Authors

  • N. M. Babadjanova
  • Z. Sh. Ro’zmetova
  • Y. A. Djumaniyazova

Author Biographies

  • N. M. Babadjanova

    O`simlikshunoslik ixtisosligi bo`yicha tayanch doktorant, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Urganch

  • Z. Sh. Ro’zmetova

    Biologiya mutaxassisligi magistranti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Urganch

  • Y. A. Djumaniyazova

    Biologiya kafedrasi dotsenti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Urganch

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118350

Keywords:

Durdona Radost poya balandligi ekish muddatlari takroriy ekin

Abstract

Mosh qisqa muddatda yuqori hosil olish mumkin bo’lgan ekinlardan biri va tarkibida bolalar uchun foydali oqsil triptofan gemoglabin ishlab chiqarishga yordam beradi. Oqsil vitaminlarga boyligi, to’yimliligi jihatidan boshqa dukkakli ekinlardan ustun turadi. Tajribada moshning Durdona va Radost navlari takroriy ekin sifatida 3 xil muddatda: iyun oyining oxirgi dekadasi, iyulning birinchi va ikkinchi dekadalarida ekildi. Har bir nav turli ekish muddatlarida 3 takrorlanishda ekilib, egat orasi 60 sm va ko’chat orasi 15 sm qilindi. Vegetatsiya davomida o’simliklarning poya balandligi har bir variantlarda 15 tadan o’simliklardan ikki haftada bir marotaba aniqlab borildi. Ma’lumotlar variantlar bo’yicha statistik tahlil qilindi. Natijalarga ko’ra Durdona navida eng yuqori poya balandligi iyun oyining oxirgi dekadasida ekilgan o’simliklarda uruglar ekilgandan keyin 70-75 kundan keyin 46.1 sm bo’lganligi kuzatildi. Radost navida vegetatsiya davomida o’simliklar balandligi mutanosib ravishda ortib borgan, eng yuqori poya balandligi shu muddatda ekilgan o’simliklarda 90-95 kundan keyin 57.0 sm bo’lgan, va iyulni birinchi va ikkinchi dekadasida ekilgada ikki navlarda xam o’simliklar balandligi farq qildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

179

MOSH O`SIMLIGI POYA BALANDLIGIGA EKISH

MUDDATLARINING TA`SIRI

N. M. Babadjanova, O`simlikshunoslik ixtisosligi bo`yicha tayanch

doktorant, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Urganch

Z. Sh. Ro’zmetova, Biologiya mutaxassisligi magistranti, Abu Rayhon

Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, Urganch

Y. A. Djumaniyazova, Biologiya kafedrasi dotsenti, Abu Rayhon Beruniy

nomidagi Urganch davlat universiteti, Urganch

Annotatsiya: Mosh qisqa muddatda yuqori hosil olish mumkin bo’lgan

ekinlardan biri va tarkibida bolalar uchun foydali oqsil triptofan gemoglabin ishlab

chiqarishga yordam beradi. Oqsil vitaminlarga boyligi, to’yimliligi jihatidan boshqa

dukkakli ekinlardan ustun turadi. Tajribada moshning Durdona va Radost navlari

takroriy ekin sifatida 3 xil muddatda: iyun oyining oxirgi dekadasi, iyulning birinchi

va ikkinchi dekadalarida ekildi. Har bir nav turli ekish muddatlarida 3 takrorlanishda

ekilib, egat orasi 60 sm va ko’chat orasi 15 sm qilindi. Vegetatsiya davomida

o’simliklarning poya balandligi har bir variantlarda 15 tadan o’simliklardan ikki

haftada bir marotaba aniqlab borildi. Ma’lumotlar variantlar bo’yicha statistik tahlil

qilindi. Natijalarga ko’ra Durdona navida eng yuqori poya balandligi iyun oyining

oxirgi dekadasida ekilgan o’simliklarda uruglar ekilgandan keyin 70-75 kundan

keyin 46.1 sm bo’lganligi kuzatildi. Radost navida vegetatsiya davomida o’simliklar

balandligi mutanosib ravishda ortib borgan, eng yuqori poya balandligi shu

muddatda ekilgan o’simliklarda 90-95 kundan keyin 57.0 sm bo’lgan, va iyulni

birinchi va ikkinchi dekadasida ekilgada ikki navlarda xam o’simliklar balandligi

farq qildi.

