MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
134
ELEKTRON CHIQINDILARDAN FOYDALANISHNI
BOSHQARISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING O’ZIGA XOS
JIHATLARI
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari
Shodiyeva Irisa Soatmurod qizi
Davlatova Shahrizodabonu Tohir qizi
shahrizodadavlatova0@gmail.com
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada bugungi kunda elektron chiqindilarning
ahamiyati, ulardan foydalanish va huquqiy tartibga solish bo‘yicha dunyo davlatlari
qo‘llayotgan mexanizmlar o‘rganilib, kamchiliklari hamda yutuqlari tahlil qilingan.
Ayniqsa, bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar katta ahamiyatga ega ekanligi,
elektron chiqindilarni ham nazorat qilishning imkoniyatlarida o‘z ifodasini topgan.
Shuningdek, ushbu huquqiy boshqaruvni mamlakatimizda joriy qilish istiqbollari
yuzasidan takliflar berib o‘tilgan.
Kalit soʻzlar: elektron chiqindi, e-chiqindilarni boshqarish, huquqiy tartibga
solish, utilizatsiya, innovatsion texnologiyalar, xalqaro tajriba, barqaror rivojlanish.
ОСОБЕННОСТИ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ
ОБРАЩЕНИЯ С ЭЛЕКТРОННЫМИ ОТХОДАМИ
Студенты Ташкентского государственного юридического
университета
Шодиева Ириса Соатмурод кизи
Давлатова Шахризодабону Тохир кизи
shahrizodadavlatova0@gmail.com
АННОТАЦИЯ: В данной статье изучен значение электронных
отходов, их использование и механизмы, используемые странами мира для
правового регулирования, анализируются их недостатки и достижения.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
135
Важность научных исследований в этом отношении отражается в
возможности контроля электронных отходов. Также были высказаны
предложения относительно перспектив внедрения данного легального
управления в нашей стране.
Ключевые слова: электронные отходы, обращение с электронными
отходами, правовое регулирование, утилизация, инновационные технологии,
международный опыт, устойчивое развитие.
SPECIFIC ASPECTS OF LEGAL REGULATION OF ELECTRONIC
WASTE MANAGEMENT
Students of Tashkent State University of Law
Shodiyeva Irisa Soatmurod qizi
Davlatova Shahrizodabonu Tohir qizi
shahrizodadavlatova0@gmail.com
ABSTRACT: In this article, the importance of e-waste, its use and the
mechanisms used by the countries of the world for legal regulation are studied, and
their shortcomings and achievements are analyzed. The importance of scientific
research in this regard is reflected in the possibility of electronic waste control. Also
proposals were made regarding the prospects of introducing this legal administration
in our country.
Key words: e-waste, e-waste management, legal regulation, disposal,
innovative technologies, international experience, sustainable development.
KIRISH
Bugungi kunda elektron chiqindilarni boshqarish va ulardan foydalanish
masalalari global ahamiyat kasb etadi. Chunki tezlik bilan rivojlanayotgan
texnologiyalar va raqamli inqilob, shuningdek, aholi sonining o‘sishi natijasida
elektron qurilmalarga talab oshib bormoqda. Bu esa har yili millionlab tonna elektron
chiqindilar, jumladan, kompyuterlar, telefonlar va boshqa elektron uskunalar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
136
muomaladan chiqib ketayotganligini anglatadi.
1
Eng achinarlisi esa aynan ushbu
chiqindilar atrof-muhitga, inson salomatligiga va iqtisodiyotga o‘z salbiy ta’sirini
ko‘rsatayotganidadir. Chunki ularning boshqarilmasligi nafaqat atrof-muhitni
ifloslantirishga olib keladi, balki ularda mavjud ishlab chiqarishi qimmat bo‘lgan
materiallarning ham axlatga aylanishiga sabab bo‘ladi. Ushbu muammo esa kelajak
avlod manfaatlarini hisobga olgan holda elektron chiqindilarni samarali boshqarishda
yangi yondashuvlarni talab etadi. Quyidagi statistik ma’lumotlar ham buning yaqqol
isboti hisoblanadi.
