Authors

  • Qazaqova Sarvinoz Jahongir qizi

Author Biography

  • Qazaqova Sarvinoz Jahongir qizi

    Guliston Davlat Pedagogika Instituti

    2-bosqish magistr talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118485

Keywords:

Innovatsiya texnologiya pedagogika metod interfaol metodlar shaxsiy takomillanish

Abstract

Ushbu maqola boshlang‘ichsinf ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchining shaxsiy takomillanishi, rivojlanishi,bilim olishidagi roli haqida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_Апрел –2025

162

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILINI O ‘QITISHDA TURLI

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Qazaqova Sarvinoz Jahongir qizi

Guliston Davlat Pedagogika Instituti

2-bosqish magistr talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqola boshlang‘ichsinf ona tili darslarida innovatsion

texnologiyalardan

foydalanish

o‘quvchining

shaxsiy

takomillanishi,

rivojlanishi,bilim olishidagi roli haqida

Kalit so‘z:

Innovatsiya, texnologiya, pedagogika, metod, interfaol metodlar,

shaxsiy takomillanish

Bugungi taʼlim jarayoni vaqtida interfaol uslublar, innovatsion

texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʼquv darslari jarayoni

mobaynida foydalanishga boʼlgan intilish, eʼtibor kundan – kunga ortib bormoqda.

Oʼqituvchi ushbu jarayonda oʼquvchining shaxsiy takomillanishi, rivojlanishi, bilim

olishi va tarbiyalanishiga muhit yaratadi va shuning bilan bir qatorda boshqaruvchilik,

yoʼnaltiruvchilik funktsiyasini ham bajaradi. Innovatsiya (inglizcha innovation) –

yangilik

kiritish,

yangilikdir.

Innovatsion

texnologiyalar

pedagogik

jarayon,shuningdek oʼqituvchi faoliyatiga yangilik, oʼzgarishlar kiritish boʼlib, uni

amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan keng foydalaniladi.

Ma'lumki, ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning

yuzdan ortiq turi mavjud boʼlib, ularning ayrimlari tajriba-sinovdan oʼtib, yaxshi

natija ko'rsatgan. Keng qoʼllaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom

ettir”, “Taqdimot”, “Blits-soʼrov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib,

darsda keng ko'lamli natijalarga erishish mumkin. Darsning oʼtilgan mavzuni soʼrash

jarayonida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi”uslublarini, yangi mavzuni

tushuntirish

vaqtida

“Insert”,

“Pinbord”,

“Zinama-zina”,

“Bumerang”

texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash jarayonida “Venn diagrammasi”, “Baliq


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_Апрел –2025

163

skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik

tashkil yetuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”,

“Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”,

“BBXB” texnologiyalarini dars mobaynida qoʼllash dars samaradorligini taʼminlab,

oʼquvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Innovatsion texnologiyalarni

boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida joriy etishning eng ahamiyatli jihatlaridan

biri - bu o‘quvchilarning o‘z fikr va g‘oyalarini bayon qilishga yo‘naltirilgan

harakatlarning rag‘batlantirilib borilishidir.

Masalan, boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida aniq fan bo‘lganligi uchun

o‘qituvchilarda fikr va g‘oyalar muammoli vaziyatlar orqali turmushda uchraydigan

muommoli holatlar va undan chiqib ketishning maqbul yo‘llarini topishga

yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Kundalik hayotdagi ehtimoliy munosabatlarni, tabiat va

tabiiy hodisalarning o‘rtasidagi aloqalarni badiy ko‘rinishi tarzida yoritish asosida

vujudga keltirilgan muammolarni hamkorlikda, ro‘lli o‘yinlar orqali hal etishi

mumkin. Bunday syujetli - ro‘lli o‘yinlarni jamiyat yoki tabiatga bog‘liq darslikdagi

maqsadlardan va mashqlardan oladi.