Kalit so`zlar: Durdona, Radost, poya balandligi, ekish muddatlari, takroriy

ekin


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

180

Kirish.

Jahon miqiyosida aholi sonining tobora ortib borishi va ularni oziq

ovqat bilan ta’minlashda agrar sohani o’rni va ahamiyati kundan kunga ortib

bormoqda (Atabaeva va boshqalar, 2021). Prezidentimiz Sh. Mirziyoev xam 2020 yil

29 dekabrdagi Oliy majlisga yo`llagan murojatnomasida qishloq xo’jaligi

ekinlarining hosildorligi va samaradorligi, kambag’allikni qisqartirish va aholi

daromadlarini oshirishda eng muhim omil ekanligini ta’kidlab o’tganlar. Mosh qisqa

muddatda yuqori hosil olish mumkin bo’lgan ekinlardan biri hisoblanib, tarkibida

bolalar uchun foydali oqsil triptofan bo’lib, gemoglabin ishlab chiqarishga yordam

beradi. Oqsil vitaminlarga boyligi, to’yimliligi jihatidan boshqa dukkakli ekinlar

masalan loviya, no’xat, ko’k no’xatdan ustun turadi. Tarkibida 24-28 % oqsil, 8%

lizin, 7 % arginin va vitaminlardan PP, B1 ko’p miqdorda mavjud

(

https://www.agro.uz/11-04472/

). Shuning uchun oqsilga boy qishloq xo’jaligi ekini

sifatida moshni qisqa muddatlarda yetishtirish va yuqori hosil olish, vegetatsiyasi va

reproduksiyasini tahlil qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Xorazm viloyatida

kuzgi bug`doydan keyin takroriy ekin sifatida ekilgan Durdona va Radost navlarining

o`sishi va rivojlanishi davomida poya balandligi o’zgarishini o’rganish va turli ekish

muddatlarini biometrik ko’rsatkichlariga ta’sirini tahlil qilish maqsad qilingan.

Adabiyotlar sharhi.

Mosh (Vigna radiata) issiq va quruq mintaqalarda yozda

o’sishi mumkin bo’lgan muhim ekin (Sekhon, 2008), shu bilan birgalikda turli ekish

muddatlari uning vegetatsiyasi davriga, reproduksiyasiga va pishish davriga ta’sir

qilagan omillardan hisoblanadi (Soomro &Khan, 2003). Sher-e-Bangla Qishloq

xo’jaligi Universiteti olimlari ma’lumotlariga ko’ra 3 xil navlar 3 xil ekish

muddatlarda sinab ko’rilganda ekish muddatlari o’simlik poya balandligiga turlicha

sezilarli darajada ta’sir qilgan. Bunda ekish muddatidan 30 kundan keyin va hosil

olingan vaqtda o’lchovlar olib borilgan. Turli muddatlarda ekilganda navlarning

o’simlik bo’yiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Birinchi ekish muddati 15 martda ekilgan

BARI Mung-7 navida eng yuqori poya balanligi hosil davrida 55, 17 smni tashkil

qilgan (Reshma Khatun, 2021). Turli ekish muddatlari va qo’llanilgan navlar tufayli

o’simlik bo’yida sezilarli farqlar kuzatilganligi Bangladesh qishloq xo`jaligi

universitetida 2007 yilda o`tkazilgan tadqiqotlarda yaqqol ko`ringan. Bunda ekish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

181

vaqti 20 fevraldan boshlab har 10 kunda 11 aprelgacha 6 muddatda ekilganda eng

yuqori poya balandligi 63 cm bo`lib, 11 aprelda ekilgan o`simliklarda qayd qilingan

(Begum va boshqalar, 2009). O’simliklar balandligidagi farq genetik xusisiyatlarga

xam bog`liq bo’lishi mumkin (Farghali and Hossein, 1995).

