MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
214
PUL OQIMLARI TO’GRISIDAGI HISOBOTNI XALQARO
STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Saatova Nargiza Kayum qizi –
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti
MBR-21 guruh 1 kurs magistranti
Ilmiy rahbar: A.N.To’rayev
Abstrakt: This article describes how to prepare a cash flow statement using
the direct method based on International Financial Reporting Standards. In our
country, only the direct method is used in the preparation of cash flow statements, so
the introduction of the direct method by us will help to increase investor confidence
in financial statements.
Keywords: cash, cash equivalents, cash flow statement, direct method,
operating activity, investment activity, financial activity, financial statement, receipts
from customers, payments to suppliers for goods and services, payments to
employees, profit tax payments.
Moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha
tuzish lozimligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-
4611 sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida” gi qaroriga asosan belgilangan. [2]
Shundan kelib chiqqan holda, Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni xalqaro
standartlar asosida tuzish lozimligi belgilanadi.
Xalqaro amaliyotda investitsiyalat asosiy e’tiborni moliyaviy hisobotning
shakllaridan biri bo’lgan pul oqimlari to’g’risidagi hisobotga qaratadi.Sababi,
sub’ektga qancha pul kirishi va chiqishi ko’p bo’lganligi ularning qiziqishiga zamin
uyg’otadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
215
Pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobot, boshqa moliyaviy hisobotlar bilan
birgalikda foydalanilganda, foydalanuvchilarga xoʼjalik subʼektining sof
aktivlaridagi oʼzgarishlarni, ularning moliyaviy strukturasi (likvidligi va toʼlov
qobiliyati)ni va oʼzgarayotgan imkoniyatlar va sharoitlarga moslashish maqsadida
oʼzining pul oqimlari summasi va muddatlariga taʼsir koʼrsata olish qobiliyatini
baholash uchun maʼlumot bilan taʼminlaydi. Pul oqimlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar
xoʼjalik subʼektining pul mablagʼlari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish
imkoniyatlarini baholashda foydalidir, hamda foydalanuvchilarga har xil xoʼjalik
subʼektlariga tegishli kelgusi pul oqimlarining joriy (keltirilgan) qiymatini baholash
va solishtirish modellarini ishlab chiqish imkonini beradi. [10]
Pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xoʼjalik
yurituvchi subʼektning moliyaviy ahvolidagi oʼzgarishlarni baholashga imkon beradi,
ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani toʼgʼrisidagi
axborot bilan taʼminlaydi. Pul oqimlari toʼgʼrisidagi xisobot pul tushumlari va
toʼlovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsion, investitsion va moliyaviy
faoliyat.
Operatsion faoliyat natijasida kelib chiqadigan pul oqimlarining summasi -
xo’jalik sub’ekti, moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojat qilmasdan, o’z
operatsion faoliyatidan yuzaga kelgan qarzlarini to’lash, o’zining operatsion
faoliyatini yurgizish qobiliyatini saqlash, dividendlarni to’lash va yangi
investitsiyalar qilish uchun yetarli bo’lgan pul oqimlarini qay darajada hosil
qilganligini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichdir. Operatsion faoliyatidan oldingi
davrlarda kelib chiqqan pul oqimlarining alohida tarkibiy qismlari to’g’risidagi
ma’lumot, boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda, operatsion faoliyat bo’yicha hosil
bo’ladigan kelgusi pul oqimlarini prognoz qilishda foydalidir.
Operatsion faoliyat boʼyicha pul oqimlarini aks ettirish [11] (BHMSda
quyidagilar ochib berilmagan):
Tadbirkorlik subʼektlari operatsion faoliyat boʼyicha pul oqimlarini bevosita
usulni qoʼllash orqali hisobotda koʼrsatishi maʼqullanadi. Bevosita usulni qoʼllash
natijada kelgusi pul oqimlarini baholash uchun foydali boʼlishi mumkin boʼlgan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
216
hamda bilvosita usulni qoʼllashda aks ettirilmaydigan maʼlumotlar taʼminlanadi.