2
Umumiy elektron chiqindi ishlab chiqarilishi (million metr tonnalarda)
Xitoy
7.2
AQSH
6.3
Yaponiya
2.1
Hindiston
2.0
Germaniya
1.9
Braziliya
1.5
Rossiya
1.4
Fransiya
1.4
Indoneziya
1.3
Italiya
1.2
Demak, elektron chiqindilar kundalik hayotimiz davomida xo‘jalik va boshqa
maqsadlarda foydalaniladigan buyumlar toifasining yaroqsiz holga kelishi yoki har
qanday holatda ishlatilmaslik uchun tashlab yuboriladigan elektron buyumlar
qoldiqlari ekan. Chiqindilar o’z ichiga har qanday buyumlarning qoldiqlarini qamrab
olsa, chiqindini elektron chiqindi deb atashimiz uchun ular tashlab yuborilgan
elektronika qurilmalari bo’lishi zarur. Bular
plitalar, elektr zanjirlari, ulagichlar va
simlar, monitorlar, kondansatorlar, batareyalar va akkumulyatorlarning qismlari,
jumladan, mishyak, mis, qo‘rg‘oshin, surma, simob, kadmiy, nikel, asbest
va
1
World Health Organization. (2023, October 18). Электронные отходы. World Health Organization.
https://www.who.int/ru/newsroom/fact-sheets/detail/electronic-waste-(e-waste)
2
Statista. (2017, December 14). These Countries Generate the Most Electronic Waste. Statista.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
137
boshqalarni o‘z ichiga oladi.
3
Har qanday zamonaviy elektronikada
temir, kremniy
va plastmassa
mavjud. Elektr jihozlari plastik korpuslar buzilishi qiyin bo‘lgan
materiallardir. Quyidagi rasmda elektron qurilmalar berilgan bo’lib, ularning
qoldiqlari esa elektron chiqindilardir.
Maishiy
texnika
Aloqa
va
axborot
texnologiyalari
qurilmalari
Uy
ko’ngilochar
qurilmalari
Elektron
kommunal
xizmatlar
Ofis va tibbiy
asbob
uskunlar
Mikro to‘lqinli
pechlar
Uyali telefonlar DVD disklar
Massaj
kursilari
Nusxa
Ko‘chirish
/
printerlar
Uy
Ko‘ngilochar
qurilmalari
Smartfonlar
Blu Ray player Isitish
prokladkalari
IT-server
tokchalari
Elektr
pishirgichlar
Ish
stoli
kompyuterlari
Printerlar
Masofadan
boshqarish
pultlari
IT serverlari
Isitgichlar
Kompyuter
monitorlari
Televizorlar
Televizor
pultlari
Kordonlar va
kabellar
Noutbuklar
Video
o‘yin
tizimlari
Elektr simlari
Wi-Fi dongle
Elektron plitalar Faks
mashinalari
Yoritgichlar
Dializ
mashinalari
Qattiq disklar
Nusxa
ko'chirish
mashinalari
Aqlli chiroqlar Tasvirlash
uskunalari
3
Moscow Waste Management. (2023, March 13). Электронные отходы. Moscow Waste Management.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
138
Printerlar
Tungi chiroqlar Telefon
va
PBX
tizimlari
Fitnes
qurilmalari
Audio
va
video
uskunalari
Biroq hozirgi kunda dunyoda elektron chiqindilarni boshqarish uchun mavjud
huquqiy normativlar va tizimlar hali hanuz yetarlicha rivojlanmagan. Bu esa, albatta,
davlatlarga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, barqaror ekologik muhit yaratish va
innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalarida jiddiy muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Shuning uchun elektron chiqindilarni boshqarishni huquqiy tartibga
solish zarurati, bu sohadagi muammolarni hal etish va samarali strategiyalar ishlab
chiqish dolzarb vazifalardan biri sifatida qolmoqda. Ushbu maqolada elektron
chiqindilarning boshqarilishi bo‘yicha huquqiy tartibotlar va ularning samaradorligi
xalqaro tajribalar misolida tahlil etiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Avvalo, elektron chiqindilarga ta’rif berib o‘tadigan bo‘lsak, “elektron
chiqindilar - foydalanishdan chiqib ketgan elektron qurilmalar va uskunalar”
ekanligini bilib olamiz. Agar ushbu tushunchaga turli tomondan yondashadigan
bo‘lsak, ularga turli olimlar va mutaxassislar turlicha fikr berishganini ko‘ramiz.
Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan elektron chiqindilar “qayta
ishlash va utilizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan qimmatbaho materiallar va xavfli
moddalarga ega bo‘lgan barcha elektr va elektron uskunalar”
4
sifatida baholansa,
Yevropa Ittifoqi ham shunga o‘xshash tarzda “qayta ishlashga muhtoj bo‘lgan elektr
va elektron uskunalar”ni “elektron chiqindilar”
5
deb ataydi. Turli tadqiqotchilar esa
elektron chiqindilarni "iste’moldan yoki ishlab chiqarishdan chiqarib tashlangan,
4
United Nations Environment Programme (UNEP). (2020). Global E-waste Monitor 2020. United Nations Environment
Programme.
https://www.unep.org/resources/report/global-e-waste-monitor-2020
5
European Commission. (2021). Waste Electrical and Electronic Equipment (WEEE). European Commission.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
139
ishlatilmaydigan va qayta ishlanishi kerak bo‘lgan elektron qurilmalar” sifatida
ko‘radilar. Demak, umumiy olganda, “elektron chiqindilar” - bu “ishlab chiqarilgan
texnikalarning muomaladan chiqishi natijasida inson salomatligiga hamda atrof-
muhitga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan maxsus chiqindilar”dir.
Shunday qilib, elektron chiqindilar (e-waste) zamonaviy hayotimizning
ajralmas qismi bo‘lib ulgurdi va ular atrof-muhit bilan birga inson salomatligiga ham
o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmayapti. Buni quyidagi statistikalar ifodalaydi: masalan,
har yili yangi elektronika mahsulotlarining ishlab chiqarilishi va iste’molining oshishi
bilan elektron chiqindilar hajmi ham ortib bormoqda. 2020-yilda global elektron
chiqindilar 53.6 million tonnani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021-yilga kelib
57.4 million tonnaga ko‘tarildi va 2030-yilga kelib esa 74 million tonnaga yetishi
kutilmoqda
6
. Ushbu tendensiya atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish
uchun jiddiy tahdid solmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ma’lumki, e-chiqindilar, asosan, mobil telefonlar, kompyuterlar, televizorlar,
muzlatgichlar va boshqa elektr jihozlaridan paydo bo‘ladi. Bu chiqindilarni to‘g‘ri
qayta ishlamaslik esa atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazadi va inson salomatligini xavf
ostiga qo‘yadi. Misol uchun, elektron chiqindilar tarkibida xavfli kimyoviy moddalar,
jumladan, svint (Pb), qo‘rg‘oshin (Hg) va arsenik mavjud bo‘lib, ularning inson
organizmiga ta‘siri jiddiy bo‘lishi mumkin
7
. Chunki ushbu moddalar yer, suv va
havoga kirib, ekologik muammolarni keltirib chiqaradi.
To‘g‘ri, bunga qarshi ravishda qayta ishlash yuzasidan ba’zi bir mexanizmlar
mavjud. Masalan, 2021-yilda ularni qayta ishlash darajasi atigi 17.4% ni tashkil etgan.
Afsuski bu raqamlar global miqyosda juda past hisoblanadi va elektron chiqindilarni
boshqarishdagi muammolarni ko‘rsatadi
8
. Rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan,
Xitoy, Hindiston va Nigeriya kabilarda elektron chiqindilar ko‘plab yig‘iladi, ammo
ularning qayta ishlash imkoniyatlari cheklangan. Odatda, bu mamlakatlar ham
6
United Nations Environment Programme (UNEP). (2020). Global E-waste Monitor 2020. United Nations Environment
Programme.
https://www.unep.org/resources/report/global-e-waste-monitor-2020
7
World Health Organization (WHO). (2021). E-waste. World Health Organization.
room/fact-sheets/detail/e-waste
8
European Commission. (2021). Waste Electrical and Electronic Equipment (WEEE). European Commission.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
140
boshqalar kabi elektron chiqindilarni o‘z ichiga olgan xavfli moddalarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri axlatga tashlashadi yoki nomaqbul usullar bilan yo‘q qilishadi. Shuning uchun
ham elektron chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash jarayoni iqtisodiy jihatdan
ham foydali hisoblanadi. Qayta ishlash orqali foydali materiallar, masalan, metallar,
qayta olinishi mumkin. Bu jarayon nafaqat resurslardan samarali foydalanishni
ta’minlaydi, balki chiqindilarni kamaytirish va iqtisodiy foyda olish imkoniyatini ham
beradi
9
.
