MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
335
G‘AZNAVIYLAR VA SALJUQIY TURKLAR DAVLATIDA
BOSHQARUV TIZIMIDAGI O‘XSHASHLIKLAR VA FARQLI
JIHATLARNING TAHLILI
Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti
Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti, 2-kurs talabasi
Xolmirzayeva Mushtariybegim Ergash qizi
Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi Xudoynazarov Isobek
Annotatsiya: Ko‘hna tarix o‘z qarida juda ko‘plab davlatlarni qamrab oldi.
Bu davlatlar ma’lum bir davr davomida vujudga keldi, yuksaldi, taraqqiy etdi va
parchalanib, tamomila yo‘q bo‘lib ketdi. Ba’zilarining o‘rnida esa yangi davlatlar
paydo bo‘ldi. Tarixchi olimlar esa ushbu davlatlarning yuzaga kelishidan to
tanazzulga yuz tutganigacha bo‘lgan davrni aniqroq va mukammalroq o‘rganishni
va siz-u bizga o‘rgatish, tadqiq etishdek ma’suliyatli vazifani o‘z zimmasiga oladi.
Quyidagi maqolada shu kabi tarix sahnasida o‘chmas iz qoldirgan, dolzarbligi va
ahamiyati jihatidan aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda ham ko‘plab qirralari
ochilmagan, juda ko‘p qismlari mavhumligicha qolgan ikki buyuk davlat — Saljuqiy
turklar va G‘aznaviylar davlati haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Ushbu
maqolada asosiy e’tibor ikki davlatning boshqaruv tizimidagi o‘xshashliklar va
tafovutlarni taqqoslashga qaratilgan.
Kalit so‘zlar: Dewan, Siyosatnoma, Nizamulmulk, amir, rais, G‘azna,
Malikshah, Kobul, Qilich Arslon, dargah, sulton, hojib.
Abstract: Ancient history has covered many countries. These states came into
existence during a certain period of time, rose, developed, and disintegrated,
completely disappearing. New states appeared in place of some of them. Historians
take on the responsibility of researching and teaching the period from the creation of
these countries to their decline. This article focuses on two great states — the Seljuk
Turks and the Ghaznavid state, which still have many aspects not fully uncovered.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
336
The main focus of this article is on identifying the similarities and differences in the
governance of these two countries.
Key words: Dewan, Siyasetnama, Nizamulmulk, amir, rais, Ghazna,
Malikshah, Kabul, Kilich Arslan, dargah, sultan, hajib
Аннотация: Древняя история охватила многие страны. Эти
государства возникли в течение определённого периода времени, развились,
распались и полностью исчезли. На месте некоторых из них появились новые
государства. Историки берут на себя ответственность за преподавание и
исследование периода от создания этих стран до их упадка. В статье
рассматриваются два великих государства — сельджуки турки и Газневиды,
оставившие неизгладимый след на исторической арене. Многие аспекты их
существования остаются нераскрытыми даже сегодня, и в статье
представлены важные сведения о них. Основное внимание уделяется
выявлению сходств и различий в управлении двумя странами.
Ключевые
слова:
Политика,
Диван,
Низамулмульк,
Амир,
Председатель, Газна, Маликшах, Кабул, Килич Арслан, даргах, султан, хаджиб.
