MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
125
TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA POYEZDLAR HARAKATINI
BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH TIZIMLARIDA
QO‘LLANILADIGAN DASTURLANADIGAN MANTIQIY
KONTROLLERLARNING TURLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN
TALABLAR
Normurodov Shaxzod Shermamat o‘g'li
1
Xolbo‘tayev Otabek Toxir o‘g‘li
2
1
Toshkent davlat transport unversiteti, 1-kurs magistratura talabasi
2
Toshkent davlat transport unversiteti, 2-kurs magistratura talabasi
Annotatsiya: Bu maqolada dasturlanadigan mantiqiy kontrollerlar (DMK)
ning transport yo‘l transport sohasining avtomatika va telemexanika qurilmalarini
nazorat qilish va boshqarishdagi jarayonidagi afzallik haqida ma’lumotlar keltirib
o‘tilgan. Xorijiy mamlakat temir yo‘llarida transportida poyezdlar harakatini
boshqarish va nazorat qilish tizimlarida qo‘llaniladigan dasturlanadigan mantiqiy
kontrollerlarning turlarining tahlili keltirib o‘tilgan. Shuningdek dasturlanadigan
mantiqiy kontrollerlarning temir yo‘l transportida qo‘llashda ularga qo‘yiladigan
talablar bo‘yicha ma’lumotlar tahlili o‘tkazilgan.
Kalit so‘z: Avtomatik signalizatsiya va svetoforlarni boshqarish, PLC
qo‘llanilishining afzalliklari, temir yo‘l infratuzilmasida PLC qo‘llanilishining asosiy
yo‘nalishlari, PLC texnologiyasi va uning asosiy vazifalari.
Annotation: This article provides information on the advantages of
programmable logic controllers (PLC) in the process of controlling and managing
automation and telemechanics systems in the transport sector. The article analyzes
the types of programmable logic controllers used in train movement control and
monitoring systems in foreign countries' railways. It also presents an analysis of the
requirements for the application of programmable logic controllers in railway
transport.
Keywords: Automatic signaling and traffic light control, advantages of PLC
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
126
application, main directions of PLC application in railway infrastructure, PLC
technology and its main functions.
Kirish
Zamonaviy temir yo‘l transporti tizimlarida yuqori darajadagi xavfsizlik,
ishonchlilik va samaradorlikni ta’minlash uchun turli avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimlari joriy etilgan. Ushbu tizimlarning markaziy boshqaruvida esa DMK
(Programmable Logic Controller), ya’ni dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar
muhim
rol
o‘ynaydi. DMK texnologiyasi temir yo‘l infratuzilmasini
avtomatlashtirish, optimallashtirish va xavfsizlikni oshirish imkonini beradi.
Bugun kunda DMK temir yo‘l transportida turli tizimlarni nazorat qilish va
boshqarish uchun qo‘llaniladi[1-6]. Masalan, signallashtirish markazlashtirish va
blokirovka boshqarmasi infratuzilmalarida, poyezdlar harakatini nazorat qilish,
shuningdek, yo‘l xo‘jaligi infratuzilmalarida ko‘priklar, tunnellar va boshqa
infratuzilma obyektlarini boshqarish va nozarat qilish tizimlarida qo‘llaniladi[6-18].
DMKlar temir yo‘l transportida poyezdlar harakatini boshqarish tizimlarida
avtomatik tarzda poyezdlar harakatini boshqarish jarayonini, shu jumladan, signallar
va yo‘l kesishmalardagi shlagbaumlarni boshqarish hamda harakat xavfsizligini
taʼminlashni amalga oshiradi. DMK turli datchiklardan (masalan, poyezd tezligi va
signallar) maʼlumot oladi va signallarni qaysi paytda hamda qanday uzatish kerakligi
haqida qaror chiqaradi bu esa poyezdlarni to‘qnashuvini oldini oladi[6-10].
Shuningdek temir yo‘l keishmalarini boshqarish va nazorat qilish tizimlarida
shuningdek ko‘priklar va tunnellarni boshqarish baʼzi temir yo‘llarda poyezdlarning
xavfsiz o‘tishi uchun avtomatik boshqaruv talab qilinadigan ko‘priklar va tunnellarda
DMKlar ko‘priklarni ko‘tarish yoki ochish mexanizmlarini boshqarishi mumkin,
shuningdek, tunnellarda yoritish va ventilyatsiyani nazorat qilish tizimlarida
qo‘llaniladi.
Lokomotivlarni avtomatik signallashtirish tizimlarida, temir yo‘l elektr
ta’minotini nazorat qilish SCADA tizimlarida ham bugungi kunda qo‘llanilib
kelinmoqda.
