Authors

  • Nosirova Feruza Baxodir qizi
  • Tilavova Matlab Muhammedovna

Author Biographies

  • Nosirova Feruza Baxodir qizi

    Osiyo xаlqаro univеrsitеti

    Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim) yo’nalishi

    MM2-BT-23 guruh talabasi

  • Tilavova Matlab Muhammedovna

    ilmiy rahbarim

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118439

Keywords:

ta’limni texnologiyalashtirish texnologiya pedagogika AKT pedagogik jarayon.

Abstract

Ushbu tezisda Ijtimoiy zaruriyat mahsuli bo‘lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oraligida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini berdi. Ushbu maqolada ta’limni texnologiyalashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish imkonlari tahlil qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

46

TALIMNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHIDA PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYANING MOHIYATI VA MUAMMOLARI

Osiyo xаlqаro univеrsitеti

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim) yo’nalishi

MM2-BT-23 guruh talabasi

Nosirova Feruza Baxodir qizi

ilmiy rahbarim:

Tilavova Matlab Muhammedovna

Annotatsiya:

Ushbu tezisda Ijtimoiy zaruriyat mahsuli bo‘lgan texnologiya

sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt oraligida, kam jismoniy kuch

sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini berdi. Ushbu

maqolada ta’limni texnologiyalashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish imkonlari

tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

ta’limni texnologiyalashtirish, texnologiya, pedagogika, AKT,

pedagogik jarayon.

So‘nggi yillarda ta’limda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish

masalasi tobora ortib bormoqda. Bu nafaqat yangi texnik vositalar, balki o‘qitishning

yangi shakllari va usullari, o‘quv jarayoniga yangi yondashuv. AKTni pedagogik

jarayonga kiritish o‘qituvchining jamoadagi obro‘sini oshiradi, chunki o‘qitish

zamonaviy, yuqori darajada olib boriladi. Bundan tashqari, o‘qituvchining o‘zini o‘zi

qadrlashi o‘sib bormoqda, uning kasbiy vakolatlarini rivojlantiradi.

XX asrning 60-yillarning boshlarida talimni dasturlash asosida talim

jarayonini tashkil etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi

omil sifatida ko‘rila boshlandi. Dasturiy talim bolalarga muayyan bilimlarning

alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Talim

jarayonini yaxlit, maqbul dasturga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQSH da

faoliyat yurita boshlagan. “Dasturiy talim va o‘rgatuvchi mashinalar bo‘yicha


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

47

birlashgan Qo‘mita” tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy talim o‘zida talim

maqsadlari, ularni o‘zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda

talim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi. Bu esa o‘zgartirish majmuasini

to‘laligicha qayta tashkil etish tushunchasi mazmuniga mos keladi. Davlat ta’lim

standarti talablarini amalga oshirish sharoitida texnologiyalar eng dolzarb bo‘lib

qolmoqda:

1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

2. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi

3. Dizayn texnologiyasi

4. Ta’limni rivojlantirish texnologiyasi

5. Sog’liqni saqlash texnologiyalari

6. Muammoli ta’lim texnologiyasi

7. O‘yin texnologiyalari

8. Modulli texnologiya

9. Seminar texnologiyasi

10. Case texnologiyasi

11. Integratsiyalashgan ta’lim texnologiyasi

12. Hamkorlik pedagogikasi.

13. Darajani farqlash texnologiyalari

14. Guruh texnologiyasi.

15. An’anaviy texnologiyalar (sinf tizimi)

XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz

bergan inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur’ati

moddiy ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g’oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib

borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini

taminlaydi.

Xizmat ko‘rsatish sohalarining paydo bo‘lishi, yangicha turmush tarzi

kishilarning moddiy va manaviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi.

Ijtimoiy ehtiyojlarning yangilanib hamda ortib borishi o‘z navbatida ularning qisqa

muddatda va sifatli qondirilishini tamin etuvchi faoliyatning yo‘lga qo‘yilishini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

48

taqozo etadi. Ijtimoiy zaruriyat mahsuli bo‘lgan texnologiya sohasi va uning

takomillashib borishi qisqa vaqt oraligida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak

sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini berdi.

Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga

talim berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan

bo‘lsa, bugungi kunga kelib talim jarayonini tashkil etishga nisbatan o‘ta qatiy hamda

murakkab talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan

ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to‘laqonli anglash imkoniyatiga ega,

favqulodda ro‘y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal

eta oluvchi malakali mutaxassisni tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj talim

jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishni taqozo etmoqda. Shu bois,

ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika

fanining vazifalari doirasi kengayib bormoqda.

Ayni vaqtda, Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi

kirib kelmoqda va keng ko‘lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor suratda qabul

qilib olish, ularni taxlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish,

xulosalash hamda bolaga etkazib berishni yo‘lga qo‘yish talim tizimi oldida turgan

dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Talim-tarbiya jarayoniga pedagogik

texnologiyani tatbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga

xizmat qiladi.

Hozirgi vaqtda turli manbalardan ma’lumot olish, undan foydalanish va uni

yaratish qobiliyati zarur. AKTdan keng foydalanish o‘qituvchi uchun o‘z fanini

o‘qitishda yangi imkoniyatlarni ochib beradi, shuningdek uning ishini sezilarli

darajada osonlashtiradi, o‘qitish samaradorligini oshiradi va o‘qitish sifatini

yaxshilaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Sh.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz. T. Oʻzbekiston. 2017-y.

2. Oʻzbekiston Respublikasining “Talim toʻgʻrisida”gi Qonuni 2020-yil 24- sentabr.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_Апрел –2025

49

3. Oʻ.Q.Tolipov, M.Usmonxoʻjayeva “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy

asoslari” T-“FAN” 2006-yil.

4. J.Gʻ.Yoʻldoshev, F.Yoʻldosheva, G.Yoʻldosheva “Interfaol talim -sifat kafolati”

Toshkent-2008-yil.