Authors

  • Inobat Bazarbayeva

Author Biography

  • Inobat Bazarbayeva

    Qoraqalpoq davlat universiteti, magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118443

Keywords:

: tip tipik xarakter obraz timsol xarakter qahramon zamonaviy.

Abstract

Ushbu maqolada barcha insoniy xususiyatlarni oʻzida jam qilgan, badiiy adabiyotda oʻrnini yoʻqotmaydigan tipik xarakter boʻlmish “Ota” obrazi Nabi Jaloliddinning “Ota” hikoyasi orqali muayyan guruh ijtimoiy tabaqa sinf vakillarining maʼlum davradagi xususiyatlarini va iroda yoʻnalishini, matonatini, chidamliligini, mehr-oqibatni, ota timsoli orqali koʻrsatib beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

15

BADIIY ADABIYOTDA “OTA” OBRAZI TALQINI

Inobat Bazarbayeva,

Qoraqalpoq davlat universiteti, magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada barcha insoniy xususiyatlarni oʻzida jam

qilgan, badiiy adabiyotda oʻrnini yoʻqotmaydigan tipik xarakter boʻlmish “Ota”

obrazi Nabi Jaloliddinning “Ota” hikoyasi orqali muayyan guruh ijtimoiy tabaqa sinf

vakillarining maʼlum davradagi xususiyatlarini va iroda yoʻnalishini, matonatini,

chidamliligini, mehr-oqibatni, ota timsoli orqali koʻrsatib beradi.

Kalit soʻz: tip, tipik xarakter, obraz, timsol, xarakter, qahramon, zamonaviy.

Abstract: In this article, the image of "Father", a typical character who

embodies all human characteristics and does not lose its place in fiction, is presented

through the story "Father" by Nabi Jalaluddin, which shows the characteristics of a

certain group of social class representatives in a certain period and the direction of

will, fortitude, endurance, kindness, through the image of the father.

Keywords: type, typical character, image, image, character, hero, modern.

Абстрактный: В данной статье рассматривается образ «Отец»,

типичного персонажа, не теряющего своего места в художественной

литературе, «Отец», включающий в себя все человеческое производство, по

той информации, которую определенная группа социального класса

показывает через рассказ «Отец», по информации, которую определенная

группа показывает социальный класс, проблемы и руководство волей,

родителями, поступками, поведением, руководство в норме, последствия

родителей, разрушение родителей позволяет.

Ключевые слова: медицина, типический персонаж, образ, символ,

персонаж, герой, современник.

Hikoyada davr va qahramon masalasi ijtimoiy hayot tasviri, xarakter talqini

asarning asosiy binoni tashkil etadi. Yozuvchi bu tushunchalarning barchasini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

16

mukammallashtirgan holda hikoyani yaratadi. Hikoya uzoq davrdan beri didaktik

maʼno kasb etib insonlarga oʻzgalar turmushi orqali xulosa chiqarish va ularni

yaxshilikka yetaklash, insoniy fazilatlarni shakllantirish uchun xizmat qilib kelgan

ham hikoya janri badiiy adabiyotda tarbiyaviylik jihati ustuvorligi bilan ham alohida

ahamiyatga egadir. Mana shu barcha xususiyatlarni Nabi Jaloliddinning “Ota”

hikoyasi orqali koʻrish mumkin. Hikoya hayotiy lavhalar asosida qurilgani, ortiqcha

boʻrttirilmagan tasvir va ohang sezilmaydi. Yozuvchi ochib bermoqchi boʻlgan asosiy

gʻoya va mazmun ota obrazining qanchalik fidoyiligi, mehr-oqibati va oilaga boʻlgan

masʼuliyati, shuningdek, otaning har qanday holatda ham farzandlarini yaxshi

koʻrishi mehr-oqibat koʻrsatishi faqatgina oʻzining farzandlarigagina emas balki

butun dunyo bolalariga ham otalik qila olishi mumkin.

