Authors

  • Shahriyeva Muattar

Author Biography

  • Shahriyeva Muattar

    Jizzax davlat pedagogika universiteti

    O`zbek tili va adabiyoti fakulteti

    614-24-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118394

Keywords:

lingvistik tahlil tasnif usuli sinxron-formal tasnif morfologiya sintaksis leksika stilistika.

Abstract

Maqolada tilshunoslik fani qadimiy tarixga ega. Ushbu maqolada tilshunoslik fanining predmeti, tilning tabiati va mohiyatini haqida ma’lumotlar keltirib o`tildi. Tilshunoslik - tilning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishini, tillarning ish ko'rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyotini o‘rganuvchi fan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

310

TILSHUNOSLIK FANINING NATIJALARI VA TARAQQIYOTI

Jizzax davlat pedagogika universiteti

O`zbek tili va adabiyoti fakulteti

614-24-guruh talabasi

Shahriyeva Muattar

ANNOTATSIYA: Maqolada tilshunoslik fani qadimiy tarixga ega. Ushbu

maqolada tilshunoslik fanining predmeti, tilning tabiati va mohiyatini haqida

ma’lumotlar keltirib o`tildi. Tilshunoslik - tilning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki

tuzilishini, tillarning ish ko'rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyotini

o‘rganuvchi fan.

Kalit so‘zlar: lingvistik tahlil, tasnif usuli, sinxron-formal tasnif, morfologiya,

sintaksis, leksika, stilistika.

RESULTS AND DEVELOPMENT OF LINGUISTICS

ABSTRACT: The article discusses the science of linguistics, which has an

ancient history. This article provides information about the subject of linguistics, the

nature and essence of language. Linguistics is a science that studies the social nature,

function, internal structure of language, the laws of functioning (activity) and

historical development of languages.

Keywords:

linguistic

analysis,

classification,

synchronous-formal

classification, morphology, syntax, lexicon, stylistics.

KIRISH

Tilshunoslik yoki Lingvistika tillarni oʻrganuvchi fandir.

Tilshunoslikning

amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi

(grammatikasi)

va

uning

maʼnosi

(semantikasini)

oʻrganadi.

Grammatika — morfologiya (soʻzlarning

tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis

(soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt

tovushlar yordamida oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

311

tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi.

Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish kiradi.

Tilshunoslik, „Lingvistika“ — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi,

ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy

taraqqiyoti haqidagi fandir. Maqsadi va vazifasiga koʻra, tilshunoslikning bir nechta

yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy tilshunoslik — tilni umuman insonga xos hodisa

sifatida oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgi-

xususiyatlarni aniqlash va yoritish boʻlgan soha; xususiy tilshunoslik— ayrim bir til

belgi-xususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy tilshunoslik — tildan foydalanish

bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya,

lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini

ishlab chiquvchi yoʻnalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, qiyosiy-

tarixiy tilshunoslik va boshqa paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika,

sotsiolingvistika kabi sohalar soʻzlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan

aloqador til xususiyatlarini oʻrganadi.

Milliy taraqqiyot milliy til mavqei va nufuzi yuksalishida yaqqol ko‘zga

tashlanadi. “O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi-milliy yuksalish

davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish

bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda”[1]. Mamlakatimizdagi keng

ko‘lamli islohotlar o‘zbek tilining ham Davlat tili sifatidagi maqomini

mustahkamlash, uning mavqeini ko‘tarish bo‘yicha qabul qilingan qonun va qarorlar

tilshunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining yangi bosqichga ko‘tarilishiga

sabab bo‘ldi. “Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat

o‘z milliy manfaatlarini ta‘minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy

qadriyatlarini, ona tilini asrab- avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat

qaratishi tabiiydir”[2]. Shu ma‘noda o‘zbek tilshunosligining zamonaviy fan

yo‘nalishi darajasida shakllanishi va rivojlanishining ilk sahifasi sifatida tarixda

qolgan XX asr boshlaridagi tilshunoslik merosini tadqiq etish milliy manfaatlarimizni

ta‘minlash, ma‘naviy qadriyatlarimizni tiklash ishlarida katta ahamiyat kasb etadi.

O‘zbek tilshunosligida bu davr tili va tilshunosligi keng ko‘lamda o‘rganilmoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

312

Turkogogiyada, jumladan, o‘zbek tilshunosligining rivojlanishiga xissa qo‘shgan

olimlarmiz, tilning barcha qirralarini ochib bergan, jahon tilshunosligi qatoriga

qo‘shishga muyassar bo‘lgan. Biroq tilshunoslik sohasi bilan shug‘ullangan

jonkuyarlarning ilmiy asarlarini o‘rganish masalasi tizimli yoritilgan emas.