Bevosita usul qoʼllanilganida, yalpi pul tushumlari va yalpi pul toʼlovlarining asosiy
toifalari toʼgʼrisidagi maʼlumotni quyidagi yoʼllar bilan olish mumkin: tadbirkorlik
subʼektining buxgalteriya hisobi maʼlumotlaridan; yoki umumlashgan daromad
toʼgʼrisidagi hisobotda aks ettiriladigan sotishdan tushum, sotish tannarxi (moliyaviy
institutlar uchun foizlar va shunga oʼxshash daromadlar hamda foiz xarajatlari va
shunga oʼxshash xarajatlar) va boshqa moddalarni quyidagilarga tuzatish orqali: davr
mobaynida tovar-moddiy zaxiralardagi va operatsion debitorlik va kreditorlik
qarzlaridagi oʼzgarishlar;
boshqa pul mablagʼlari harakatlanmaydigan moddalar; va investitsion yoki
moliyaviy faoliyat boʼyicha pul oqimlarini keltirib chiqaradigan boshqa moddalar.
Xo‘jalik yurituvchi sub'ekt operatsiya faoliyatidan vujudga kelgan pul
mablag‘lari harakatini quyidagilardan foydalanib, ochib beradi:
Yalpi pul tushumlari va yalpi pul to‘lovlari asosiy turlari ochib beriladigan
bevosita usul;
Bilvosita usul. Bu usulga muvofiq sof daromad yoki zararga joriy aktivlar va
majburiyatlarning o‘zgarishiga, ishonchsiz operatsiyalarga, shuningdek operatsiya
investisiya yoki moliya faoliyati natijasida olingan daromadlar va ko‘rilgan zararlarga
qarab o‘zgartirish kiritiladi. [12]
BHXS: IAS 7 ga ko’ra, tadbirkorlik subʼektining pul oqimlari toʼgʼrisidagi
axborot, moliyaviy hisobotladan foydalanuvchilar uchun, tadbirkorlik subʼektining
pul mablagʼlari va ularning ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga hamda ushbu pul
oqimlaridan foydalanish ehtiyojlariga baho berishda asos sifatida foydalidir. Pul
oqimlari toʼgʼrisidagi hisobot davr davomidagi pul oqimlarini operatsion, investitsion
va moliyaviy faoliyatlar boʼyicha tasnifilangan holda koʼrsatishi kerak.
Izchil turkumlashtirish:
Pulga daxli bo’lmagan operatsiyalar kiritilmaydi;
Toʼgʼri yoki egri usulni qoʼllash MHXS 7 toʼgʼri usulni qoʼllashni tavsiya
etadi;
Moliya tashkilotlariga hisobotlarni NETTO asosida tuzish imkonini beradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
217
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzish,
hisoblash tamoyiliga amal qilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, pul oqimlari
to’g’risidagi hisobotni bevosita usulda tuzish uchun operatsion faoliyatning pul
mablag’lari oqimini aniqlash uchun quyidagi ko’rsatkichlarga e’tibor qaratish lozim:
Xaridorlardan tushum;
Tovarlar va xizmatlar uchun yetkazib beruvchilarga to’lovlar;
Xodimlarga to’lovlar;
Foyda solig’i bo’yicha to’lovlar.
Pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobotlarni tuzishda, avvalombor, xalqaro
standartlar asosida tuzilgan moliyaviy holat toʼgʼrisidagi hisobot hamda foyda va
zararlar toʼgʼrisdagi hisobotdan foydalaniladi.
1 – jadval.
АBC kompaniyasining moliyaviy holat toʼgʼrisidagi hisobotidan ilovalar
Yil boshiga
Yil oxiriga
Aktivlar:
Xaridorlardan olinadigan schyotlar
55 000
47 000
Zaxiralar
110 000
144 000
Tovarlar va xizmatlar uchun berilgan avanslar
5 000
1 000
Yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar
43 000
50 000
Mehnatga haq to’lash bo’yicha majburiyatlar
9 000
10 000
To’lanadigan joriy foyda solig’i
5 000
3 000
2 – jadval.
АBC kompaniyasining foyda va zararlar toʼgʼrisidagi hisobotidan ilovalar
“Foyda yoki zarar” bo’limi
Tushum
698 000
Realizatsiya tannarxi
457 000
Davr xarajatlari
116 000
Manba: *ma’lumotlar muallif tomonidan tuzilgan
3 – jadval.
