MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
65
ISPANIYA SOLIQ TIZIMI VA UNING XUSUSIYATLARI
SamISI XIM-123 guruh talabasi
Sayfiddinov Avazjon Zafar o‘g‘li
"Investitsiya va Innovatsiyalar" kafedrasi
v.b.dosenti PhD Turayev Alijon Akmal o'g'li
Annotatsiya:Ushbu maqolada Ispaniya davlatining soliq tizimi-uning
rivojlanish tarixi, soliq stavkalari va xususiyatlari, shuningdek, mamlakatda amalga
oshirilayotgan soliq tizimiga oid islohotlar va erishilgan natijalarga to`xtalib
o`tilgan.
Kalit so`zlar: Soliq tizimi, soliq, soliq stavkalari, daromad solig`i, ijtimoiy
soliq.
Аннотация: В данной статье речь идет о налоговой системе
испанского государства - истории ее развития, налоговых ставках и
особенностях, а также реформах налоговой системы, проводимых в стране, и
достигнутых результатах.
Ключевые слова:Налоговая система, налог, налоговые ставки,
подоходный налог, социальный налог.
Annotation:This article discusses the tax system of the Spain state - its history
of development, tax rates and features, as well as the reforms and results achieved in
the country regarding the tax system.
Keywords:Tax system, tax, tax rates, income tax, social tax.
Kirish.
Ispaniyada soliq tizimini takomillashtirish maqsadida ayrim davrlarda soliq
islohoti o‘tkazilib turiladi. Hozirgi zamon soliq tizimi 1977 va 1984- 1985 yillar
o‘tkazilgan soliq isloxatlari asosida tashkil topgan. Hududlar moliyaviy ahvolini
mustahkamlash maqsadida 1994-yilda Ispaniyada qisman soliq islohotlari o'tkazildi
va ayrim federal soliqlarni hududlarda joriy qilish belgilandi. Shundan so‘ng federal
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
66
soliqlaming besh turi qoldi. Islohotlami o‘tkazishda quyidagi muhim muammolar
yechilgan:
- soliq to`lovchiga to`lash jarayonini yengillashtirish;
-yuridik va jismoniy shaxslarga identifikatsion raqamlar berish bilan soliq
to`lovchilarni hisobga olinishi yaxshilangan;
-soliq to`lash ustidan nazoratni kuchaytirish maqsada bank tarkibi bilan
aloqani yanada chuqurlashtirish, yaqinlashtirish;
- mutaxassislashgan soliq boshqarmalarini tashkil qilish.
Islohotlar jarayonida soliq etiketkasi, ya’ni yorlig`i kiritildi. Etiketkada soliq
to`lovchi to‘g‘risida ma`lumotlar, uning identifikatsion raqami, uning to`laydigan
soliq turlari ko'rsatiladi. Yuridik shaxslarga soliq etiketkasi, ularni ro‘yhatga olish
vaqtida topshiriladi, jismoniy shaxslarga esa yashash joylariga jo'natiladi. Soliq
deklaratsiyalari soliq to`lovchilarga ko‘rsatilgan soliq etiketkalari bilan birgalikda
topshiriladi. Ushbu hujjatlarni kiritish takrorlanishlarni (dublirovanie) yo‘q qildi va
xatolami sonini kamaytirdi. Har bir soliq to`lovchilarga soliq vektori beriladi. Bu joriy
yili soliq to`lashi majburligi to‘g‘risida eslatma hisoblanadi. 1992 yili Iqtisodiyot va
Moliya Vazirligi tarkibidagi soliq boshqarmasi o ‘rniga soliq agentligi tashkil qilindi.
Soliq agentligining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
-soliq organlari faoliyatini rejalashtirish,
-soliq qonunchiligi ustidan nazorat qilish uchun umumdavlat tadbirlarini
o`tkazish;
- hudud, provintsiya va mahalliy soliq organlarini ma’muriy boshqarish
- moddiy-texnika ta’minotini tashkil qilish.
