Authors

  • Narzullayeva Gulchehra Qudratovna
  • Egamnazarov Mirzoxit Mirtemir o‘g‘li

Author Biographies

  • Narzullayeva Gulchehra Qudratovna

    Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o‘qituvchisi

  • Egamnazarov Mirzoxit Mirtemir o‘g‘li

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118334

Keywords:

Inson ontogenezi inson filogenezi embrional rivojlanish evolyutsion biologiya biogenetik qonun Gekkel nazariyasi morfologik o‘xshashlik filotipik bosqich homila rivojlanishi tarixiy evolyutsiya.

Abstract

Mazkur ishda ontogenez (individual rivojlanish) va filogenez (evolyutsion rivojlanish) jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Ontogenez organizmning tug‘ilishdan to yetuklikgacha bo‘lgan rivojini aks ettirsa, filogenez butun turning tarixiy taraqqiyotini ifodalaydi. Ular o‘rtasidagi munosabatni birinchi bo‘lib E. Gekkel izohlagan bo‘lib, uning nazariyasiga ko‘ra ontogenez filogenezning qisqargan va o‘zgartirilgan takrorlanishidir. Bu bog‘liqlik organizmlarning embrional rivojlanish bosqichlarida ajdodlarga xos belgilar namoyon bo‘lishi orqali yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ontogenezdagi o‘zgarishlar filogenezni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi va evolyutsion biologiya uchun katta ilmiy ahamiyat kasb etadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

250

ONTOGENEZ VA FILOGENEZ O‘RTASIDAGI BOG‘LANISHLAR

Narzullayeva Gulchehra Qudratovna

Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o‘qituvchisi

Egamnazarov Mirzoxit Mirtemir o‘g‘li

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi

Annotatsiya: Mazkur ishda ontogenez (individual rivojlanish) va filogenez

(evolyutsion rivojlanish) jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi.

Ontogenez organizmning tug‘ilishdan to yetuklikgacha bo‘lgan rivojini aks ettirsa,

filogenez butun turning tarixiy taraqqiyotini ifodalaydi. Ular o‘rtasidagi

munosabatni birinchi bo‘lib E. Gekkel izohlagan bo‘lib, uning nazariyasiga ko‘ra

ontogenez filogenezning qisqargan va o‘zgartirilgan takrorlanishidir. Bu bog‘liqlik

organizmlarning embrional rivojlanish bosqichlarida ajdodlarga xos belgilar

namoyon bo‘lishi orqali yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ontogenezdagi o‘zgarishlar

filogenezni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi va evolyutsion biologiya uchun katta

ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Связь между онтогенезом и филогенезом. Абстрактный в работе

анализируется взаимосвязь процессов онтогенеза (индивидуального развития)

и филогенеза (эволюционного развития). В то время как онтогенез отражает

развитие организма от рождения до взрослой жизни, филогенез представляет

собой историческое развитие целого вида. Связь между ними впервые объяснил

Э. Геккель, согласно теории которого онтогенез представляет собой

сокращенное и измененное повторение филогенеза. Эта связь отчетливо

проявляется в проявлении предковых признаков на стадиях эмбрионального

развития организмов. Изменения в онтогенезе играют важную роль в

формировании филогенеза и имеют большое научное значение для

эволюционной биологии.

The relationship between ontogenesis and phylogenesis


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

251

Annotation.This work analyzes the relationship between the processes of

ontogenesis (individual development) and phylogenesis (evolutionary development).

While ontogenesis reflects the development of an organism from birth to adulthood,

phylogenesis represents the historical development of the entire species. The

relationship between them was first explained by E. Haeckel, who, according to his

theory, ontogenesis is a reduced and modified repetition of phylogenesis. This

relationship is clearly visible through the manifestation of signs characteristic of

ancestors at the embryonic stages of development of organisms. Changes in

ontogenesis play an important role in shaping phylogenesis and are of great scientific

importance for evolutionary biology.

Kalit so‘zlar: Inson ontogenezi, inson filogenezi, embrional rivojlanish,

evolyutsion biologiya, biogenetik qonun, Gekkel nazariyasi, morfologik o‘xshashlik,

filotipik bosqich, homila rivojlanishi, tarixiy evolyutsiya.

Asosiy qism

Xordalilar tipining har xil sinflarga kiruvchi vakillarining homilalari

rivojlanishi bosqichlarini solishtirib o’rganish natijasida K.Ber homilalar o’xshashligi

qonunini kashf etdi. Bu qonunning asosiy qoidalari quyidagicha ta’riflanadi:

1. Bir sinfga kiruvchi hayvonlar homilalari rivojlanishning ilk bosqichlari

o’xshash bo’ladi.

2. Homilalarda avval tipga xos umumiy belgilar, keyin esa sinfga, avlodga,

turga va individual xos belgilar rivojlanadi.

3.Bir tipga kiruvchi organizmlarning homilalari rivojlanib borishi davomida

tobora bir – biridan farqlanib boradi.

K. Ber evolyusionist bo‘lmagani uchun bu qonuni filogenez bilan bog’lay

olmadi.

1866-yilda E.Gekkel va F.Myuller asosiy

biogenetik qonunni

kashf etishdi.

Bu qonunga asosan ontogenez filogenezning qisqacha va tez takrorlanishidir.

