Authors

  • Xabibullayeva Mubinaposhsha Saidakbar qizi

Author Biography

  • Xabibullayeva Mubinaposhsha Saidakbar qizi

    Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar va san’at fakulteti Musiqa ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118298

Keywords:

musiqiy ijodiyot xalq qo‘shiqlari polifonist xor ijrochiligi kompozitor xormeyster xorshunoslik san`at.

Abstract

Mazur maqolada qadimgi cherkov qo‘shiqchiligi uyg‘onish davridan tortib ko‘p ovozli xor ijrochiligi rivojlanish jarayonlari, turli diniy marosimlarda, mavsumiy sayllarda, ramazon oyida bolalarning qo‘shiq aytishi yoki kattalarning zikr, marsiya qo‘shiqlarini aytilishi bilan keng rivojlangan o‘zbek xor san'atining tarixi haqida bayon etilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

103

O’ZBEKISTONDA XOR SAN’ATINING RIVOJLANISHI

Xabibullayeva Mubinaposhsha Saidakbar qizi

Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar va san’at

fakulteti Musiqa ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi.

Annotatsiya: Mazur maqolada qadimgi cherkov qo‘shiqchiligi uyg‘onish

davridan tortib ko‘p ovozli xor ijrochiligi rivojlanish jarayonlari, turli diniy

marosimlarda, mavsumiy sayllarda, ramazon oyida bolalarning qo‘shiq aytishi yoki

kattalarning zikr, marsiya qo‘shiqlarini aytilishi bilan keng rivojlangan o‘zbek xor

san'atining tarixi haqida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: musiqiy ijodiyot, xalq qo‘shiqlari, polifonist, xor ijrochiligi,

kompozitor, xormeyster, xorshunoslik, san`at.

Развитие хорового искусства в Узбекистане

Хабибуллаева мубинапошша сайдакбаровна Студент 3 курса

музыкального образования факультета социально-гуманитарных наук и

искусств Андижанского государственного педагогического института.

Аннотация: В этой статье рассказывается о процессах развития

многоголосного хорового исполнительства с эпохи возрождения древнего

церковного пения, истории узбекского хорового искусства, широко развитого

во время различных религиозных обрядов, сезонных праздников, пения детей во

время Рамадана или исполнения взрослыми поминальных, марсианских песен.

Ключевые слова: музыкальное творчество, народное пение,

полифонист, хоровое исполнение, композитор, хормейстер, хоровое искусство,

искусство.

Development of choral art in Uzbekistan

Khabibullayeva mubinaposhsha saidakbar daughter Music education

direction 3-year student of the Faculty of social humanities and arts of Andijan State

Pedagogical Institute.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

104

Annotation: The Mazur article describes the history of Uzbek Choral Art,

which developed widely from the renaissance of ancient church singing to the

development processes of multi-voice choral performance, in various religious

ceremonies, seasonal Sayles, during the month of Ramadan, with the singing of

children or the mention of adults, the singing of Marcia.

Keywords: musical creativity, folk songs, polyphonist, choral performance,

composer, chormeister, choral studies, art.

Xor shunday bir san’at turiki unda adabiy va musiqiy ijodiyot o‘zaro

uyg'unlashib yaxlit badiiy obraz yaratiladi. Xor san'ati uzoq o‘tmishga ega. Qadim

zamonlardan beri xalqlar orzu-umidlari, his-tuyg'ularini qo‘shiq aytish pantomima

qilish kabi vositalar bilan ifodalab kelganlar. Ko‘pchilik bo‘lib qo‘shiq aytish deyarli

hamma xalqlarning mehnat faoliyati, an'anaviy marosimlari, qolaversa, butun

turmush hayoti bilan doimo bog'liq bo‘lib kelgan. Ushbu san'at turli xil xalqlarning

milliy musiqa merosini saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi.

Xor san’ati ommani loqayd eshituvchiga emas balki faol tinglovchi

bo‘lishga undaydi. Xor san'ati rivojlanishida slavyan xalq (rus, ukrain, bolgar, polyak,

chex, xorvat va boshqa)lari katta hissa qo‘shib kelishgan. G‘arb davlatlarida,

shuningdek, Rossiyada xalq qo‘shiqlari bilan bir qatorda keyinchalik cherkovda

aytiladigan professional xor ijrochiligi paydo bo‘lgan. Qadimgi cherkov

qo‘shiqchiligi asosan, unison (bir ovozli yoki oktava) X asrda ikki ovozli qo‘shiqlar

sifatida paydo bo‘lgan. Uyg‘onish davriga kelganda ko‘p ovozli xor ijrochiligi

rivojlanib bordi. XII – XIII asrlarda Dj. Palestrina O.Lazev, K.Janeken, J.Depre kabi

polifonist kompozitorlar yashab ijod qilgan bo‘lib, bu davrda xor san`atining A

KAPELLA ijrochilik uslubi yanada ravnaq topdi. XIV-XVI asrlarda xor ijrochiligi

yanada taraqqiy topdi.

