MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
329
OCHIQ URUG’li O’SIMLIKLARNING O’SISHI VA TARQALISHI
Toʻxtaboyeva Shaxlo Ibadullayevna
Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya
yo'nalishi
Annotatsiya: ochiq urug'li o'simliklar, asosan, koniferlar va boshqa turdagi
o'simliklar orqali ko'rinadi. Ularning o'sish sharoitlari, ekologik talablar va tarqalish
mexanizmlari o'rganiladi. O'simliklarning turli iqlim sharoitlarida qanday
moslashuvchanlik ko'rsatishi, urug'larning tarqalish usullari, shuningdek, inson
faoliyati va tabiiy omillar ta'siri ko'rib chiqiladi.
Ochiq urug'li o'simliklarning ekosistemadagi roli, ularning biologik xilma-
xilligi va iqtisodiy ahamiyati ham muhim jihatlar sifatida e'tiborga olinadi.
Kalit so’zlar: ochuvchi urug’lar,o’sish jarayoni,tarqalish,ekologik
ahamiyati,qishloq xo’jaligidagi o’rni,oltin urug’lar,muammolar va yechimlar.
Аннотация: растения с открытыми семенами представлены в
основном хвойными и другими видами растений. Изучаются условия их
произрастания, экологические требования и механизмы расселения. В нем
изучается, как растения адаптируются к различным климатическим условиям,
как распространяются семена, а также влияние деятельности человека и
природных факторов.
Важными аспектами также считаются роль голосеменных растений
в экосистеме, их биоразнообразие и экономическое значение.
Ключевые
слова:
прорастающие
семена,
процесс
роста,
распространение, экологическое значение, роль в сельском хозяйстве, золотые
семена, проблемы и решения.
Abstract: Gymnosperms are mainly represented by conifers and other types
of plants. Their growth conditions, ecological requirements and dispersal
mechanisms are studied. The adaptation of plants to different climatic conditions,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
330
methods of seed dispersal, as well as the influence of human activity and natural
factors are considered.
The role of gymnosperms in the ecosystem, their biodiversity and economic
importance are also considered as important aspects.
Key words: gymnosperms, growth process, dispersal, ecological importance,
role in agriculture, golden seeds, problems and solutions.
Quruqlik sharoitida yashaydigan va urug' yetishtiradigan yuksak o'simliklar
urug'li o'simliklar deb ataladi. Bu o'simliklarda urug' bo'lishi bilan arxegonial yuksak
o'simliklardan, ya'ni moxlar, riniofit, plaun, qiriqbo'g'im va paparotniklardan tubdan
farq qiladi. Hozirgi zamon yuksak urug' yetishtiruvchi o'simliklar asosan yuqorida
aytilgan sporali yoki arxegoniylardan kelib chiqqan. Yer yuzida ochiq urug'lilarning
hozir 660 turi mavjud bo'lib, asosan daraxt, qisman buta va liana turlari
uchraydi.Shoxlanishi monopodial bo'lib, poyasi kambiy va fellogen to'qimalarining
faoliyati natijasida o'ziga xos tuzilishga ega. Ikkilamchi yugonlashish xususiyati bilan
yopiq urug'li o'simliklarga yaqin tursada gistologi elementlaridan-tarxeyalardan
tuzilganligi va o'tkazuvchi bog'lamlar yo'qligi bilan ulardan farq qiladi. Bargining
tuzilishiga qarab ikki guruhga bo'linadi. 1. gr megofil linyasi bo'yicha poporotniklarga
o'xshash barglar. 2 gr mikrofil linyasi UZ bo'yicha hosil qilingan nina barglar. Bargi
2-5 yilda to'kiladi. Ochiq urug'lilar doimiy yashil o'simliklar bo'lib, ildizi-asosiy va
yon ildizlardan iborat, mikoriza hosil bo'ladi. Urug'lar havo yoki suv orqali tarqalishi
mumkin. Ko'plab gymnospermlar, masalan, koniferlar, yengil urug'lar ishlab
chiqaradi, bu esa ularning uzoq masofalarga tarqalishiga yordam beradi.Ba'zi
o'simliklar urug'larini hayvonlar orqali tarqatadi. Hayvonlar urug'larni ovqatlanish
jarayonida yutib yuborishi yoki ularni boshqa joylarga olib borishi mumkin.Ba’zi
ochiq urug’li o’simliklar vegetativ yo‘l bilan ham ko‘payishi mumkin, bu esa ularning
yangi joylarda tezda o‘sishini ta'minlaydi.
Ochiq urug'li o`simliklar 7 ta sinfga bo`linadi:
1.