Ko‘rib turganimizdek, har bir mamlakat o‘z ichida e-chiqindilar muammosini
hal qilish uchun samarali qonunchilik va infratuzilma yaratishi zarurligini taqazo
etilmoqda. Masalan, AQShda elektron chiqindilarni qayta ishlash va ulardan
foydalanish uchun ijtimoiy dasturlar ishlab chiqilgan
10
. Ushbu dasturlar aholini
elektron chiqindilarni to‘g‘ri joylashtirish orqali rag‘batlantirib borishida ifodalanadi.
Chunki bu jarayon qayta ishlashni osonlashtiradi. Elektron chiqindilarni tartibga
solishda bir qancha xalqaro normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan. Bu ham uni
ahamiyatini belgilab beradi desak mubolg’a bo’lmaydi. Elektron chiqindilarni
boshqarish bo’yicha xalqaro me’yoriy-huquqiy hujjatlar elektron chiqindilarni
transchegaraviy tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlashni nazorat qilishga
qaratilgan turli shartnomalar, konvensiyalar va ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. Bu
borada asosiy normativ huquqiy hujjatlardan biri ,,Xavfli chiqindilarni
transchegaraviy olib o‘tish va ularni yo‘q qilishni nazorati to‘g‘risidagi Bazel
konventsiyasi (1989 y.) hisoblanadi.
11
Bazel konvensiyasi xavfli chiqindilarni, shu jumladan elektron chiqindilarni
chegaralar orqali olib o’tishni tartibga soluvchi asosiy xalqaro shartnomadir. U xavfli
chiqindilarning paydo bo’lishini minimallashtirish va ularning xalqaro harakatini
nazorat qilish orqali inson salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan.
Bu konvensiyani bir necha davlatlar ratikikatsiya qilganlar. Elektron chiqindilarni
9
Kumar, A., & Singh, R. (2019). E-waste: A review of the current trends and the future prospects. Waste Management,
95, 1-12-b.
10
United States Environmental Protection Agency (EPA). (n.d.). Electronics Donation and Recycling. United States
Environmental Protection Agency.
https://www.epa.gov/recycle/electronics-donation-and-recycling
11
Basel Convention on the Control of Transboundary Movements of Hazardous Wastes. UN Environment
Programme
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
141
boshqarishda muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Mana shu hujjat elektron
chiqindilarni tartibga solishda, ularni zararli oqibatlarini kamaytirishda muhim rol
o’ynaydi. Ularni samarali tarzda yo’q qilish, boshqarish bo’yicha bir qancha
ko’rsatmalar beradi. Hozirda ushbu konvensiya ijrosi o’laroq bazi mamlakatlarda
elektron chiqindilarni tartibga solishda tajribalar o’tkazib kelinmoqda. Yana bir
muhim hujjatlardan biri Minamata konvensiyasi (2013)
12
. Minamata konvensiyasi
simobning global ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan. Ba'zi elektron qurilmalar,
masalan, lyuminestsent chiroqlar va ba’zi turdagi batareyalar tarkibida simob
borligini hisobga olsak, ushbu shartnoma elektron chiqindilarni utilizatsiya qilish va
qayta ishlashga katta ta’sir ko’rsatadi. U elektron chiqindilarda simobdan foydalanish
va chiqarilishini cheklaydi, simob chiqindilarini kamaytirish uchun muqobil
variantlarni va yaxshi ishlov berish jarayonlarini targ’ib qiladi. Asosiy hujjatlar
qatoriga Yevropa Ittifoqining elektr va elektron uskunalar chiqindilari (WEEE)
direktivasi kiritish ham maqsadga muvofiq.