Yil uchun qo’shimcha ma’lumotlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
218
Asosiy vositalarning amortizatsiyasi
37 000
Asosiy vositalarni sotishdan zarar
3 000
Mehnatga haq to’lash bo’yicha xarajatlar
58 000
Joriy foyda solig’i
18 000
Yuqoridagi ko’rsatkichlarni aniqlash uchun har bir ko’rsatkich formulasi [13]
ni keltirib o’tamiz:
Xaridorlardan tushumlar.
Tushum ± olinadigan schyotlarning kamayishi (ko’payishi) xaridorlardan
olingan avanslarning kamayishi (ko'payishi) = xaridorlardan tushumlar
Xaridorlardan tushumlar = 698000 + 8000 = 706000
Yuqoridagi formulada tushum foyda va zarar to’g’risidagi hisobotdan,
olinadigan schyot va xaridorlardan olingan avans esa moliyaviy holat to’g’risidagi
hisobot orqali olinadi.
Tovarlar va xizmatlar uchun yetkazib beruvchilarga to’lovlar.
Mol yetkazib beruvchilarga to’lovlar = sotilgan mahsulot tannarxi + davr
xarajatlari - eskirish bo’yicha xarajatlar – asosiy vositalarni sotishdan zarar –
mehnatga haq to’lash bo’yicha xarajatlar zaxiralarning kamayishi (ko’payishi)
to’lanadigan schyotlarning kamayishi (ko’payishi)
Mol yetkazib beruvchilarga to’lovlar = Xodimlarga to’lovlar.
Xodimlarga to’lovlar = mehnatga haq to’lash bo’yicha xarajatlar ± mehnat
haqi bo’yicha majburiyatning kamayishi (ko’payishi)
Xodimlarga to’lovlar = 58000 – 3000 = 55000
Foyda solig’i bo’yicha to’lovlar.
Foyda solig’i bo’yicha to’lovlar = joriy foyda solig’i bo’yicha xarajat ±
to’lanadigan joriy soliqning kamayishi (ko’payishi)
Foyda solig’i bo’yicha to’lovlar = 18000 + 2000 = 20000
Yuqoridagi formulalar orqali pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning
operatsion faoliyatdan sof pul oqimlari aniqlanadi. Pul oqimlarini sof asosda aks
ettirish:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
219
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobotning
bevosita usuli boʼyicha tuzilgan shaklini keltirib oʼtamiz:
4 – jadval.
Pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot
20__ yil 1_____ dan 1_____ gacha bo’lgan davr uchun
Operatsion faoliyatdan pul mablag’larining harakati
Sotuvdan tushum
+ 706 000
Mol yetkazib beruvchilarga to’lovlar
˗ (498 000)
Xodimlarga to’lovlar
˗ (55 000)
Foyda solig’i bo’yicha to’lovlar
˗ (20 000)
Operatsion faoliyatdan pul mablag’larining holati
+ 133 000
Investitsiya faoliyatidan pul mablag’larining harakati
Asosiy vositalarning olinishi
˗ (220 000)
Asosiy vositalarning sotilishi
+ 5 000
Qimmatli qog’ozlarning sotib olinishi
˗ (72 000)
Qimmatli qog’ozlarning sotilishi
+ 103 000
Investitsiya faoliyatidan pul mablag’larining holati
˗ (184 000)
Moliyaviy faoliyatdan pul mablag’larining harakati
Oddiy aksiyalar chop etishdan tushum
+ 150 000
Bank kreditlarining tushumi
+ 100 000
Bank kreditlarining so’ndirilishi
˗ (50 000)
Foizlar bo’yicha to’lovlar
˗ (23 000)
Divedend bo’yicha to’lovlar
˗ (94 000)
Moliyaviy faoliyatdan pul mablag’larining holati
+ 83 000
Pul mablag’larining holatidagi sof o’zgarishlar
+ 32 000
Yil boshiga pul mablag’lari
15 000
Yil oxiriga pul mablag’lari
47 000
Manba: *ma’lumotlar muallif tomonidan tuzilgan
Bugungi kunda pul oqimlari hisobotini tuzishda va uning amaliyotida ayrim
xatoliklarga yoʼl qoʼyilmoqda. Bu esa hisobot shaklini mukammal darajada
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
220
