MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
7
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING CHET TILLARINI
O‘QITISH VA O’RGANISHDAGI O’RNI , AHAMIYATI
Mo‘minova Orzuxon Rasuljon qizi
Farg‘ona davlat universiteti,
Chet tillari fakulteti, Filologiya va tillarni
o’qitish yo’nalishi 1-kurs talabasi
Ilmiy rahbar:Toshboltayev O‘rinboyevich
Annotatsiya
:
Ushbu
maqolada
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining (AKT) chet tillarini o‘qitish va o‘rganish jarayonidagi o‘rni va
afzalliklari ilmiy-nazariy tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar orqali til
darslarining samaradorligini oshirish, mustaqil
o‘rganish ko‘nikmalarini
rivojlantirish, masofaviy ta’lim, interaktiv platformalar va multimedia vositalari
asosida til o‘rganish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, AKTdan
foydalanishning didaktik va pedagogik jihatlari ham yoritiladi.
Kalit so‘zlar: axborot texnologiyalari, chet tili o‘qitish, raqamli ta’lim,
interaktiv vositalar, til kompetensiyasi.
Annotation: this article provides a scientific-theoretical analysis of the role
and advantages of information and communication technologies (ICT) in the process
of teaching and learning foreign languages. Through modern technologies, the
possibilities of improving the effectiveness of language lessons, the development of
independent learning skills, distance learning, interactive platforms and language
learning based on multimedia tools are considered. The didactic and pedagogical
aspects of the use of ICT are also covered.
Keywords: information technology, Foreign Language Teaching, digital
education, interactive tools, language competence.
Аннотация: В данной статье будет проведен научно-теоретический
анализ роли и преимуществ информационно-коммуникационных технологий
(ИКТ) в процессе преподавания и изучения иностранных языков.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
8
Рассматриваются возможности повышения эффективности языковых
занятий с помощью современных технологий, развития навыков
самостоятельного обучения, дистанционного обучения, изучения языка на
основе интерактивных платформ и мультимедийных средств. Также будут
освещены дидактические и педагогические аспекты использования ИКТ.
Ключевые
слова:
информационные
технологии,
обучение
иностранному языку, цифровое образование, интерактивные инструменты,
языковая компетентность.
Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida chet tillarini o‘rganish
zarurati ortib bormoqda. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
jadal rivojlanishi chet tillarini o‘qitish metodikasiga yangicha yondashuvlarni olib
kirmoqda. Zamonaviy o‘quvchilarning axborot olishga bo‘lgan ehtiyoji va
texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi AKT vositalarining ta’lim jarayoniga
integratsiyalashuvini tezlashtirmoqda va ta’lim tizimida chuqur o’zgarishlarga
sabab bo’lmoqda. XX1asr — yuksak texnologiyalar asri bo‘lib, zamonaviy
yoshlarimiz nafaqat davr ruhiga monand, balki electron olamdagi taraqqiyotga
muvofiq qadam tashlamoqdalar. Shu boisdan ham, yoshavlodga ta’lim berish
jarayoniga boshqacha yondashishni talab etmoqda. Ayniqsa, chet tillarini o‘qitish va
o‘rganishda AKT vositalari o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini mustahkamlashda
muhim rol o‘ynaydi. Elektron darsliklar, onlayn platformalar, videodarslar va test
tizimlari dars jarayonining sifatini oshiradi.
Tadqiqotchi Beatty (2013) AKT yordamida o‘rganilgan til mahorati
o‘quvchilarda mustahkamroq shakllanishini qayd etgan. Shu bilan birga,
texnologiyalar orqali individual yondashuvni ta’minlash mumkin, bu esa
o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi.Darslarda o‘qituvchiningo‘rni ham o‘zgarib
bormoqda. o‘qituvchi endilikda asosan yo‘naltiruvchi vazifasini o‘tamoqda. Zamon
bilan hamnafas qadam tashlashni maqsad qilgan o‘qituvchilar darsning har qanday
qismini AKT orqali jonlantirishga tayyor bo‘lishlarini davr talab etmoqdа.
Chet
tilini
o‘rganishda
AKTning
afzalliklari
AKT yordamida til o‘rganish quyidagi afzalliklarni beradi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
9
Moslashuvchanlik: Har qanday vaqtda, har qanday joyda o‘rganish
imkoniyati.
Individual yondashuv: Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan ilovalar
o‘quvchining ehtiyojiga mos materiallarni taklif etadi.
Multimediya resurslari: Video, audio va interaktiv topshiriqlar eshitish,
ko‘rish va talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Real muloqot muhiti: Onlayn suhbatlar orqali chet elliklar bilan muloqot
qilish amaliy tajribani oshiradi.