XX asrning boshlarida shakllana boshlagan o‘zbek nazariy tilshunosligi bugungi

kunga kelib, zamonaviy tilshunoslikning tarkibiy qismiga aylandi. Umumturkiy

tilshunoslik uchun ham nazariy, ham amaliy manba bo’lgan M.Qoshg‘ariy, A.Navoiy,

Zamaxshariy, Abu Xayyon kabi zabardast olimlar ilmiy ishlarini eslamaslik mumkin

emas. Zamonaviy o‘zbek tilshunosligi haqida fikr bildirilganda esa Fitrat, Elbek, G‘ozi

Olim Yunusov, Ashurali Zohiriy, Abdulla Avloniy, Shorasul Zunnun kabi til ilmining

nazariy rivojiga ma‘lum darajada hissa qo‘shgan ko‘plab o‘zbek fidoyi olimlar bilan

bir qatorda E.D.Polivanov, A.K.Borovkov, N.Kononov, V.V.Reshetov, S.N.Ivanov

kabi rus olimlarining nomlarini ham tilga olib o‘tish zarur. XX asrning 20-30-yillarida

ijod qilgan o‘zbek adiblarining badiiy, ilmiy va publitsistik asarlarini tadqiq qilish

bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Bunga M.Qurbonova, B.To‘ychiboev,

M.Yo‘ldoshev, Yo.Sayidov, F.Bobojonov, D.Ne‘matova, T.Tog‘aev, Z.Chorieva,

L.Jalolova va boshqalarning ishlarini ko‘rsatish mumkin[4,5,8,9,10]. Mustaqillik

yillariga nazar soladigan bo‘lsak, o’zbek tilshunosligiga hissa qo’shgan olimlarda

ilmiy asarlari o’rganish bilan bog’liq bo’lgan ayrim ishlar qilingan.b

Tilshunosligimizning ilmiy-nazariy tadqiqot ob‘ekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan

muammolar XX asrning 30-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlandi. Aynan shu

davrda o‘zbek tilshunosligida rus olimlari A.N.Kononov, S.E.Malov K.K.Yudaxin,

E.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.Reshetov kabi yirik tilshunoslar bilan bir qatorda

o‘zbek tilshunosligida o‘z maktabini yaratgan olim A.G‘ulomov iste‘dodli

tilshunoslar F.Abdullaev, T.Ibrohimov, A.Ibrohimov, S.Usmonov, F.Kamolov,

T.Salimov, U.Tursunov, E.Fozilovlar qatorida edi. Olim o‘zbek tili grammatik

qurilishi tizimini yaratish maqsadida jahon lingvistik tahlil va tasnif usulini asosiy

mezon sifatida belgilab, o‘z qarashlarini sinxron-formal tasnif metodi vositasida

yaratdi. Olimning ishlariga sinchkovlik bilan e‘tibor qaratilsa, o‘zbek ilmiy

tilshunosligi taraqqiyotida ham sistem struktur, ham substantsional tilshunoslikning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

313

haqiqiy asoschilaridan ekanligiga amin bo‘lamiz. Sinxron-formal tasnif metodi XX

asrning 40-80 yillariga qadar o‘zbek tilshunosligida yetakchilik qilganligiga qaramay,

70-yillardan boshlab Sh.Shoabdurahmonov, G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova,

O.Usmonov,

A.Rustamov,

M.Mirzaev, F.Ubaeva, A.Xojiev, M.Mirtojiev,

I.Qo‘chqortoev kabi va ulardan keyingi bir qator etakchi olimlar ishlarida kuzatildi.

O‘zbek tilshunosligidagi yechimini topmayotgan muammolar xususida

olimlarimiz tunu kun izlanishlar olib bormoqdalar. Jumladan, tilshunos olimlaridan biri