shakllanmaganligidan dalolat beradi. Shu sababli «Pul oqimi toʼgʼrisida»gi hisobot
shakliga ayrim oʼzgartirishlar kiritilish maqsadga muvofiq boʼlar edi. Yaʼni,
birinchidan, hozirgi amalda qoʼllanilayotgan hisobot shaklida korxonaning pul
mablagʼlarini kirimi va chiqimi bir hisobot davri koʼrinishida aks etgan. Vaholanki,
korxonalarning turli faoliyatlarini bir necha yillik davrlar boʼyicha oʼrganish, taxlil
qilish hamda baho berish maqsadga muvofiqdir. «Pul oqimlari toʼgʼrisida»gi hisoboti
shaklida ham «Buxgalteriya balansi» (1-shakl) hamda «Moliyaviy natijalar
toʼgʼrisida»gi hisobot (2-shakl) shakllari singari ikki hisobot davrini aks ettirish
yaxshi samara bergan boʼlardi. Ikkinchidan, hozirgi kunda amalda boʼlgan ushbu
hisobot shaklida pul mablagʼlarini harakati har bir faoliyat turlari boʼyicha alohida
boʼlinmalarda tasniflangan.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobotni
bevosita usuldan foydalangan holda tuzish va uni taqdim etish natijasida
kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida shakllantirish
imkoniyati yanada oshadi hamda amaliyotda ushbu shaklni tuzishda yuzaga
kelayotgan muammollarni bartaraf etishga va investorlar uchun pul oqimlari holatini
ushbu shakldan aniqlashda qulayliklarga olib kelishga xizmat qiladi.
ADАBIYOTLАR ROʼYXАTI:
D.E.Norbekov, A.N.To’raev, Sh.Sh.Raxmonov. Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari. – O’quv qo’llanma. – T.:“Iqtisod moliya” – 2019. – 332 b.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611 sonli
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida” gi qarori.
Ковалев В. В. (ред.) - Финансы (3-е изд., перераб. и доп.) Издательство:
"Проспект" ISBN: 978-5-392-18570-2 2016. 928 с.
Бригхем Ю, Гапенски Л Финансовый менеджмент Полный курс В 2-х т. / Пер.
с англ. под ред. В.В. Ковалева. СПб Экономическая школа, 1997 +497с.
Бланк И.А. Управление финансовой безопасностью предприятия / И. А. Бланк.
— Киев : Ника-Центр, 2009.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
221
Нидлз Б., Андерсон Х., Колдуэлл Д. Принципы бухгалтерского учета. Пер. С
анг Под. Ред. Проф. Я. В. Соколова - 2Е изд., стреотип - М.:«Финансы и
статистика», 1997 г.
Каримов А.А., Исломов Ф.Р., Авлоқулов А.З.Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. Т.:
«Шарқ» НМАК, 2004. - 592 б.
Пул оқими тўғрисидаги ҳисобот Ўзбекистон Республикаси бухгалтерия ҳисоби
миллий стандарти 9-сон БҲМС. Ўзбекистон Республикаси Молия
вазирлигининг Стандарти 04.11.1998 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами
519, кучга кириш санаси 04.11.1998.
7-сон
БҲХС.
Пул
маблағлари
ҳаракати
тўғрисидаги
ҳисобот.
https://www.mf.uz/media/file_uz/audit/2022/msfo/Uzb_GVT_BB2022_A_IAS07.p
df
https://lex.uz/docs/-4746047
Buxgalteriya Hisobining Xalqaro Standarti 7 “Pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobot”
https://fayllar.org/ozbekiston-respublikasi-v4.html?page=22
Buxgalteriya Hisobining Milliy Standarti 9 “Pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobot”
https://uz.wikisko.ru/wiki/Cash_flow_statement
https://tfi.uz/docs/oub/edition/%D0%98.%D0%9E%D1%87%D0%B8%D0%BB%
D0%BE%D0%B2-%D0%8E%D0%A3%D0%9C-
%D0%9C%D2%B2%D0%A5%D0%A1-%202019-2020-14.02.2020.pdf
IFRS Academy https://ifrs.academy/uz#
https://tfi.uz/storage/doc-
pages/78/original/cc5caf8c621b3f9637accf174e20486dc3dab1c6.pdf