MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_Апрел –2025
122
BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIK OʻYINLARNI
TASHKIL QILISH
Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti
Boshlang'ich ta‘lim yo‘nalishi
Talaba:
Xidirov Murodjon
Annotatsiya:
Boshlang'ich sinflarda matematik oʻyinlarni tashkil etish
o'quvchilarning hisoblash ko'nikmalarini rivojlantirish, matematik fikrlashni oshirish
va dars jarayonini qiziqarli qilish uchun samarali vosita hisoblanadi.Didaktik
o'yinlardan
foydalanish
o‘quvchilarning
,
kreativ
fikrlash
doirasini
kengaytiradi.O'yinlar yordamida o'quvchilarning e'tiborini jalb qilish, natijalarga
erishishda raqobat muhitini yaratish va jamoaviy ishlash ko'nikmalarini
rivojlantirish mumkin.
Kalit so'zlar:
matematik o'yinlar, o‘quvchilar, hisoblash ko'nikmalari,
matematik fikrlash, qiziqarli metodlar, jamoaviy ish, raqamli kartalar.
Boshlang'ich sinflarda matematik oʻyinlarni tashkil qilish- O'yinlar
o'quvchilarning matematik ko'nikmalarini rivojlantirish, qiziqish va motivatsiyani
oshirish uchun mo'ljallangan.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika faniga
qiziqtirish, o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtirishlari hamda iqtidorlarini
rivojlantirish maqsadida darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashkil
etishning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilib, tavsiyalar berilgan.Matematika
minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg'otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar
darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o'xshash bo'Imasligi
kerak.Mashg'ulot o'tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli
masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar,
qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material boiib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ham olib borilayotgan matematika fanini zamonaviy,
ya‘ni, ilg‘or pedago-gik texnologiyalardan foydalanib, mashg‘ulotlar olib borilsa,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_Апрел –2025
123
maqsadga muofiq bo‘lardi. Birgina yuqorida ta’kidlaganimizday, didaktik o‘yinli
metodlardan foydalanish bugungi kun zamon talablaridan hisoblanadi.
Darchalarni to‘ldir” o‘yini. Didaktik topshiriq. O‘quvchilarning ijodiy fikrlash
qobiliyatini o‘sti-rish. O‘yin topshirig‘i. O‘yin jarayonida bolalaming matematik
og‘zaki hisoblash qobiliyatini takomil-lashtirish. O‘yin bayoni: uyning tartib raqami
va yoshini aniqlash. O‘yin bayoni: har bir o‘quvchining so-niga teng ko‘rgazma
tayyorlanadi, orasiga qo‘yilgan varaqqa misollar yozilgan bo‘ladi. Bu varaqlarni tez-
tez almashtirib turish uchun qulay qilib tayyorlash lozim. O ‘qituvchi o‘yinning sharti
bilan tanishtiradi va hamma o‘quvchilarga o‘tilgan mavzu asosida yozilgan
ko‘rgazma tarqatiladi. So‘ng bu perfokartochka-dagi misollarning javobi qanday
bajarilishi tushuntiriladi. Masalan, birinchi qo‘shiluvchi 400 bo‘lsa, ik-kinchi
qo‘shiluvchi noma‘lum bo‘lsa, yig‘indi 432 boar ekan. Siz ikkinchi qo‘shiluvchini
qanday qilib to-pasiz? Buni toping va topgan 32 sonini darchaga yozib qo‘ying. Yoki
qaysi sondan 24 ni ayirsang, 500 56 . 8 400 . 432. 24 500 81 hosil bo‘ladi. Demak,
524 dan 24 ni ayirsak, 500 hosil bo‘ladi. Shu bois darchaga 524 deb yozib qo‘ya-miz.
56 ni qaysi songa bo‘lsak, 8 hosil bo‘ladi: 56 ni 7 ga bo‘lsak, 8 hosil bo‘ladi,
darchaning ichiga 7 so-ni yoziladi. Darcha ichiga yozayotgan raqamlarimizni oddiy
qora qalam bilan yozsak, o‘chirib tashlashga qulay bo‘ladi. Bu o‘yinni hamma
amallar bilan og‘zaki savol-javob orqali o‘tkazish mumkin. Masalan, men bir son
o‘yladim. Shu o‘ylangan songa 7 ni qo‘shib, 97 hosil qiling. O‘ylangan sonni toping.
90. Men bir son o‘yladim, o‘ylangan sondan 100 ni ayirgan edim, 69 hosil bo‘ldi.
O‘ylangan sonni toping. 169. Shunday o‘yinlar o‘quvchilarni fikrlashga, mehnat
qilishga va ularning o‘tkir zehnli bo‘lishiga, tezkorlikka, topqirlikka undaydi.
Jim o'yini – bu matematik ko'nikmalarni rivojlantirish va o'quvchilarni
qiziqtirish maqsadida o'ynaladigan interaktiv o'yinlardan biridir. Bu o'yin, odatda,
o'yinchilarga suzuvchi raqamlar yoki matematik misollar berilishiga asoslanadi.O'yin
tartibi
1. O'yinchilar: O'yin jamoalar yoki individual ravishda o'ynalishi mumkin.
2. Ma'lumot tayyorlash: O'yin uchun kerakli matematik masalalar, raqamlar
yoki shartlarni tayyorlang.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_Апрел –2025
124
3. Qoidalar: - O'yin boshlanishidan oldin, o'yinchilarga qoidalar
tushuntiriladi.
- O'yinchilar o'z navbatida raqamlarni yoki masalalarni yechishlari kerak,
lekin jim bo'lishlari zarur.
- Har bir raqam yoki masalaning yechimi, o'yinchi tomonidan maxfiy tarzda
ko'rsatiladi.
4. O’yin davomiyligi: O'yin vaqtini oldindan belgilab olish tavsiya etiladi
(masalan, 15 yoki 20 daqiqa).
5. G'alaba shartlari: Kim tez-tez to'g'ri javob beradigan bo'lsa, o'sha g'olib
hisoblanadi.
O'yin foydalari
- Matematik ko'nikmalarni mustahkamlash.
- E'tibor va diqqatni oshirish.
- O'quvchilar o'rtasida jamoaviy hamkorlikni rag'batlantirish.
- Qiziqarli va muqaddas muhitda o'rganishni ta'minlash.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, boshlang'ich sinf o'quvchilarini matematik
oʻyinlarni tashkil qilishda o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini,kreativ
fikrlashni,turli xil metodlarni o‘rganishni talab qiladi.O‘quvchilarga didaktik o‘yinlar
yordamida dars tashkil qilinsa darsning samarasi yuqori bo‘ladi va darsdan kutilgan
natijani olish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1."Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi" Toshkent, 2005 yil 7.
Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G'. "Boshlang'ich sinflarda matematikadan fakultativ
darslarni tashkil etish metodikasi" Toshkent, "TDPU" 2005 yil 8. Jumayev M.E.
2. Bolalarda matematik tushunchlarni rivojlantirish nazariyasi va netodikasi (KHK
uchun) Toshkent, "Ilmg'Ziyo" 2005 yil 9. Jumayev M.E.
3.. Boshlang'ich matematika nazariyasi va netodikasi (KHK uchun) Toshkent,
"Arnoprint" 2005 yil 10. Toshmurodov B.
4. "Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishni takomillashtirish "Toshkent
"O'qituvchi", 2000 yil 11. Jumayev M. E.