Authors

  • Muhamedov Muzaffarjon Axrorjon o‘g‘li

Author Biography

  • Muhamedov Muzaffarjon Axrorjon o‘g‘li

    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti To’rtko’l fakulteti                                                  Soliq va soliqqa tortish  yo‘nalishi,                                                                                                  2- kurs bakalavriyati talabasi                                                                                          

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118330

Keywords:

Ijod ijtimoiy iqtisodiy ma’naviy tanob adolat ma’rifat ilm bilim hurmat shijoat chirkin soliq tanqid xalqparvar.

Abstract

Ushbu maqolada Muhammad Aminxo’ja Muqimiyning hayoti va ijodi haqida ta’riflar keltirilgan. Hayot  yo’lidagi haqiqatlar,  ilmni qay darajada qadrlagani haqida so‘z olib borilgan. O’zi yashagan davrda ijtimoiy-iqtisodiy jarayon haqida ya’ni aholining adolat darajasi haqida tanobchilar asaridan parchalar keltirib o’tilgan. Muqimiyning hayotini va asarlarini nafaqat O‘zbekistonda balkim butun dunyoda keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

266

“TANOBCHILAR” SATIRASIDA XALQNING IQTISODIY

HAYOTI TASVIRI

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti To’rtko’l fakulteti

Soliq va soliqqa tortish yo‘nalishi,

2- kurs bakalavriyati talabasi

Muhamedov Muzaffarjon Axrorjon o‘g‘li

Annotatsiya: Ushbu maqolada Muhammad Aminxo’ja Muqimiyning hayoti

va ijodi haqida ta’riflar keltirilgan. Hayot yo’lidagi haqiqatlar, ilmni qay

darajada qadrlagani haqida so‘z olib borilgan. O’zi yashagan davrda ijtimoiy-

iqtisodiy jarayon haqida ya’ni aholining adolat darajasi haqida tanobchilar

asaridan parchalar keltirib o’tilgan. Muqimiyning hayotini va asarlarini nafaqat

O‘zbekistonda balkim butun dunyoda keng jamoatchilikka yetkazish muhim

ahamiyat kasb etadi.

Kalit so’zlar: Ijod, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, tanob, adolat, ma’rifat,

ilm, bilim, hurmat, shijoat, chirkin, soliq, tanqid,adolat,xalqparvar.

Asl ismi Muhammad Aminxo’ja Muqimiy Mirzaxo’ja o’g’li 1850-yil 1-

may kuni Qo’qon shahrida tavallud topgan. Muqimiy garchi nonvoylar oilasida

dunyoga kelgan bo‘lsada. Muqumiy yoshlik davridan she’riyatga adabiyotga

qiziqishi yuqori bo’lgan. U bolalik davridan Alisher Navoiy, Hofiz Xorazmiy,

Abdurahmon Jomiy kabi buyuk mutafakkirlar ijodi ostida ulg‘aygan.

Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday

muhit Muqimiy ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman

shaklbozlik unsurlari, san’atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin

tezda bu xil an’analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga

tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o‘rgandi, ular

g‘azallariga muxammaslar bog‘ladi. Jomiyni o‘ziga ustoz bildi. O‘zbek, fors

mumtoz shoirlari an’analarini davom ettirdi. O‘zbek adabiyotida demokratik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

267

yo‘nalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bog‘liq. U

boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg‘or fikrli shoirlar o‘zbek adabieti

tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sug‘orilgan,

hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan.

Uning deyarli barcha asarlari haqiqiyqatga asoslangan . Uning asarlari

xalqparvarligi, xalqchilligi va adolatga qaratilganligi bilan alohida ajaralib turgan.

Ayniqsa

Muqimiyning „Tanobchilar“ asarida tanob bu yer oʻlchash vazifasini

bajargan. Yaʼni odamlar yer soligʻini bevosita ular egalik qilayotgan yer

maydonidan kelib chiqib toʻlaganlar. Shuning uchun u davrda tanobchilar aholi yer

maydonlaridan kelib chiqqan holda soliq yigʻimlarini amalga oshirgan. Asarda

„Xoh tanobingni du chandon qilay“ degan misra bor. Bu „Men xohlasam

tanobingni ikki barobarga oshiraman“ degan maʼnoni bildiradi. Yaʼni noqonuniy

ravishda yer maydonlarini koʻp koʻrsatib, undan olinadigan soliq miqdorini

oshirish nazarda tutilgan. Bu davrda soliqlar bevosita soliq yigʻuvchi shaxslar

xohishiga koʻra amalga oshirilgan. Yaʼni soliq tizimining har bir boʻgʻinida

bevosita odamlar tomonidan boshqarilgan. Shundan kelib chiqqan holda, yer

maydonlarini toʻgʻri yoki notoʻgʻri koʻrsatilganligini aniqlashning deyarli imkoni

mavjud boʻlmagan. Shuning uchun aholining yer maydonlarini va undan

undiriladigan soliq miqdorlarini belgilash bevosita tanobchilarga bogʻliq boʻlgan.