Quyida 1-jadvalda DMKlarni ishlab chiqaruvchi kampaniyalar tomonidan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
127
ishlab chiqarilgan kontrollerlarni qiyosiy tahlili keltilgan.
1-jadval. DMK turlarining qiyosiy tahlili
Ishlab
chiqaruvc
hi
kampaniy
a
PLC
turi
Afzalliklari
Qo‘llanilish
sohalari
Xususiyatlari
Siemens
S7
seriyasi
Yuqori
ishonchlilik,
keng dasturlash
imkoniyatlari
Temir
yo‘l
signallashtirish
tizimlarini
boshqarishda,
Temir
yo‘l
o‘tkazgichlarini
boshqarishda
Modulli tuzilma,
kengaytiriladigan
kirish/chiqish
modullari
mavjudligi
Rockwell
Automation
Allen-
Bradley
Moslashuvchanli
k,
sanoat
standartlariga
mosligi
Elektr ta’minoti
tizimlarida,
avtomatlashtirilg
an
boshqaruv
tizimlarida
EtherNet/IP
protokoli
bilan
integratsiyalanish
i
Mitsubishi
Electric
MELSE
C
seriyasi
Tezkor
ishlash,
oson
loyihalashtirish
Poyezdlar
harakatini
boshqarish
tizimlarida,
xavfsizlik
tizimlarida,
sanoat avtomatika
tizimlarida
Kompakt
DMKlar
va
yuqori tezlikdagi
ishlash
imkoniyati
mavjudligi
Schneider
Modicon Energiya
Elektr ta’minoti Energiya
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
128
Electric
seriyasi
samaradorligi,
oson integratsiya
tizimlarida
va
boshqaruv
tizimlarida
monitoringi
va
boshqaruvi
modullari
Omron
Sysmac
seriyasi
Yuqori
aniqlik,
oson dasturlash
Signalizatsiya va
xavfsizlik
tizimlarida
IoT
bilan
moslashuvchanlig
i
va
ilg'or
datchikli
texnologiyali
modullarining
mavjudligi
HollySys
LK
va
LX
seriyalar
i
Yuqori
ishonchlilik,
tezkor ishlashi
Temir
yo‘l
signallashtirish
tizimlarida,
sanoat
avtomatikasida
Modulli tuzilma,
yuqori tezlikdagi
ishlov berish, IoT
bilan
moslashuvchanlig
i
Himatrix
F35
va
F3
seriyalar
i
Xavfsizlikka
yo‘naltirilgan
boshqaruvga
egaligi
Xavfsizlik
tizimlarida,
avtomatlashtirilg
an
boshqaruv
tizimlarida
IEC va TÜV
xavfsizlik
standartlariga
moslashuvchanlig
i, yuqori aniqlik
ОВЕН
ПЛК210
va
boshqa
seriyalar
Moslashuvchanli
k,
energiya
samaradorligi
Sanoat
avtomatikasida,
elektr
ta’minoti
tizimlarida
Ethernet
interfeysi,
kengaytirilgan
tarmoq
imkoniyatlari
Shuningdek temir yo‘l transport tizimlarida DMK ni qo‘llash uchun bir qator
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
129
talablar va sertifikatlashtirish jarayonlari mavjud. Bu talablar nafaqat DMKning
ishlash ishonchliligi va xavfsizligiga, balki ularning jismoniy va elektrli muhitga
qanday ta’sir qilishini ta’minlashga ham qaratilgan.
Temir yo‘l transport tizimida qo‘llaniladigan DMKlar uchun qo‘yiladigan
talablar:
1. DMK temir yo‘l tizimlaridagi qo‘llash shartlariga mos bo‘lishi, ya’ni yuqori
vaziyatlar, haroratlar, namlik, vibratsiyalar va boshqa tashkiliy omillarga mutanosib
ishlash kerak. DMKlar uzoq vaqt mobaynida ishlash va tizimlar orqali barcha
operatsiyalarni yuqori ishonch bilan amalga oshirish talab etiladi.
DMKlar temir yo‘l tizimlarida ishlash uchun bir qator xavfsizlik
standartlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu standartlar orasida:
1. EN 50126 — temir yo‘l tizimlarining ishonchliligi, ularning ta’minot
darajasi va xavfsizligini aniqlashga qaratilgan standart.
2. EN 50128 — temir yo‘l signalizatsiyasi, xavfsizligi va boshqaruvi uchun
mavjud programmaviy ta’minot talablarini belgilaydi.
3. EN 50129 — temir yo‘l xavfsizlik tizimlarining umumiy xavfsizlik
talablarini belgilaydi, shu jumladan, DMKlarning ishlash xavfsizligi.
