Authors

  • Gulshoda Berdiyeva

Author Biography

  • Gulshoda Berdiyeva

    Urganch Ranch texalogiyalar unversiteti 24.01 guruhi psixalogiya yo'nalishi magsrtanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118432

Keywords:

Maktab jamoasi qiziqarli ish oilaviy sharoit nazoratga olinish O’zlashtirishda orqada qolgan bolalar korreksin mashg’ulotlar Fil mashqi muammoni yechish vaqtni tog’ri taqsimlash Xushmuomala iqtidor ishonch tortinchoq mehr erkatoy qalb og`rig`i.

Abstract

O’zlashtirishda orqada qolgan o’quvchilar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. Barcha mamlakatlarda bo’lgani kabi yoshlarimiz orasida ham ta’lim olishda qiyinchilikga uchraydigan ammo qaysidir tamonlama iqtidorli farzandlar mavjud bo’lib, ularning ta’limiga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. “O’zlashtirishda orqada qolgan” bolalar bilan ishlash azaldan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

85

O’ZLASHTIRMOVCHI O’QUVCHILAR PSIXOLOGIYASI

Gulshoda Berdiyeva Urganch Ranch texalogiyalar unversiteti 24.01 guruhi

psixalogiya yo'nalishi magsrtanti

Annotatsiya: O’zlashtirishda orqada qolgan o’quvchilar bilan ishlashda

muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida

ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. Barcha mamlakatlarda bo’lgani kabi yoshlarimiz

orasida ham ta’lim olishda qiyinchilikga uchraydigan ammo qaysidir tamonlama

iqtidorli farzandlar mavjud bo’lib, ularning ta’limiga alohida e’tibor qaratish lozim

bo’ladi. “O’zlashtirishda orqada qolgan” bolalar bilan ishlash azaldan dolzarb

vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz.

Kalit so’zlar: Maktab jamoasi,qiziqarli ish, oilaviy sharoit, nazoratga olinish,

O’zlashtirishda orqada qolgan bolalar, korreksin mashg’ulotlar, Fil mashqi,

muammoni yechish, vaqtni tog’ri taqsimlash, Xushmuomala, iqtidor , ishonch,

tortinchoq, mehr, erkatoy, qalb og`rig`i.

Kirish.

Jamiyatimizda yoshlar tarbiyasida ayrim bo’shliqlar vujudga

kelayotganini dunyoqarashi past, bilimi zaif, yosh bo’lsada, jinoyatga qo’l urgan,

giyohvandlikga moyil, ichkilik va chekishga ruju qo’ygan, o’qishga qiziqmaydigan,

tarbiyasi og’ir bolalarning borligi tashvishli holdir. Bolaning maktab vaqtida

shakllanishida o’qituvchi, mutaxassis pedagog xodimlar, ya’ni sinf rahbarlari va

boshlang’ich sinf o’qituvchilarining roli kattadir. O’zlashtirishda orqada qolgan

o’quvchi qanday bo’ladi? Past o'zlashtirishuvchi o'quvchi o'quv fanlarni davlat ta'lim

standartlarida belgilab qo'yilgan darajada o'zlashtira olmayotgan ,bilim olishga

ishtiyoqi pasayib ketgan va o'ziga ishonchi yuqolgan o'quvchilardan biri bo'ladi.

Xo'sh, buning sabablari va muammo yechimi qanday bo'ladi? Vaziyatni sabablari

tahlili quyidagilarni keltirmoqda. O'quvchilarning past o'zlashtirishga quydagi

holatlardan biri yoki bir nechtasi bo'lishi mumkin.

-O'quv materialining umuman yoki qisman tushunmasligi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

86

- O'qituvchining mahorati yetishmasligi.

- O'quvchininig sinfda o'zini luda yomon his qilishi.

-O'rtog'lari oldida kamsitilishi.

- Tengdoshlari orasida yupin kiyinishi va nochorligi tufayli o'zini o'zi

kamsitishi.

-O'quvchini o'yinqaroqligi dankasaligi va xayol parastligi tufayli diqqatni

jamlay olmasligi.

-O'quvchi davomatini pastligi.

- O'qituvchi tomonidan past o'zlashtiruvchi o'quvchilar o'z vaqtida

aniqlanmasligi va e'tabor qaratilmaganligi.

