Authors

  • Aziz Jo‘rayev

Author Biography

  • Aziz Jo‘rayev

    Bank-moliya akdemiyasi magistranti  

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118389

Keywords:

kassa ishi innovatsiya elektron xizmat ko‘rsatish raqamli texnologiya biometrik identifikatsiya avtomatlashtirish sun‘iy intellect.

Abstract

Ushbu maqola banklarda kassa ishini tashkil etish da mavjud muammolarni tahlil qiladi va ularni bartaraf etish uchun zamonaviy innovatsion yechimlarni taqdim etadi. Maqolada elektron navbat boshqaruv tizimlari, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalari, raqamli to‘lov platformalari, biometrik identifikatsiya, avtomatlashtirilgan kassa tizimlari va sun‘iy intellect kabi innovatsion yechimlarning kassa operatsiyalarini optimalashtirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, innovatsiyalarning joriy etishning muhim jihatlari va samarali implementatsiyasi bo‘yicha tavsiyalar berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

341

BANKLARIDA KASSA ISHINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA

INNOVATSION YECHIMLAR

Bank-moliya akdemiyasi magistranti

Aziz Jo‘rayev

Annotatsiya: Ushbu maqola banklarda kassa ishini tashkil etish da mavjud

muammolarni tahlil qiladi va ularni bartaraf etish uchun zamonaviy innovatsion

yechimlarni taqdim etadi. Maqolada elektron navbat boshqaruv tizimlari, o‘z-o‘ziga

xizmat ko‘rsatish qurilmalari, raqamli to‘lov platformalari, biometrik identifikatsiya,

avtomatlashtirilgan kassa tizimlari va sun‘iy intellect kabi innovatsion yechimlarning

kassa operatsiyalarini optimalashtirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,

innovatsiyalarning joriy etishning muhim jihatlari va samarali implementatsiyasi

bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: kassa ishi, innovatsiya, elektron xizmat ko‘rsatish, raqamli

texnologiya, biometrik identifikatsiya, avtomatlashtirish, sun‘iy intellect.

Annotation: This analyzes the existing problems in cash management of

banks and proposes modern innovative solution to address them. This article

examines the role of innovative solutions such as electronic queue management

systems, self-service devices, digital payment platforms, biometric identification and

AI in optimizing bank cash operations. It also outlines important aspects of

implementing innovations and provides recommendations for their effective

implementation.

Keywords: cash operations, innovation, electronic queue, self-service, digital

payments, biometric identification, automation, AI.

Bugungi kunda O‘zbekiston bank sektori jadal rivojlanib, mijozlarga

ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, operatsion samaradorlikni ta‘minlash va

xarajatlarni optimallashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Banklarning

kassa bo‘limlari mijozlar bilan bevosita aloqa qiladigan muhim bo‘g‘in bo‘lib,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

342

ularning ishlashini takomillashtirish umumiy mijoz tajribasiga sezilarli ta‘sir

ko‘rsatadi. Shu jumladan, kassa ishini tashkil etishda mavjud muammolar va ularni

hal etish ham muhimdir.

Ayni damda banklarining kassa bo‘limlarida quyidagi kabi muammolar

kuzatilishi mumkin:

Navbatlar: Yuqori mijoz oqimi paytida navbatlarning yuzaga kelishi,

mijozlarning noroziligiga va vaqtining behuda ketishiga olib keladi.

Qog’ozbozlik: Ko‘plab operatsiyalarning qog‘oz shaklida amalga oshirilishi,

ish jarayonini sekinlashtiradi va xatolik ehtimolini oshiradi.

Xavfsizlik: Katta miqdordagi naqd pullar bilan ishlash xavfsizlik risklarini

oshiradi.

Samaradorlik: Kassa xodimlarining ko‘p vaqtini qo‘lda bajariladigan takroriy

operatsiyalar egallaydi.

Mijozlarga individual yondashuvning cheklanganligi: Kassa xodimlari

ko‘pincha standart operatsiyalarga fokuslangan bo‘lib, har bir mijozning ehtiyojlariga

to‘liq e‘tibor qarata olmaydi.

Ushbu muammolarni hal etish uchun O‘zbekiston banklari innovatsion

texnologiyalar va yechimlarni joriy etishlari zaruriyatini tug‘diradi. Kassa ishini

takomillashtirish bo‘yicha innovatsion yechimlar sifatida quyidagilarni qo‘llash

mumkin:

Elektron navbat boshqaruv tizimlari. Mijozlarga bankka kelishdan oldin yoki

bankda elektron tarzda navbatga yozilish imkoniyatini yaratish orqali potensial kutish

va vaqt yo‘qotishning oldini olish mumkin. Navbatdagi mijozlar soni va taxminiy

kutish vaqtini real vaqt rejimida ko‘rsatish samaradorlikning ortishiga ko‘maklashadi.