Urug'li paporotniklar
2.
Sagovniklar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
331
3.
Bennetitlar
4.
Kordaitlar
5.
Ginkgolari
6.
Igna barglilar
7.
Ignacha barglilar
Urug’li qirqquloqlar.Ular o`zining tashqi tashqi ko`rinishi bilan hozirgi
daraxtsimon qirqquloqlarga o`xshar, lekin har xil sporali bo`lib, urug` yordamida
ko`payishi bilan ulardan farq qiladi.Uning poyasida qo`sh patsimon yirik - yirik
murakkab barglar bo`lar, ularning asosiy bandlari ko`pincha dixotomik shoxlanar edi.
Sagovniklar hozir yashab turgan o`simliklar bo`lib, eski (Cycas, Macrozamia,
Bowenia, Encephalarthos, Stangeria kabi avlodlar) va yangi dunyoning (zamia,
Microcycas, Ceratoramia, Pioon avlodlari) tropik hamda subtropik mintaqalarida
tarqalgan 9 ta avlodi o`z ichiga oladi. Sagovniklar - ustunsimon oddiypoyali
daraxtlardan; poyasi axayon - axyonda shoxlangan bo`ladi. Poyasining uchida juda
yirik, patsimon qalin-qattiq barglar tojdek bo`lib turadi. Mikrosporangiylari
tangachasimon
mikrosporofillarning
chetida
turadi
yoki
tangachasimon
makrosporofillardan joy olgan, mikrosporofillari to`p-to`p bo`lib, otalik qubbalarini
hosil qiladi. Makrosporangiylar (urug kurtaklar) makrosporofillarning chetida turadi
yoki tangachasimon mikrosporofillardan hosil bo`lgan onalik qubbalaridan joy oladi.
Kordaitlar asosan paleozoy erasida o'sib, hozir qurib bitgan o'simliklar tartibidir.
Tartibning eng yaxshi o`rga-nilgan vakili Cordates avlodidir. Tanasida serbar yog'och
zonasi bilan o'ralgan, o`sha yog'och qismi tuzilishi jihatidan ninabarglilarning yog'och
qismiga o`xshagan edi. Kordaitlar boshqa ochiqurug'lilar bilan birgalikda toshko'mir
davrining o'rtasidan Perm davri oxirigacha Shimoliy va Janubiy yarim sharlarda
o'rmonlar hosil qildilar. Kordaitlar asosan monopodial tavaqalangan tanasi (ba'zan
ichi bo'sh) va baland tojli yirik ikki qavatli daraxtlar edi (balandligi 20-30 m gacha va
diametri 1 m gacha). Gingkgoales tartibi hozir Ginkgoaceae degan atigi bitta oilani
o'z ichiga oladi, bu oilaning birdan-bir vakili ginkeo (Ginkgo biloba) dir. G.Biloba
adı bo`ladigan daraxt bo`lib, balandligi 30-40 m ga, yo`g`onligi 3-4 m ga yetadi.
Poyasi 18 sm gacha boradi, masalan, Avstraliyada o'suvchi Macroramia Hopei ning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
332
poyasi shuncha keladi. Bennetitlar tashqi ko'rinishidan sagovniklarga o'xshab yura
davrida rivojlangan, yer yuzini qoplab so'ng yuqori bo'r davrida butunlay yo'qolib
golib ketgan o`simliklardir. Bennettitlarning ichki tuzilishi urug'li qirqquloqlilar bilan
sagovniklarning ichki tuzilishiga juda yaqin. Ularning poyalarida kambiylari lub va
ancha qalin po`stloq, birlamchi, ikkilamchi yog'ochlik xalqalarni hosil qiladi.
Ochiq urug'lilar juda katta maydonlarda Tayga o'rmonlarini hosil qiladi.
Tayga o'rmonlarida o'ziga xos biotsenoz hosil bo'ladi. Natijada turli hayvonlar,
xashoratlar, qushlar turlarini oziqlanishi va ko'payiishi uchun sharoit vujudga keladi.
O'rmonlar suv va tuproqni eroziyadan saqlaydi. Kurilish materiali hisoblanadi.
