MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
29
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI KONSTITUTSIYASI
FUQAROLIK HUQUQI MANBAI SIFATIDA
Sultonova Sabohatxon Ikromjon qizi
Toshkent Davlat Transport Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs Yu-2a guruh talabasi
Annotatsiya: mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining yangi
tahrirdagi Konstitutsiyasi fuqarolik huquqining asosiy manbai sifatida tahlil qilinadi.
Unda Konstitutsiyada mustahkamlangan fuqarolarning huquq va erkinliklari,
ularning huquqiy kafolatlari, hamda fuqarolik huquqi institutlari bilan o‘zaro
bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, yangi Konstitutsiyada amalga oshirilgan asosiy
o‘zgarishlar va ularning fuqarolik huquqiga ta’siri huquqiy-nazariy hamda amaliy
nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Maqolada qonunchilikning barqarorligi, fuqarolik
jamiyatining rivojlanishida Konstitutsiyaning o‘rni alohida ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar: yangi Konstitutsiya, fuqarolik huquqi, huquqiy manba, fuqaro
huquqlari, O‘zbekiston Respublikasi, huquqiy islohotlar, huquqiy kafolat,
konstitutsiyaviy huquq.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda asosiy huquqiy
hujjat sifatida fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va fuqarolarning huquqiy maqomini
belgilab beradi. 2023-yilda
1
qabul qilingan Yangi Konstitutsiya fuqarolik huquqining
mustahkamlanishida muhim manba sifatida maydonga chiqdi. Ushbu maqolada
Yangi Konstitutsiyaning fuqarolik huquqiga ta'siri, uni shakllantiruvchi asosiy
prinsiplari hamda xalqaro tajriba bilan qiyosiy tahlil qilinadi. 2023-yilda qabul
qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya inson huquqlari, erkinliklari va qonun
ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan.
1
https://lex.uz/docs/-6445145#:~:text=01.05.2023
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
30
Konstitutsiya fuqarolik huquqining asosiy manbasi bo‘lib, u orqali fuqarolar
o‘z shaxsiy va mulkiy huquqlarini amalga oshiradilar. Yangi Konstitutsiyada
fuqarolik huquqining quyidagi asosiy yo‘nalishlariga alohida e'tibor qaratilgan:
2
- Shaxsiy huquqlar: yashash, erkin fikrlash, e'tiqod qilish, harakat erkinligi;
- Mulk huquqlari: xususiy mulk daxlsizligi, tadbirkorlik erkinligi;
- Oilaviy huquqlar: nikoh tuzish, farzandlarni tarbiyalash;
- Shartnoma tuzish huquqi: har qanday qonuniy shartnomani erkin tuzish
imkoniyati. Konstitutsiya fuqarolik-huquqiy munosabatlarning umumiy doirasini
belgilab, boshqa qonunlar uchun huquqiy zamin yaratadi.
Xalqaro tajriba bilan taqqoslaganda yangi Konstitutsiyaning fuqarolik
huquqiga oid normalari xalqaro standartlarga moslashtirilgan. Jumladan:
-
Germaniya:
fuqarolarning
asosiy
huquqlari
"Asosiy
qonun"da
(Grundgesetz) belgilangan;
3
- Fransiya: inson va fuqarolar huquqlari deklaratsiyasi asosida fuqarolik
huquqi shakllangan;
4
- AQSh: Konstitutsiyaviy qo‘shimchalar (Bill of Rights) fuqarolik
huquqlarining kafolati hisoblanadi.
5
Fuqarolik huquqlari va erkinliklarini amalda ta’minlashda Konstitutsiyaviy
sud muhim rol o‘ynaydi. Yangi Konstitutsiyada Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari
kengaytirilgan bo‘lib, u quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
- Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilganda ularning murojaatlarini
ko‘rib chiqish;
- Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga
muvofiqligini aniqlash;
- Konstitutsiyaviy talqinlar berish orqali fuqarolik huquqining aniqligini va
barqarorligini ta’minlash; Konstitutsiyani bevosita amaliyotga tadbiq etishda,
2
https://lex.uz/docs/-6445145
3
https://www.gesetze-im-internet.de/gg/BJNR000010949.html
4
https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000000311829/
5
https://www.archives.gov/founding-docs/bill-of-rights
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
31
fuqarolarning
huquqiy
himoyasini
mustahkamlashda,
sud-huquq
tizimida
barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
6
Yangi Konstitutsiya fuqarolik huquqining mustahkam manbai sifatida
kelajakda ham o‘zining dolzarbligini saqlab qolishi uchun quyidagi yo‘nalishlarda
rivojlanishi kutilmoqda:
- Raqamli huquqlarni konstitutsiyaviy mustahkamlash: internetda shaxsiy
hayotni himoya qilish, raqamli mulk va shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligi kabi
huquqlarni aniq belgilash.
- Ekologik huquqlarning kengaytirilishi: har bir fuqaroning sog‘lom atrof-
muhitda yashash huquqini konstitutsiyaviy kafolatlash.
- Onlayn shartnoma va elektron hujjatlar huquqiy maqomini kuchaytirish:
elektron huquqiy munosabatlar bo‘yicha aniq konstitutsiyaviy asoslar yaratish.
- Fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirish:
jamoatchilik nazorati, ochiq parlament va ijtimoiy sheriklik tizimlarini rivojlantirish.
- Xalqaro huquq bilan uyg‘unlikni ta'minlash: xalqaro shartnomalarga
muvofiq ravishda fuqarolik huquqlarini milliy Konstitutsiyaga moslashtirish; bu
istiqbollar fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy himoyasini yanada oshirishga
xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigon bo’lsak yangi Konstitutsiya fuqarolik huquqi manbai
sifatida fuqarolarning huquqiy ongi va erkinligini ta'minlashda muhim rol
o‘ynamoqda. U mamlakatdagi huquqiy tizimni modernizatsiya qilish va xalqaro
andozalarga moslashtirish yo‘lida asosiy tayanch hujjat sifatida xizmat qilmoqda.
Fuqarolik huquqi sohasidagi normalarning Konstitutsiyada mustahkam joy olishi
huquqiy barqarorlikka va jamiyat farovonligiga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (2023-yilgi tahriri);
2. "Fuqarolik huquqi asoslari", D. Rustamova, T. Yusupova, 2023;
3. G‘aybullayev S. "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi."
–
Toshkent, 2021;
6
https://lex.uz/docs/-5391934
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–1_ Апрель –2025
32
4. Juraev Q. "Konstitutsiyaviy islohotlar va ularning fuqarolik huquqiga
ta’siri."
–
"Yuridik fanlar" jurnali, 2023-yil, №2;
5. "Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda konstitutsiyaning o‘rni." – “Huquq va
Burch” gazetas
i
, 2023-yil, avgust soni;
Elektron manbalar:
1.
2.
3.
https://www.gesetze-im-internet.de/gg/BJNR000010949.html
4.
https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000000311829/
5.
https://www.archives.gov/founding-docs/bill-of-rights
6.