Muqimiy Qoʻqondagi

Nodira

bino qildirgan

„Moxlar oyim“ madrasasida,

soʻng

Buxoro

madrasalaridan birida oʻqigan (1864-1865; 1875-1876). 1876-yilda

Qoʻqonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan faoliyati vaqtda

amaldorlarning qallobliklarini befarq kuzata olmasdan

„Tanobchilar“

satirasini

yozgan. Muqimiy „Tanobchilar“ asarini bevosita shu davming soliq tizimiga

bogʻlagan holda yozgan. Yaʼni bu davrdagi baʼzi adolatsiz tanobchilaming oʻz

asarida gavdalantirish va ular qilayotgan notoʻgʻri ishlardan ogohlantirish orqali

odamlami, ayniqsa shu tizim vakillari boʻlmish tanobchilami insofga, adolatga

chaqirgan. Bu qisqa tanqidiy-hajviy asar yordamida Muqimiy oʻzi yashagan davr

ijtimoiy-iqtisodiy holatini yoritib bera olgan. Asarda kambagʻal chorakor dehqon

mehnatidan oʻz manfaatlari uchun foydalangan, ularni aldab katta zarar yetkazgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

268

Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi shoir

tomonidan oʻtkir, taʼsirchan misralarda fosh etiladi. „Tanobchilar“ satirik hikoyasi

amaldorlar zulmiga yoliqqan dehqon arz-dodi bilan boshlanadi.

Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar,

Arz etayin emdi yozib nomalar,

Adl qulog’ila eshit holimi

Zulm qilur, baski, menga zolimi,

O‘n ikki oyda keladur bir tanob,

O‘zgalara rohat-u menga azob

Umuman olganda "Tanob " sòzining luģaviy ma'nosi arabchadan olingan bòlib ,

"chilvir , arqon " degan ma'nolarni anglatadi . Tanob birinchidan , Òrta Osiyo ,

xususan , Òzbekiston hududida qòllanilgan uzunlik òlchov birligi . XVII asrda

qiymati 39,9 metrga teng bòlgan . Ikkinchidan , Òrta Osiyo xonliklarida tomonlari

60 gaz dan iborat bòlgan maydonga teng ya'ni ekin maydonini òlchash uchun

qòllanilgan yuza birligi hisoblanilgan . Bir yilda (òn ikki oyda) bir marta kelib ,

lekin aholi uchun kòpdan kòp qiyinchiliklar olib kelgani xususida fikrlar bildirilgan

Sulton Ali Xo‘ja, Hakimjon ikav,

Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav.

Ikkalasi bo‘ldi chunon ittifoq,

Go‘yo xayol aylaki, (qilmay nifoq),

Osh yesalar o‘rtada sarson ilik,

Xo‘ja chirog’ yog’i, Hakimjon pilik.

Bir-birisiga solishurlar o’run,

Erta-yu kech o’pushib og’iz-burun.

Sallalari boshlarida oq savat,

Ko‘rpacha tagda hama vaqt uch qavat.

Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar,

Birlaridur kunda pix-u gavda xar.

Og’izlari maqtanib o‘n besh qarish,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

269

Mayda

suxan,

ezma

(churuk),

zanchalish.

Shoir yuqoridagi misralarda ikki mansab egalarining bir-biriga munosabatini

tasvirlar ekan , bu orqali shu davrda ijtimoiy va davlat boshqaruvidagi holatlarni

kuzatish mumkin . Sulton Ali va Hakimjon xalqdan òz manfaati yòlida foydalangan

va bunda òz maqsadlariga erishish uchun xatto bir-biri bilan aka-ukalardan

munosabatda bòlgan . Shoir ularning fe'l-atvorini kòrib , ularning biri xotin va biri

kuyov deya kulguga oladi. Hatto ular bir dasturxonda osh yesalar , òrtada gòsht a

ilik sarson . Ertayu kech bir joydan pinak buzmay solingan uch qavat kòrpacha

kechgacha eziladi . Bu amaldorlar juda ezma va maqtanchon shaxs sifatida ham

kòrsatilgan . Bunday illatlarni kasb qilgan amaldorlar xalqning azobi . Hozirgi

kunga talqin qilib aytadigan bòlsak , har qanday mansabdor shaxs , rahbarlar uzoq

bòlishi lozim bòlgan illatlardir .

