MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
231
MARKAZIY OSIYODA MUSULMON MADANIYATI
SHAKLLANISHIDA FAHRIDDIN ROZIY ILMIY MEROSINING
AHAMIYATI
Neʼmatov Zokirjon Muhiddin oʻgʻli
OʻzMu “Falsafa (tizimli tahlil va mantiq)” yoʻnalishi
2-bosqich magistratura talabasi
Annotatsiya. Mazkur maqolada Fahriddin Roziyning hayot yoʻli uning
Markaziy Osiyo madaniyati shakllanishidagi oʻrni tahlil qilinadi. Shuningdek, U
yashagan davr tarixiy shart-sharoitlari koʻrib chiqilib uning ilm-fan rivojiga taʼsiri
asoslanadi. Qolaversa, Fahriddin Roziy fanlar klassifikatsiyasi va ilmiy merosi
masalasiga alohida diqqat qaratiladi. Maqola tayyorlash jarayonida turli tadqiqot
usullari qo‘llanildi, jumladan, tarixiy-analitik usul ham ishlatilib, u o‘rganilayotgan
davrga oid voqealar va hujjatlarni tahlil qilish imkonini berdi
Annotation. This article examines the life journey of Fakhr al-Din al-Razi and
his contributions to the classification of sciences in Islamic philosophy. Additionally,
the historical conditions of his era are analyzed, substantiating their impact on the
development of science. Furthermore, special attention is given to Fakhr al-Din al-
Razi’s classification of sciences and his scholarly legacy. Various research methods
were employed during the preparation of the article, including the historical-
analytical method, which allowed for the analysis of events and documents pertaining
to the studied period.
Аннотация. В данной статье рассматривается жизненный путь
Фахриддина Рази и его вклад в классификацию наук в исламской философии.
Кроме того, анализируются исторические условия его эпохи, обосновывается
их влияние на развитие науки. Особое внимание уделяется классификации наук
Фахриддином Рази и его научному наследию. В процессе подготовки статьи
были использованы различные методы исследования, в том числе историко-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
232
аналитический метод, позволивший проанализировать события и документы,
относящиеся к изучаемому периоду.
Kalit soʻzlar: Borliq, kalom, tafsir, ratsionalizm, Ilohiyot, Halbaliya,
Shofeʼiya,
Key words: Existence, Kalam, Tafsir, rationalism, theology, Halbaliyah,
Shafi'iyyah.
Ключевые слова: бытие, калам, тафсир, рационализм, теология,
Ханбалия, Шафиизм
Tadqiqot metodlari.
Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, analiz va
sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy-falsafiy tamoyillardan
foydalanildi.
Kirish va mavzuning dolzarbligi.
Rivojlanib borayotgan mamlakatimiz
taraqqiyoti hosilasi sifatida ilm-fan, din , falsafa kabi sohalarda olib borilayotgan
tadqiqotlar soni ham ortib bormoqda. Fahriddin Roziy kabi islom falsafasi vakillari
hayot yoʻli asarlarining mohiyatini oʻrganish atrofimizda yuz berayotgan turli voqea
hodisalarga nisbatan , maʼrifatli islom gʻoyalari asosidagi dunyoqarash va oʻz
yondashuvimizni shakllantirishga ulkan hissa qoʻshadi. Fahriddin Roziy asarlarini
har tomonlama oʻrganish islom ilm-fanining jahon intellektual anʼanalariga doimiy
taʼsirini chuqur anglash imkonini beradi Roziyning yunon falsafiy anʼanalarini islom
ilohiyoti bilan sintezi oʻrta asrlar ilmining dialogik tabiatini, uning klassik bilimlarni
saqlash va Gʻarb dunyosiga yetkazishdagi muhim rolini misol qilib koʻrsatadi. Zero
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi Ishlar Vazirlari
Kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqida taʼkidlab oʻtganidek:
“Dunyo shiddat bilan oʻzgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam
rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo boʻlayotgan
bugungi kunda maʼnaviyat va maʼrifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish,
kamolga yetishga intilishiga eʼtibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan
taʼlim va maʼrifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi,
insonlarni
ezgulikka
daʼvat
etadi,
saxovatli,
sabr-qanoatli
boʻlishga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
233
undaydi.Muqaddas islom dinimiz bizga aynan shuni oʻrgatadi. Bunday yondashuv —
davr talabidir"
Abu Abdulloh Muhammad Ibn Umar Fahriddin Roziy 1149-yilda Eronning
Ray shahrida hozirgi Tehronga yaqin joyda tugʻilgan. U Quraysh qabilasidan Abu
Bakr Siddiq r.a. avlodlaridan boʻlgan.