13
Garchi xalqaro shartnoma bo’lmasa-da,
Yevropa Ittifoqining WEEE direktivasi elektron chiqindilarni boshqarish, yig’ish,
qayta ishlash va qayta tiklash bo’yicha qat’iy talablarni belgilash orqali global ta’sir
ko’rsatdi. Yevropa davlatlari shu hujjatga asoslanib, hozirda bir qancha samarali
ishlar olib bormoqda. Misol uchun Avstriya elektron chiqindilarni samarali usulda
tartibga solishda Yevropa mamlakatlari ichida birinchi o’rinlarda turadi. Ayni mana
shunday manbaalar asos bo’lib xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan manbaalar elektron
chiqindilarni kamaytirishda samarali hujjatlardir. Elektron chiqindilar muammosini
hal qilishda ba’zi davlatlar ushbu manbaalar asosida bir qancha tajribalarni
o’tkazishmoqda. Quyida bazi davlatlarning elektron chiqindilarni bartaraf etishda
qo’llagan tajribalar bilan tanishiladi.
Xitoy tajribasi
Yevropa tarkibida bir qancha davlatlar bo’lishiga qaramasdan Xitoy elektron
chiqindi chiqarish bo’yicha yetakchi o‘rinlarda turadi. Mamlakat 1990-yillarda xavfli
12
Minamata Convention on Mercury
https://minamataconvention.org/en.
13
Waste from Electrical and Electronic Equipment (WEEE) - European Commission
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
142
chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni utilizatsiya qilishni nazorat qilish
bo’yicha
Bazel konvensiyasini
ratifikatsiyasini qabul qilgan bo’lsa-da, Xitoy hali
ham elektron chiqindilarni juda ko‘p miqdorda chiqaradi. Davlatda elektron
chiqindilar importi 2001-yilda taxminan 1.5 millionni tashkil etgan bo‘lsa, ularning
46.7 foizi dunyodagi eng yirik elektron chiqindilarni demontaj qilish joyi sifatida
tanilgan Guangdong provinsiyasining Guiyu hududiga to’g’ri keladi.
Transchegaraviy importdan tashqari, Xitoyning o’zi hozirda elektron chiqindilarning
ikkinchi yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Shuning uchun ham Xitoy elektron
chiqindilarni olib kirish va norasmiy qayta ishlashni taqiqlash bo’yicha tartibni
kuchaytirgan hisoblanadi.
14
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lumki,
Xitoy elektron chiqindilarni chiqarish bo’yicha oldingi o’rinlarda turar ekan. Elektron
chiqindilar miqdori yildan yilgi o’sib borishi natijasida esa ularning importini
kamaytirish borasida e’lon ham bergani elektron chiqindilarni mamalakatning
iqtisodiyotiga, qolaversa, atrof tabiiy muhitga uning ta’siri kuchli ekanligini
ko‘rasatadi. Shu sababli bu siyosat global elektron chiqindilar eksportining sezilarli
darajada qisqarishiga olib keldi va mahalliy qayta ishlash imkoniyatlarini yaratish
muhimligini isbotladi. Keyinchalik bu borada bir qancha samarali ishlar olib
borilmoqda. Bir tomondan Bazel konvensiyasining ham amaliyotda qo’llanilishini
ko’rish desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Xitoyda o‘zi elektron qurilma va texnikalar
ishlab chiqarilishi nihoyatda yuqori bo‘lganligi sababli ham, ularning qoldiqlari ya’ni
elektron chiqindilar ham shunga monand miqdori ko‘p hisoblanadi. Shuningdek,
Xitoyda bir qancha qonunlar ham qabul qilingan. Bu qonunlar ,asosan, elektron
chiqindilarni kamaytirish, ularni qayta ishlash va qayta ishlash uchun elektron
chiqindilarni yig’ishda aholini rag’bantirish, qolaversa, bilvosita elektron
chiqindilarni boshqarishni yaxshi amaliyotini targ’ib qiladi. Shuni ham inobatga olish
lozimki, hozirda Xitoy hukumati noqonuniy elektron chiqindilarni ishlab chiqarishni
to‘xtatish va tekshiruvlarni ko‘paytirish orqali norasmiy va xavfli elektron
14
Moscow Waste Management. (2023, March 13). Электронные отходы. Moscow Waste Management.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
143
chiqindilarni qayta ishlash amaliyotiga qarshi jiddiy choralar ko‘rmoqda. Bu o‘z
navbatida, elektron chiqindilar muammosi jiddiy masalalardan biri ekanlini anglatadi.