Chapelle (2001) o‘z tadqiqotida ko‘rsatganidek, multimediya asosida olib
borilgan darslar o‘quvchilarning diqqatini jamlashiga va yuqori natijaga erishishiga
olib keladi.
o‘qituvchilar uchun AKT yangi uslublar va interaktiv metodikalarni tatbiq
etish imkoniyatini yaratadi. Masalan, Zoom va Google Classroom kabi
platformalarda onlayn dars o‘tkazish, test va mashqlarni avtomatik baholash tizimlari
mavjud. Shuningdek, Quizlet, Wordwall, Edpuzzle kabi ilovalar yordamida
o‘quvchilarni darsga jalb qilish osonlashadi. Bu esa dars jarayonini
zamonaviylashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ilmiy tadqiqotlar natijalari
Warschauer va Healey (1998) AKT yordamida til o‘rganishning
samaradorligi haqida o‘tkazgan tadqiqotlarida, o‘quvchilarning motivatsiyasi va
faolligi an’ana viy metodlarga qaraganda yuqori bo‘lganini aniqlagan. Bundan
tashqari, UNESCO hisoboti (2022)da AKT bilan qo‘llab-quvvatlangan ta’limning
til o‘rganishga ijobiy ta’siri borligi, ayniqsa interaktivlik va o‘zaro aloqadorlik
darajasi yuqori bo‘lgan platformalarda yaxshi natijalar kuzatilgani ta’kidlangan. Ba’zi
manbalarga ko‘ra, AKT yordamida o‘rgatilgan til materiallari 30–50% gacha yuqori
darajada esda qoladi. Cambridge University Press (2020) nashriyotida onlayn ta’lim
vositalaridan foydalangan talabalar an’anaviy darslarga qatnashganlardan 25-30%
tezroq yangi so’zlarni o’zlashtirganligi ma’lum qilingan. Ellis, R. (2003) – “Task-
Based Language Learning and Treaning” kitobida esa til o’rganishda
texnologiyalardan foydalanish motivatsiyani oshirish, o’z-o’zini nazorat qilish va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
10
mustaqil o’rganishga katta hissa qo’shishi ta’kidlangan. Duolingo Research Team
|(2020) natijalariga qaraganda ilovaning faol foydalanuvchilari haftasiga o’rtacha
3-4 soatlik mashg‘ulot orqali A2 darajadagi so’z boyligini shakllantirishga
erishgan.
Chet tili o‘ziga xosligi (tabiiy til yo‘qligi sababli o‘quvchilar uchun sun’iy til
muhitiniyaratish) tufayli turli xil texnik o‘qitish vositalaridan eng moslashuvchan va
keng foydalanishni nazarda tutadigan akademik fandir. Shu sababli, chet tilini
o‘rgatishda multimedia tomonidan ochilgan yangi imkoniyatlar keng ko‘lamli
ilovalarni topgan bo‘lsa ajab emas. Masalan, ingliz tilini kompyuter yordamida
o‘rgatishning an’anaviy o‘rgatish usullariga nisbatan bir necha ustunlik jihatlari
bordir. Birinchi navbatda, kompyuter asosida ingliz tilini o‘rganayotgan o‘quvchida
tilning to‘rt yo‘nalishida (gapirish, tinglab tushunish, yozish va o‘qish) o‘z
ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish imkoni bo‘ladi. Hozirgi vaqtda rivojlangan
dasturlar yordamida buning imkoni bordir. Faqat bu usuldagi ta’limga o‘quvchini
to‘g‘ri yo‘naltira olish kerak. Bundan tashqari kompyuter yordamida chet tillarini
o‘qitishda o‘rgatilayotgan har bir qoida, har bir so‘z, har bir tushuncha birligi
o‘quvchi xotirasida yaxshiroq saqlanishi isbotlangan. Tabiiyki, kompyuterning boy
grafik imkoniyatlari, holatlarga oid ma’lumotlarni ovozli, matnli, tasvirli va video
ko‘rinishda yetkazib bera olishi kompyuter orqali chet tillarini o‘qitishni eng samarali
usullardan biriga aylantiradi.
Karimov
“Yuksak
ma’naviyat-yengilmas
kuch”
nomli
asarlaridata’kidlanganlaridek: “Agar o‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi,
uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida
boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor, bo‘lajak buyuk yozuvchilarni, buyuk
shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak”. Shunday qilib, chet tilini
o‘rganish hozirgi davr talabi ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga til o‘rganishning
yangi uslublarini, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asoslangan holda ishlab
chiqib, o‘qish jarayoniga tavsiya etish olimlar, mutaxassislar oldida turgan dolzarb
masalalardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-
maydagi PQ-5117-son qarori: “Chet tillarini o’rganishni ommalashtirishda raqamli
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
11
texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar” -qabul qilindi va
bu hujjat til o’rgatishda zamonaviy IT vositalarining keng joriy etilishini
belgilaydi.
Xulosa qilib aytganda, axborot texnologiyalarining chet tillarini o‘qitish va
o‘rganishdagi o‘rni beqiyosdir. Ular o‘quvchilarni mustaqil o‘rganishga undaydi, til
o‘rganish jarayonini individuallashtiradi hamda tilga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Shu
sababli, til o‘qituvchilari AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini egallashi va
uni dars jarayoniga faol integratsiya qilishi ta’lim sifati oshishida muhim omil bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Warschauer, M., & Healey, D. (1998). Computers and language learning: An
overview.
Language
Teaching,
31(2),
57–71.
2. Beatty, K. (2013). Teaching and Researching: Computer-Assisted Language
Learning.
Routledge.
3. Bax, S. (2003). CALL—past, present and future. System, 31(1), 13–28.
4. Chapelle, C. A. (2001). Computer applications in second language acquisition:
Foundations for teaching, testing and research. Cambridge University Press
5.www.lex.uz