[1]
Roziy Abul Fazl. Abul Maʼali, al-Imom,, Ibn
al-Katib, Katib ar-Ray va Shayx ul-Islom nomlari bilan ham ulugʻlangan. Uning otasi
Ziyouddin (1164 v.) Shofeʼiy va Ashariy eʼtiqodiga eʼtiqod qilgan boʻlib oʻz
davrining hurmatli ulamolaridan hisoblangan. Fahriddin Roziyning fiqh va kalom
ilmidan ilk ustozi ham otasi hisoblanadi. Roziy Shofeʼiy taʼlimoti doirasida ulgʻaygan
boʻlishiga qaramay unda mustaqil fikrlash qobiliyatlari sezilib turadi.
Otasining vafotidan keyin avval Ahmad ibn Zarinkum al-Kamal al-Simnoniy
keyinroq Ozarbayjonning Marogʻa shahridan boʻlgan mashxur faylasuf Majd al-Din
al-Jilidan taʼlim oladi. Majd al-Din al-Jili al-Gʻazzoliyning oʻquvchisi Muhammad
ibn Yahyo al-Naysaburidan taʼlim olgan edi. Ilohiyotshunoslik bOʻyicha ustozlar
silsilasi esa Abul Hasan al-Ashariga ulanadi. Soʻngra Fahriddin Roziy falsafa
oʻrganishni mustaqil holatda davom ettirdi.
Umri davomida koʻplab islom oʻlkalariga masalan Oʻrta Osiyo va Shimoliy
Hindistonga sayohat qilgan va bu sayohatlari davomida bir neach hukmdorlar bilan
yaqin aloqalar oʻrnatgan jumladan Xorazmshoh Alovuddin(v.1200 y) bilan va uning
oʻgʻli va vorisi Muhammadga ustozlik qilgan (v.1219-y.) Hukmdorlar bilan aloqalari
natijasida u keyinchalik katta obroʻ va mablagʻ toʻplaydi. Gʻaznaviy sulton Gʻurid
unga Hirot shahrida madrasa qurib bergan va bu madrasada Fahriddin Roziy juda
koʻplab oʻquvchilar yetishtirgan.
Tarixiy shart-sharoit natijasi oʻlaroq Abbosiylar halifaligi hokimiyati
mustahkam oʻrnatilgan hududlarda erkin fikr yurituvchilar uchun taʼqiblar yetib
bormaganligi omili tufayli bu yerlarda Roziy ratsionalizmining keng tarqalishi uchun
qulay sharoit mavjud edi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki oʻn uchinchi asrga kelib
ham Bagʻdod halifasi nafaqat davlat rahbari balki sunniylik oqimining diniy
rahnamosi ham hisoblanar edi. Ammo, XII asrning ikkinchi yarmida Saljuqiy
[1]
Muhammad al-Hilawi, MerekaBertanyaTentang Islam, GemaInsani, Jakarta, 1998, p 67.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
234
hokimiyatining zaifligi omili Abbosiylar xalifaligining hududiy jihatdan kengayishi
hamda mustahkamlanishi uchun tarixan keng sharoit hozirladi. Bu Iroqning koʻp
qismida mustaqil hukmronlik qilgan. Ammo bu paytga kelib Saljuqiy va Gʻaznaviy
Turkiy svilizatsiya davaltlarining katta mavq kasb etganligi tufayli oʻsha davrdagi
Abbosiylar halifasi Al Nosir oʻzidan oldingi xalifalar Al Qosim va Al Qodir singari
anʼanaviy diniy mustamlakachilik siyosatini amalga oshira olmas edi. Bu esa tabiiyki
yuqoridagi yangi svilizatsiyasi davlatlari bilan kelishish, ularga muayyan avtonomiya
huquqlarini bergan holda mafkuraviy jihatdan boʻlsada diniy yetakchilik mavqeini
saqlab qolish zaruratini taqozo etardi.
