MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
186
MOLIYAVIY HISOBOTLARNING XALQARO STANDARTLARIGA
O’TISH INVESTITSIYA JALB QILISH VA XALQARO DARAJADA
QIYOSLANUVCHANLIKNI TA’MINLAYDIGAN OMILLARDAN BIRI
Sharofiddinov Shohrux Ulug'bek o'g'li
Alfraganus university “Buxgalteriya
hisobi va soliq “ kafedrasi o’qituvchisi
Аnnotatsiya: Ushbu maqolada muallif tomonidan MHXSni joriy etish
iqtisodiyot rivojlanishining muhim shartlaridan bo’lgan investitsiya jalb qilish, yangi
bozorlarga chiqishda muhim omil hisoblanishi haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: Acca,eksport,investitsiya,moliyaviy hisobotning xalqaro
standarlari,moliyaviy boshqaruv.
Аннотация: ВВ данной статье автор говорит о том, что внедрение
МФСО считается важным фактором привлечения инвестиций и выхода на
новые рынки, что является одним из важных условий экономического
развития.
Ключевые слова: Аccа, экспорт, инвестиции, международные
стандарты финансовой отчетности, финансовый менеджмент.
Abstract: In this article, the author discusses the fact that the introduction of
IFRS is an important factor in attracting investment and entering new markets, which
are important conditions for economic development.
Keywords: ACCA, export, investment, international financial reporting
standards, financial management.
Kirish
Hozirgi kunda jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda investitsiya jalb
qilish muhim va dolzarb masalalardan biridir.Prezidentimiz Oliy majlisga
murojaatnomasida xususan investitsiyalar haqida shunday ta’kidlaydilar.
Iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
187
sharoitlarni yanada yaxshilaymiz. Biz so‘nggi olti yilda investitsiyalar hajmini yalpi
ichki mahsulotning 30 foizidan oshirishga erishdik. Kelgusi yili qariyb 30 milliard
dollar sarmoya jalb qilinadi, shundan 25 milliard dollar xususiy investitsiyalar
bo‘ladi. Jumladan, umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyihani ishga
tushiramiz va yana 40 ta yangi yirik loyiha boshlanadi.
1
Mamlakatimiz
iqtisodiyotiga xorijiy investistiyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb etilishi, erkin iqtisodiy
zonalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi buxgalteriya hisobini moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil qilishni taqozo etmoqda. Hozirgi
vaqtda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari xo’jalik subyektlar tomonidan
tashqi foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan buxgalteriya
axborotini tayyorlashda tobora keng foydalanilmoqda.
Ma’lumki,
moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarini bilmasdan turib ushbu standartlarga o’tib
bo’lmaydi. Respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy
investitsiyalar ishtirokida 4200 dan ko’proq qo’shma korxonalar tashkil qilingan. Bu
korxonalardan 850 dan ortig’i Rossiya Federatsiyasi, 396 tasi Buyuk Britaniya, 242
tasi AQSh, 159 tasi Qozog’iston, 114 tasi Germaniya va boshqa mamlakatlar
investistiyalari ishtirokidagi korxonalar hissasiga to’g’ri keladi. Tabiiyki, bunday
sharoitda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)
asosida tashkil etish va yuritishni talab qiladi.
2
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari
(BHMS)ning talablari ko’plab pozitsiyalari bo’yicha MHXS talablariga juda
yaqinlashtirilgan bo’lsa-da, lekin boshqa, ba’zan esa asosiy pozitsiyalar bo’yicha
farqlar hamon saqlanib qolmoqda. Eng muhimi shuki, faoliyat yuritayotgan xo’jalik
yurtituvchi subyektlarning katta qismida mavjud bo’lgan asosiy vositalar, zaxiralar,
nomoddiy aktivlar kabi obyektlarni hisobga olishga nisbatan yondashuvlardagi
farqlar saqlanib turibdi. O’z navbatida, transformatsiya tartibotlarini o’tkazish
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi 20.12.2022
2
Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari. O’quv
qo’llanma. – T.: TDIU,5-bet
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
188
chog’ida aksariyat amaliyotchi buxgalterlar aynan ushbu aktivlarni qayta
hisoblashiga to’g’ri keladi.