-O'qituvchi past o'zlashtiruvchi o'quvchi hamda uning ota onasi bilan

muntazam, izchil reja asosida ish olib bormasligi.

- O'quvchining oilaviy ijtimoiy muhtidagi salbiy omillar.

- O'quvchining sog'ligi va psixikasi bilan bog'liq holatlar.

-O'quvchining dars qilishi, o'zlashtirishi va mustaqil ishlash uchun shart -

sharoitni yo'qligi.

-Ota- onasining doimiy nazorati va yordami yetishmasligi.

- O'quvchi ota-onasidan uzoqdaligi.

- Ota-ona va o'quvchi o'rtasida aloqa yo'qligi, bor bo'lsada ota-ona

e'tiborsizligi. -O'quvchi tarbiyasi birovlar qo'lida mutloqa nazoratsizligi tufayli va

boshqalar Ta’lim muassasasida o’zlashtirishda orqada qolgan o’quvchilar bilan

amalga oshiriladigan ishlar tartibi: O’zlashtirishda orqada qolgan bolalar uchun

alohida kuzatuv ishlarini olib borish; O’zlashtirishda orqada qolgan bolaning yashash

joyida ham nazoratga olinishini ta’minlash; Voyaga yetmagan oquvchilarning ijobiy

yoki salbiy tomonga o’zgarishini doimiy nazorat qilib borish; Mahallada hamda

maktabda O’zlashtirishda orqada qolgan bolaning qiziqarli ish bilan shug’ullanishini

ta’minlash. Maktab psixologi bilan hamkorlikda O’zlashtirishda orqada qolgan

o’quvchilarning psixik holatlarini kuzatib borish. Zamonaviy raqamli texnologiyalari

davrimizda ta’limning eng muhim sifatlari uchun sharoyitlar, imkoniyatlar juda xam

ko‘pdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

87

O‘qituvchi dars mashg‘ulotlarida maqsadga erishishda o‘zining mahorati,

qo‘llanilgan dars uslubi, o‘quv xonasining jihozlanganligi albatta o‘quvchini

ko‘nikma olishida muhim ro‘l hisoblanadi. Dars mashg’uloti maqsadi, mazmuni,

shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun

qo‘llaniladigan an'anaviy kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar

ma'lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni

tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan

pedagogik yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat va mezonlarini

tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi. Hozirgi kunning zamonaviy o‘qituvchisi

dars jarayonida «aktyor» emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi kerakligini anglashi

lozim. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak.

Shu yerda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Mustaqil o‘ylay oladigan tafakkur

yuritib to‘g‘ri ma’qqul va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni

shakillantirish va tarbiyalash kerak deb ta'kidlaydi hurmatli yurtboshimiz o‘z

nutqlarida. Ushbu yuqoridagi prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunning

o’qituvchisi xar tomonlama yetuk, bilim saviyaga ega bo’lgan, dunyo qarashi keng

bo’lgan motivator xam bo’lishi lozim. Hozirda kunda ta’lim tizimida o’quvchilar

amaliy ko’nikmalarni olishlarida muommolar kamroqday, lekin davomati past va

bo‘sh o’zlashtiruvchi uy ta’limida o’qiyotgan o’quvchilar uchun muommolar bor

desak adashmaymiz. Bu muommolarni bartaraf etishda hozirgi kunda qilinayotgan

ishlar zamirida maktablarda inklyuziv ta’lim joriy qilinishi, professor-o’qituvchilarga

qo‘ oliy ta’lim tizimlarida imkoniyati cheklangan o’quvchilar bilan ishlashda ilmiy

ishlarni ko’payganini guvohi bo’lyapmiz. Tadqiqotlar, kuzatishlar asosida ayta

olamizki, boshlang‘ich ta’lim davrida o‘quvchida o‘yin faoliyatining o‘rnini o‘qish

faoliyati egallaydi. O‘qib-o‘rganish bolaning vazifasi, ijtimoiy burchi bo‘lib qoladi.