Koʻplab oʻlkalarga sayohati sababli Fahriddin Roziy Karomiylar,
Muʼtaziliylar va Hanbaliylar bilan koʻplab bahs-munozaralarda ishtirok
etadi.Bahslashish, argumentatsiyalash qobiliyati unga shuhrat olib keladi. Oʻzining
bahslari qayd yozib borib keyinchalik uni
Munozarat
nomli
kitobga jamlaydi.
[2]
Bu asar 16 jilddan iborat boʻlib kalom va fiqhga oid mavzularni Oʻz ichiga
qamrab oladi. Munozarat kitobida bahs olib borish uslubi va raqiblari haqida ,
ularning bahsda yoʻl qoʻygan kamchiliklari haqida maʼlumotlar keltiradi. Masalan al-
Radi al-Nishopuriyni u toʻgʻrisoʻz lekin sabab keltirishda sekin , Gʻazna shahri
qozisini hasadgoʻy va beilm, Buxorolik mashxur ilohiyotchi Sharafiddin Muhammad
al-Masudiyni dimogʻdor va Al-Gʻazzoliyga haddan ortiq tayanuvchi deb taʼriflaydi.
[3]
Ayni paytda Buxoroda Makka haji uchun Oʻziga munosib sherik boʻla
oladigan olim yoʻqligini taʼkidlagan Nur al-Sabuni bilan uzoq tortishuvdan soʻng uni
xato soʻzlaganini tan oldiradi.
Munozara kitobida Ar-Rozi Imom Gʻazzoliyning Shifo al-Alil, Mustafo va
Tahafut ul-falasifa kitoblarini ham tanqid ostiga olgan . U islom oʻlkalari boʻylab
sayohati davomida Karomiylar va Muʼtaziliylarni sunniylik oqimiga oʻtkazish uchun
bahslarga kirishadi. Firuzkuh shahridagi Karomiylar boshchisi bilan boʻlgan bahs
tufayli karomiylar isyon koʻtaradi va Roziyni juma namozida Ibn Sino va Aristotel
[2]
E.g. al-Qazwani, athar, 252–3; cf. Tafsir, 7, 88; 8, 69–71.
[3]
Munozarat, p.5
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
235
kitoblarini oʻqiganligini sabab qilib koʻrsatib kufr keltirganlikda ayblashadi.
Karomiylarning uni oʻldirish kayfiyati sabab u shaharni tashlab ketishga majbur
boʻladi.
Unga qarshi oqimlar dushmanligi tufayli u vafotidan soʻng oʻzini sirli
ravishda uzoq joyga dafn qilishni buyuradi. Fahriddin Roziy 1210-yilda Hirot
shahrida vafot etgan.
Fahriddin Roziy asarlarida fanlar tasniflanishi boʻyicha oʻzidan oldingilardan
farq qiladi. Roziy boshqalardan farqli ravishda turli muammolarni muhokama qiladi
va ular bilan yangi tartibda shugʻullanadi. Uning mavjudlikka boʻlgan qarashini aks
ettiruvchi namuna boʻlib, uni keng qamrovli epistemologik klassifikatsiyaga muvofiq
taqdim etgan. Roziy bir tomondan Ibn Sinodan boshlab al-Mabahisul-mashrikiyya va
al-Mulahhas bilan davom etgan ensiklopedik uslubda asarlar yozishni davom ettirdi,
ikkinchi tomondan esa mazmun va tashkilni oʻz nuqtayi nazariga koʻra qayta tartibga
soldi. Shunga koʻra yuqorida keltirilgan asarlar, mantiqni bir chetga surib qoʻyish,
metafizika va tabiiy fanlardagi masalalarning yangi nuqtayi nazardan tartibga
surilishini ifodalaydi.
