Authors

  • Alimardanova Moʻtabar
  • Bozorova Feruza

Author Biographies

  • Alimardanova Moʻtabar

    ShDPI oʻqituvchisi

  • Bozorova Feruza

    ShDPI talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118360

Keywords:

oʻsimliklar hayvonlar oʻsimliklar dunyosi daraxtlar butalar oʻt-oʻlanlar insoniyat oʻsimliklar dunyosining afzalliklari hayvonot olamida tutgan oʻrni dukkakli ekinlar toʻgʻ oʻsimliklari hayot tarzi oʻsishi suv oʻsimliklari va hokazo.

Abstract

Ushbu maqolada oʻsimliklarning xilma-xilligi,ularning hayot tarzi ,oʻsish va rivojlanishi,koʻpayish usullari, oziqlanishi,yashash sharoitiiga moslashishi yoritilgan.Bundan tashqari oʻsimliklarning inson hayotida ahamiyati va hayvonot olamidagi tutgan oʻrni haqida maʼlumotlar berib borilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

118

BOSHLANGʻICH SINF TABIIY FANLAR DARSLIGIDAGI

OʻSIMLIKLAR DUNYOSI,ULARNING HAYOT TARZI HAQIDAGI

BILIMLARNI BILIB OLISH VA TAHLIL QILISH

ShDPI oʻqituvchisi

Alimardanova Moʻtabar

ShDPI talabasi

Bozorova Feruza

Annotasiya

: Ushbu maqolada oʻsimliklarning xilma-xilligi,ularning hayot

tarzi ,oʻsish va rivojlanishi,koʻpayish usullari, oziqlanishi,yashash sharoitiiga

moslashishi yoritilgan.Bundan tashqari oʻsimliklarning inson hayotida ahamiyati va

hayvonot olamidagi tutgan oʻrni haqida maʼlumotlar berib borilgan.

Kalit soʻzlari:

oʻsimliklar,hayvonlar ,oʻsimliklar dunyosi ,daraxtlar ,butalar

,oʻt-oʻlanlar,insoniyat,oʻsimliklar dunyosining afzalliklari,hayvonot olamida tutgan

oʻrni,dukkakli ekinlar,toʻgʻ oʻsimliklari,hayot tarzi ,oʻsishi,suv oʻsimliklari va

hokazo.

Bugungi kunda barcha yoʻnalishlar qatorida taʼlim sohasida ham koʻpgina

islohotlar amalga oshirilmoqda. Birgina boshlangʻich taʼlim sohasini oladigan

boʻlsak,yangilangan darsliklar va turli xil materiallar oʻquv faoliyatiga olib

kirildi.Ushbu darsliklar xorijiy taʼlimdan olingan namunalar asosida yaratilgan boʻlib

avvalgi darsliklardan anchagina farq qiladi. Yana bir yangilik sifatida boshlangʻich

taʼlim fanlariga tabiiy fan darsliklarining qoʻshilishini olishimiz mumkin. Ushbu

darsliklarda atrof-muhit ,unda hayot kechirayotgan hayvonot olami,oʻsimliklar

dunyosi ,jonsiz jinslar va tabiat hodisalari haqidagi bilimlarning boshlangʻich

asoslari haqida maʼlumotlar berilgan va mashq daftarchalari asosida amaliy

topshiriqlar bajarish imkoniyati mavjud.

Oʻsliklar barchamiz yashab turgan zaminning ajralmas boʻlagidir. Atrof

muhitni asrash uchun yosh oʻquvchilarni tabiatga boʻlgan qiziqishini oshirish

zarur,shuning uchun tabiiy fan darsligidagi koʻplab maʼlumotlar oʻsimliklar va

ularning hayot tarzi haqida berilgan.Oʻsimliklar dunyosini quyidagi yoʻnalishlarga

boʻlib oʻrgatishimiz mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

119

1.Oʻsimliklarning xilma-xilligi.Oʻsimliklar madaniy va yovvoyi turlarga

boʻlinadi.Madaniy oʻsimliklar – inson tomonidan ekilib, parvarish qilinadigan va turli

ehtiyojlar uchun foydalaniladigan o‘simliklardir. Ular yovvoyi o‘simliklardan ajralib,

odamlar mehnati natijasida yaxshilangan va hosildorligi oshirilgan boʻladi.Madaniy

oʻsimliklarga dukkakli oʻsimliklardan bugʻdoy ,arpa,sholi; sabzavotlardan

karam,kartoshka,sabzi va boshqalar kiradi.Yovvoyi o‘simliklar – inson tomonidan

ekilmaydigan, tabiiy holda o‘sadigan va mustaqil ko‘payadigan o‘simliklardir. Ular

o‘rmonlarda, dashtlarda, cho‘llarda, tog‘larda, daryolar bo‘yida va boshqa tabiiy

hududlarda uchraydi.Yovvoyi oʻsimliklar sifatida archa , yovvoyi olma,togʻ pistasi

,moychechak , naʼmatak va boshqa bir qancha oʻsimliklar kiradi.Oʻsimliklar shakliga

koʻra daraxtlar ,butalar va oʻtlar kabi turlarga boʻlinadi.Daraxtlar– qattiq yog‘och

tanasi va uzoq umr ko‘rishi bilan ajralib turadigan ko‘p yillik o‘simliklardir. Ular yer

sharining deyarli barcha iqlim mintaqalarida uchraydi. Daraxlarga olma ,terak ,archa

va bir qancha turlari kiradi.Butalar – past bo‘yli, ko‘p shoxli, yog‘ochsimon

o‘simliklar bo‘lib, ular daraxtlardan farqli ravishda bitta asosiy tanaga ega emas.