3
S.N. Tashnazarovning fikriga koʼra “Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari – bu moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti fanining alohida tarmogʼi
boʼlib, moliyaviy hisobotning kontseptual asoslari, moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari zaruriyati, ishlab chiqilishi, ularning mazmuni, interpritatsiyasi va
qoʼllanilishining nazariy va metodologik masalalarini oʼrganuvchi qismidir.[3]
O.G. Jitluxina fikricha, “asosiy sifat xususiyatlari bir qator boshqa
xususiyatlarni oʼz ichiga oladi. Demak, maʼlumotlarning dolzarbligiga prognoz
qiymati, axborotning muhimligi taʼsir qiladi”. Maʼlumotning muvofiqligi va
to’g’riligi asosida qarorlar qabul qilish va to’g’ri baholash mumkin bo’ladi.[4]
Davronovning fikricha, IFRSni joriy etish moliyaviy axborotning yaxshilanishi
va iqtisodiy o‘sish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.[5] Yuqoridagi fikr ko’plab
mamlakatlarda o’z tasdig’ini topgan desak mubolag’a bo’lmaydi chunki investorlar
moliyaviy ma’lumotla to’g’ri va aniq bo’lgandagina ular o’z mablag’larini soha yoki
tarmoq uchun kiritadilar. Islomov o’zining “Moliyaviy hisobotlashda xalqaro
standartlarni qo‘llashning jamiyatga ta’siri” maqolasida moliyaviy hisobotlarning
xalqaro standartlarga asoslangan tizimlar orqali tashkilotlarning iqtisodiy holatini
aniqroq aks ettirishini va MHXSni qo‘llash nafaqat moliyaviy tizimni yaxshilashga,
balki davlatning xalqaro iqtisodiy aloqalarini ham mustahkamlashga yordam
beraishini ta’kidlaydi.[6]
Bizning fikrimizcha, so’nggi yillarda mamlakatimizdagi iqtisod-moliya
sohasidagi islohotlar tufayli investorlar ishonchi ortib, horijiy investitsiyalar ulushi
ortib bormoqda.Bu sohaga MHXS joriy qilish orqali sohaga kiritilayotgan
investitsiyani yanada ko’paytirishi mumkin. Soha mutahassislari ta’kidlashicha,
MHXSga o‘tishning so‘nggi 15 yilida Yevropa, qolaversa, jahon tajribasiga
asoslanib, quyidagi ijobiy jihatlarni kuzatish mumkin:
Birinchidan
, axborot shaffofligini oshirish – shaffoflik xususiyati sifatli
3
Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari. O’quv
qo’llanma. – T.: TDIU,6-bet
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
189
moliyaviy axborot va xalqaro darajada qiyoslanuvchanlikni ta’minlaydi. Buning
natijasida investorlar va boshqa bozor qatnashchilari asoslangan iqtisodiy qarorlar
qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan,
hisobdorlik oshishi – bu xususiyat investorlar va kompaniya
boshqaruvchilari o‘rtasidagi moliyaviy axborot yetishmovchiligini kamaytiradi.
Natijada investorlar o‘z sarmoyalarining samarali boshqaruvi bo‘yicha to‘laqonli
axborotga ega bo‘ladi.
Uchinchidan
, iqtisodiy samaradorlik oshishi – yagona moliyaviy tildagi
hisobotlarni tahlil qilish asosida, investorlar kapitalni xalqaro miqyosda yo‘naltirish
va xatar (risk) larni kamaytirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
To‘rtinchidan
, bozor likvidligi yaxshilanishi va kapital sarfining pasayishi –
moliyaviy axborotlarning batafsil yoritilishi va xalqaro darajada qiyoslanuvchanlik
bozor likvidligini oshiradi va kompaniyalar uchun milliy va xorijiy kapital jalb etish
sarflarini kamaytiradi.
Beshinchidan
, kapital bozorlarining rivojlanishi va qimmatli qog‘ozlar
bozorlarida savdolar ko‘lamining kengayishi – bo‘sh kapital mablag‘laridan samarali
foydalanish va iqtisodiyotning turli sohalari zarur kapital bilan ta’minlanishi, kapital
bozorlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, qimmatli
qog‘ozlar bozorining muayyan mamlakat ichida shakllanishi va savdolar ko‘payishi
iqtisodiy rivojlanishning jadallashtirish omili hisoblanadi. Bunda MHXS asosidagi
hisobot ma’lumotlari kapital bozor ishtirokchilari uchun asosiy va ishonchli axborot
manbasi bo‘lib xizmat qiladi
Oltinchidan,
xorijiy investitsiyalarning milliy bozorga kirib kelishi va
investorlarni himoya qilishning takomillashishi – milliy iqtisodiyotning rivojlanishi
va raqobatbardoshligi, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni jalb etish zaruriyatini
yuzaga keltiradi. Buning uchun milliy bozorda xorijiy investorlarga ijobiy investitsiya
muhiti yaratilishi hamda investorlar huquqlari himoyalangan bo‘lishi lozim.
