MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
81
TALABALARDA MA`NAVIY-AXLOQIY MADANIYATNI
RIVOJLANTIRISHDA JADID PEDAGOGIKASINING AHAMIYATI
Raxmatova Dilbar Anvar qizi
Profi University Navoiy filiali o’qituvchisi
Navoiy davlat pedagogika universiteti doktaranti
Annotatsiya:Ushbu maqolada jadid pedagogikasi vositasida talabalarning
ma'naviy-axloqiy madaniyatini rivojlantirish hamda ularda jadid pedagogikasining
ahamiyati hamda uning dolzarbligi haqida ma'lumotlar ochib berilgan.
Biz uchun
jadidchilikning sinovdan o‘tgan amaliy tajribasi Yangi O‘zbekiston va Uchinchi
Renessansni bunyod etishning muhim ma’naviy-nazariy manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Chunki jadidlarning g‘oya va dasturlari, davlatimiz rahbari e’tirof etganidek, Yangi
O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.
Kalit so‘zlar:Jadid adabiyoti, madaniyat, tarbiya, axloq, pedagogik
meros,umuminsoniy sifatlar, barkamol inson
Annotation: This article reveals information about the development of
spiritual and moral culture of students with the help of modern pedagogy and the
importance of modern pedagogy and its relevance. For us, the tested practical
experience of Jadidism serves as an important spiritual and theoretical source for the
creation of New Uzbekistan and the Third Renaissance. Because the ideas and
programs of the Jadids, as the head of our state admitted, are in every way compatible
and in harmony with the strategy of building New Uzbekistan.
Key words: Ancient literature, culture, education, morals, pedagogical
heritage, universal human qualities, perfect person
Аннотация: В данной статье раскрываются сведения о развитии
духовно-нравственной культуры учащихся с помощью современной педагогики,
а также о значении современной педагогики и ее актуальности. Для нас
апробированный практический опыт джадидизма служит важным духовно-
теоретическим источником создания Нового Узбекистана и Третьего
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
82
Возрождения. Потому что идеи и программы джадидов, как признал глава
нашего государства, во всех отношениях совместимы и гармонируют со
стратегией строительства Нового Узбекистана.
Ключевые слова: Античная литература, культура, образование, этика,
педагогическое наследие, общечеловеческие качества, совершенный человек.
Kirish:
Jadid pedagogik merosi vositasida talabalarning ma'naviy-axloqiy
sifatlarini
tarbiyalash
va rivojlantirish dolzarb masaladir.Milliy
o‘zlikni
shakllantiradigan uchlik – o‘tmish, bugun va kelajak hamma davrlarda ham
zamonning ziyolilari, xalqning kelajagi uchun qayg‘uradigan fidoyilarning diqqat
markazida bo‘lib kelgan. Ayni kunda ham bu haqiqatni yanada teran anglash, yangi
rivojlanish bosqichida boy milliy tajribadan samarali foydalanish masalasiga davlat
darajasida katta ahamiyat qaratilmoqda. Avvalo, Renessans pedagogikasi tarixiga
qisqa nazar tashlasak. O‘zbekiston hududida birinchi Renessans pedagogikasi
Sharqda pedagogik fikrlar rivojlanishi uchun katta hissa qo‘shgan Muhammad
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar nomi bilan
boshlanadi. Yevropa va Amerikada XX asrning 50-yillarida paydo bo‘lgan
insonparvarlik pedagogikasi aslida Sharqdagi ilk Uyg‘onish davri pedagogikasining
tub mohiyati va negizini tashkil etgan. Ikkinchi Renessans pedagogikasining paydo
bo‘lishi va taraqqiyoti esa temuriylar saltanati bilan bog‘liqdir. Bu davrda yashab ijod
qilgan Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburning faoliyati
va ilmiy-pedagogik qarashlari tahsinga sazovordir. Mirzo Ulug‘bek o‘z davrida uchta
(Buxoro, Samarqand va Gʻijduvonda) madrasa qurdirib, oliy ta’lim tizimini tubdan
isloh qilgan. Mirzo Ulug‘bek madrasalaridagi ta’lim olish uch bosqichni (anda, aust,
a’lo) o‘z ichiga olib, diniy va dunyoviy bilimlarni mukammal o‘rgatuvchi chinakam
ma’nodagi oliy ta’lim muassasasi namunasi bo‘lgan. E’tibor qaratilsa, bugun jahonda
oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash bosqichlarining (bakalavr, magistr,
doktorantura) yorqin namunasi Mirzo Ulug‘bek tomonidan ilk bor amalga
oshirilganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tganlaridek,
mamlakatimizda “Uchinchi Renessansni yigirmanchi asrda ma’rifatparvar jadid
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
83
bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar
zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va
qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch
va imkoniyatlarini safarbar etganlar va shu yo‘lda o‘zlarining aziz jonlarini ham
qurbon qildilar. Ular “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan hadisi
sharifni hayotiy e’tiqod deb bildilar”. Uchinchi Renessansga erishish o‘z navbatida,
yangi Renessans pedagogikasini yaratishni talab etadi. Bu esa milliy Uyg‘onish peda-
gogikasi atoqli vakillarining ilmiy-pedagogik, adabiy merosini chuqur o‘rganish
hamda innovatsiya va tarixiy tajribani uyg‘unlashtirishni taqozo qiladi.Keling siz
bilan jadid adabiyoti bilan talabalarda ma`naviyatni,axloqni,o`zlikni,adolatni
shakllantirishga xizmat qiladigan bir qator jihatlarini ko`rib chiqamiz.Abdulla
Qodiriy romanlarini sevib o‘qishining sababi shundaki, ularda milliy tafakkur
shu’lalari balqib turadi. Butun bu asarlarni o‘qish davomida o‘quvchining ruhiy olami
o‘zgaradi, insoniyatga xos bo‘lgan yaxshi fazilatlar bilan uchrashadi, ba’zida esa bu
fazilatlarning xira tortganligi uni iztirobga soladi. “O‘tkan kunlar” romanini o‘qish
jarayonida o‘quvchi o‘zbek millatiga xos odob-axloq ko‘rinishlarining guvohi
bo‘ladi,muomala madaniyatining turli qirralariga duch keladi, ota va farzand
munosabatlaridagi o‘ziga xos nozik jihatlarni anglaydi. “Mehrobdan chayon”
romanini o‘qish jarayonida o‘quvchi har xil kayfiyatga tushadi:bu dunyoning
adolatsizligidan bir xafa bo‘lsa, asar qahramoni Anvarning erishgan kamolotidan bir
xursand bo‘ladi, bir mulohaza qiladi oilaviy munosabatlardagi sharqona odob
xususida, bir o‘yga toladi davlat boshqaruvidagi adolatsizliklarni o‘ylab.[3]
Shuningdek,o‘quvchi
asarda
do‘stga
sadoqat,
muhabbatda
vafo
kabi
tushunchalarning mazmun-mohiyatini chiroyli satrlarda, ta’sirchan tasvirlarda ko‘ra
oladi.O‘z asarlarida o‘zini qiynayotgan muammolarni, qalbini og‘ritayotgan
og‘riqlarni qalamga olishga odatlangan Cho‘lponning “Kecha va kunduz”romani ham
o‘quvchi ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustamlaka
zulmidan ezilayotgan xalqning nochor ahvolini, jamiyat tanazzulini ochiq-oydin
yoritib beruvchi ushbu asar bilan tanishar ekan, kitobxon asar voqealari asosida inson
qadri naqadar arzon ekanligi, ayniqsa, ayol zotining jamiyatda hech qanday o‘rni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–4_ Апрель –2025
84
mavjud emasligi, jaholat botqog‘iga botgan ota ochko‘zligi sabab hali voyaga
yetmagan Zebining aybsiz aybdorga aylanishi, hech bir jinoyat qilmagani holda
gunohkorga hisoblanishi, aybdor sifatida surgun qilinishi kitobxon qalbini nafratga
to‘ldiradi, ijtimoiy tengsizlik, davlat boshqaruvidagi adolatsizlik kabi asarning
mazmun-mohiyatini tashkil etuvchi voqea-hodisalar tasviri uni o‘ylashga majbur
qiladi.Abdulla Avloniy tomonidan yaratilgan “Turkiy Guliston yoxud
Axloq”asarinio‘rganish orqali har bir o‘quvchi kitobxon o‘zida mavjud sifat-
xislatlarni atroflicha mushohada etadi, yaxshini yomondan, oqni qoradan farqlashni
o‘rganadi. Asarda keltirilgan fikrlar, yaxshi va yomon xulqlar tavsifi, fikrlar isboti
sifatida keltirilgan kichik hikoyalar o‘quvchilarning kelgusida ma’naviyatli shaxs
bo‘lib voyaga yetishlarida muhim rol o‘ynaydi. Faqat ma`lumotlar o`quvchi
shaxsining yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib taqdim etilgandagina
samara beradi [1]
Behbudiyning “Padarkush” asari bugungi kun o`quvchsi uchun jo`n va sodda
tuyulgan bu asar orqali o`quvchi o`z farzandining taqdiriga befarq,har narsani faqat
pul, boylik bilan o`lchaydigan ota va uning taqdiri , farzandiga to`g`ri tarbiya
bermagan, natijada taqdir sinovlari oldida nochor qolgan onaning holati o`quvchini
mulohazaga undaydi[2]
Xulosa:
Bugungi kunda adabiyot ta’limining yetakchi xususiyatlarini
о‘quvchi ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mustaqil fikrlash salohiyatini
rivojlantirish, adabiyotga mehrini, hurmatini оshirish, badiiy asarlar vositasida
о‘quvchilarni о‘zga odamlar qalbini anglashga о‘rgatish, о‘zgalar dardini anglashga
yо‘llash kabilar tashkil etmoqda.Ta’lim-tarbiya olish, ilm vositasida komillikka
erishish istagida bo‘lgan har bir o‘quvchi uchun jadid adabiyoti muhim vosita bo‘lib
xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Sharofuddinov O. Cho`lponni anglash. Toshkent 1998 [1]
2.
Normatov U. O`tkan kunlar hayrati .Kaimov N XX asr adabiyoti manzaralari
Toshkent O`zbekiston , 2008 [2]
3.
Qirg`izova O.Jadid adabiyotining bugungi kunda tutgan o`rni. Namangan 2020 [3]