O‘qish jarayonida u darsliklarini va o‘quv qurollarini saranjom saqlash, o‘z vaqtida

o‘rnidan turish, maktabga belgilangan vaqtda borish, uyga berilgan vazifalarni

bajarish yuzasidan ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. O‘quvchi tobora mas'uliyatli bo‘lib

boradi. Bilimlar bolaning saviyasini o‘stiradi, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi,

sezgilari va irodasining o‘sishiga ta'sir ko‘rsatadi. Biroq, bu davrda ham bolaning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

88

diqqati hali beqaror bo‘ladi. O’zlashtirishi past o‘quvchi xotirasida ham o‘zgarishlar

ro‘y beradi. O‘quvchida mustahkamlash yaxshi bo’lsa, ta’lim jarayonida o‘quv

materialining ko‘p qismini ixtiyoriy ravishda eslab qoladi. Shu bilan birga o‘z- o‘zini

doimo nazorat qilib borishi lozim. Buning natijasida o‘quvchining xotirasi

takomillashadi, tafakkuri va fikrlashi o‘sadi. Ular o‘zlari idrok etgan yoki tasavvur

qilgan narsalar haqidagina fikr yuritadilar. Mantiqiy tafakkurning dastlabki

ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Ma’lumki, tarbiya uzluksiz jarayon bo’lib, u inson

dunyoga kelishidan to umrining oxirigacha davom etadi. Bu jarayon davomida atrof-

muhitdagi voqe – hodisalar shaxsga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin va bu

uning shaxsiy fazilatlarining shakllanish darajasini belgilab beradi. Bu esa ta’lim

sohasi oldidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoning

yuzaga kelishi sabablarini chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, tug’ilgan bolaning

uni dunyoga keltirgan shaxslarning kimligi, ikkinchidan u qanday ijtimoiy muhitda

tug’ilib voyaga yetib, ulg’ayotganligiga e’tibor qaratish lozim. Shuningdek,

O’zlashtirishda orqada qolganlik bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog’lash

mumkin, ya’ni hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi ( uzluksiz televizor

ko’rish, kompyuterda xar hil o’yinlar o’ynash, internet tizimidagi norasmiy saytlar

orqali har xil nomaqbul axborotlarni o’zlashtirish ) yoki kattalarning e’tibori, oiladagi

iqtisod va hokazolar. “O’zlashtirishda orqada qolgan” degan ibora o’ta salbiy ma’noni

bildirmaydi. U yomon buzilgan, ishonchsiz bola emas. “O’zlashtirishda orqada

qolgan” bolaga alohida munosabat, e’tibor va individual yondashuv zarur. Har

qanday kasalni vaqtida davolagan maqul. E’tiborsiz qoldirilgan mayda-chuyda

narsadan katta baxtsizlikka duchor bo’lish ehtimoli tug’iladi. Bolani “O’zlashtirishda

orqada qolgan” holatga olib boruvchi yagona sabab yo’q. Shuningdek ularni

bilimsizlikdan sog’aytirib, mo’minqobil qilib qo’yadigan yagona shifobaxsh vosita

ham yo’q. Lekin shunisi ham aniq-ki, jamoatchilik nazoratining bo’shlig’i tufayli

og’irlashgan noqulay shart-sharoitlar, tarbiya ishlarida yuzakilikka yo’l qo’yish

o’smir hayotida salbiy oqibatlarga olib keladi. Tarbiya inson uchun kurash demakdir.

Bolaning qanday bo’lishi – bu shaxsiy ish bo’lmay, balki jamoatchilikni qiziqtirgan

muammodir bolani tarbiyalaganda, u qilgan munosabatining mohiyatini yaxshi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

89

anglamasligi oqibatida nima bilan tugashini hali tasavvur qila bilmasligini hisobga

olish ham muhim.

Quyida o’quvchilar bilan olib boorish mumkin bo’lgan mashqlar. “Fil

hikoyasi”. Bir fil qishloqqa kelib qolibdi. Bir-birini yetaklashib kelayotgan olti nafar

ko‘rlar filga duch kelishibdi. Ular bunday hayvonni ilk bor uchratishlari ekan.

Birinchi ko‘r odam filning yoniga kelib: «Fil katta devorga o‘xshaydi», debdi.

Boshqasi filning dumini ushlab “fil arqonga o‘xshaydi” debdi. Uchinchi ko‘r odam

filning oyog‘iga urilib: «Ikkalangiz ham adashyapsizlar. Fil katta daraxt tanasiga

o‘xshaydi debdi. To‘rtinchisi filning qulog‘ini paypaslab debdi: "Fil yelpig‘ichga

o‘xshar ekan".Beshinchi ko‘r odam fil tishiga urilib: - Senlar nima deyabsanlar o‘zi!