Xor san`ati mashhur xor guruhlari, kompozitorlar, xor arboblari va

xormeyster o‘qituvchilarining ijobiy faoliyati bilan bog‘langan holda rivojlanib

keldi. Xor dirijyorligi mahoratini takomillashtirish va xorshunoslikning ayrim

qismlariga bag‘ishlangan ilmiy va metodik qo‘llanmalarning muntazam yaratilishi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

105

sababli mazkur fan asta-sekinlik bilan rivojlana bordi. Masalan, 1961-yilda nashr

etilgan K.Olxovning “Xor dirijyorligi haqida” kitobini, 1964 yilda nashr etilgan K.

Pigrovning “Xorga rahbarlik qilish” kitobini, 1969 yilda nashr etilgan

V.Krasnoshyokovning ,,Xorshunoslik masalalari” kabi san`at namunalari fikrimizga

isbot bo‘la oladi. Ma`lumki, O‘zbekistonda xor havaskorligi asta-sekinlik bilan

rivojlangan. Mazkur san`at turining jadal suratlar bilan rivojlanishi malakali

xormeyster o‘qituvchilar tayyorlash masalasi bilan bog‘liq edi. Madaniyat instituti va

pedagogika institutlari musiqa fakultetlari, pedagogika bilim va musiqa bilim

yurtlarida bolalar va kattalar havaskorlik xorlariga rahbarlar musiqa o‘qituvchilari

tayyorlash uchun xorshunoslik fani uchun o‘zbek tilida 5 maxsus darsliklar, o‘quv

qo‘llanmalarning yo‘qligi va shu kamchilikni qisman bo‘lsa ham tugatish maqsadida

Shamsiddin Ro‘ziev tomonidan “Xorshunoslik” kitobining nashr etilishi san`at

jamoatchiligi orasida katta qiziqish bilan kutib olindi. Bundan tashqari, 1987 yilda

,,Xorshunoslik” qisqacha o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi. Bu qo‘llanma muallifi Naira

SHarafievadir. Ushbu darslikda jamoa bo‘lib kuylashning tarbiyaviy ahamiyati,

xorlarning turlari haqida ma`lumotlar beriladi. Hamda jamoa bo‘lib kuylashga

o‘rgatishning shu paytgacha amaliyotda qo‘llab kelinayotgan metodlari haqida

tushuncha beriladi.

Muhokama:

XX asrning 20-yillarida O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqi o‘z

professional xor san`atiga ega bo‘lmasada lekin qadim zamonlardan beri guruh (xor)

bo‘lib qo‘shiq aytish an`analariga ega bo‘lgan. O‘zbek xalqi ham boshqa xalqlar kabi

asrlar davomida o‘zini mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan musiqiy

durdonalarini yaratgan e`zozlagan va uni og‘zaki usulda avloddan-avlodga qoldirgan.

Turli diniy marosimlarda, mavsumiy sayllarda, ramazon oyida bolalarning qo‘shiq

aytishi yoki kattalarning zikr, marsiya qo‘shiqlarini aytilishi ham guruh ijrosining bir

turidir. An`anaviy “Navro‘z” va “Lola sayli” bayramlarida yigit va qizlarning qo‘shiq

aytishi, qadim zamonlardan beri to‘ylarda aytiladigan (yor-yor, yallalar o‘lan, hashar,

besh qarsak, lapar) va maqomlardagi (tarona, ufor, naqsh) ayrim qismlarini guruh


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

106

(xor) bo‘lib aytish kabi ijrochilik formalari kelgusida o‘zbek xalqi orasida xor

havaskorligi o‘zbek xor san`atining rivojlanishiga zamin bo‘ldi.

Xor atamasi yunoncha so‘z “choros” so‘zidan olingan bo‘lib “to‘da,

yig‘in” ma`noni anglatadi. Xor-bu vocal musiqali cholg‘u asboblari jo‘rligida yoki

jo‘rligisiz asarni ijro etuvchi xonandalar jamoasidir. Musiqa amaliyotida davomida

xorning har xil turlari va ko‘rinishlari mavjud. Xor turi uning tuzilishi va sifatiga

qarab aniqlanadi. Respublikada musiqa va xor badiiy havaskorligi, asosan XX asrning

20 yillaridan boshlab rivojlana bordi.

Xususan, shu yillarda o‘quvchi va yoshlar o‘rtasida (maktablar va o‘quv

yurtlarida) musiqa havaskorligi keng tarqaldi. Musiqa, xor va raqs to‘garaklari tuzila

boshlandi. Har bir to‘garakda, albatta bir ovozli kichik xor ansambli bo‘lib, yallalar,

laparlar, qo‘shiqlar va gimnlar ijro etilgan. 1919 yilda V. Sakovich tomonidan tashkil

qilingan maktab-teatr guruhi 300 ta bolani birlashtirdi. Bu guruh ham bir necha (xor,

dramma, raqs) guruhini o‘z ichiga olgan edi. Sakovich shu “Zebuniso” maktabida

tuzilgan qizlar xori yaxshi natijalarga erishdi va keyinchalik (1924- yil) bu xor