Shuningdek, mijozlarni tegishli kassaga yo‘naltirish yuzaga keladigan muammolarni

oldi olinishiga xizmat qiladi. Elektron navbat boshqaruv tizimlari orqali yig‘ilgan

ma‘lumotlar asosida kassa xodimlarining ish yuklamasini kamaytiradi.

O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalari. Mijozlarga mustaqil ravishda ayrim

operatsiyalarni (masalan, to‘lovlar, pul o‘tkazmalari, hisobvaraq bo’yicha ma‘lumot

olish) amalga oshirish imkoniyatini berish. Kassa xodimlarining ish yukini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

343

kamaytirish va ularning diqqatini murakkabroq operatsiyalarga yo‘naltirish kabi

muhim vazifani bajaradi. Mijozlarga 24/7 rejimida xizmat ko’rsatish imkoniyatini

yaratish istalgan joydan, ya‘ni bank filiallariga tashrif buyurmasdan mavjud bank

ximzatlaridan foydalanishiga ko‘maklashadi.

Raqamli to‘lov platformalari va mobil ilovalar. Mijozlarni naqd pulsiz to‘lov

usullariga (karta, QR-kod, mobil ilovalar orqali to‘lovlar) faol ravishda o’rgatish va

rag’batlantirish kassa ishini innovatsion yechimlar orqali transformatsiyasini

kuchaytiradi. Mobil ilovalar orqali ko‘plab bank operatsiyalarini masofadan turib

amalga oshirish imkoniyatini kengaytirish yana bir motiv sifatida qo‘llanishi

mumkin. Bu kassa bo‘limlaridagi naqd pul operatsiyalari hajmini kamaytirishga olib

keladi.

Biometrik identifikatsiya tizimlari. Mijozlarni barmoq izi, yuzni tanish yoki

ovoz orqali tez va xavfsiz identifikatsiya qilish. Qog‘oz hujjatlar bilan ishlash

zaruratini kamaytirish va operatsiya vaqtini qisqartirishda biometrik identifikatsiya

tizimlari eng maqbul hisoblanadi. Bu nafaqat samaradorlikni oshiribgina qolmasdan

firibgarlik holatlarini oldini olishda ham qo‘l keladi.

Avtomatlashtirilgan kassa tizimlari. Naqd pullarni qabul qilish, sanash,

saralash va berish kabi doimiy operatsiyalarni avtomatlashtirish kassa tizimlarida

anchayin foydali bo‘ladi va xatolik ehtimolini kamaytirish va operatsiya tezligini

oshirishda, shuningdek, kassa xodimlarining diqqatini mijozlarga xizmat ko’rsatish

sifatini oshirishga yo‘naltirishga sabab bo‘ladi.

Sun’iy Intellekt va ma‘lumotlarni tahlil qilish. Mijozlarning operatsion xatti-

harakatlarini tahlil qilish orqali kassa bo’limlaridagi ish yuklamasini prognozlash va

resurslarni optimal taqsimlashda sun‘iy intellect va ma‘lumotlarni analiz qilish

hozirgi kunda eng ommalashib borayotgan, banklar foydalanayotgan usullardan

biridir. Sun‘iy intellekt yordamida mijozlarga ularning ehtiyojlariga moslashtirilgan

xizmatlar va takliflarni taqdim etishda ham foydalanish mumkin. Firibgarlikni

aniqlash va oldini olish uchun ma’lumotlarni tahlil qilish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

344

Bosqichma-bosqich joriy etish: Innovatsiyalarni birdaniga emas, balki

bosqichma-bosqich joriy etish va ularning samaradorligini monitoring qilish

maqsadga muvofiqdir.

Banklari kassa ishini tashkil etishda innovatsion yechimlarni joriy etish orqali

mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini sezilarli darajada oshirishlari,

operatsion xarajatlarni kamaytirishlari va raqobatbardoshlikni ta‘minlashlari

mumkin. Yuqorida keltirilgan yechimlar banklar uchun turli imkoniyatlar yaratadi va

ularni o’ziga xos ehtiyojlari va resurslariga mos ravishda tanlashlari mumkin. Asosiy

maqsad – mijozlar uchun qulay, tezkor va xavfsiz xizmat ko’rsatishni ta’minlash

hamda bankning ichki operatsion samaradorligini oshirishdan iborat. Kelajakda

banklar ushbu innovatsiyalarni yanada rivojlantirish va yangi, ilg‘or texnologiyalarni

joriy etish orqali kassa xizmatlarini yanada takomillashtirishlari kutiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

HBM González. Banking innovations and their effect on profitability. 2022

2.

F Salas-Molina. A multidimensional review of the cash management problem.

2023

3.

G John. Cash Management and Debt Management. 2022

Internet manbalari:

https://academy-of-business.com/innovation-in-banking/

https://www.toptal.com/management-consultants/mergers-and-acquisitions/digital-

banking-innovation