Tadqiqot uslubi

Dala tajribasi Paxta seleksiyasi urug’chiligi va paxta

yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Xorazm ilmiy tajriba

stansiyasi dala maydonida o’tkazildi. Tajriba variantlari rendomizatsiya usulida

joylashtirildi. Durdona va Radost navlari takroriy ekin sifatida 3 xil muddatda iyun

oyining oxirgi dekadasi, iyulning birinchi va ikkinchi dekadalarida ekildi. Har bir nav

turli ekish muddatlarida 3 takrorlanishda ekilib, egat orasi 60 sm va ko’chat orasi 15

sm qilindi. Dala tajribalari O`zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining “Dala

tajaribalarini o`tkazish uslublari” qo`llanmasi asosida olib borildi.

Durdona navi 2011 yilda Davlat reestriga kiritilgan bo’lib, tik osuvchi

poyasining bo’yi 50-60 sm, pishganda chatnamaydigan donalari yirik va eng muhimi

tez pishish bo’yicha analoglari yo’q, 70 kunda pishib etiladi. Issiqqa, kasalliklarga

chidamli o’rta sho’rlangan tuproqlarda xam yaxshi osa oladi. 1000 dona urug vazni

60 g. Hosildorligi 21.0-22.0 s/ga.

Radost navi 1984 yildan sug’oriladigan yerlarda davlat reestriga kiritilgan,

doni o’rtacha kattalikda, xira yashil rangli 1000 dona urug vazni 39.0-49.0 gram.

Yarim buta shaklda, bo’yi 60-70 sm, 101 kunda pishib etiladi. O’rtacha hosildorligi

17.2 s/ga. Qishloq xo’jaligi kasalliklari va hashorotlariga chidamli nav hisoblanadi.

Vegetatsiya davomida o’simliklarning poya balandligi har bir variantlarda 15

tadan o’simliklardan ikki haftada bir marotaba aniqlab borildi. Ma’lumotlar variantlar

bo’yicha statistik tahlil qilindi.

Natijalar va muhokama.

O`simliklar o`sib rivojlanishi davomida poya

balandligi ham mutanosib ravishda o`zgara boradi. Bu o`simlikning fenologik

kuzatuvlari davomida qayd qilinadi va o`simlikning ozuqa bilan taminlanishiga ham

bo`gliq holda o`zgaradi, shu bilan birgalikda o`simlikning genetik hususiyatlariga

ham bog`liq bo`ladi. Durdona navini poya balandligi ekilgandan 30 kun o`tib

aniqlanganda 10-15 cm atrofida bo`lganligi aniqlangan (rasm 1).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

182

Rasm 1. Takroriy ekin sifatida turli muddatlarda ekilgan moshning Durdona

navida o’simlik bo’yidagi o’zgarishlar.

Durdona navida eng yuqori poya balandligi iyunning birinchi dekadasida

ekilgan o’simliklarda uruglar ekilgandan keyin 70-75 kundan keyin 46.1 sm

bo’lganligi kuzatildi. Eng past poya balandligi esa ekish muddatidan 30-35 kundan

keyin 15.6 sm qayd qilingan. Iyulni birinchi dekadasida ekilgan o’simliklarda eng

baland poya ekish muddatidan 60-65 kundan keyin 34.8 sm bo’lganligi kuzatilgan

bo’lsa eng past poya balandligi 30-35 kundan keyin 17.2 sm bo’lgan. Iyulning

ikkinchi dekadasida ekilgan o’simliklarda eng yuqori poya balandligi 60-65 kundan

keyin 37.5 sm bo’lganligi qayd qilindi, eng past poya balandligi esa 30-35 kundan

keyin 9.7 sm bo’lganligi kuzatildi.