2. DMKlar signallash, yo‘l almashtirishlar (strelkalar) va temir yo‘llariga
poyezlarni to‘g‘ri yo‘nalishda yo‘naltirish uchun aniqlikni ta’minlashi lozim. Buning
uchun DMK tizimi real vaqtda ishlaydi va aniq va xatosiz qarorlar qabul qila olishi
kerak.
DMKlar uchun SIL (Safety Integrity Level) sertifikati kerak. SIL standartlari
xavfsizlikning murakkabligini va tizimning ishonchlilik darajasini belgilaydi. Temir
yo‘l tizimlarida DMKlar SIL 3 yoki SIL 4 darajasida ishlashi talab etilishi mumkin,
bu turli xavfsizlik jarayonlarini yuqori darajada ta’minlaydi.
3. DMKlar xavfsizlik va ishonchlilik talablarini ta’minlash uchun yuqori
himoyaga ega bo‘lishi kerak. Xatolik holatlarida tizimning xavfsiz ishlashini
ta’minlaydigan zahira mexanizmlari mavjud bo‘lishi kerak.
4. DMK avtomatlashtirishni ta’minlaydi va inson aralashuvini
minimallashtiradi, bu temir yo‘l tizimlarining ishlash samaradorligini oshiradi. DMK
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
130
tizimlari tezkor va aniq qaror qabul qilishga mo‘ljallangan, bu poyezdlarning vaqtida
va aniq yo‘nalishda harakat qilishini ta’minlaydi.
5. DMKlar ma’lumotlarni qayta ishlash va real vaqtda monitoring qilish
imkoniyatiga ega. Bu operatorlarga tizim holatini kuzatish, xato va buzilishlardan
xabar berish va tezda ta’mirlashni amalga oshirish imkonini beradi.
6. DMKlar temir yo‘l tizimlaridagi boshqa elektron qurilmalar bilan
aralashmasligini va elektr energiyasidan kelib chiqadigan xavfsizlik masalalarini
oldini olishni ta’minlashi kerak.
7. DMKlar elektromagnit yo‘l-muhit tahdidlaridan himoyalangan va boshqa
elektron va elektr qurilmalarini buzmasdan ishlashi kerak. Shu boisdan DMKlar EMS
(elektromagnit muvofiqlik) standartlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Shuningdek
quyudagi standartlarda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi lozim:
ISO 9001 — Sifat boshqaruvi: DMKlar uchun ISO 9001 sifat boshqaruvi
standartlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu standart muhandislik va ishlab chiqarish
jarayonlarida sifatni saqlashni, shuningdek, komponentlarning ishlashini ta’minlaydi.
ISO 26262 — Funksional xavfsizlik: ISO 26262 standarti, asosan avtomobil
ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, uning prinsiplari temir yo‘l
tizimlarida ham qo‘llanilishi mumkin, ayniqsa avtomatlashtirilgan poyezlar va
avtonom to‘g‘ri yo‘llar tizimida xavfsizlikni ta’minlash uchun.
IEC 61131 — DMKlar uchun standart: IEC 61131 xalqaro standarti DMKlar
uchun ishlab chiqarish va o‘rnatish talablarini belgilaydi, shu jumladan apparat va
programmaviy jihatlarni, temir yo‘ldagi boshqaruv tizimlariga integratsiya qilish.
IEC 61508 — Xavfsizlik uchun standart: IEC 61508 standarti elektr, elektron
va programmalashtirilgan tizimlar uchun funksional xavfsizlikni belgilaydi, temir
yo‘l tizimlarida DMKlarning ishlash xavfsizligi uchun ham muhimdir.
Temir yo‘l transport tizimlarida DMKni qo‘llash uchun talablar yuqori bo‘lib,
ularning ishonchliligi, xavfsizligi va elektrli muhitga mosligini ta’minlashga
qaratilgan. Shuningdek, DMKlar turli xalqaro standartlarga, xususan EN 50126, EN
50128, EN 50129, SIL, EMS va ISO 9001 kabi sertifikatlarga ega bo‘lishi shart. Bu
talablar temir yo‘l tizimlarining xavfsiz va samarali ishlashini ta’minlashga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
131
qaratilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Alphonsus, E. R., & Abdullah, M. O. (2016, July 1). A review on the
applications of programmable logic controllers (PLCs). Renewable and Sustainable
https://doi.org/10.1016/j.rser.2016.01.025
2.
Muhibul Haque Bhuyan and Md. Ahasanol Kabir PLC based Automatic
Railway Gate Control System. 2010 Conference: National Conference on Electronics
and Telecommunications for Digital Bangladesh At: Bangladesh Electronics Society,
Dhaka, Bangladesh – p. 136-138.
3.
Anjaly K S, Abhijith V Nair, Liji K, Ajay Krishnan K V, Stino Sathyan
Automation of Railway Signaling using PLC and SCADA. IJSRD - International
Journal for Scientific Research & Development| Vol. 4, Issue 02, 2016. – p. 1024-
1026.