Innovatsion texnologiya asosida tashkil qilingan

darsning samaradorligi an’anaviy dasrdan ko‘ra ancha yuqori bo‘ladi. Sababi unda

o‘quvchilarga mavzu yanada tushunarliroq bo‘lishi maqsadida turli xil texnika va

texnologiyalardan foydalaniladi. Texnika-biror maqsadi muvaffaqiyatli bajarish

uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va texnologiyalarni ifodalovchi umumiy bir

tushuncha. Bu dasturiy, mexanik, elektr, optika yoki boshqa sohalarda qo‘llaniladigan

vositalar va tizimlarni o‘z ichiga oladi. Texnologiya-ilg‘or usullar, vositalar va texnik

vositalarni amalga oshirish orqali foydalaniladigan, ma’lim bir maqsadni

muvaffaqiyatli bajarish uchun qo‘llaniladigan xususiy tizim va barchasini ifodalovchi

umumiy tushunchadir[6]. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda

qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi. Ilg‘or texnologiya vositalardan foydalanish

o‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqishni yuqori darajada oshirishga xizmat qiladi. Shu

sababli pedagog dars jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan unumli

foydalanishi zarur. Innovatsion ta’lim texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq etish

o‘qituvchida quyidagi bilim va ko‘nikmalar bo‘lishini talab etadi: -AKT bo‘yicha


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_Апрел –2025

164

puxta ko‘nikmaga ega bo‘lishi; -ilg‘or ta’lim texnologiyalarini puxta egallashi; -yangi

pedagogika texnologiyalar bilan birgalikda xorijiy texnologiyalardan xabardor

bo‘lishi; -ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o‘yin va interfaol usullardan keng

foydalana olishi; -dars mobaynida turli harakatli o‘yinlardan foydalanishi; -o‘z ustid

uzluksiz ishlashi,yangiliklardan doimiy ravishda xabardor bo‘lishi lozim. Innovatsion

texnologiyalardan foydalanilgan darslarning samaradorligi nima uchun yuqori

bo‘ladi? Sababi innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan darslarda o‘qituvchi

dars jarayonini tashkil etishdan oldin uning har bir qismi va bo‘limini

foydalanayotgan AKT vositalariga kirgizishi, ya’ni darsdan oldin uni to‘liq har bir

daqiqasigacha ishlab chiqishi, qo‘shimcha material va vositalar uchun yanada

izlanishi zarur. Hozirgi kunda ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion

texnologiya va metodlar o‘quvchilarning yuksak bilim cho‘qqilarini egallab, ularni

fikrlashga, o‘z shaxsiy va mustaqil qarashlarga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb

etmoqda. Har bir o‘qituvchi dars o‘tishdan oldin darsda qo‘llaydigan innovatsion

pedagogik texnologiyalarning har bir elementigacha puxta o‘rganishi va tadqiq qilishi

lozim. Tabiiyki, o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi dars samaradorligini oshirish va

uni yanada takomillashtirishi uchun zamin yaratadi. Ta’lim jarayonini zamonaviy

texnologiyalar asosida tashkil etish pedagogik jarayonning ham yaxshilanishiga olib

keladi. Chunki elektron adabiyotlar, turli xildagi multimedion mashqlar va slaydlarni

tayyorlash pedagog, kompyuter dasturchilari va ma’lum soha mutaxasislarini bir

maqsad asosida birlashtirish va pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish uchun

hissa qo‘shadi.

XULOSA.

Rivojlangan davlatga aylanishni o‘zimizga maqsad qilib qo‘ysak, bunda

investitsiyani birinchi navbatda ta’limga qaratishimiz va uni zamon talabiga mos

sifatda tashkil etishimiz zarur. Davlatimiz kelajagiz yoshlar qòlida ekanligini

inobatga olgan holda ularning ta’lim sifatini yuqori qilib qo‘ygan holatdagina

yuksalishga erishishimiz mumkin.Ta’lim sifatini samarali amalga oshirish uchun esa

uni talab darajasida qilib tashkil qilishimiz va uni o‘z maqsadiga erishishi uchun bor

imkoniyatlardan unumli darajada foydalana olishimiz lozim. Darslar davomida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_Апрел –2025

165

innovatsion texnologik vositalaridan foydalanish o‘quvchilarning darsga jalb qilinishi

va mavzuni tez va oson tushunish darajasini oshirishga

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.SH.M.Mirziyoyev. Konstitutsiya-erkin va farovon hayotimiz, mamlkatimizni

yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir-Toshkent: O‘zbekis.

2. Adizova, Nodira, and Uktamova Mohinur. «Interfaol mashqlar asosida

boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijtimoiy ko’nikmalarini shakllantirish.» E

Conference Zone. 2023.

3.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A., Pardayev A. «Ta’limda innovatsion

texnologiyalar» - T.:Õqituvchi, 2003