Har yili Soliq agentligi hamma soliq xizmatlariga majburiy bo‘lgan yillik reja
qabul qiladi. Hudud boshqarmalari 25% gacha o‘zlarining tadbirlarnini kiritadi. 1993
yili agentlikni harajatlar smetasi 108696 mln.pesetni tashkil qildi; xodim larini
umumiy soni 26253 kishidan iborat edi. Ularning 61% inspektorlar va 39% soliq
agentlaridan iborat edi.
Ispaniyani soliq tizimi uchta pog‘onadan iborat: davlat, mintaqa, mahalliy
(munitsipial) soliqlar, to‘g‘ri va egri soliqlar guruhlariga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
67
davlat byudjetini 47,2% tashkil qiladi. Ularning tarkibiga daromad solig`i - 38%,
kompaniyalarga solinadigan soliq-8%, jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan
soliq. Ushbu soliqni mintaqalarga berish masalasi yechilmoqda (norezidentlardan
tashqari). Egri soliqlar byudjet daromadni 40,3% tashkil qiladi. Shu jumladan,
qo'shilgan qiymat solig`i 25,0%, maxsus soliqlar (vino-aroq mahsulotlari va
tamakidan va ayrim transport turlaridan olinadigan aksiz va h.k.) bojxona boji.
Byudjet daromadini shakllantirishda boshqa to`lovlar ham ma`lum rol o‘ynaydi. Shu
jumladan, to`lovlami kechiktirilgani uchun olinadigan jarima. Daromadi 1 mlrd.
pesetdan yuqori bo`lsa yirik soliq to`lovchilar hisoblanadi. Eksportni hajmi 20
mln.pesetdan yuqori bo`lgan soliq to`lovchilar eksporterlami davlat reestriga
kiritiladi. Ularning ro‘yhati har bir soliq boshqarmasida bo`ladi. Mintaqa davlat
organlari soliqlarni kiritishda qonun asosida chegaralanganlar (masalan, jismoniy
shaxslardan olinadigan soliq stavkasini 15% ko‘tarish huquqiga egalar). Ko‘chmas
mulk, iqtisodiy faoliyatga, transport, yerga linoratga, qurilish ishini olib borishga,
ma’muriy faoliyatni olib borish uchun soliqlarni munitsipialitetlar o‘rnatadi.
Ispaniyada 13 mln.ga yaqin odamlar daromad solig`i to`laydilar. Daromad
solig`i to‘g‘risidagi qonun 6 iyun 1991-yili qabul qilingan va 1992-yili kiritilgan
o'zgarishlar bilan hozir qo`llanadi. Soliq solinadigan bazaga quyidagilar kiradi: - ish
haqi, pensiya, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, natural daromadlar, - kapitaldan olinadigan
daromad; - tadbirkorlik va kasbiy faoliyatdan olinadigan daromad, - mulkni o‘sishi.
Soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi: - kasallik va chiqish bilan bog`liq nafaqalar; -
yutuqlar va mukofotlar (davlat va mintaqa); - qizil xoch (krest) tashkil qilgan
lotoreyalar; - davlat stipendiyalari. Soliq solinadigan bazadan ijtimoiy sug‘urtaga
ajratma, profsoyuz badali chiqarib tashlanadi. Lekin chiqarish soliq solinadigan
bazani 5%dan, va 250 ming peset absolyut summadan yuqori bo`lmasligi kerak. Soliq
to`lovchi qaramog`idagi har bir bolaga va 65 yoshdan yuqori shaxslarga bir yilga 20
ming peset harajatgacha chiqazib tashlanadi.
Qo`shilgan qiymat solig'i federal byudjetining daromad qismining 24,9
foiziga teng. Qo'shilgan qiymat solig'i 1986 yili Ispaniyani Yevropa iqtisodiy
hamjamiyatiga (hozir Yevropa ittifoqi) qo'shilishi munosabati bilan kiritilgan. 1987
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
68
yili -huquqiy hujjatlashtirilgan. 1993 yili qo'shilgan qiymat solig'i to'g'risidagi
qonunga o'zgartishlar kiritilgan. QQSga ichki aylanma tortiladi. Soliq solish ob’ekti-
huquqiy va jismoniy shaxslami hamma tadbirkorlik va kasbiy faoliyati hisoblanadi.