Shuningdek, zamonaviy jamiyatda ota-onaga nisbatan befarqlik tushunchasi

ham oʻrinli qoʻllangan. Bolakay boshqa bir insonning farzandi boʻlsa ham ota

oʻzining jonini bir bahya boʻlsa ham oʻylamaydi, hatto oqib ketayotgan bolakayning

qoʻlchasini koʻrishi bilanoq tanasidagi kuchsizligu, oyogʻidagi ogʻriqni ham unutib

bolakayni qutqarishga shoshiladi. “Toʻlqinchalar...Birdan oʻsha toʻlqinchalar

bagʻrida kichkina qoʻl koʻringanday boʻldi. “Yo Ollo”" deya oʻrnidan turib ketdi va

haligi qoʻl koʻringan yoqqa qattiqroq tikildi. Chol baxtiyor qoʻlidagi tasbehni yerga

tashladi. Qirgʻoq yoqalab oqin sari yugura boshlarkan chakmonini yanada tezlatdi. U

jon xolatda yugurarkan bolaga yetib olishiga ishongan joyda oʻzini suvga otdi.

Nihoyat sohilga yetib bolani qirgʻoqqa chiqardi. Shu payt hali suv ichida boʻlgan chol

ogʻir va iztirobli bir ingranib, suv ostiga choʻka boshladi.

Hikoya otaning daryoga choʻkishi bilan tugarkan, boshlanishi ham daryo bilan

boshlanadi: “Hov naridagi ko‘prik ustida qiy-chuv qilib o‘ynayotgan bolalarning

ovozi xayolini bo‘ldi. Daryo uzra yo‘l solgan bu ko‘prik uning bolalik paytlarida hali

qurilmagandi, odamlaru ot-ulovlar kechuvdan o‘tishardi. Yillarning shitobligini

qarangki, qirq yilning nari-berisida qurilgan mana shu ko‘prik ham go‘yo azaldan bor

bo‘lganday tuyuladi”. Bu yerda yozuvchi daryo orqali qahramonga barcha yoshlik,

gʻanimat vaqtlarini yodiga soladi. Daryo ham o’qishdan toʻxtamagani kabi vaqt ham

oʻtishdan toʻxtamaydi. Hayot esa vaqt oʻtgan sari insonni oʻzgartiradi, kuchli qiladi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

17

har qanday musibatga ham ruhan tik tura oladigan qiladi, ammo badanidagi kuchini

esa asta-sekin oladi, yoshlikda bemalol daryodan suzib oʻta oladigan bolakay

qariganda suzib oʻtgan daryosidagi suvga ham qoʻl solishga oʻylanib qoladi. Xuddi

shu holat hikoyaning boshlanishida qahramonning monologida kuzatiladi”.

Mana shu tezoqar daryoning bu betidan narigi betiga hatto oʻn ikki

yasharligidayam bemalol suzib oʻta olardi. Endi esa goho suvga qoʻl solgani ham

oʻylanib qoladi. Bu yerda insonning eng goʻzal chogʻlari boʻlmish bolalikni yozuvchi

oʻzining uslubiy mahorati bilan chiroyli tarzda tasvirlab beradi. Bu jumlalar, oʻqigan

insonni taʼsirlantirmasdan qolmaydi. Hatto hissiz insonning ham etini jimirlatadigan

darajada yoshlik davrini yozuvchi oʻzining oltin qalami bilan daftarga chizadi.

Hikoyada ota-anʼanaviy qadriyatlarga sodiq farzandlari uchun hayotini bagʻishlagan

mehribon inson. Uning fojiasi umrining soʻnggi yillarida yolgʻizlikni his qilishidir.

Farzand esa zamonaviy jamiyatda ulgʻaygan oʻz shaxsiy hayoti bilan band boʻlib, ota-

onaga boʻlgan masʼuliyatini unutayotgan avlod vakillaridir. Ota-onalar doimo

farzandlari uchun yashashadi.

Baʼzi manbalarda berilishicha, ilk inson yaʼni Odam Ato va Momo havoning

ham ota-onasi yoʻq, oʻzlari ota-ona boʻlishgan. Shuning uchun ham ota-onalar doimo

farzandlarini oʻylab yashaydilar. Farzandlar esa oʻzlarining farzandlari uchun

yashaydilar. Bu orada dunyoga kelishimizga, hech kimdan kam qilmasdan oʻstirgan,

baxtli boʻlishimizga sababchi boʻlgan ota-onalarimizni unutmasligimiz kerak. Ammo

hozirgi zamonaviy dunyoda avlodlarda katta tafovut kuzatilmoqda. Buni hikoyada

ham kuzatish mumkin”. Shunday katta dargohda hech kim qolmadimi, nima balo?