MHXSning kapital bozor qatnashchilari tomonidan qabul qilinishi va unga muvofiq
tuzilgan moliyaviy hisobotlar ochiq e’lon qilinishi ushbu jarayonlarni tezroq amalga
oshirish imkoniyatini beradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
190
Yettinchidan
, moliyaviy tahlilchilar prognozlaridagi aniqlik – moliyaviy
axborotning sifati va qiyosiyligini ta’minlaydigan muhit moliyaviy tahlilchilar
faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va prognozlash tahlillari sifatini oshiradi. Ushbu
tahlillar kapitalning samarali boshqaruvi va kelgusida kapital jalb etilishi yoki
taqsimlanishi bo‘yicha to‘g‘ri iqtisodiy qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi
4
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda real sektorni bilimli va malakali kadrlar
bilasn ta’minlash uchun oliy ta’lim muassasalarida xalqaro talablarga javob
beradigan o’quv fan dasturlar va o’quv rejalari ishlab chiqilmoqda. ACCA xalqaro
tashkilotining akkreditatsiya talablari asosida yangilangano‘quv rejaga quyidagi
fanlar kiritildi
“Biznesda buxgalter (F-1-Accountant in Business)”;
“Menejmentlik buxgalteriya hisobi (F-2-Management Accounting)”;
“Moliyaviy buxgalteriya hisobi (F-3-Financial Accounting)”;
“Korporativ va bisnes huquqi (F-4-Corporate and Business Law)”;
“Samaradorlikni boshqarish (F-5-Performance Management)”;
“Soliqqa solish (F-6-Taxation)”;
“Moliyaviy hisobot (F-7-Financial Reporting)”;
“Audit va kafolat (F-8-Audit and Assurance)”;
“Moliyaviy menejment (F-9-Financial Management)”
Bu fanlardan asosan “Moliyaviy hisobot (F-7-Financial Reporting) kursidan
imtihondan 50 ball va undan yuqori bal olgan nomzodlar imtihondan o’tgan
hisoblanib xo’jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan banklar aksiyadorlik
jamiyatlari, va boshqa tashkilotlarda buxgalteriyani xalqaro standartlar asosida
yuritishlari mumkin bo’ladi.Shuningdek cboshqa xalqaro sertifikat va diplomlar
mavjud masalan Xalqaro moliyaviy hisobot boʼyicha diplom (DipIFR)» sertifikatlari
olishimiz mumkin.Quyidagi jadvalda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari
4
Hamid IRGASHEV,ACA, ACCA, Buyuk Britaniyadagi Hult xalqaro biznes maktabi dotsenti,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xorijiy maslahatchisi va eksperti, 2
Ibrohim AXMADXONOV,Moliya vazirligi buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti departamenti direktor o‘rinbosari.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
191
hamda ularning tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi nizomga asosan hozirgi kunda
korxona va tashkilotlar BHMS va MHXS asosida tuzildagin moliyaviy hisobolar
berilgan.
1-jadval
Xo’jalik yurituvchi subyektlarni MHXS asosida moliyaviy hisobot
tayyorlashlari investitsiya uchun muhim hisoblanadai korxonaga investitsiya
qilishdan oldin xorijiy investorlar xalqaro standartlar asosida yuritilgan moliyaviy
hisoblatni tahlil qilishlari uchun muhim hisoblanadi.
Quyidagi jadvalda asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning
YaIMdagi ulushini ko’rishimiz mumkin.
