MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
152
“RAVSHAN” DOSTONIDA PORTRET TASVIRI
TUROBOVA ZAYNAXOL TUYCHI QIZI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEK TILI TA’LIM YO’NALISHI
1-BOSQICH TALABASI.
Annotatsiya
.Ushbu maqolada portret tasviri nimaligi,uning turlari va
« Ravshan » dostonidagi portretlar haqida fikrlar bayon qilingan.
Kalit so’zlar
:portret,xalq og’zaki ijodi,obraz, personaj,doston,baxshi.
Badiiy asar,she’r yoki xalq dostonlari haqida so’z borar ekan,unda badiiy
qahramon muhim ahamiyat kasb etadi.Negaki,asarning tushunarli shu bilan
birgalikda, ta’sirli bo’lishi uchun,avvalombor,obraz mantiqan shakllangan bo’lishi
kerak.Bu jihatdan portret janri yozuvchiga yordamchi vazifasini o’taydi.
« Portret »-fransuzcha « portraire » so’zidan olingan bo’lib
« tasvirlamoq » degan ma’noni bildiradi.U personajning so’z vositasida tashqi
ko’rinishi(yuzining tuzilishi,gavdasi,kiyimi,tana harakati, qiliqlari)ni kitobxon
tasavvurida jonlantiradigan,to’laqonli inson obrazini yaratish va uning
xarakterini ochish vositalaridan biridir.Portret epik asarning kompozitsion
unsuri bo’lmish tavsifning bir ko’rinishi hisoblanadi.Portret shartli ravishda 2
ga bo’linadi : statik va dinamik.
Statik portretda personajning tashqi ko’rinishi syujet voqeasi
to’xtatilgan holda ancha mufassal,detallashtirib chiziladi.Odatda, bunday
portretlar personaj asar voqeligiga ilk bor kirib kelgan pallada beriladi.
Dinamik portret deganda esa mufassal tasvir emas, balki voqea va
dialoglar tasvirida, ya’ni harakat davomuda berib boriluvchi personaj tashqi
ko’rinishiga xos ayrim detallar ko’zda tutiladi.Bunday portret detallari ko’proq
remarkalardan joy oladi va personajning ayni paytdagi ruhiy holatini ifodalashga
xizmat qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
153
Portret tasvirini xalq og’zaki ijodi bo’lmish Ergash Jumanbulbul
o’g’lidan yozib olingan « Ravshan» dostoni misolida ko’rib chiqishga harakat
qilamiz.Ushbu doston Turkiy xalqlarining ko’plab afsonaviy va tarixiy
dostonlari kabi o’zining kuchli ma’naviy va axloqiy mazmuni bilan ajralib
turadi. « Ravshan » dostoni,asosan, o’zbek xalqining urf-odatlari,adolat, halollik va
boshqa yuksak qadriyatlarini yoritadi.Ko’pgina yozuvchi va adiblar bu dostonni
o’zbek xalqining ruhiy va madaniy boyliklarini ifodalovchi yuksak asos
sifatida qadrlashadi va unga nisbatan ilig’ fiklar bildirishadi.Quyida bir qancha
misollar :
Abdujabbor Ahmedov(O’zbek adabiyotshunosi) : « Ravshan » dostoni
xalqning tarixiy madaniy xazinasining ajralmas qismidir.Doston o’zbek xalqining
milliy va ma’naviy qadriyatlarini saqlashdi katta rol o’ynaydi.Ravshan nafaqat
adolatli,balki xalqni yuksak ma’naviyatga olib borishga intilgan shaxsdir.
Rauf Parfi(o’zbek adabiyotshunosi) : « Ravshan » dostoni o’zining badiiy
ma’naviy salohiyati bilan og’zaki ijodining ajralmas qismidir.Bu doston nafaqat
o’zbek xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlarini ifodalaydi, balki undagi
qahramonlik ,adolat va halollik singari g’oyalar zamonaviy jamiyat uchun ham
katta ahamiyatga ega.Ravshan nafaqat shaxsiy qahramon,balki xalqning o’ziga
xos timsolidir.
G’afur G’ulom(o’zbek shoir va yozuvchisi) : « Ravshan » dostoni xalq
og’zaki ijodining eng yaxshi namunalaridan biridir.Ushbu doston xalqning ichki
kuchini, uning adolatga bo’lgan intilishlarini va yurtni himoya qilishdagi azm-
u shijoatini ajoyib tarzda ifodalaydi.Ravshanning qahramonligi xalqning o’ziga
bo’lgan ishonchini oshiradi.
Shukur Xolmirzayev(o’zbek adabiyotshunosi) : « Ravshan »dostoni
o’zbek xalqi og’zaki ijodining eng muhim xazinalaridan biridir.Dostonni
o’qiyitgan odam nafaqat Ravshanning jasorati va adolatliligi,balki xalqning
o’ziga xos ruhiyatini, uning qadriyatlarini chuqur tushunadi.Ushbu doston xalqqa
chinakam madaniy va axloqiy saboqlar berishda katta ahamiyat kasb etadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
154
Zokirjon Madvaliyev(o’zbek yozuvchisi va adabiyotshunosi) : « Ravshan »
dostonining asosiy g’oyasi yurtni sevish adolatni tiklash,yomonlikka qarshi
turishdir.Bu doston o’zbek xalqining axloqiy qadriyatlarini o’zida aks ettirgan
eng yaxshi namunadir.Ushbu dostonni nafaqat adabiyot,balki ijtimoiy
hayotimizning ajralmas qismi deb hisoblash mumkin.