Таrix sahnasida o‘chmas iz qoldirgan Somoniylar davlati tanazzulga yuz
tutgandan keyin, turk hojiblaridan iborat bo‘lgan saroy qo‘shining nufuzi yanada
oshib bordi. Ma’lumki, Somoniylar davlatida harbiylarga bo‘lgan e’tibor nihoyatda
kuchli bo‘lgan. Turkiy sarkardalarning mavqei nihoyatda yuqori bo‘lib, ularga
xizmatlari evaziga hojib ul-hujob, hojib ul-buzruk singari oliy mansablarga tayinlab,
ularga hatto ayrim viloyatlarni boshqarish huquqini ham berganlar. 962-963-yillarda
G‘azna viloyatini boshqargan Alptegin ham ko‘zga ko‘ringan nufuzli turkiy
amirlardan edi. U G‘azna va Kobul viloyatlarini mustaqil idora qilishga intilib,
keyinchalik G‘aznaviylar davlatiga asos soldi. G‘aznaviylarda sulton davlat
boshqaruvi ustidan mutlaq nazoratga ega boʻlib, “xudoning yerdagi soyasi”
hisoblangan. Hukmdor saroyi Eron an'analari asosida tashkil etilgan. Saroydagi
yig‘ilishlarda Sulton o‘zining shaxsiy qo‘riqchilari (g‘ulom-i Saroy) bilan o‘ralgan
oltin taxtga o‘tirardi. Saroyda qat’iy protokol qoidalari qo‘llanilib, sultonning xalq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
337
bilan bevosita aloqasining oldi olingan
1
. G‘aznaviylarning saroy tashkiloti tarkibiga
boshqa musulmon-turk davlatlaridan ham mansabdor shaxslar kirtilgan. G‘aznaviylar
davlati boshqaruv tartibining murakkabligi bilan ajralib turadi. Boshqaruv tartibining
boshida dargoh va devon (vazirliklar) turgan. Devon tashkiloti ijroiya hokimiyat
bo‘lib, o‘sha davr manbalariga ko‘ra 5 ta devon nomi uchraydi. Bular: bosh vazir
devoni, hariy ishlar devoni, harbiy ishlar devoni, elchilik va boshqa rasmiy tadbirlarni
yuritish devoni, moliya devoni, xat-xabar devoni. Sudyalar sud binosida sud ishlarini
olib borishgan. Har bir shaharda qozi, har bir davlatda bir qozi bor edi. Davlat
boshqaruvida ayollar alohida mavqega ega edilar. Sudyalar o‘z vazifalarini halol
bajarishlari uchun ularga yuqori maosh to‘lab berilgan. Sulton Mahmud odil sudlovni
tashkil etishga katta ahamiyat berib, ilmi va halolligi bilan nom qozongan muftiy va
huquqshunoslar orasidan qozilarni tanlagan. G‘aznaviylarda hukmdorning o‘zi
Devon-i Mezolimga rahbarlik qilgan. Bu yerda Sulton xalqning shikoyatini eshitib,
qaror qabul qilardi. Har bir amirlikda davlat tashkilotining uchta muhim bo‘limi
mavjud edi. Ularning ichida fuqarolik idorasi boshlig‘i “sohib-i devon” deb atalgan;
sohib-i devon esa, viloyatdagi qo‘shinning ehtiyojlarini qondirish bilan
shug‘ullangan. Bundan tashqari, viloyatda lashkarboshi (salor, sipohsalor), amin,
kutvol va sohib-i buzruk kabi amaldorlar ham bor edi. Eng asosiysi, G‘aznaviylar
davlatida boshqaruv tartibi azaldan rivojlanib kelayotgan turkiy davlatchilik asosida
qurilgan edi. Ayni vaqtda, bu davlatda mahkamachilik xususiyatiga ega bo‘lgan
boshqaruv tizimi ham mavjudligi bilan ajralib turadi. G‘aznaviylar davlatida sulton
faqat boshqaruv zamzi bo‘lmasdan, davlat tizimlarining ishlashi unga bog‘liq
bo‘lgan. Bosh vazir barcha imtiyozlarga ega bo‘lishga qaramasdan, u sultonga
bo‘ysungan. Bayhaqiy va Gardiziy asarlarida yozilishicha, hukmdor va shahzodalar
uchum “amir” va “sulton” unvoni qo‘llanilgan. Bu hukmdorlikning ma’naviy
alomatlaridan sanalgan. G‘aznaviylar davrida vazirlik idorasi eng muhim ma’muriy
organ edi
2
. Bosh vazir sultondan keyingi ikkinchi shaxs bo‘lsa ham, amalda u
1
Nizomulmulk. “Siyosatnoma”. — T.: Yoshlar matbuoti, 2022.
2
Ziyo Azamat. “Uzbek davlatchilik tarixi”. — T.: Shark, 2000.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
338
imperiyani boshqarishga mas'ul edi. Buning sababi, sultonlar harbiy yurishlarda,
safarlarda ko'p vaqtini o‘tkazgani boʻlgan. G‘aznaviylar davlatida idoraviy tashkilot
uch qismga bo'lingan. Bular: 1) Markaziy tashkilot 2) Viloyat tashkilotlari 3) Tuman
tashkilotlari. G‘aznaviylar davrida eng muhim vazirliklar quyidagilar bo'lgan: 1.