Radost navida barcha ekish muddatlarida vaqt o’tishi bilan poya balandligi

ortib borgan (rasm 2). Vegetatsiya davomida o’simliklar balandligi mutanosib

ravishda oshib borgan, eng yuqori poya balandligi iyunning birinchi dekadasida

ekilgan o’simliklarda 90-95 kundan keyin 57.0 sm bo’lgan, eng past poya 30-35

kundan keyin 16.6 smni tashkil qilgan

0

15

30

45

60

DAS 30-35 DAS 40-45 DAS 60-65 DAS 70-75 DAS 90-95

P

oy

a

bal

andl

igi

,s

m

Urug' ekilgandan keyingi kunlar

Durdona navida poya balandligi

Iyun III-dekada

Iyul I-dekada

Iyul II-dekada


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

183

Rasm 2. Takroriy ekin sifatida turli muddatlarda ekilgan moshning Radost

navida o’simlik bo’yidagi o’zgarishlar.

Iyulni birinchi dekadasida ekilgan o’simliklarda 90-95 kundan keyin 36.1 sm

bo’lganligi qayd qilindi. Eng past poya esa 30-35 kundan so’ng 13.3sm bo’lgan

Iyulning ikkinchi dekadasida ekilganda eng baland poya 90-95 kundan keyin 34.1 sm

bo’lib, eng past poya balandligi 30-35 kundan keyin13.2 sm bo’lganligi kuzatildi.

iyunning birinchi dekadasida ekilgan o’simliklar boshqa sanalardan poya balandligi

yuqoriligi bilan keskin: 3.3-20.2 smgacha farq qilgan. Iyulni birinchi dekadasida va

ikkinchi dekadasida ekilgan o’simliklar esa bir- biriga yaqin ko’rsatkichlarga ega

ekanligi kuzatildi.

Hindistonning Qishloq xo’jaligi instituti olimlari Anwesha Charan va

boshqalar tomonidan 2024 yilda olib borilgan tadqiqotlarda iyul oyining birinchi

choragida 30*10 sm sxemasida ekilganda 60 kundan keyingi o’simlik bo’yi 64.58 sm

bo’lganligi va iyulni ikkinchi choragida 40*10 sm sxemasida ekilganda 60 kundan

keyin poya balandligi eng past 61.37 sm bo’lganligi qayd qilingan. Kechroq ekilganda

kuzatilgan pastroq o’simlik bo’yiga nisbatan eng baland o’simlik bo’yi o’sish

davrining uzoqroq bo’lishi va optimal atrof muhit sharoitlari ta’siri natijasida bo’lishi

0

15

30

45

60

DAS 30-35 DAS 40-45 DAS 60-65 DAS 70-75 DAS 90-95

P

oy

a

bal

andl

igi

,s

m

Urug' ekilgandan keyingi kunlar

Radost navida poya balandligi

Iyun III-dekada

Iyul I-dekada

Iyul II-dekada


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

184

ehtimolligi aytib o’tilgan. Ekish muddatining o’simlik bo’yiga ta’siri, o’sish davridagi

farqlarga bog’liq bo’lishi mumkin. Erta ekish ekinning unib chiqishidan to

yetukligiga qadar qulay muhitni ta’minlaydi, bu oxir oqibatda kech ekishga nisbatan

o’simlik balandligi yuqori bo’lishiga olib keladi. Bunday natijalar Kumar va

Kumawat (2014) ishlariga mos keladi.