Germaniya tajribasi
Germaniyada elektron chiqindilarni boshqarish, asosan, ikkita asosiy
qonunga asoslanadi: “Elektr va elektron qurilmalar to‘g‘risida”gi Qonun (ElektroG)
elektr va elektron uskunalar ishlab chiqaruvchilardan mahsulotlarini ro‘yxatdan
o‘tkazishni va ularni qayta ishlash bo‘yicha yechimlarni taklif qilishni talab qilsa,
“Chiqindilarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun (KrWG) elektron chiqindilarni qayta
ishlash va yo‘q qilish bo‘yicha majburiyatlarni belgilaydi, shu bilan birga atrof-
muhitga zarar yetkazmaslik va resurslarni qayta tiklashni rag‘batlantirishga qaratilgan
hisoblanadi. Shuningdek, Germaniya elektron chiqindilarni boshqarish bo’yicha
yuqori darajada rivojlangan va mustahkam me’yoriy-huquqiy bazaga egaligi bilan tan
olingan. Bunga yuqoridagi qonunlar misol qilib keltirish mumkin. Germaniyadagi shu
va boshqa elektron chiqindilarga oid barcha normativ huquqiy hujjatlar ,,Elektr va
elektron uskunalarning chiqindilari direktivasi‘‘ga asoslanadi. Ushbu yuqoridagi
qonunlar asosan, elektron chiqindilarni yig‘ish, qayta ishlash va mas’uliyat bilan yo‘q
qilishni tartibga solib boradi. Shuningdek, elektron chiqindilarni qayta ishlab
chiqaruvchi va importi bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar qonunda belgilangan
tartibda davlat ro’yhatidan o’tishlari lozim. Shuningdek, kompaniyalar elektron
chiqindlarni yig’ish va qayta ishlashni rag’bantirishlari va bozorga chiqarilgan va
yig’ilgan elektr uskunalar miqdori haqidagi ma’lumotlarni hukumatga taqdim
qilishlari shart. Undan ma’lumki, Germaniya hukumati elektron chiqindilar
muammosiga samamrali tarzda yechim berib kelmoqda. Shuningdek, ularning yuzaga
chiqarishi mumkin bo’lgan muammolarini ham oldini olmoqda desak mubolg’a
bo’lmaydi. Shuni ham ta’kidlash joizki, hukumat va boshqa tashkilotlar ham aholiga
elektron chiqindilarni to’g’ri yo’q qilish, ularni keltirib chiqaruvchi xavflardan
doimiy tarda xabardor qilib turishlari, mamlakat hukumatining elektron chiqindilarni
qayta ishlash va yo’q qilish masalasiga jiddiy yondashyotgani anglatadi.
Germaniyaning yuqorida qayd qilib o’tilgan qonuni bilan mustahkamlangan elektron
chiqindilarni tartibga solish mamlakatning ekologik barqarorlik va resurslarni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
144
mas’uliyatli boshqarishiga sodiqligni aks ettiradi. Qolaversa, bu boradagi amalga
oshirayotgan ishlari mana shunday qonunlarning ijrosi natijasi desak mubolag’a
bo’lmaydi.
Yevropa Ittifoqi tajribasi
Yevropa Ittifoqi elektr va elektron jihozlardan (EEE) kelib chiqadigan o’sib
borayotgan elektron chiqindilar miqdorini bartaraf etish uchun
“Chiqindilarni elektr
va elektron asbob uskunalar (WEEE) direktivasi”ni
qabul qilgan. Direktiva
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan elektron chiqindilar bilan ishlashda
qo’llaniladigan yig’ish va qayta ishlash jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan.
15
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida bozorga chiqarilgan elektr va
elektron uskunalar miqdori 2012-yildagi 7,6 million tonnaga, 2021-yilda 13,5 million
tonnaga, jami yig’ilgan elektr va elektron jihozlar 2012-yildagi 3 million tonnadan
2021-yildagi 4,9 million tonnaga ko’tarilgan. Qayta ishlash amaliyoti Yevropa
Ittifoqi mamlakatlarida farq qiladi. 2021-yilda Avstriya elektron chiqindilarni yig’ish
bo’yicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida birinchi o’rinni egalladi, har bir
aholiga o’rtacha 15,46 kilogramm to’g’ri keladi. 2021-yilda Yevropa Ittifoqida har
bir aholiga o’rtacha 11 kilogramm elektr va elektron uskunalar chiqindilari to’g‘ri
keladi.