Devoni Vuzarot: g‘aznaviylar davlatidagi idora tashkiloti bo‘lib, uni vazir boshqargan
. Sultondan keyingi ikkinchi lavozim vazir boʻlib, vazirni lavozimiga sultonning o‘zi
tayinlagan
3
. Vazirning yana bir lavozimi, u qo‘shinga qo‘mondonlik qila olar edi.
Xususan, Ma’sud davrida vazir bo'lgan Ahmad Abdulsamad 1035-yilda sultonning
topshirig‘iga ko'ra Balh va Toxaristonda chiqqan isyonni bostirish uchun yuborilgan.
Vazir ushbu topshiriqni muvaffaqqiyatli nihoyasiga yetkazgan . Bayhaqiyning
so‘zlariga ko‘ra, vazir shaxsan urushda qatnashmagan, uning vazifasi qo‘shinni
boshqarish, hududlardagi isvonni boshqarish, osoyishni ta’minlab, o‘sha hududga
yangi hokim tayinlash bo‘lgan. Vazir sultonga uning safarlarida va harbiy
yurishlarida hamrohlik qilgan. Faqat sulton Hindistonga yurishida unining vakili
sifatida Xurosonda qolgan. Boshqa vaziyatlarda esa bu vazifa shahzodalarga
qoldirilgan. Vazir saroyda sultondan keyin farmon chiqarish huquqiga ega boʻlgan.
2. Devoni arz: armiyaning barcha ishlari bu devon zimmasida edi. Bu devonning
vazifasi qo'shinda tartib-qoidalarini o'rnatish, statistik ma’lumotlarni tayyorlash,
qo‘shindagi shaxslarni ro'yxatga olish va qo'shinga maosh to‘lashdan iborat edi,
G'aznaviylar harbiy jihatdan qudratli bo‘lgan va doimiy ravishda boshqa davlatlarga
harbiy safarlar uyushtirgan. Demak, bu devon g‘aznaviylar saltanatida eng muhim
devonlardan biri boʻlgan. Bu imperiyadagi harbiy kuchning asosini sultonga sodiq
boʻlgan mahalliy va xorijiy professional harbiy qullar tashkil etgan. Qo‘shindagi eng
yuqori lavozim “hojib” hisoblangan. Bu devonning boshlig‘i sohibi devon-i arz
hisoblangan. U sulton tarafidan tayinlanagan. U Hukmdorlarning bundan tashqari,
shaxsiy unvonlari ham bo'lgan Xususan, Sobuqteginning “Muin ud-davła” unvoni
boʻlgan
4
. Mahmud Xuroson sipohsolori bo'lgan paytda, somoniy hukmdorlar
tomonidan unga “Sayfuddavla” unvoni berilgan. Saljuqiylar Davlati O‘rta Osiyoning
3
Bosworth, Clifford Edmund. The Ghaznavid and Ghurid Empires. Edinburgh University Press, 1963
4
. Sagdullayev A. “O‘zbekiston tarixi”. I qism. — T.: Fan, 2018.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
339
tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir davlatdir. U XI-XII asrlarda Markaziy va
G‘arbiy Osiyo hukmronligini qo‘lga kiritgan edi. Bu davlatning siyosiy, iqtisodiy va
madaniy hayotiga doir ko‘plab ma’lumotlar tarixiy manbalarda saqlanib qolgan. Turk
Saljuqiylar davlatida maʼmuriy ishlar Buyuk Kengashda (Devon-i Saltanat)
muhokama qilingan. Bundan tashqari, kengash qoshida quyidagi kengashlar tashkil
etilgan: “Devon-i Istifa” (moliyaviy ishlar bilan shug‘ullanuvchi), “Devon-i Arz”
(qo‘shinning maoshi, kiyim-kechak, oziq-ovqat va jihozlari masalalari bilan
shug‘ullanuvchi), "Devon-i Ishraf" (barcha ishlar bo‘yicha tekshiruv va nazorat qilish