Bangladesh Qishloq xo’jaligi Universiteti olimlari Rabbani M.G.va boshqalar

2010 yilda 7 xildagi navlar va 15 kun oraliqda 31 yanvardan 2-martgacha turli ekish

muddatlarida dala tajriba amaliyotlarini olib borganlar. Kuzatish jarayonida ekish

muddatlari o’simlik bo’yiga va o’simlikning quruq o’girligiga ta’sir qilishini qayd

qilganlar. Martning ikkinchi sanasida ekilgan o’simliklar ekish muddatidan 30, 40,

50, va 60 kundan keyin o’lchanganda mos ravishda 13.35, 32.83, 46.34 va 59.85 sm

bo’lgan. 31 yanvarda ekilgan o’simliklar 30, 40, 50 va 60 kundan keyin mos ravishda

12.24, 31.08, 43.93 va 56.77 sm balandlikni hosil qilgani yuqoridagi fikrlarga mos

keladi va olongan ma`lumotlar to`g1riligini tasdiqlaydi.

Xulosa

Olib borilgan tadqiqotlarning dastlabki xulosasiga ko’ra iyun oyining

oxirgi dekadasida ekilgan ikki xil navda xam o’simliklarning eng yuqori poya

balandligi 70-75 kundan keyin kuzatildi va iyul oyining 1 va 2 dekadasida ekilgan

o’simliklarga nisbatan baland bo’ldi. Eng past o’simlik balandligi iyul oyining

ikkinchi dekadasida ekilgan o’simliklarga to’g’ri keldi. Shuningdek iyulni birinchi

dekadasida ekilgan o’simliklarda o’rtacha ko’rsatkich qayd qilindi. Bu o’simliklarda

o’sish davrining uzoqroq davom qilishi va muhit omillaridan yetarlicha foydalanishi

sababli bo’lishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

1.

Anwesha Charan, Akankhya Pradhan, Rajesh Singh and Prashant Maurya

Effect of sowing date and spacing on growth and yield of mung bean (

Vigna radiata

L.) 2024; SP-7(5): 151-154

https://www.agronomyjournals.com/

2.

Atabaeva X.M., J.B. Xudayqulov., A R. Anorboev., X.A.Idrisov. Mosh

yetishtirish. 100 kitob to’plami. “Tasvir” nashriyot uyi. Toshkent, 2021.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–5_ Апрель –2025

185

3.

Begum M., “InNuence of Sowing Date on Growth and Yield of Summer

Mungbean Varieties,”

Journal of Agriculture and Social Sciences

, vol. 5, no. 3, pp.

73–76, 2009

4.

Farghali, M.A. and Hussein, H.A. (1995). Potential of genotypic and seasonal

effect on growth and yield of Mung bean (Vigna radiata (L.) Wilczek).

Asian J. Pl.

Sci

. 26: 13-21.

5.

https://www.agro.uz/11-04472/

).

6.

Kumar R, Kumawat N. Effect of sowing dates, seed rates and integrated

nutrition on productivity, profitability and nutrient uptake of summer mungbean in

Eastern Himalay. Archives of Agronomy and Soil Science. 2014;60(9):1207-27.

7.

Mavliyanova R.F., Sulaymonova B.A., Boltaev B.S., Mansurov X.G.,

Kenjaboev Sh.M. Mosh yetishtirish texnologiyasi. Tavsiyanoma. –“Navro’z”

nashriyoti. Toshkent, O’zbekiston, 2018.

8.

Reshma Khatun. (2021). Effect of sowing datr on growth and yield of mung

been (Vigna radiata L). Ragistration number NO.:19-10361. Place: Dhaka,

Bangladesh. p.23.

9.

Sekhon, H.S. (2008). Vigna in cropping system. In: MC Kharkwal, editor.

Proceedings of the fourth international food legumes research conference. New Delhi:

Indian Society of Genetics and Plant Breeding; p. 675–682.

10.

Soomro, N.A. and Khan. H.R. (2003). Response of Mung bean genotypes to

different dates of sowing in kharif season under rainfed conditions. Asian J. Pl. Sci.

2:377-79.

11.

Tursunov S. ”O’simlikshunoslik”. 2019. Toshkent “Ijod-press” 234-bet.

12.

Dala tajaribalarini o`tkazish uslublari 2007.UZPITI.