Roziy qarashlariga oid ishlarning aksariyati uning asarlarini koʻproq yoki
kamroq darajada asoslashga qaratilgan boʻlib, odatda ularning xronologiyasiga kam
eʼtibor qaratiladi. Asarlarining hajmi jihatidan— u barcha musulmon ilohiyotchilari
va faylasuflarining orasida birinchi oʻrind boʻlishga nomzoddir.Asarlarining koʻpi
keskin norozilik sabab yoqib yuborilgani yoki chop etilmay qolib ketganiga qaramay
boshqa mutafakkirlardan farqli oʻlaroq, Roziy asarlarining koʻpchiligi, shu jumladan
eng muhimlari, bugungi kungacha saqlanib qolgan. Koʻpchiligi, shu jumladan barcha
muhim asarlari arab tilida; baʼzilari forsiyda.
Bundan tashqari, boshqa koʻplab mualliflarning amaliyoti kabi, Roziy ham
koʻpincha bir kitobda muammoga yaxshilab turli jabhalardan munosabatda boʻladi va
keyingi kitoblarni yozishga oʻtishda, baʼzan avvalgi muhokama haqida gapirmasdan,
kitobga ishora qiladi. Bir kitobda u boshqa joyda muhokama qilingan mavzularni
muhokama qilishdan qochishini yozadi.
[4]
Shuning uchun, Roziy asarlarini
[4]
Kamiliyya, (Ar.), 88; (Per.), 114
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
236
Oʻquvchilar uchun uning bir mavzu haqida bahslashishdan chekingan degan
tushunchaga kelishi mumkin lekin bu aslida Roziyning bu masala boshqa bir kitobda
yetarlicha fikr yuritilgani va uning bu bilan qoniqqanini aglatishi ham mumkin.
Bu holatda biz Roziy asarlarinining aniq sonini aniqlashga va xronologik
xolatga keltirishga qodir boʻlamiz. Baʼzi asarlar yozilish tarixini aniqlash uchun juda
qiyinchilik qiladi. Bundan tashqari Roziy bir kitob yozganidan soʻng vaqt oʻtib uni
qayta tahrirlaganligi ham masalani qiyinlashtiradi.
Fahriddin Roziy islom olamiga oʻzining koʻp tarmoqli bilimlari bilan juda
katta hissa qoʻshdi. Uning falsafa, mantiq, astronomiya, ilohiyotshunoslik(kalom),
fiqh, tibbiyot va filologiya doirasida yozilgan koʻp sonli asarlari mavjud. Ar-Rozi
yoshlik davlarida alkimyoga ham qiziqish bildirgan lekin boshqa koʻplar singari bu
sohada oʻzi maqsad qilgan natijaga erisha olmagan.
Yoshligidan boshlab falsafa bilan qiziqqan Roziy falsafiy savollar ustida fikr
yuritishni boshlaydi. Arab va fors tillarini ravon ishlata olardi. Juda koʻplab
argumentatsiya usullarini Ibn Sinodan oʻzlashtirgan va xar bir mavzuga tanqidiy
yondashish harakteriga ega boʻlgan.
Ash`ariy muhitida ulgʻayganiga qaramay bu yoʻnalishning qatʼiy tarafdori
boʻlmagan. Uning bir muncha erkin fikrlashi sababli uni muʼtaziliylardan deb
ayblaguvchilar ham topiladi. Bu yerda albatta Roziyning Allohning zotiy sifatlari
haqida fikr yuritganini eslatib oʻtish kerak. Argumentatsiyada u aynan bir
manbaalarga tayanib qolmagan, Musulmon yoki musulmon boʻlmagan faylasuflar
metodologiyasini birdek qoʻllar edi.