Yogochsozlik sanoatining xom ashyo bazasidir. Ingichka barglilardan viskoza, ipak,
sellioza, balzam, smola, spirt, uksus kislotasi, oshlovchi moddasi olinadi. Sibir
qarag'ayi urug'i tarkibida 79% gacha yog' mavjud. siydik qopini, gemorroye
kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Faqat yog'ochdan 20 mingdan ortiq turi
material va modda olinadi. Bir kub metr yog'ochdan 1,5 ming misun'iy ipak yoki
600ta trikotaj kostyum yoki 200 kg qog'oz olinadi. O'rmon boylik deb bejiz
aytilmagan. Qarag'ay poyasidan skipidar, bargidan smola olinadi. Skipidar bod
kasalligida surtiladi. Efedradan efedrin degan alkaloid olinadi. Efedrin alkaloidi
medi-sinada katta ahamiyatga ega. Ochiq urug'li o`simliklar bir tomonidan yuqori
sporali o`simliklarga 2-bir tomondan yopiq urug`li o`simliklarga o`xshaydi. Ochiq
urug'li o`simliklar uz urug beradigan qirqquloqlardan, yopiq urug`li o`simliklar ochiq
urug'li o`simliklardan kelib chiqqan. Ochiq urug'li o`simliklarga butalar, daraxtlar
kiradi. Yopiq urug'li o`simliklar orasida daraxtlar, butalar, yarim butalar va o`tli
o`simliklar uchraydi. Ochiq urug`li o`simliklar asosan monopodial tipda
shoxlanadi.Ochiq urug'li o'simliklar, asosan, iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi
bilan ajralib turadi. Ular ko'pincha quyoshli joylarda, quruq va salqin iqlimda o'sadi.
Biroq, ba'zi turlar nam va iliq muhitlarda ham muvaffaqiyatli o'sishi mumkin.
Ularning o'sishi uchun zarur bo'lgan asosiy omillar:
Yerning sifat: ochiq urug'li o'simliklar ko'pincha qumloq yoki toshli
tuproqlarda yaxshi o'sadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
333
Iqlim sharoiti: ular ko'proq quruq va sovuq iqlim sharoitlariga moslashgan,
shuning uchun ular qishloq va tog'li hududlarda keng tarqalgan.
Sug'orish: ochiq urug'li o'simliklar ko'pincha tabiiy yog'ingarchilikka tayanadi
va ko'p miqdorda suvga ehtiyoj sezmaydi.
Ochiq urug'li o'simliklar ekosistemalarda muhim rol o'ynaydi. Ular:
•
Havo tozalash: o'simliklar karbonat angidridni olish va kislorod ishlab
chiqarishda ishtirok etadi.
•
Yerdagi hayot uchun asos: ochiq urug'li o'simliklar ko'plab hayvonlar
uchun yashash muhitini taqdim etadi.
•
Tuproqni mustahkamlash: ularning ildiz tizimi tuproqni ushlab turishga
yordam beradi, bu esa erozioning oldini oladi.
Ochiq urug'li o`simliklar bir tomonidan yuqori sporali o`simliklarga 2-bir
tomondan yopiq urug'li o simliklarga o'xshaydi. Ochiq urug'li o'simliklarUZ urug
beradigan qirqquloqlardan, yopiq urug'li o`simliklar ochiq urug'li o`simliklardan
kelib chiqqan. Ochiq urug'li o`simliklarga butalar, daraxtlar kiradi. Yopiq urug'li
o`simliklar orasida daraxtlar, butalar, yarim butalar va o`tli o`simliklar uchraydi.
Ochiq urug'li o'simliklar asosan monopodial tipda shoxlanadi.Ochiq urug'li
o'simliklar iqtisodiy jihatdan ham ahamiyatlidir. Ular yog‘och, qog‘oz va boshqa
mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Shuningdek, ularning ba’zi turlari
dorivor xususiyatlarga ega bo‘lib, xalq tabobatida qo‘llaniladi. Ochiq urug'li
o'simliklarning o'sishi va tarqalishi ekologiya va iqtisodiyotda muhim ahamiyatga
ega. Ularning moslashuvchanligi va turli sharoitlarda o'sish qobiliyati, ushbu
o'simliklarni tabiiy muhitda saqlash va boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishda
muhimdir. Ochiq urug'li o'simliklarni saqlash va ularning xilma-xilligini oshirish
uchun ekologik muammolarni hal qilish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOT VA HAVOLALAR
1.
S.Mustafoyev, O'. Ahmedov "Botanika" Oliy o'quv yurtlari uchun " Tafakkur-
Bo'stoni"
2.
Komilova F,Jonurazov F."Botanikadan amaliy mashg`ulotlar", "Mexnat" 1986.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
334
3.
Kursanov L.I. Komarnitskiy N.A, Meyyer K.I, Razdorskiy V.F, Uranov.
"Botanika" II tom, O`simliklar sistematikasi", Toshkent 1972
4.
https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/botanika/ochiq-urug-lilar
5.
https://arxiv.uz/uz/page/qanday-qilib-obuna-bolish-mumkin