B.To‘ychiboev o‘zining «O‘zbek nazariy tilshunosligi asoschisi yohud «Ayyubona

tadqiq» xususida so‘z» maqolasida «...barcha fanlar kabi tilshunoslikka ham har bir

davr o‘z talabini qo‘ygan. Shuning uchun tilshunoslik tarixini o‘z tarixi bilan bog‘lab

kuzatish maqsadga muvofiqdir» - deb aytib o‘tgan. Masalaga shu nuqtai nazar bilan

yondashadigan bo‘lsak, o‘tgan asrning qirqinchi yillaridan boshlab o‘zbek tilini

nazariy jihatdan o‘rganish davr talabiga aylandi. O‘zbek tili ilmiy grammatikasining

nazariy asoslarini yaratish uchun esa Sharq va G‘arb filologiyasining ilg‘or g‘oyalari

bilan qurollangan, mumtoz til, xalq tili, xalq og‘zaki ijodi namunalari tili va adabiy

tilning ichki imkoniyatlarini, shuningdek, taraqqiyot qonuniyatlarini chuqur his

qiluvchi hamda yaxshi biluvchi zabardast olim zarur edi», - deyar ekan, to‘la haqli

edi[6]. «40-yillardan o‘zbek tili ilmiy jihatdan atroflicha, chuqur o‘rganila boshlandi.

Tilshunoslikning tildagi har bir sath birliklarini o‘rganishga qaratilgan fonetika,

morfemika, so‘z yasalishi, leksikologiya, morfologiya, sintaksis kabi bo‘limlari

shakllana boshladi. 1940-yilda bu davrni A.G‘ulom o‘zining «O‘zbek tilida

aniqlovchilar» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi bilan boshlab berdi», -degan

fikri ayni haqiqatdir[6]. Olimning A.G‘ulomov haqida aytgan bu fikrlari

ko‘pchilik tomonidan e‘tirof etilgan. XX asrning 40-80-yillari o‘zbek tilshunosligi

taraqqiyoti haqidagi ishlarda, aynan shu fikrlarning qanchalik to‘g‘ri ekanligini

ta‘kidlovchi dalillar bilan to‘qnashganmiz, haqiqatan ham, A.G‘ulomov o‘zbek

nazariy tilshunosligining poydevorini qo‘ygan, favqulodda iste‘dodga ega bo‘lgan

betakror tilshunos edi. O‘zbek nazariy tilshunosligining shakllanish davri haqida gap

borar ekan, A.G‘ulomovdan bir yil keyin nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan

prof.U.Tursunov ilmiy foaliyati haqida to‘xtalmaslik mumkin emas. A.G‘ulomov


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

314

1940-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan bo‘lsa, U.Tursunov, bir yildan

keyin o‘z ilmiy ishini yakunlash bilan, o‘zbek nazariy tilshunosligining shakllana

boshlanganligini to‘la namoyon etdi. Qizig‘i shundaki, A.G‘ulomov «O‘zbek tilida

aniqlovchilar» monografiyasi bilan o‘zbek nazariy grammatikasining poydevorini

qo‘ygan, oxir-oqibat yirik tilshunoslik ilmiy maktabini asoschisiga aylangan bo‘lsa,

U.Tursunov yuqorida qayd etilgan tadqiqoti bilan o‘zbek nazariy tilshunosligi

poydevorini mustahkamladi va Samarqand tilshunoslik ilmiy maktabining

asoschisiga aylandi.

O‘zbek nazariy tilshunosligining shakllanishi va taraqqiyotiga, katta hissa

qo‘shgan boshqa olimlar faoliyatiga to‘xtalishdan avval shuni alohida

ta‘kidlamoqchimizki, arab tilshunosligi rivojiga hissa qo‘shgan, shu bilan birga

umuman, jahon tilshunosligi taraqqiyotini ta‘minlagan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino,

Qoshg‘ariy, Zamaxshariy, Navoiy, Bobur, Abubakr Sakkokiy, Yoqut Hamaviy, Abu

Hayyon, Jaloliddin Abu Muhammad Abdulloh turkiy, Abu Mansur as-Saolibiy kabi

ko‘pgina sharq olimlarining, shuningdek, XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida

tilshunoslikka oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan rus turkologlari: F.E.Korsh,

A.E.Krimskiy, M.A.Kazembek, N.I.Ilminskiy, V.A.Bogoroditskiy, N.I.Ashmarin,

L.Z.Budagov,

P.M.Melioranskiy,

V.V.Radlov,

S.E.Malov,

E.D.Polivanov,

K.K.Yudaxin, A.K.Borovkov, A.N.Samoylovich kabi yirik olimlar va XX asrning 20-

30-yillarida tilshunoslik sohasida tadqiqotlar olib borgan va yuqorida tilga olingan

o‘zbek olimlari, keyingi davr o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotini belgilashda muhim

o‘rinni egallaydilar. O‘zbek nazariy tilshunosligining shakllanishida ularning ilmiy