16
2020-yil mart oyida Yevropa Komissiyasi elektron va elektr chiqindilarni
kamaytirishni o’zining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan yangi aylanma iqtisodiy
harakatlar rejasini taqdim etdi. Taklif qayta foydalanishni yaxshilash, umumiy
zaryadlovchini joriy etish va elektronikani qayta ishlashni rag’batlantirish uchun
mukofot tizimini yaratish kabi bevosita maqsadlarni aniq belgilab berdi. USB Type-
C 2024-yil oxirigacha Yevropa Ittifoqidagi aksariyat elektron qurilmalar uchun
umumiy zaryadlovchiga aylandi. 2021-yil fevral oyida Yevropa parlamenti 2050-
yilgacha uglerodsiz, ekologik jihatdan barqaror, zaharli va to’liq aylanma
iqtisodiyotga erishish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarni, jumladan qayta ishlash
15
Denetim. (n.d.). WEEE Direktivı. Denetim.
https://www.denetim.com/uz/laboratuvar/elektrikli-ve-elektronik-cihaz-
16
European Parliament. (2024, March 21). E-waste in the EU: facts and figures (infographic). European Parliament.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
145
qoidalarini va materiallardan foydalanish bo’yicha majburiy maqsadlarni talab
qiluvchi yangi aylanma iqtisodiy harakat rejasi to’g’risida qaror qabul qildi.
17
Arab davlatlari
Saudiya Arabistonida ham elektron chiqindilarni qayta ishlash, ularni qayta
tiklash va yaroqli holga keltirib, ulardan bir qancha foydalanish yo‘lga qo’yilmoqda.
Shunday bo’lsada bir qancha arab mamlakatlari ham o’z xissalarini qo’shib
kelmoqdalar. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi har yili ishlab chiqariladigan
elektr va elektr jihozlar chiqindilari miqdorining ko‘payishining asosiy omili bo’lib,
bu jidddiy ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. 2022-yilda taxminan 59,4
million tonna elektron chiqindi ishlab chiqiladi. Quyidagi jadvalda asosiy elektron
chiqindilarni tashkil qiluvchi mahsulotlarni xilma-xilligi tasvirlangan:
Demak, oxirgi 10 yil ichida arab mamlakatlarida elektron chiqindilar ishlab
chiqarishni boshqarish darajasi 0,1% ga, ya’ni 1,8 million tonnadan 2,8 million
tonnagacha oshgan. Bundan tashqari, aholi jon boshiga elektron va elektr jihozlari
(EEE) miqdori (EEE-POM) 30% ga o‘sgan, bu 2010-yildagi 3,2 million tonnadan
(aholi boshiga 8,8 kg) 4,1 million tonnaga ko‘tarilgan( 2019-yilda har bir aholiga 9,5
kg)ini anglatadi. Elektron va elektr jihozlarini ishlab chiqarish nisbatan kam bo‘lsa-
da, YaIMning EEE chiqindilari miqdoriga va aholi jon boshiga to’g’ri kelishi
o‘rtasida qulay bog‘liqlik mavjud. Qatarda kishi boshiga 24,9 kg, Komor orollarida
esa eng past, kishi boshiga 0,8 kg elektron chiqindi miqdori to‘g‘ri keladi. Misr
17
European Parliament. (2024, March 21). E-waste in the EU: facts and figures (infographic). European Parliament.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
146
mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyodagi ikkinchi yirik elektron chiqindilar ishlab
chiqaruvchisi bo‘lib, u 1,1 million tonnani tashkil etadi. Saudiya Arabistoni, Iroq (459
000 tonna) va Jazoir (458 000 tonna) navbatdagi o‘rinlarda turuvchi davlatlardir.
18
Bundan ma’lumki, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlari elektron chiqindi bilan
bog‘liq bo’lgan masalada yildan yilga sezilarli darajada ularni qayta ishlash bilan
ishlarni amalga oshirilmoqdalar.
