Authors

  • Alimardonova Mo'tabar Xolmoʻminovna
  • Yaxshiyev Dilxush Otabek o'gʻli

Author Biographies

  • Alimardonova Mo'tabar Xolmoʻminovna

    Shahrisabz davlat Pedagogika instituti

    Tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi

  • Yaxshiyev Dilxush Otabek o'gʻli

    Shahrisabz davlat Pedagogika instituti

    "Boshlangʻich taʼlim"yoʻnalishi

    3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118362

Keywords:

Qizil kitob yo'qolib ketish xavfi hayvonlar turlari ekosistema saqlash va himoya inson faoliyati.

Abstract

Ushbu maqolada Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning turli jihatlari, ularning xatti-harakatlari, yashash muhitlari va ularni saqlash zarurati haqida batafsil ma'lumot berilgan. Qizil kitobga kiritish sabablari, bu hayvonlarning ekosistemadagi roʼli va inson faoliyatining ularni qanday ta'sir qilishi ham muhokama qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

109

QIZIL KITOBGA KIRITILGAN HAYVONLAR HAQIDA

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti

Tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi

Alimardonova Moʻtabar Xolmoʻminovna

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti

"Boshlangʻich taʼlim"yoʻnalishi

3-bosqich talabasi

Yaxshiyev Dilxush Otabek oʻgʻli.

Tel:+998912259402

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning turli

jihatlari, ularning xatti-harakatlari, yashash muhitlari va ularni saqlash zarurati

haqida batafsil ma'lumot berilgan. Qizil kitobga kiritish sabablari, bu hayvonlarning

ekosistemadagi roʼli va inson faoliyatining ularni qanday ta'sir qilishi ham

muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar:

Qizil kitob yo'qolib ketish xavfi, hayvonlar turlari, ekosistema,

saqlash va himoya, inson faoliyati.

Annotation.

This article provides detailed information on various aspects of

animals included in the Red Book, their actions, habits and necessities of keeping

them. The reasons for the Red Book are also discussed how the animals in the

ecosystem and human activity affect them.

Keywords:

The risk of disappearing red book, animal species, ecosystem,

storage and protection, human activities.

Аннотация.

В этой статье предоставлена подробная информация о

различных аспектах животных, включенных в Красную книгу, их действия,

привычки и потребности их поддержания. Причины красной книги также

обсуждаются, как животные в экосистеме и человеческой деятельности

влияют на них.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

110

Ключевые слова:

риск исчезновения красной книги, видов животных,

экосистемы, хранения и защиты, деятельности человека.

Kirish qismi

''Qizil Kitob" – bu noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar,

oʻsimliklar va qushlarning roʻyxati boʻlib, dunyoning koʻplab mamlakatlarida qabul

qilingan. Oʻzbekistonda ham "Oʻzbekiston Respublikasining Qizil Kitobi" muhim

ekologik hujjat hisoblanadi. Bu kitobda asosan yo'qolish xavfi ostida bo'lgan

hayvonlar va o'simliklar keltirilgan. Qizil Kitobga kiritilgan baʼzi hayvonlar, ularning

tarqalishi, xavf ostida boʻlish sabablari va himoya choralari haqida soʻz yuritamiz

ushbu maqolada. Koʻplab hayvonlarning oʻlkamizdan yoʻqolib ketishi oqibatida

hayvonot olamiga juda katta salbiy taʼsir doirasida qolmoqda. Hayvonlarning turlari

ularning maʼlum bir joyda yashash muhiti, xatti-harakatlari, toʻgʻrisida va

ekotizimdagi ahamiyati haqida, hayvonot olamini xavf ostidan holi etish maqsadida

koʻplab hujjatlar imzolandi.

1. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning xususiyatlari.Qizil kitobga

kiritilgan hayvonlar odatda quyidagi sabablarga koʻra xavf ostida boʻladi:

Yashash joylarining yoʻqolishi oʻrmonlarning kesilishi, qurishi natijasida

koʻplab hayvonlar, yashash joylarini yoʻqotishmoqda.

Brakonerlik va noqonuniy ovlash hayvonlarni masalan ayrim hayvonlarning

teri, suyak uchun ovlash hayvonot dunyosining yoʻqolib ketishiga sabab boʻlmoqda.