izlanishlari asosiy manba hisoblanadi. Mazkur tadqiqotlarsiz o‘zbek tilshunosligining

keyingi ilmiy bosqichini belgilash qiyin. Ma‘lumki, o‘zbek milliy, ilmiy

tilshunosligining shakllanishini ana shu olimlarning izlanishlari, qarashlari

ta‘minladi. Bu tadqiqotlar: a) turkiy tilshunoslikning shakllanishi uchun bosh manba

bo‘lgan; b) o‘zbek tilshunosligining alohida ajralib chiqishini ta‘minlagan; v) o‘zbek

adabiy tili mavqeini belgilash uchun xizmat qilishi mumkin bo‘lgan amaliy

masalalarni hal etishga qaratilgan; g)

milliy

ilmiy

tilshunoslikning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

315

shakllanishiga shart-sharoit yaratgan bo‘lib, mazkur jarayonda bu olimlar hissasi juda

katta bo‘lgan.

XULOSA

O‘zbek tilshunosligining XX asrning 40-80-yillarida prof.A.G‘ulomov,

S.Usmonov va boshqa yirik olimlarning jahon tilshunosligi, shu jumladan, rus

tilshunosligidagi ilg‘or qarashlar, yutuqlar asosida yaratilgan nazariy fikrlari,

mulohazalari tayanch manba bo‘lganligi hammaga ma‘lum. Jahon tilshunosligining

shu davr ruhi bilan sug‘orilgan jiddiy nazariy fikrlari, ilmiy asoslangan qarashlari va

meroslari allaqachon o‘zbek xalqining qadriyatlari qatoridan mustahkam o‘rin

egallagan. A.G‘ulomov deyarli barcha yutuqlaridan bahramand bo‘lgan, ilg‘or

qarashlarga nisbatan o‘z bahosini bera oladigan, o‘zbek tilshunosligiga tatbiq

etadigan darajada ekanligi bilan ajralib turardi. Bular merosini jiddiy tadqiq qilmay

turib, ularga munosib bahoni bermay turib, o‘zbek ilmiy tilshunosligining keyingi

istiqbolini belgilash maqsadga muvofiq emas. Zero, bu olimlarning ilmiy-nazariy

qarashlari zamonaviy ilmiy tilshunoslik taraqqiyotini belgilovchi asosiy nazariy

manba bo’lib xizmat qiladi. Nomlari yuqorida zikr etilgan olimlarning ilmiy

me‘roslari, ma‘lumki, birinchidan, noyob manbalarga aylanib bo‘lgan; ikkinchidan,

bu manbalar, ilmiy qarashlar hali jiddiy tadqiq etilmagan, to‘laligicha o‘quvchilarga

yetkazilmagan; uchinchidan, sho‘rolar davri tilshunosligidagi barcha ilmiy-nazariy

qarashlar, shu jumladan yetakchi, tan olingan olimlarning ilmiy merosi mustaqillik

davri milliy ruhi nuqtai nazaridan mukammal baholanishi lozimligi, 40-80 yillardagi

muhim ilmiy qarashlarning zamonaviy tilshunoslikning yuzaga kelishida manba

bo‘ganligini asoslash masalasi ham bor. XX asr o‘zbek nazariy tilshunosligi

taraqqiyotini A.G‘ulomov ilmiy qarashlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shundan kelib

chiqib maqolada 40-80-yillar o‘zbek milliy tilshunosligining ana shu vakili ilmiy

merosi haqida imkon doirasida to‘liq ma‘lumot berishga, jiddiy ilmiy qarashlariga,

ularga nisbatan bildirilgan mulohazalarga munosabat bildirishga, tahlilga tortishga

harakat qildik.

ADABIYOTLAR RO`YXATI

1.

Abdurahmonov F., ShukurovSh. Historical grammar of the Uzbek language.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

316

-

Tashkent: Teacher, 1973.

2.

Djalolova L. Linguistic research of Abdullah Qadiri's novel "The Past": Philol. Ph.D.

diss. rework. - Tashkent, 2007.

3.

Qurbonova M. Fitratningtilshunoslikmerosi: Filol. Ph.D. diss. rework.

-

Tashkent, 1993.

4.

Toychiboev B. Historical numbers. –Guliston: Ziyo, 2011. - P. 29–39.

5.

Toychiboev B. Fitrat is a linguist. - Tashkent, 1995.

6.

Tog'aev T. AshuraliZohiriyvauningtilshunoslikmerosi: Ph.D. diss.

rework.

-

Tashkent, 2005.