XULOSALAR
Xulosa
qilib
aytganda,
hozirgi
zamonda
elektron
vositalardan
foydalanmaslikning iloji yo’q. Shunday ekan, elektron chiqindi muammosini hal
qilish ham dolzarb vazifalar qatorida turadi. Yuqorida koʻrib oʻtganimizdek,
O’zbekiston hududida elektron chiqindilar bilan bog’liq munosabatlar to’la ravishda
tartibga solinmagan. Ya’ni, chiqindilarning barchasi umumiy holatda bir-biriga
aralashtirib yuborilgan holatda tashlab yuboriladi. O’zbekistonda elektronika importi
oldingidan o’zgarmagan bo’lsa-da, oxirgi 10 yil ichida elektron chiqindi miqdori 1.5
baravarga o’sgan, bu esa ularning zarar miqdori ko’payib ketmasidan turib ularni
huquqiy tartibga solishimiz muhimligini anglatadi.
19
Yana bir e’tiborli jihati
shundaki, hozirda O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to’g’risida”gi Qonun bilan
18
Thukral, S., & Singh, M. (2023). An exploratory study on producer’s perspective towards E-waste management: A
case
of
emerging
markets.
Science
Progress,
5.
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2772912523000167
19
Gazeta.uz. (2021, November 25). O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida elektron chiqindilar bo‘yicha
yetakchilardan biri — BMT. Gazeta.uz.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
147
elektron chiqindilar bilan bog’liq huquqiy munosabatlarni tartibga solib bo’lmaydi.
Chunki ushbu chiqindilar tarkibida tabiat uchun zararli moddalar bilan birgalikda
qayta ishlanishi zarur bo’lgan resurslar ham mavjud. Shuning uchun ham chet el
tajribasini inobatga olib, uni mamlakatimizda tatbiq etishimiz lozimdir.
Ikkinchidan, muammoni hal qilishning barqaror usullaridan yana biri qayta
ishlashdir, elektron chiqindilarni qayta ishlash yangi elektron qurilmalarni ishlab
chiqarishda ishlatilishi mumkin bo’lgan qimmatbaho materiallarni qayta tiklashga
yordam beradi. Ishlab chiqaruvchilar chiqarayotgan elektron qurilmalarni
yaratayotganlarida tabiat uchun zarar miqdori kam bo’lgan materiallardan
foydalanish mas’uliyatini o’z zimmalariga olishlari zarurligini anglatadi. Bu esa
elektron chiqindilar ekologik toza tarzda qayta ishlanishini ta’minlaydi.
Uchinchidan esa jismoniy shaxslar ham mas’uliyatli iste’mol odatlariga amal
qilish orqali elektron chiqindilarni kamaytirishga ham hissa qo’shishlari lozim. Bunga
eski elektron qurilmalarni maxsus elektron chiqindilarni qayta ishlash markazlarida
to’g’ri yo’q qilish va yangi gadjetlarni sotib olishga shoshilishdan oldin ta’mirlash
yoki ta’mirlash imkoniyatlarini ko’rib chiqish orqali erishish mumkindir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Kumar, A., & Singh, R. (2019). E-waste: A review of the current trends and the
future prospects. Waste Management, 95, 1-12-b.
2. United Nations Environment Programme (UNEP). (2020). Global E-waste Monitor
2020. United Nations Environment Programme.
3. World Health Organization (WHO). (2021). E-waste. World Health Organization.
https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/e-waste
4. European Commission. (2021). Waste Electrical and Electronic Equipment
(WEEE).
European
Commission.
https://ec.europa.eu/environment/waste/weee/index_en.htm
5. United States Environmental Protection Agency (EPA). (2021). Electronics
Donation and Recycling. United States Environmental Protection Agency.
https://www.epa.gov/recycle/electronics-donation-and-recycling
Foydalanilgan internet-sahifalar:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
148
1. World Health Organization. (2023, October 18). Электронные отходы. World
2. Statista. (2017, December 14). These Countries Generate the Most Electronic
3. Moscow Waste Management. (2023, March 13). Электронные отходы. Moscow
4. American Chemical Society. (2018, June 4). E-waste Recycling in China: A
Challenging Field. American Chemical Society.
5.
Elektrogesetz.
(n.d.).
Elektrogesetz.
Retrieved
from
6. TechTarget. (2023, September 18). Waste Electrical and Electronic Equipment
7. European Parliament. (2024, March 21). E-waste in the EU: facts and figures
(infographic). European Parliament.
8. European Parliament. (2024, March 21). E-waste in the EU: facts and figures
(infographic). European Parliament.
9. Gazeta.uz. (2021, November 25). O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida elektron
chiqindilar bo‘yicha yetakchilardan biri — BMT. Gazeta.uz.