bilan shug‘ullanuvchi), “Devon-i Insho” (ichki va tashqi yozishmalar bilan
shug‘ullanadi), “Niyobat-i Saltanat” (hukmdor poytaxtda bo‘lmaganda davlat ishlari
bilan shug‘ullanadi), “Parvonachi Devoni” kabi devonlar mavjud edi. Turk-islom
davlatlarida ilgari tashkil etilgan davlat xizmatchilari lavozimlari xuddi shu tarzda
davom ettirildi. Vizantiya imperiyasi va armanlar chegaralaridagi “yakuniy” deb
atalgan hududlarni beklar boshqargan. Margravorlar chegaralarni qo‘riqlab, sulton
yurishga chiqqanda uning yonida turishardi. Saljuqiylar mis, kumush va oltin tangalar
zarb qilganlar. Tangalarda sultonlarning suratlari tez-tez uchragan. Birinchi tanga
Masud I tomonidan zarb qilingan, birinchi oltin tanga esa Qilich Arslon II tomonidan
zarb qilingan. Turklarning Oʻrta Osiyodan olib kelgan yigʻilish anʼanasi (Qurultoy)
boʻlsa-da, Eron-Islom anʼanasi davlat tashkilotiga ta’sir koʻrsatib, turklar hayotiga
koʻplab tuzilmalar, ayniqsa Devon tashkiloti kirib kelgan. Kengash tashkiloti: Turk-
islom davlatlarida davlat ishlari muhokama qilinadigan va qaror qabul qilinadigan
organ Kengash deb atalgan. Ular bugungi Vazirlar Kengashi (hukumat) vazifalarini
bajaradilar. Kengash qarorlarida so‘nggi so‘z hukmdorga tegishli edi. Shu sababdan
ham kengash hukmdorlarning "Maslahat majlisi" sifatida ta’riflangan. Saljuqiylar
sultonligi nisbatan qisqa vaqt ichida musulmon fors davlatlaridek davlat tizimini
barpo etdi. Ulug‘ sulton forsiy mulozimlarga va turkiy qullardan chiqqan beklar
rahbarligidagi ola-qura qo‘shinga tayanardi. Saljuqiylar dastlab Kaspiy va Orol
dengizining shimol tomonlarida istiqomat qilgan o‘g‘uz turkiy xalqining tarkibiga
kirgan Qiniqur ug‘ining sardorlari bo‘lganlar. X asrda ular islomni qabul qilgach,
musulmon dunyosining hududiga, birinchi navbatda, Xorazm va Movarounnahrga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
340
kira boshladilar
5
. Saljuqiylar ham ko‘pgina barbariy xalqlar singari o‘zga joylarga
kirib boraverganlar, binobarin, bir-biri bilan jang qiluvchi mahalliy davlatlarning
xizmatiga yordamchi mufrazalar sifatida yollanib tirikchilik qilar edilar. Saljuqiylar
davlati tepasida oliy hukmdor - sulton (sulton ula’zam) turgan. Uning nomidan xutba
o‘qilib, tanga zarb etilgan. Taxt otadan bolaga meros sifatida o‘tgan. Mulk, yer-suv
taqsimlash, muhim davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, amaldorlar ishini
nazorat qilish va boshqa sultonning vakolatlar doirasiga kirgan. Saljuqiylarning
boshqaruv tizimi somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylarniki singari ikkiga: dargoh
va devonlarga boʻlingan. Ulug‘ hojib, horis amiri (amiri horis), saloxdor, xos vakil,
alamdor, jondor, tashtdor, sarhang, miroxur dargohdagi asosiy lavozimlar sanalgan.