Zum oʻtmay chetroqdagi uydan kampiri chiqib keldi. - Necha (namuncha) hammayoq

huvillab ketibdi?”.

Yaʼni chol oʻzini yolgʻiz his qila boshlaydi, chunki farzandlari uning borligʻi,

hatto ular yoʻq boʻlsa nafasi qisib qoladiganday tuyuladi. Ota masʼuliyatni oʻzida his

qilgani uchun ham hayotning ogʻir-yengilni koʻrgani uchun ham qarorlarini berishda

ham eʼtiborli, shuningdek oʻgʻli va kelinini yarashtirib qoʻyishda ham oqilonalik bilan

osongina oralarini yaxshilaydi. “Chol biron tadbir o‘yladimi, bir pas jim qoldi, so‘ng:

— O‘g‘liyni chaqir, moshinani yurgizsin.— dedi buyruq ohangida. Borib keliniyni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

18

uyiga obkeb qo‘y-da, moshinani menga jo‘nat. O‘zim borib, ashi xotin uradiganminan

bi-ir gaplashib qo‘yay”. Otaning bolalariga tarbiyasini har bir holatda koʻrish

mumkin, faqatgina tarbiya bilan ham cheklanmay, bilim ham berganini koʻrish

mumkin: “U shunday tarbiya bergan, chunki azali baqir-chaqir qilib yetti mahallani

boshiga koʻtaradigan oilalarni yoqtirmaydi. Ahillik, baraka-xotirjamlikda, deydi...

Toʻngʻich oʻgʻli mana shu xoʻjalikda rais, ota kasbini qilib, yer bilan oshno tutindi.

Ikkinchi oʻgʻli katta odam — vazir, Toshkentda yashaydi. Keyingi ikki oʻgʻli —

muallim. (Ularning biri maktab direktori.) Undan keyingisi gazetada ishlaydi —

journalist”. Shu sababli ham otaning farzandlari har tarafdan yetuk boʻlib voyaga

yetadi.

Shunday boʻlishiga qaramasdan, ota umrining oxirlariga borib anchagina

yozlgʻizlanib qoladi: “Kampiri bilan oʻgʻli chiqib ketishgach, hayhotdek hovlida bir

oʻzi qolib, qulogʻi battar huvilladi. Nevaralarni obkeltirmasam boʻlmaydi shekilli,

deya oʻylab qoʻydi. Bu noxush sukunatdan qutilish uchun oʻrnidan turib, chakmonini

yechdi-da, ketmonni olib, tomorqaga tushdi”. Ota yozlgʻizlanib qolganda ham

hayotdan yoki farzandlaridan boʻlinmaydi, balki oʻzini ovutish uchun tomorqaga

ishga chiqadi. Otaga qancha tarif berilsa ham kamdir, bu soʻzni gaplar orqali ifodalab

boʻlmaydi, ifodalamoqchi boʻlinsa insonning soʻz zanjirlari yetmaydi.

Xulosa qilib aytiladigan boʻlsa, hikoyada ota obrazi orqali nafaqat oilaning bir

boshligʻi, balki bir butun jamiyatning tayanchi sifatida namoyon boʻladi. Asosiy

qismi milliy mentalitet va universal qadriyatlarning uygʻunligiga asoslangan. Bosh

obrazda esa ota obrazi keyin farzand obrazi yurarkan ikkalasi birgalikda bir butun

jamiyat, ota-markaziy qahramon, bu jamiyat va oiladagi masʼuliyat timsoli

hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Nabi Jaloliddin “Ota” hikoyasi.ziyo.uz.

2. Barthes, R. Narrative Theory anda Structure.

3. Tursunov, D. (2019). “Oʻzbek adabiyotida oilaviy munosabatlar masalasi:

Ulugʻbek Hamdamning yondashuvi”, Adabiyot va Sanʼat Tadqiqotlari, 5(1), 12-30.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

19

4. Ismatova, 9. (2022). “Sharq falsafasi va zamonaviy nasrda ota obrazining talqini”,

Ziyonet Tadqiqot Jurnali, 4(3), 18-35.

5. Hayitmetov, A. (2015). Oʻzbek adabiyoti: An’analar va zamonaviylik. Toshkent:

Sharq nashriyoti.