2-jadval
Yillar
2016 2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
Yaimdagi foiz
ulushi
20,1
22,7
29,1
36,8
34,7
32,4
29,7
33,4
So’ngi yillarda real va moliya sektoridagi islohotlar natijasida tarmoq va
sohalarga investitsiyalar oqimi ko’paymoqda.Yuqoridagi jadvaldan ham ko’rishimiz
mumkin.Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar
№
BHMSga asosan tuzilgan yillik
moliyaviy hisobot shakllari
MHXSga asosan tuzilgan yillik
moliyaviy hisobot shakllari
1
Buxgalteriya balansi;
Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot
2
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida
hisobot;
Foyda
yoki
zarar
va
boshqa
umumlashgan daromad to‘g‘risidagi
hisobot
3
Xususiy kapital to‘g‘risidagi
hisobot
Xususiy
kapitaldagi
o‘zgarishlar
to‘g‘risidagi hisobot
4
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot; Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi
hisobot (bilvosita usul);
5
Izohlar,
hisob-kitoblar
va
tushuntirishlar
(moliyaviy
hisobotga izohlar)
Ahamiyatli hisob siyosati va boshqa
tushuntirish ma’lumotlaridan iborat
izohlar (moliyaviy hisobotga izohlar)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
192
asosida yuritishi asosiy kapitalga investitsiyalarda chet el investitsiyalari va
kreditlarining ulushi oshishiga yordam bermoqda.
3-jadval
Yillar
2016 2017 2018
2019
2020
2021
2022
2023
Ulushi
20,7 23,8 24,3
43,6
42,7
42,3
42,8
56,7
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan asosiy kapitalga investitsiyalarda chet el
investitsiyalari va kreditlarining ulushi yildan yilga oshib borayotganligini bilishimiz
mumkin.. Bu o’z navbatida sohalarga yangiliklar, inovatsiyalar olib kirishini hisobga
olsak soha va tarmoqlarni raqabotbardoshligi oshirishga xizmat qiladi
Xulosa va takliflar
Soha va tarmoqlarni yanada rivojlantirish uchun sohaga moliyaviy hisobni
xalqaro standartlarni jalb qilish muhim hisoblanadi. Bu o’rinda moliyaviy hisobni
xalqaro stardartlariga trasformatsiya qilish uchun kadrlar zahirasini tuzish muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24 fevraldagi 4611-sonli
qarori asosida ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini
bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha “yo’l xaritasi” tuzilgan bo’lib bosqichma
bosqich kadrlar zahirasini tuzish nazarda tutilgan. Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro
talablarga javob beradigan o’quv fan dasturlar va o’quv rejalari ishlab chiqilishishini
jadal davom etirish bilan birgalikda talablarni dars mashg’ulotlariga amaliyotchilarni
jalb qilish ham muhim hisoblanadi. Moliyaviy hisobotni xalqaro standartlariga
o'tish biznes uchun qo’shimacha moliyalashtirish manbaalarini olishga imkon berishi
bilan birgalikda milliy moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida
transformatsiya qilishni qoidalarga muvofiq tuzishni qonunchilikda mustahkamlash
zarur, chunki soliq va statistika tashkilotlarida hisobotlar milliy standartlar asosida
tuziliganligi sababli moliyaviy hisobotlarning ham milliy va xalqaro taqdim etish
korxona va tashkilotlar buxgalteriya hisobini tayyorlash xarajatlarini oshirishini
aytib o’tish lozim.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
193
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga
murojaatnomasi 20.12.2022
2.Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlari. O’quv qo„llanma. – T.: TDIU, 2019. 3.S.N.
Tashnazarov. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Darslik. Toshkent moliya
iqtisod nashriyoti. 2019. 584-bet.
4.Житлухина О.Г. О месте
и особенностях производных финансовых инструментов в системе финансовых
инструментов в аспекте международных стандартов финансовой отчетности. //
Инновационная наука. 2015. № 3. С. 24-27
5.Davronov, A. “Xalqaro moliyaviy hisobotlash standartlarining rivojlanishi va
ularga o’tish”. 2019
6.Islomov, A. “Moliyaviy hisobotlashda xalqaro standartlarni qo‘llashning jamiyatga
ta’siri”. 2019.
7.N.B.Abdusalomova “Sugʼurta tashkilotlarida buxgalteriya hisobini moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish” 2024
8.Z.Nurmatov “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standarlarini O‘zbekiston
Respulikasida qo‘llashning ahamiyati va dolzarblig 2024
9.S.N. Tashnazarov “Moliyaviy hisobotning xаlqаro stаndаrtlаrigа oʼtishdаgi
tаjribаlаr vа jаdаllаshtirish omillаri” 2023