Fil nayzaga o‘xshaydi’ debdi. Yo‘q, - debdi oltinchi ko‘r, filning xartumini ushlab: -

Fil ilonga o‘xshaydi! Ular filning nimaga o‘xshashligi haqida tortishib, hali hamon

yo‘l ustida o‘tirishgan deyishadi. Ular fil haqida qisman taassurotga ega bo‘lishgan

edi, xolos. Agar ular barchasini umumlashtira olganlarida haqiqatga yaqin kelishgan

bo‘lardi..

•Ushbu hikoya fikr almashish, nizolarni hal qilish, empatiya va bugungi

mavzu, ya’ni muammolarni hal qilish singari asosiy hayotiy ko‘nikmalar kursida

ishtirokchilar o‘rgangan ko‘nikmalariga qanday bog‘liqligi haqida munozara olib

boring. Quyidagi savollarning barchasini yoki bir nechtasini so‘rang: -Ushbu

hikoyadan qanday hulosa chiqardingiz? -Shu hikoya kabi vaziyatga o‘z hayotingizda

duch kelganmisiz - vaziyat barchaga turlicha ko‘rinadi? 60 -Qay tarzda turli xil nuqtai

nazarlar qaror qabul qilishni yoki muammoni hal qilishni osonlashtiradi yoki natijada

yaxshiroq echim topishga ko‘mak beradi? Ular doskada fil voqeasi asosida misollar

keltirib, u yerdagi muammo va uning yechimini keltirib berishdi Xulosa qiling: har

birimizning o‘z o‘tmishimiz, o‘z nuqtai nazarimiz bor. Agar biz birgalikda ishlasak,

yashasak va o‘ynasak, biz bir-birimizning nuqtai nazarimizni hurmat qilish yo‘llarini

izlashimiz lozim. Shuningdek, biz bir-birimizdan o‘rganishimiz va imkoniyatlar

haqida ko‘proq tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin (masalan, ko‘r odamlar singari

boshqalarning nfikrini hisobga olsak). Bu hikoya metaforadir. Shu bilan birga, yagona

yechim bo‘lmay, barcha muammoga ko‘plab yechimlar topish mumkinligini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

90

ta’kidlang “Real hayotiy muammolar”. O‘zingiz aniqlagan muammoni hal qilish va

tahlil qilish uchun guruhingiz bilan (yoki sheriklaringiz bilan) ishlang. Ish daftaridan

qo‘llanma sifatida foydalaning va fikrlaringizni baham ko‘rishga tayyor bo‘ling.

Shuni yodda tutingki, turli xil javoblar «to‘g‘ri» sanalib, bu vaziyatda ko‘plab

natijalar bo‘lishi mumkin. Guruhlardan o‘z hulosalarini topshrishlarini so‘rayman.

•Ishtirokchilarga 5 daqiqa vaqt bering, so‘ng har bir guruhdan hisobot berishlarini

so‘rang. Ayting:” Hozirgacha qanday xulosaga kelganingizni eshitaylik. Dastlab har

bir guruh muammoni hal qilganliklari to‘g‘risida hisobot berishlarini istardim”.

•Muammoni hal qilish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshiring va har bir

guruhni o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishga chaqiring. Ehtimol, bu ba’zi bir qiziqarli

fikrlarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki guruhlar muammoga boshqa burchakdan

qarashlari yoki turli xil variantlarni tanlash ustidan o‘ylashlari mumkin.

XULOSA Yoshlarimiz dars mavzusini uning mohiyatini qisman yoki

umuman tushunmasligi bola bu holatni o'zi tushunmasligi mumkin.Yoki anglasa ham

aytishga tortinishi mumkin.Bu holatda o'qituvchi o'zining pedagogik mahoratini ishga

solib, dars mavzusini soddalashtirib,o'xshash misollar yordamida yotig'I bilan

tushuntirishi

mumkin.Yoki

har

xil

o'yinlar

yordamida;

masalan;''Eng

birinchi''[Topshiriq sodda qlib beriladi, vaqt belgilanadi, javobni past o'lashtiruvchi

o'quvchidan so'raladi. Javob kam bo'lsa ham ijobiy tomoni ko'proq oshirilrb maqtab,