Sakkiz jilddan iborat boʻlgan Mafatiyh al-Gʻayb(Gʻayb olami kalitlari)
asarida u falsafa orqali islom aqiydasini asoslashga harakat qiladi. Qurʼon tafsiri
boʻlgan bu kitob Katta Tafsir deb ham atalib oldingi tafsirlarga oʻxshamagan
metodologiyasi bilan ajralib turadi. Kitobda Roziy oyatlar maʼnolariga filologik,
falsafiy jihatdan yondoshgan va bunda oʻzining oʻziga xos ratsionalistik yoʻlini
tanlagan edi. Xatto bu tarafdan u ilohiyotchi mutakallimdan koʻra koʻproq faylasufga
oʻxshaydi. Uning fikriga koʻra Hadis aniq (yaqiyn) dalil (Alloh mavjudligi uchun)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
237
boʻla olmaydi va faqatgina taxmin,fikr (zann) boʻlishi mumkin. Roziy oʻz asarlari
orqali aql va naql uygʻunligiga erishishga harakat qildi.
Roziy yashagan davrda asosan 3 ta tafakkur oqimlari faol boʻlgan. Roziy
Sharhuʼl-
Isharat va al-Matâlibuʼl-aliyaʼ
da bu 3 guruhni bayon etadi. Bular
ilohiyotchilar, faylasuflar va Sufiylardir. Ibn Sīnāʼning
al-Ishorāt vaʼt-tanbīhāt
haqidagi sharhining "
Makāmâtüʼl-ârifîn
" bobida Roziy oʻzini haqiqat yoʻlidaman deb
hisoblovchilarni toʻrt qismga boʻlib hisoblaydi: Birinchisi, metafizika fanlarini
tafakkur yuritish orqali chuqur oʻylab tekshiradiganlar, bu bilimlarni olish va ularning
nozik jihatlarini oʻzlashtirishga harakat qiluvchilardir. Ikkinchisi, hech qanday bilim
olmasdan, hech qanday imtihon va tadqiqotsiz oʻzlarining zarur tabiati va mohiyatini
yaratish tufayli shu darajaga moyil boʻlganlardir. Uchinchisi esa har ikki xususiyatga
xos boʻlgan jonlardir. Yaʼni, ular oʻzlarining ichki tabiatlari,qobiliyatlari tufayli
yuksak mansabga intilish uchun yaratilganlar; Keyin bu istak metafizik bilimlarni
oʻrganish va haqiqatni qidirish bilan kamolga etadi. Toʻrtinchisi, har ikki
xususiyatdan mahrum boʻlgan jonlardir. Bular orasida Roziy uchinchi guruhni ham
yuqori baholaydi. Bu ikkala xususiyat bilan xarakterlanadi. Uning soʻnggi asarlaridan
biri boʻlgan
al-Metâlibüʼl-âliyada
Roziy ilohiyot va bu ilmdagi masalalar haqida
insonning aniq va yaqin bilimga uning barcha tafsilotlarida yetib borishi mumkin
emas degan fikrni bildiradi. Bu masalalarda inson uchun faqat cheklangan bilimlarga
ega chiqish mumkin. Unga koʻra, metafizikaning yuksak haqiqatlariga yetishning ikki
yoʻli bor: yovuz kuch sohiblarining qoʻllaydigan usul va dalillash usuli.
Roziyning dastlabki asarlarida Ashariylik anʼanaviy ratsionalizm ruhi sezilib
turadi masalan,
Usul ad-din
va
Ishara
asarlarida buni koʻrishimiz mumkin. Keyinroq
yozilgan
Nihayat al-uqul
kabi asarlarda Aristotel mantigʻini Ashʼariy aqiydasini
himoya qilish uchun kalom ilmida qoʻllashga harakat qilganini kOʻramiz.
Soʻngra asarlari mavzusi falsafa,mantiq,tibbiyot, va okkultizmga
bagʻishlangan. Bu davrda u
Mabatih
va
Mulakahas
asarlarida falsafani yoki boshqa
termin bilan
hikma
ni kalom ilmiga taqqoslab bergan. Bundan soʻng u asarlari orqali
Kalom va falsafa sintezini yaratishga harakat qildi.