Iqlim oʻzgarishi haqida masalan qutb hayvonlari uchun muzliklarning

erishini olishimiz mumkin.

Inson faoliyatining salbiy taʼsiri ham juda koʻp koʻrishimiz mumkun.

Masalan birgina sanoatni oladigan boʻlsak undan chiqadigan turli xildagi chiqindilar,

atrof-muhitni ifloslanishiga olib kelmoqda. Hayvonlarning koʻplab turlari kamayib

ketmoqda. Misol tariqasida. Amur yoʻlbarsi – dunyoda 500 tagina qolgan, asosan

Rossiya va Xitoyda yashaydi. Amur yoʻlbarslarining asosiy xususiyatlari haqida.

Ular katta mo'ylovlarga ega bo'lib, qalin va yumshoq jun bilan o'ralgan. Ular asosan

sharqiy Osiyo, xususan Rossiyaning zarbli hududlarida va Shimoliy Xitoyda

yashaydi. Ovqatlanishi ular yirtqichlar bo'lib, tog'li va o'rmonli hududlarda yashab,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

111

asosan keng joylarda ov qiladi.Oq ayiq – Arktika muzliklari erib borayotgani tufayli

yashash joyi qisqarmoqda. Yuqumli kasalliklar va yovvoyi hayvonlarning raqobati

ham ayiq sonining kamayishiga olib kelishi mumkin. Markaziy Osiyo qoploni –

Oʻrta Osiyo togʻlarida tarqalgan, lekin brakonerlik tufayli soni kamayib bormoqda.

2. Hayvonlarning ekotizimdagi roli va ahamiyati

Har bir tur ekotizimda muhim rol oʻynaydi. Masalan: Yirtqich hayvonlardan

yoʻlbars, burgutlarni oladigan boʻlsak ular oʻsimlikxoʻr hayvonlar sonini tartibga

solib, tabiat muvozanatini saqlaydi. Toʻqay hayvonlaridan fil, karkidon –

oʻsimliklarni tarqatib, oʻrmonlarni yangilashga yordam beradi. Suv ekotizimi

vakillari delfin, baʼzi baliqlar – suv resurslarini tozalashda muhim roʼl oʻynaydi.

Masalan Dengiz ilon baliq haqida bu noyob baliq turi qizil ro'yxatda ko'rsatilgan.

Ularning asosiy muammosi atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy yashash joylarining

yo'qolishidir. Agar bu hayvonlar yoʻqolib ketsa, tabiat zanjirining bir qancha

boʻgʻinlari buziladi, bu esa butun ekotizimga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

3. Hayvonlarni muhofaza qilish boʻyicha choralar.

Qizil kitobga kiritilgan turlarni saqlab qolish uchun quyidagi choralar

koʻrilmoqda: Qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar tashkil etish noyob hayvonlar uchun

himoyalangan hududlar yaratish. Qatʼiy qonunlar va jazolar – brakonerlikni qonuniy

jihatdan taʼqiqlash va qattiq jazolash ishlari oʻlkamizda olib borilmoqda. Xalqaro

hamkorlik CITES, IUCN kabi tashkilotlar orqali global himoya dasturlarini amalga

oshirilmoqda.

Xulosa

Qizil kitobda keltirilgan hayvonlarni muhofaza qilish uchun ko'plab xalqaro

tashkilotlar va davlatlar harakat qilmoqda. Ularning sa'y-harakatlari natijasida, ayrim

turdagi hayvonlar soni oshayotganini ko'rishimiz mumkin.

Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni saqlab qolish nafaqat biologik xilma-xillik

uchun, balki butun insoniyat uchun muhim vazifa hisoblanadi. Har birimiz oʻz

hayotimizda ekologik muhit va barqarorlik tamoyillariga rioya qilish orqali bu borada

oʻz hissamizni qoʻsha olamiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

112

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.Oʻzbekiston Respublikasining Qizil Kitobi – Toshkent: "Chinor ENK", 2019.

2.Mirziyoyev Sh.M. Tabiatni muhofaza qilish siyosati. – Toshkent: "Oʻzbekiston",

2021.

3.Ibrohimov A. Oʻzbekistonning yovvoyi hayvonlari. – Toshkent: "Fan", 2018.

4. Xalilov R. Ekologiya va hayvonot dunyosi. – Samarqand: "Samarqand nashriyoti",

2020.