harakatlarini qo'llab- quvvatlab o'zi biladi, o'zi aytadi faollikka jalb etishi

lozim.Rasmlar orqali topshiriq beriladi.Javobni bo'sh o'zlashtiradigan o'quvchidan

so'raladi. Eng birinchi vazifani bo'sh o'zlashtiradigan o'quvchidan doim so'ralsa bu

toifa o'quvchi o'z ustida izlanib tayyorgarlik ko'rib darsda faol bo'ladi.E'tiborsiz

o'tirmaydi. O'quvchi sinfda o'zini erkin his etmasa bu o'quvchida o'zida ishonch va

mehr yetishmaydi. O'qituvchi xushmuomalali bo'lib bu o'quvchini hech kimdan kam

emasligini unda ham iqtidor borligini takror va takror aytib o'ziga ishonchini

o'yg'otish shart Bu toifa o'quvchilarga alohida mustaqil topshiriq berib javobini bir

ozdan so'ng so'ralsa o'quvchida ishonch tuyg'usi paydo bo'la boshlaydi.Har bir darsda

o'quvchiga e'tibor berilsa o'quvchini o'ziga bo'lgan ishonchi to'la kamol

topadi.O'quvchi mavzuni noto'g'ri aytsa savollarga javob berolmasa sinfdoshlari uni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

91

ustidan kulsa bu o'quvchi darsda umuman gapirmaslikni, jim o'tirishni afzal ko'radi.

Bu toifa o'quvchini gapirtirishdan avval o'qituvchi o'quvchilarga hech kimni javobi

noto'g'ri emas siz qo'rmasdan fikringizni ochiq bayon qiling deb o'quvchini quvvatlab

borish yaxshi samara beradi. Bu usulda mavzuni to'g'ri yoki 61 noto'g'riligida emas

,o'quvchi tengdoshlari oldida o'z fikrini bayon eta olishida.E'tiborni shunga qaratish

kerak.Navbatdagi javobda qisman haqsan , lekin mana bu fikring salgina noto'g'ri deb

to'g'rilab yuborish lozim.O'quvchi fikrini erkin bayon qilishga shart - sharoit yaratish

muhim. Agar o'quvchida dankasalik ,o'yinqaroqlik sezilsa, mavzuga qiziqmasa

,diqqatni darsga jalb etolmasa u holda bu toifadagi o'quvchilar uchun sinfda musabaqa

tashkil etib har bir savol , topshiriqni to'g'ri, aniq bajarishga jalb qilib, uni

rag'batlantirib borish yaxshi natija beradi..Masalan; ona tili va adabiyot, tarix,

geografiya va boshqa fanlardan ‘'Ertak”, Egizaklar”, 'Auksion”, ”Janjir” kabi o'yinlar

orqali bu toifa o'quvchilarga dars mavzusini tushuntirish mumkin.Kim bu - ballni

qo'lga kiritsa o'qituvchidan sezilarli rag'bat olsa va o'zi ham nimagadir qodir

ekanligini his qilsa eng o'yinqaroq ,past o'zlashtiruvchi o'quvchi shu onda eng faol

o'quvchiga aylanadi. Aziz ustozlar va ota-onalar farzandingizga psixologik

muammolarni bartaraf etishda, ulg’ayish azobining oson kechishini istasangiz

quyidagilarga ahamiyat bering: “Gо’zal sifat va husni xulq siyratlari bezamagan

kishini hech qanday chiroyli kiyimlar kо’rkam qilolmas, gunoh va xatolardan

saqlanmagan kimsaning qalbi sira aybdan forig’ bо’lmas!”

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR/ИСПОЛЬЗУЕМАЯ

ЛИТЕРАТУРА/REFERENCES:

1. Doston Xolmatov “Hikoyalarda davr va qahramon masalasi” maqola. SCIENTIFIC

PROGRESS Farg’ona davlat universiteti

2. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. –T., “Ma’naviyat”, 2000. -112 bet

3. B. Shukurova “Yangi davr hikoyachiligining o’ziga xos xususiyatlari”

“O’zbekistonda ilmiyamaliy tadqiqotlar” Respublika ilmiy konferensiyasi

4. Tadjiyeva S.N. Sabirova.A.D. “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” Kurs o’tkazish

uchun xrestomatiya.