[5]
[5]
Shihadeh, “From al-Ghazali to al-Razi”, 164 ff.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
238
XULOSA
Klassik islom ilmlarini oʻrganish oʻrta asrlar intellektual tarixining
murakkabligi va chuqurligini tushunishga intilayotgan har bir kishi uchun hayotiy
harakatdir. Bu anʼanaga salmoqli hissa qoʻshgan koʻp sonli olimlardan biri ilohiyot,
falsafa va tafsirni ajoyib sintezi bilan ajralib turadi. Uning asarlari nafaqat islom
intellektual merosini, balki turli madaniyatlar va davrlar oʻrtasidagi kengroq
muloqotlarni tushunishda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib qolmoqda. Uning
hissalarini oʻrganish bir necha sabablarga koʻra muhim ahamiyatga ega.
Uning madaniy taʼsiri bevosita kontekstdan ancha uzoqqa choʻzilib, turli
mintaqa va davrlarda islom tafakkurining rivojlanishini shakllantiradi. Uning uslub
va mulohazalari madrasalarning oʻquv dasturlariga kiritilib, keyingi olimlarning
asarlaridan maʼlumot berib, uning gʻoyalari vaqt oʻtishi bilan aks sado berib turishini
taʼminladi. Uning taʼsirini tushunish islom ilmining tarixiy davomiyligi va
evolyutsiyasini chuqurroq anglash imkonini beradi.
Tarixiy ahamiyatiga qoʻshimcha ravishda, uning hissalari zamonaviy taʼlim
va madaniy kontekstlar uchun amaliy tushunchalarni taklif etadi. Uning turli
intellektual anʼanalarni birlashtirishi zamonaviy fanlararo tadqiqotlar uchun namuna
boʻlib xizmat qiladi, olimlarni keng manbalar va istiqbollardan foydalanishga
undaydi. Bu yondashuv, ayniqsa, bugungi kunda tobora oʻzaro bogʻlangan va koʻp
madaniyatli dunyoda dolzarbdir, bu erda turli nuqtayi nazarlarni boshqarish va
birlashtirish qobiliyati har qachongidan ham muhimroqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Ayman Shihadeh. “The Teleological ethics of Fahr al-Din al-Razi”. Brill Leiden
Boston, 2006. – bet 275
2. Shihadeh, Ayman, “From al-Ghazâlî to al-Râzî: 6th/12th Century Developments in
Muslim Philosophical Theology”, Arabic Sciyences and Philosophy, v.15 (2005),
Camridge University Press, 2005, pp.141-179.
3. Tariq Jaffer. “Razi Master of Qurʼanic Interpretation and Theological Reasoning”.
Oxford University Press, 2015. – bet 244.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
239
4. Yacin Ceylan. “Theological and Tafsir in the major works of Fakhr al-Din al-
Razi”.Thesis presented for the degree of Ph.D. in the Faculty of Arts, University of
Edinburg.1980. – p 264
5. el-Mebâhisüʼl-meşrikıye fi ʼilmiʼl-ilâhiyyât veʼt-tabiiyyât I-II (nşr. M. M. el-
Bağdâdî, Dârüʼl-Kitâbiʼl-Arabî, Beyrut 1990.
6. “Fakhr al-Dîn al-Râzî on Physics and the Nature of the Physical World: A
Preliminary Survey”, Islam&Sciyence, v.2 (2004), nr.: 2, pp.161-180.
7. Shehadi, Fadlou, Metaphysics in Islamic Philosophy, Caravan Books Delmar, New
York 1982.
8. Türker, Ömer, “Kelam İlminin Metafizikleşme Süreci”, Dîvân Disiplinlerarası
Çalışmalar Dergisi, c.12, sy.23, İstanbul 2007/2, s.75-92.
9.
خوسنم هيقرشملا ثاحابملا يزلارلا نيدارحق
۶۶۵
هيبرع طخ
۲۵۷
ص