Bosh vazir Devon-i Aʼlo markaziy boshqaruv tepasida turgan. Devoni tug‘ro, Devon-
i Istifo (moliya devoni), Devon-i Ishraf (nazorat devoni), Devon-i Arz (harbiy
vazirlik) kabi rasmiy devonlar boʻlgan. Viloyat boshliklari (voliylar) ham oʻz
devonlariga ega boʻlishgan. Voliylar sulton tomonidan tayinlangan boʻlib, ular
viloyat hayoti bilan bog‘liq barcha sohalar: moliya, soliq, sud, harbiy ishlar, jazo
idoralariga rahbarlik qilgan. Tuman va shahar miqyosidagi boshqaruv tizimi ham
deyarli shunday boʻlgan. Saljuqiylar davlatida, ayniqsa, Buyuk Saljuqiylardan
To‘g‘rulbek, Alp Arslon, Malikshoh, Sanjar davrlarida iqtisodiy va madaniy hayotda
katta ko‘tarilish yuz bergan. Bu davrda ilm-fan, san’at va savdo sohalarida muhim
yutuqlar amalga oshirilgan, masalan, madaniy va ilmiy markazlar, universitetlar
tashkil etilgan, yangi savdo yo‘llari ochilgan. Hunarmandchilik taraqqiyoti:
to‘qimachilik, kulollik, zargarlik, oynasozlik, temirchilik, koʻnchilik va gilam to‘qish
rivojlangan. Buyuk ipak yo‘li ulkan saltanatning markaziy shaharlari orqali o‘tgan.
Sharqiy Yevropa, Vizantiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari bilan savdo aloqalari
gurkirab rivojlangan. Malikshoh Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdoni jonlantirish
uchun Xuroson va Iroq savdogarlarini boj to‘lovidan ozod qilgan. Kaspiy dengizi
orqali Turkistonga neft mahsulotlari keltirilgan. Ichki savdo ham rivojlangan.
5
Bosworth, Clifford Edmund. The Political and Dynastic History of the Iranian World (A.D. 1000-1217). Cambridge
University Press, 1968.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
341
Mamlakatda sof oltindan zarb etilgan dinor (qizil dinor) joriy etilgan. Bundan
tashqari, mahalliy dinor (rukniy) va mis dirhamlar ham bo‘lgan. Bu ham o‘z navbatida
mamlakatda boshqaruv tartibining nihoyatda kuchli ekanidan, qolaversa, savdo-sotiq
masalalarining taraqqiy etganiga yaqqol misoldir. “Siyosatnoma” asari Nizomulmulk
tomonidan 1092-1093 yillarda yozilgan bo‘lib, o‘rta asr davlat boshqaruvi va
siyosatining nazariy asoslari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ushbu asar orqali
Saljuqiylar davlatining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti, rahbariyati, davlat
boshqaruv tizimi, jamoat hayoti, sof davlatchilik masalalari va, jumladan, talabalar
tayyorlash tizimi haqida buyuk ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash mumkinki, har ikkala o‘rta asrlar davlatlarida
ham davlat boshqaruvida devon tizimi yuksak o‘rin tutgan. Bu davrda devonlarning
bir necha turlari bo‘lib, ular turli soha boshqaruviga asoslangan. U davrdagi devon
tizimini hozirgi vazirlik boshqaruviga bemalol qiyoslash mumkin. Biroq,
G‘aznaviylar tizimi Saljuqiylardagi devon tizimidan birmuncha farq qiladi. Farqni
asosan quyidagi tomonlarda ko‘rishimiz mumkin. Saljuqiy turklarda devon tizimi
asosan kengashlarni tashkil qilgan. Ushbu kengashda turli beklar o‘z takliflari bilan
chiqqanlar, biroq yakuniy qarorni hukmdor — ya’ni sulton qabul qilgan. Shuningdek,
Saljuqiylarda G‘aznaviylarga qaraganda devon turlari ko‘proq edi. Bu devonlardagi
beklar hukmdor saroyda bo‘lmagan vaqtda mamlakatni boshqarish huquqiga ham ega
edi. Bu ham bo‘lsa harbiylarga bo‘lgan e‘tiborning yuksakligidan dalolat beradi. Ayni
shu jihatni G‘aznaviylar davlatida ham ko‘rishimiz mumkin. Bu ikkala sulolada
davlat boshqaruvining uyg‘un jihatlaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nizomulmulk. “Siyosatnoma”. — T.: Yoshlar matbuoti, 2022.
2. Ziyo Azamat. “Uzbek davlatchilik tarixi”. — T.: Shark, 2000.
3. Sagdullayev A. “O‘zbekiston tarixi”. I qism. — T.: Fan, 2018.
4. Bosworth, Clifford Edmund. The Political and Dynastic History of the Iranian
World (A.D. 1000-1217). Cambridge University Press, 1968.
5. Bosworth, Clifford Edmund. The Ghaznavid and Ghurid Empires. Edinburgh
University Press, 1963.