“San`atchi qizlar” nomi bilan yuritildi. 1919 yilda SH. SHoumarov “Namuna” nomli

o‘zbek maktabida, 1922 yilda Saodatxonim Enikeeva Toshkent inprosida o‘zbek

qizlaridan shunday guruh tuzdilar. Usta Olim Komilov Marg‘ilonda, Matyusuf

Harratov Samarqandda bir necha yil havaskorlik guruhlari bilan ishlashadi. 30-

yillarga kelib, musiqa xor havaskorligida katta o‘sish ko‘zga tashlandi. 1937 yilda

Moskvada o‘tgan O‘zbekiston adabiyoti va san`ati dekadasiga va 1938 yilda o‘tgan

birinchi badiiy havaskorlik olimpiadasiga tayyorlanish va o‘tkazish davrida musiqa-

xor havaskorlik guruhlar son jixatdan ko‘paydi. 1946 yilda badiiy havaskorlikning

ikkinchi Respublika olimpiadasi o‘tdi. Olimpiadada 20 ming kishini o‘z ichiga olgan

mingdan ortiq (1143) havaskorlik kollektivlari qatnashdi. Olimpiada yakuni musiqa

havaskorligidagi mavjud qator kamchiliklarni aniqlab berdi. Bular qishloq

tumanlarida musiqa-xor havaskorligining yomon rivojlanganligi, ko‘p ovozli o‘zbek

xorlarining yo‘qligi, ko‘pchilik guruhlarning dasturida zamonaviy asarlarning

kamligi va hokazolardir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

107

1947–1948 yillarda o‘tkazilgan ko‘rik va O‘zbekistonning 25 yillik

yubileyiga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchinchi Respublika Olimpiadasi Respublikada

musiqa-xor havaskor guruhlari faoliyatida birmuncha siljish borligini tasdiqladi.

Uchinchi olimpiadadan boshlab musiqa-xor havaskorlarining ko‘p ovozlik turi

rivojlana bordi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda xor san’ati boy tarixga ega va bugungi

kunda ham faol rivojlanishda davom etmoqda. Ko‘plab xor jamoalari o‘z ijodi bilan

muxlislarni xursand qilib, mamlakatning madaniy hayotiga munosib hissa

qo‘shmoqdalar. Bugungi kunda ham xor jamoalari o‘z faoliyatlarini samarali tarzda

olib borishmoqda, ayniqa umumta'lim maktablarida ham xor jamoalrini shakllanib

borayotgani quvonarli xol, shunday ekan ertangi kunimiz istiqbollari qalbi go‘zal

musiqa bilan oshifta bo‘lib tarbiyaqlanib kelayotgan yoshlaro qo‘lida desak

mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Xor va xorshunoslik. Z.Sultonova. O‘quv qo‘llanma

2.

Sh.Ro‘ziyev. Xorshunoslik. Toshkent 1987 yil.

3.

Q. Mirzayev. Xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. Toshkent. 2008 yil..

4.

Abdumalikovna, YD (2021). Jamiyat taraqqiyotida madaniyat va san’atning

o‘rni va ahamiyati. Zien ijtimoiy va gumanitar fanlar jurnali, 3, 1-3.

5.

Achildiyeva M, Ikromova F O‘zbekistonda xor san’ati Botir Umidjonov

Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences (Bryussel, Belgiya 2022) ISSN

27957683 54-56 bet.

6.

Full-Paper-CREATIVITY-THE-BASIS-OF-PEDAGOGICAL-

CREATION.pdf

7.

Botirova Khilola Tursunbayevna, . (2023). IN THE PRACTICE OF

INSTRUMENTAL PERFORMANCE, STUDENTS ARE TAUGHT TO THINK

INDEPENDENTLY AND FORMATION OF FEATURES OF CREATIVITY.

CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 4(11), 99–103.

https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-11-17


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

108

8.

Tursunbaevna, Botirova Xilola. "New approach to vocal-choral skills."

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.4 (2021):

1638-1654.

9.

Tursunbaevna, Botirova Xilola "New approach to vocal-choral skills."

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.4 (2021):

1638-1654. cejsr.academicjournal.io›index.php/journal/…

10.

"New approach to vocal-choral. skills." ACADEMICIA: An International

Multidisciplinary Research. Journal 11.4 (2021): 1638-1654. Tursunbaevna, Botirova

Xilola.

11.

Khilola Tursunbaevna Botirova STUDENT, VIDYALANKAR INSTITUTE

OF TECHNOLOGY

DOI: https://doi.org/10.36713/epra6721

12.

Botirova Khilola Tursunbayevna, . (2023). WAYS OF DEVELOPING THE

SYSTEM OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF THE STUDENT -

YOUTH THROUGH PERFORMING ART OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS.

CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 4(06), 61–66.

https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-06-11

13.

324am_2.EPRA JOURNALS-6742.pdf

14.

Botirova, K. T. . (2021). Performance And Art. The American Journal of Social

Science

and

Education

Innovations,

3(05),

465–474.

https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume03Issue05-83

15.

Botirova Khilola Tursunbayevna, . (2023). WAYS OF DEVELOPING THE

SYSTEM OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF THE STUDENT -

YOUTH THROUGH PERFORMING ART OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS.

CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 4(06), 61–66.

https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-06-11