Tanob mahali qishloqlarga chiqib , odamlarni qaqshatadi , ham pora oladi

, ham yerini ortiqcha kòrsatib , xonavayron qiladi . Bor yòq yerdan keladigan

daromad ham kòp emas , ammo ular bilan kelisholmagan xalqning bir tanob yerini

ikki , uch deb yozib , bor yòģini olib ketadi .Qarshi chiqmoqqa dovyuraklik

yetishmas balki , chunki bu ikkiyuzlamachilar bir qancha bòlmaģur gaplar bilan

sodda , ishonuvchan xalqni aldaydi . Òzlarini qanday avliyolarning avlodi yoki

aloqali inson ekanini aytib maqtanishadi . Hozirgi zamon holati bilan

taqqoslaydigan bòlsak , yolģon va yod ģoyalarni ijtimoiy -iqtisodiy jarayonlarda

qòllash bilan tenglashtirish mumkin . Aytish mumkinki , ushbu misralardan xulosa

òsha davr hayotidagi xato-yu kamchiliklarga yana bir dalil hisoblanadi

Iqtisodiy jihatdan zòrģa kunini kòradigan , birlamchi ehtiyojini ham

qondirish mushkul bòlib oddiy aholiga yana qòshimcha bu kamsitilishlar juda katta

zarba bòlgan . Muqimiy bu nohaqliklarga jim qarab tura olmay , jasorat bilan

"Tanobchilar " she' rini yozgan adibdir . Shuningdek, Hakimjon ham juda

ayyoronalik bilan òz ishlarini xalq orqali bajartiradi. Bòlmasa òz lavozimidan

foydalanib , jazolashga òtadi. Mana bugungi zamon tabiri bilan aytganda , òz

lavozimini suiiste'mol qilish demakdir . Tanqidiy ruhda ravonlik bilan xalq dardini

shunday yetkazib berishga urinib Muqimiy buning uddasidan chiqadi . Hajviyada


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

270

"mavjud " tuzumdagi ijtimoiy adolatsizlik ,chor ma'murlari va mahaliy

amaldorlarning òzboshimchaliklari va zòravonliklari - mustamlaka sharoitida soliq

solish va undirib olish kabi hayotiy lavhalarda tarixan haqqoniy tasvirlangan"

Shunday qilib Muqimiy kònglidagi bu oģriqli sòzlarini qalamga oladi va sòzning

kòpligini mazaning kamligi bilan baholab , "Tanobchilar" satirasini tamomlaydi.

Xulosa qilganda, Muqimiy o‘z asarlarida o‘zi yashab o‘tgan davrning

ijtimoiy-iqtisodiy holati haqida ma’lumot bera olgan. Bundan tashqari u o‘z

davrida adolatparvarlardan biri bo‘lgan va jamiyatdagi turli illatlarni har doim

tanqid qilib kelgan yuqori lavozimga ega bo‘lgan shaxslarni satirik hajvlari orqali

ularni tanqid qilgan. U uchun o‘zining yaxshi yashashi emas, balki jamiyat

farovonligi birinchi o‘rinda turgan. Oddiy mehnatkash aholini noqonuniy

soliqlardan aziyat chekishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kurashgan. U xalq

qadriyat va ana’analarini hurmat qilgan va o‘z davrida oddiy inson bo‘lib, xalq

orasida katta hurmatga ega bo‘lgan shaxslardan biri bo‘lgan. Uning hayot yo’li

insonlar uchun o’rnak sifatida qarash mumkin. Chunki u har doim adolat tarifida

bo‘lgan va jamiyat rivojlanishiga hissa qo‘shishga harakat qilib yashagan. Shundan

kelib chiqqan holda Muqimiyning hayotini va asarlarini nafaqat O‘zbekistonda

balkim butun dunyoda keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ròyhati :

1. Muqimiy "Saylanma" Т.: «Ma’naviyat», 2009 .

2. Abduģafurov A. " Muqimiy"

3.

https://tafakkur.net/tanobchilar/muhammad-aminxoja-muqimiy.uz

4.

http://ferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf

5.

https://talaba.su/muhammad-aminxo-ja-muqimiy/

6.

https://uzpedia.uz/kitob/adabiyot_6sinf_i/tanobchilar