Bu soliq tendentsiyasining keyingi yillarda o‘sishi kuzatilgan. Ispaniya federal
byudjeti bilvosita soliqlardan ikkinchi asosiy soliq bo`lib aksiz solig`i hisoblanadi.
Federal byudjetning daromad qismini 13,2% tashkil qiladi. Yevropa mamalakatlari
kabi aksiz solig`i alkogol ichimliklaridan, tamaki mahsulotlari, yoqilg`i, avtomobillar
va boshqa ayrim mahsulotlardan olindi. 1995 yili QQS stavkasi 4,7 va 16 foizlardan
tashkil topgan.
Korporatsiyalarga
solinadigan
soliqning
soliq
solinadigan
bazasi
quyidagilardan tashkil topadi:
-tovarlarni (xizmat) sotishdan olinadigan foyda;
-mulkni o‘sishi (kamayishi).
Soliqning o ‘rtacha stavkasi 35%dan iborat, kooperativlar 26% stavka bilan
soliqqa tortiladi. Dividendlami ikki marta soliqka tortish ham mavjud. Investitsiyaga
chegirma (skidka) beriladi:
asosiy kapitalga —5%,
kinosanoati uchun —25%,
madaniyat sohasiga -10%.
Maorif, kasbiy tayyorlash, ishchi o‘rinlarini tashkil qilish (bir ishchi o‘rni —
15 ming peset). Deklaratsiya hisobot yili o ‘tgandan keyingi yilni 1 iyuliga
topshiriladi. Ispaniya ikkitomonlama soliq solishni bekor qilish uchun 52 ta bitim
tuzgan. Yangi soliqlar faqat davlat darajasida belgilanadi. Mintaqa hokimiyati
soliqlarni boshqarish huquqiga ega. Ular soliq stavkalarini o'zgartiradilar va yangi
mahalliy soliqlarni kiritadilar.
Quyidagi o‘yin bizneslariga soliq solinadi:
- kazino - bingo (loto turidan), attraktsionlar, luna-park va boshqalar - o ‘yin
avtomatlari. Xususiy soliqlar 12193 mln. pesetdan iborat bo‘lib, ular byudjet darom
adining 1,1 foizini tashkil qiladi. Ularning asosiysi «bingo» o ‘yini solig`ini aytish
mumkin. Bu soliq 10043 mln.peset yoki byudjet daromadining 0,6 foizini tashkil
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
69
qiladi. «Bingo» o ‘yini solig`i «bingo» chiptalarini sotish paytida oddiy yo`l bilan
chiptalarning narxiga 32 foiz stavka qo'shish hisobiga olinadi.
Soliq Tizimining Afzalliklari va Kamchiliklari:
Afzalliklari:
Ispaniya soliq tizimi yuqori darajada progressiv bo'lib, yuqori daromadli
shaxslar va kompaniyalar ko'proq soliq to'laydi.
Ispaniyaning soliq tizimi nisbatan soddalashtirilgan va zamonaviy
texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi (masalan, soliq deklaratsiyalari elektron
shaklda topshiriladi).
Kamchiliklari:
Soliq to'lovchilar uchun soliq yig'ish va nazorat qilish jarayonlari ba'zan
murakkab bo'lishi mumkin.
Ispaniyaning ba'zi mintaqalarida soliq stavkalari farq qiladi, bu esa
mintaqaviy soliq tizimining murakkabligini oshiradi.
Xulosa.
Ispaniya soliq tizimi davlatning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda muhim
rol o'ynaydi. Soliq turlari va darajalari ko'p, lekin tizimning asosiy maqsadi adolatli
soliq yig'ish va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishdir. Ispaniya soliq tizimi keng
tarqalgan soliq imtiyozlari va soddalashtirishga yo'naltirilgan islohotlarni amalga
oshirib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
"Taxation in Spain: A Guide to the Spanish Tax System"
2.
"Introduction to the Spanish Tax System"
by
José María Ramírez
3.
"The Spanish Tax System and the European Union"
4.
https://www.agenciatributaria.es
5.
https://www.pwc.es/en/services/tax