Butalar ham yer yuzining turli iqlim mintaqalarida uchraydi va ularga olcha butasi

,oʻrik butasi ,lola butasi ,atirgul butasi v aboshqa butalar misol boʻla oladi.O‘tlar –

yumshoq poyali, nisbatan past bo‘yli, ko‘p hollarda bir yillik yoki ko‘p yillik

o‘simliklardir. Ular yer yuzining deyarli barcha joylarida uchraydi va xillari juda koʻp

tarqalgan.Oʻsimliklar yashash muhitiga qarab togʻda quruqlikda,suvda va choʻllarda

yashaydilar.Togʻ oʻsimliklariga pista ,archa va hokazolarni ,quruqlikda oʻsuvchi

oʻsimliklarga esa arpa ,bugʻdoy,daraxtlar ,gullarni ,suv oʻsimligiga Nilufar gulni va

choʻl oʻsimliklariga saksovul ,kaktus,yantoq kabilarni kiritishimiz mumkin.

2.Oʻsimliklarning hayot tarzi.Oʻsishi va rivojlanishi.

Urug‘ning unib chiqishi.Urug‘ o‘sish uchun namlik, issiqlik va kislorod talab

qiladi.Urug‘ qobig‘i yorilib, ildizcha va poyacha o‘sib chiqadi.Tuproqqa ildiz otib,

oziq moddalar va suvni o‘zlashtirish boshlanadi.2. Ko‘chatning rivojlanishi.Ildiz

tizimi kengayib, o‘simlik mustahkamlanadi.Birinchi haqiqiy barglar paydo bo‘lib,

fotosintez jarayoni boshlanadi.O‘simlik oziq moddalarni yig‘ib, tez o‘sadi.3. Gullash

va

changlanish.O‘simlik

yetilgan

sari

gullaydi,

bu

ko‘payishning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

120

boshlanishi.Changlanish

hasharotlar,

shamol

yoki

suv

yordamida

sodir

bo‘ladi.Changlanganidan keyin urug‘ va mevalar shakllanadi.4. Meva va urug‘ hosil

bo‘lishi.Mevalar pishib, ichida yangi urug‘lar hosil bo‘ladi.Urug‘lar tarqalib, yangi

o‘simliklar paydo bo‘lishi uchun tayyorlanadi.5. Qarish va nobud bo‘lish.O‘simlik

o‘z hayot tsiklini tugatadiYillik o‘simliklar nobud bo‘ladi, ko‘p yillik o‘simliklar esa

dam olish davriga o‘tadi.

3.Oʻsliklarning insoniyat va hayvonot olamida tutgan oʻrni.

Insonlar

oʻsimliklardan turli maqsadlarda foydalanishadi.Masalan

oʻsimliklarni isteʼmol qilish va ulardan dorivor vositasida foydalanilishi mumkin

.Sabzavotlarni muntazam ravishda isteʼmol qilish inson imun tizimini

mustahkamlaydi va sogʻligʻini bir meʼyorda ushlab turishga yordam beradi.Bundan

tashqari,oʻsimliklardan turli xil xomashyo sifatida foydalanish,ulardan turli xil mebel

va sanoatning boshqa sohalarida ishlatishida mumkin.Yana bir afzalligi

oʻsimliklardan estetik goʻzallik baxsh etuvchi bogʻ va manzaralardir,bu

manzaralardan bahramand boʻlgan kishi stress va charchoqdan holi boʻladi.

Oʻsimliklarning hayvonlar uchun ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi,chunki

koʻpgina hayvonlar oʻt-oʻlan va oʻsimliklar bilan oziqlanadi.Bundan tashqari ,zaif

hayvonlar daraxt va butalar orasiga yashirinib yirtqich hayvonlardan jon saqlashlari

va tiriklik zanjirini muvozanatda saqlab qolishga imkon beradi.Oʻsimlik dunyosining

butun tabiat uchun eng muhim jihati karbonat angidrid gazini yutib ,oʻzida qayta

filtrlab tashqi muhitga kislorod holida yetkazib berishidir. Ehtimol , oʻsimliklar

boʻlmaganida insoniyat va hayvonot olami ham yoʻqolib ketishi mumkin edi.

O‘simliklar nafaqat oziq-ovqat manbai, balki hayotning asosiy tayanchi hisoblanadi.

Ular atrof-muhitni toza saqlashga, insonlarning salomatligini yaxshilashga va

hayvonlarning yashash joylarini ta’minlashga xizmat qiladi.Boshlangʻich sinf

oʻquvchilariga tabiat haqidagi malumotlarni berish va ularni tabiatni asrashga boʻlgan

qiziqishini oshirish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir.Oʻsimliklar

ham suv kabi bizning hayot manbayimiz,shuning uchun ham o‘simliklarni asrash va

ko‘paytirish har birimizning oliy burchimizdir!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI :


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

121

1.“Tabiiy fanlar. 1–4-sinflar uchun darsliklar”, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

vazirligi, Toshkent: “Sharq” nashriyoti.

2.Jo‘rayev M., Xo‘jaqulova Z. – “O‘simliklar dunyosi”, o‘quv qo‘llanma, Toshkent,

2020.

3.Nabiyev A. Va boshqalar – “Biologiya. 6–7-sinflar uchun darslik”, Toshkent:

“O‘qituvchi” nashriyoti.

4,Rustamova M., Islomov Q. – “Atrof-muhit va biz”, Toshkent, 2019.

5.Qoraev S., Karimov A. – “Umumiy biologiya”, oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv

qo‘llanma, 2018.

6.Uzbekiston milliy ensiklopediyasi, 1–12 jildlar, Toshkent: “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi” nashriyoti.

7.Biologiya va ekologiya fanlari bo‘yicha ilmiy maqolalar,

www.ziyonet.uz

portali.