida yangilanish va rivojlanish

kuzatilmoqda. Mamlakatda faol, zamonaviy fikrlovchi, mas’uliyatli kadrlarni

tayyorlash orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlat rahbarining ta’lim, tarbiya, yoshlarga oid nutq va asarlarida yosh avlodning

intellektual salohiyati, yetakchilik qobiliyati, vatanparvarligi va fuqarolik

pozitsiyasini mustahkamlash g‘oyalari asosiy o‘rin tutadi. Mazkur yondashuvlar o‘z

ildizini Sharq mutafakkirlarining merosidan ham oladi. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino,

Alisher Navoiy kabi ulug‘ allomalar o‘z asarlarida insonning aql-zakovat, axloq,

ijtimoiy ong va bilim orqali kamol topishini alohida ta’kidlaydilar. Forobiy “Fozil

odamlar shahri” asarida jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida bilimdon, ongli va

yetakchi shaxsni ko‘rsatgan. Bu jarayonlarda eng faol qatlam sifatida yoshlar alohida

o‘rin egallaydi. Har qanday jamiyatning taraqqiyoti, avvalo, yosh avlodning

salohiyatiga, bilimiga va tashabbuskorligiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda,

yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish

muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Ijtimoiy faollik – ijtimoiy subyektlar (jamiyat, tabaqa, guruh va shaxslar)ning

ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokining, mehnat hamda madaniy-ma’rifiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

111

faoliyatining kuchayishi, qonunda belgilab qo‘yilgan huquq va burchlarini to‘liq

amalga oshirishga intilishi. Ijtimoiy faollik shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va

xulq-atvorini ongli ravishda boshqarishining asosiy sharti hisoblanadi. Yoshlarning

ijtimoiy faolligini oshirishda esa liderlik ko‘nikmalarining ahamiyati beqiyosdir. Bu

esa zamonaviy lider shaxsni tarbiyalash g‘oyasi bilan bevosita uyg‘unlashadi.

Lider soʻzi inglizcha “leader” – yetakchi, boshliq, rahbar biror siyosiy partiya

yoki tashklilotning rahbari, yo‘lboshchisi ma’nolarini anglatadi.

Yoshlarda liderlik xususiyatlarini о‘rganish va rivojlantirish inson hayotining

dastlabki bosqichlaridanoq shakllana boshlaydi. Jumladan, oilaviy muhit, ota-onalik

uslublari, bog‘cha, maktab va boshqa ta’sir etuvchi omillar har bir shaxsning liderlik

tajribasini rivojlanishiga ularning yetakchilik qobiliyatining shakllanishiga muhim

hissa qо‘shadi.

Lider qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak ?

a)

mas’uliyatli va qiyin qarorlarni qabul qilish qobiliyati, ular uchun

tegishli javobgarlikni o‘z zimmasiga olish istagi;

b)

shaxsiy manfaatlar uchun emas, balki odamlarning umumiy manfaatlari

haqida qayg‘urish;

c)

odamlarni butunlay ixtiyoriy asosda boshqarish qobiliyati;

d)

tabiiy ta’sir kuchiga ega bo‘lish;

e)

guruh tomonidan yetakchiga bo‘lgan ishonch va kuchli hokimiyat

mavjudligi;

f)

xatolarni tan olish qobiliyati va mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z

zimmasiga olish, bundan shaxsiy xatolarni qidirish.

Lider shaxsiy hayotda yoki jamoada yetakchi boʻlibgina qolmay oʻz ustida

ishlash orqali jamiyatda ham oʻz ijtimoiy faolligini oshirib boradi. Bundan tashqari

oʻzi yetakchilik qilayotgan jamoa aʼzolarini ham kuchli va zaif tomonlarini anglagan

holda ularga oʻzining maslahatlarini beradi.

Ijtimoiy faollik deganda biz insonlarning qanday kasbda ishlashi, qaysi

yoʻnalishda borishidan qatʼiy nazar jamiyatga, uning rivojiga oz boʻlsada hissa

qoʻshishi, zamon bilan hamnafas boʻlishini tushunsak boʻladi. Bu esa insonning shaxs


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

112

sifatida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoadagi yetakchi liderlar esa

bu borada jonbozlik koʻrsatgan holda ularni faollikka chorlashi, jamiyatdagi voqea-

hodisalarga befarq bo‘lmasliklari, ularga faol munosabat bildirishlari muhimdir. Bu

holatda avvalo yoshlarning fuqaroviy faolligini oshirishimiz darkor. Fuqaroviy faollik

insonning to‘laqonli rivojlanishiga va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga

xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi hamda fuqaroviy faollikka ega bo‘lish jamiyatda

ro‘y berayotgan barcha voqea-hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud

muammolarning yechimini chuqur anglashni taqozo etadi.Yoshlarni fuqaroviy ongi

qanchalik rivojlangan bo‘lsa ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi shunchalik

faollashadi. Ilgari surilgan 5 muhim tashabbus yoshlar tarbiyasida yangi bosqichni

boshlab berdi. San’at va madaniyat, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik, xotin-

qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarining har biri yosh avlodda liderlik,

tashabbuskorlik va ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa,

axborot texnologiyalari va sport sohasidagi tashabbuslar yoshlar orasida

raqobatbardoshlik, murosasizlik va qat’iyatlilik kabi liderlik sifati shakllanishiga

zamin yaratmoqda. Bundan koʻrinib turibdiki, ijtimoiy faollikni oshirishda liderlik

qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda

liderlik ko‘nikmalarining shakllanishi muhim omil hisoblanadi. Liderlik fazilatlariga

ega bo‘lgan yoshlar jamiyatda faol ishtirok etadi, tashabbus ko‘rsatadi va o‘z

tengdoshlariga ijobiy namuna bo‘la oladi. Bu esa mamlakat taraqqiyoti va barqaror

rivojlanishining asosiy omillaridan biridir. Shunday ekan, yosh avlodda liderlik

salohiyatini rivojlantirish – ularning ijtimoiy faolligini oshirishning muhim sharti

sifatida doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston – ma’naviy

yuksalish sari” nutqi. – Toshkent, 2021.

2.

Talibov, Fuqarolik jamiyati: tushunchasi, institutlari, asosiy prinsiplari va

funksiyalari/Red. A.X Saidov. T. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

Milliy Markazi, 2008


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

113

3.

Tursunova N. Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari, “Ijtimoiy

fikr. 2004. 3-son, 149-150 bet

4.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. -T. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat

ilmiy nashriyoti. 2013. 497-b

5.

Nuraliyeva

K.

I.

PSYCHOLOGICAL

CHARACTERISTICS

OF

FORMATION OF CREATIVE POWER OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т.

1. - №. 6. - S. 208-214.

6.

KREATIV

SALOHIYAT

TUSHUNCHASI

BO‘YICHA

OLIMLAR

QARASHLARI

7.

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA ILMIY DUNYOQARASHNI

SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH

8.

Ways to Develop the Creative Power of Primary School Students