4.
Kornaszewski, M. (2020). The Use of Programmable Logic Controllers in
Railway Signaling Systems. In Lecture Notes in Intelligent Transportation and
Infrastructure
(Vol.
Part
F1382,
pp.
104–111).
Springer
Nature.
https://doi.org/10.1007/978-3-030-39688-6_15
5.
Zhang, Z. G., Li, X. F., & Gan, Y. L. (2014). Railway crossing intelligent safety
alarming system design based on PLC. In
26th Chinese Control and Decision
Conference,
CCDC
2014
(pp.
5045–5048).
IEEE
Computer
Society.
https://doi.org/10.1109/CCDC.2014.6853077
6.
Georgieva, M., & Nenov, I. (2005). Implementation of microcontrolers in
railway automatic traffic control systems. In
28th International Spring Seminar on
Electronics Technology: Meeting the Challenges of Electronics Technology Progress,
2005
https://doi.org/10.1109/ISSE.2005.1491003
7.
Tomar, I., Sreedevi, I., & Pandey, N. (2023). Real Time Control System for
Metro Railways Using PLC & SCADA.
Intelligent Automation and Soft
Computing
,
35
https://doi.org/10.32604/iasc.2023.028163
8.
Tomar, I., Sreedevi, I., & Pandey, N. (2023). PLC and SCADA based Real
Time Monitoring and Train Control System for the Metro Railways
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
132
Infrastructure.
Wireless
Personal
Communications
,
129
(1),
521–548.
https://doi.org/10.1007/s11277-022-10109-1
9.
Okumura, I., Watanabe, T., Itoh, N., Mihira, R., & Shumacher, M. (2000). A
Method of Software Synthesis for Interlocking in Railway Signalling Using Safe PLC
(Programmable
Logic
Controller).
IEEJ
Transactions
on
Industry
Applications
,
120
(1), 88–95. https://doi.org/10.1541/ieejias.120.88.
10.
Dincel, E., Eris, O., & Kurtulan, S. (2013). Automata-based railway signaling
and interlocking system design.
IEEE Antennas and Propagation Magazine
,
55
(4),
https://doi.org/10.1109/MAP.2013.6645212
11.
Haque Bhuyan, M., Md Mamunur Rahman, S., Tarek, T., & Tofayel Tarek, M.
(2022). Design and Simulation of a PLC and IoT-based Railway Level Crossing Gate
Control and Track Monitoring System using LOGO.
IOSR Journal of Electrical and
Electronics
Engineering
(IOSR-JEEE)
,
17
(2),
13–23.
Retrieved
from
12.
Malakar, B., & Roy, B. K. (2015). Railway fail-safe signalization and
interlocking design based on automation Petri Net. In
2014 International Conference
on Information Communication and Embedded Systems, ICICES 2014
. Institute of
Electrical
and
Electronics
Engineers
Inc.
https://doi.org/10.1109/ICICES.2014.7034154
13.
Eriş, O., & Mutlu, I. (2010). Design of signal control structures using formal
methods for railway interlocking systems. In
11th International Conference on
Control, Automation, Robotics and Vision, ICARCV 2010
(pp. 776–780).
https://doi.org/10.1109/ICARCV.2010.5707824
14.
Durmuş, M. S., & Söylemez, M. T. (2009). Railway signalization and
interlocking design via automation Petri Nets. In
Proceedings of 2009 7th Asian
Control Conference, ASCC 2009
(pp. 1558–1563).
15.
Yang, Y., Zou, S. W., & Guo, J. (2005). Design and development of computer-
based interlocking system SWJTU-II.
Tiedao Xuebao/Journal of the China Railway
Society
,
27
(3), 118–123.
16.
Tarnai, G., & Sághi, B. (2000). Method for the Development of a Special
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
133
Railway Interlocking Subsystem.
IFAC Proceedings Volumes
,
33
(9), 471–476.
https://doi.org/10.1016/s1474-6670(17)38188-0
17.
Mecitoǧlu, F., & Söylemez, M. T. (2013). A uml modelling approach for a
railway signalization system simulator and scada system. In
IFAC Proceedings
Volumes
(IFAC-PapersOnline)
(Vol.
1,
pp.
77–82).
IFAC
Secretariat.
https://doi.org/10.3182/20130916-2-tr-4042.00030
18.
Mutlu, I., Ovatman, T., Söylemez, M. T., & Sümer, L. G. (2011). A new test
environment for PLC based interlocking systems. In
Proceedings 2011 International
Conference on Transportation, Mechanical, and Electrical Engineering, TMEE
2011
https://doi.org/10.1109/TMEE.2011.6199295