Ajdodlar uchun xos belgilarning qaytarilishi

rekapitulyasiya

deyiladi. Homilaning

ilk rivojlanish bosqichlari konservativ xarakterga ega bo’lib, to‘liq yuzaga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

252

chiqadi.Bunday belgilarga xorda, nerv naychasi ichak,somitlar rivojlanishi misol

bo‘la oladi.Konservativ belgilar rekapitulyassiyasi

palingenez

deyiladi.

Senogenezlar

keyingi avlodlar embrogenezida ham qaytariladi, lekin yutuk

organizmlarda saqlanmaydi.Ularga

provizor a’zolar:

amnion, xorion, allontois,

sariqlik qopchasi, plastena misol bo‘la oladi. Shunday qilib, senogenezlar

ontogenezning ilk bosqichlarida adaptiv ahamiyatga ega.

Filembriogenezlar yangi hosil bo’ladigan o’zgarishlarning ikkinchi xili

bo’lib, ular homila davrida hosil bo’lsa ham ularning adaptiv ahamiyati yetuk

organismlarda namoyon bo’ladi.Masalan, sut-emizuvchilarda jun qoplami kurtaklari

embriogenezning ilk bosqichlarida paydo bo’ladi, lekin uning ahamiyati yetuk

organizmda yuzaga chiqadi. Filembriogenezlar to’g’risidagi ta’limotni rus olimi

A.N.Seversov yaratgan Filembriogenez qanday bosqichlarda yuzaga chiqishiga

qarab 3 tipga .

1. Anaboliyalar

-homila rivojlanishi oxirida, a’zo deyarli to’liq rivojlanib

bo’lganidan keyin kelib chiqadigan o’zgarishlar. Ularga odam homilalarida miya

qutisi choklari birikishi, qon tomirlarining qayta taqsimlanishiga ta’sir qiluvchi

o’zgarishlarni misol qilish mumkin.

2. Deviasiya

-embriogenezning o’rta bosqichlarida kuzatiladi. (sut-

emizuvchilar va odamda yurak qorinchalari orasida to‘siqning hosil bo‘lishi) .

3. Arxallaksis

-embriogenezning ilk bosqichlarida hosil bo’ladi, yangi

kurtaklar rivojlanadi. Misol sifatida sut-emizuvchilarda jun qoplami kurtaklari hosil

bo’lishi keltirish mumkin.

Shunday qilib, rekapitulyasiya kuzatilmasligini, deviasiya natijasida faqat ilk

belgilar rekapitulyasiyalanishini, anaboliyada esa rekapitulyasiya to’liq namoyon

bo’lishini tushunish qiyin emas.

Ontogenez evolyusiyasini tushunishda geteroxroniya va geterotopiya katta

ahamiyatga ega. Geteroxroniya a’zo kurtagi paydo bo‘lish vaqtini o‘zgarishi. Murtak

a’zolarini rivojlanishi odatda bir vaqtda sodir bo’lmaydi.Ayrim a’zolar tezroq

rivojlanadi, ularni rivojlanish jarayonini tezlashtirish sodir bo‘ladi,boshqalarda

rivojlanishi kechikadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

253

Evolyusion ahamiyati yuqori bo’lgan a’zolar kurtagi tezroq rivojlanishi

mumkin (masalan: miyaning boshqa qismlariga nisbatan oldingi miya qismi tez

rivojlanadi)

Geterotopiya-a’zo kurtagi joyi o’zgarishi. Embrional va lichinkali bosqichida

organlar va to’qimalarni notekis o’sishi tufayli a’zoni joylashgan joyini o’zgarib

qolishi. Geterotopiyaga yurakning sut-emizuvchilarda, baliqlarga nisbatan joyining

o’zgarishi misol bo’la oladi.Bunday belgilarga xorda, nerv naychasi ichak, somitlar

rivojlanishi misol bo’la oladi.

Ontogenez va filogenez o‘rtasida chuqur bog‘lanish mavjud, chunki

individual rivojlanish (ontogenez) ko‘p hollarda tur tarixiy rivojlanishini (filogenez)

qisqacha takrorlaydi. Bu bog‘lanish “biogenetik qonun” orqali izohlanadi: har bir

organizm o‘zining rivojlanishida ajdodlarining evolyutsion bosqichlarini aks ettiradi.

Xulosa

Ontogenez va filogenez o‘rtasidagi bog‘liqlik inson rivojlanishini chuqur

tushunishda muhim ahamiyatga ega. Ontogenez jarayonida embrion rivojlanish

bosqichlarida ajdodlarga xos belgilar namoyon bo‘lishi, inson evolyutsion tarixining

izlarini ko‘rsatadi. Bu holat ontogenezni nafaqat individual, balki tarixiy-biologik

jarayon sifatida ham ko‘rib chiqishga asos yaratadi. Shunday qilib, inson

rivojlanishidagi har bir bosqich evolyutsion jarayonlarning davomiyligidan dalolat

beradi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1.

Xoliqov P.X. va boshqalar.Darslik .-Toshkent:Biologiya Davlat ilmiy

nashriyoti,2005-583 bet.

2

.Nishonboyev K.N Hamidov J.H. Darslik-Toshkent

Biologiya Davlat ilmiy nashriyoti, 2005-210 bet.

3.

Alimxodjayeva P.R. Toshkent:<<Abu Ali Ibn Sino>>, 204-223 bet.