Muhammad Solih(O’zbek shoiri) : « Ravshan » dostoni xalqimizning eng
yaxshi xususiyatlarini-adolatni ,halollikni,yurtdoshlariga muhabbatni o’zida
mujassam etgan asardir.Doston qahramoni Ravshan xalqning umidlarini o’zida
jamlaydi va u haqiqiy xalq qahramonining timsoliga aylanadi.
Zaynabiddin Shamsiyev(o’zbek adabiyotshunosi) : « Ravshan » dostoni
xalqning yuksak axloqiy me’yorlarini yoritadigan,adolat va halollik kabi
qadriyatlarni targ’ib etuvchi dostondir.Dostonning yurtparvarlik vatanni sevish
g’oyalari hozirgi kunda ham dolzarbdir.
Dostonda ko’plab qahramonlarni uchratishimiz mumkin.Masalan,Ravshan,
Hasanxon, Avazxon, Xon Dalli, Aynoq kal,Jaynoq kal, Misqol pari, Yunus
pari,Gulanor va h.klar.
Dostonning asosiy qahramoni Ravshan bo’lib ,dostonda u haqida dinamik
portret keltirilgan : « Ravshanbek o’n besh-o’n olti yoshida,zarli qalpoq
boshida,yuzi yarqirab,eshikdan salom berib kirib keldi ».Bu portret orqali nafaqat
Ravshanning ayni kamolot yoshida ekanligini anglaymiz ,shuningdek, uning tashqi
ko’rinishi haqida ham qisman ma’lumotga ega bo’lamiz.Bundan tashqari,yana
bir dinamik portret ham bor : « Ravshanbek polvon ularning bu so’zini
eshitib,sherday hurpayib,yo’lbarsday chirpanib,qoplonday jimiyib,xezlanib-
tezlanib ,qahri kelib,ajdahorday zahri kelib,bahodirliklari uyg’onib,o’tday yonib,
olovday qopinib,bir quti gugurtday bo’lib,o’t olib ketganday bo’ldi ».Ushbu
parchada eng kuchli hayvonlar tasviri zamirida qadimiy ramziy e’tiqodlar ham
mavjud,bu qarashlar mifologik tasavvurlarga borib taqaladi.Yo’lbars-
dovyuraklik,bahodirlik, jasurlik ramzi.Qadimiy yozma manbaalarda xalq og’zaki
ijodida qahramonlar yo’lbars terisini yopinib yurishlari tasviri ham
tasvirlangan,bu orqali pahlavonlik bo’rttirilgan.Dostonda,umuman, xalq og’zaki
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
155
ijodida qahramonlarning jasurligi botirligi dovyurakligi yo’lbars, qoplon ,sherga
o’xshatiladi.Misol uchun,dostondagi Avazxon va Hasanxon obrazi : « Avazxon
va Hasanxon ham sher haybatli, qoplon yurakli,arslon bilakli yigitlar bo’ldi ».
Endi dostondagi ayol obrazlarga to’xtalsak,jumladan,Avazxonning
qizi,Go’ro’g’li Ravshanga unashtirmoqchi bo’lgan qiz-Gulanorga.Dostonda
Gulanorga statik ta’rif berilgan : « Gulanor ko’p suluv :yaxshi suratli,shirin so’zli,
quralay ko’zli,uzun bo’yli,keng ko’krakli,xushxayol,zehni tez,serfahm qiz edi ».
Doston davomida Zulxumor,Oqqiz tasvirlari ham puxta ishlangan.
Zulxumor tasviri : ” Zulxumorning kamoli,oyday jamoli,oq yuzida
xoli,yangi to’lgan oyday ikki qoshi hiloli,yasangan hurday , tishlari
durday,ko’zlari yulduzday,qoshlari qunduzday,lablari qirmizday,og’izlari
oymoqday,lablari qaymoqday,ikki yuzi oyday,tarlon qarchig’ay uchadigan
qushday,muhrlangan qog’ozday yalt-yult o’tiribdi”.Zulxumorning chiroyi ana
shunday yorug’ yog’duga o’xshatiladi.Bu go’zallik yanada kuchaytirilib oq
yuzidagi xolni ham yondosh tasvirlanadi.Qoshi esa hilol-yangi chiqqan oydek
ingichka ,to’lin oyday go’zal va tarovatli.Zulxumorning tashqi ko’rinishi hurlarga
o’xshaydi.Hurlar ilohiyot olamiga daxldor go’zallikda tengi yo’q
parilardir.Zulxumorning yasanib o’tirishi hurlarga qiyoslanadi.Dur -qimmatbaho
va oppoq yaltiroq tosh.Ergash Jumanbulbul Zulxumorning tishlarini oq durga
o’xshatadi.Zulxumorning tasvirida qo’llanilgan o’xshatishlar uning kanizi Oqqiz
portretida ham davom ettirilgan.Oqqiz tasvirini o’qiganda Zulxumorning
qanchalik chiroyli tasvirlanganligini his qilishimiz mumkin.”Oqqiz o’zi oq
qiz,o’zi to’lgan sog’ qiz,o’rta bo’yli chog’ qiz,o’ynagani bog’ qiz,uyquchi emas
sog’ qiz,eri yo’q-o’zi toq qiz,ko’p kalandimoq qiz,yaxshi tekil bo’z bolani
ko’rsa,esi yo’q ahmoq qiz,qora qiz,,bodom qovoq qiz,sinli siyoq qiz,o’zi semiz
turishi yog’ qiz.Oq yuzin ko’rsang oyday,asov toyday,olg’ir-qarchig’ay
qiz;yuvoshligi qo’yday,semiz emasmi,yoysang eriydi sariq moyday.SHunday
Oqqiz edi;sayroqli,kachkil bet,pas burun,kulcha betli,o’rta bo’yli,qizil
chiroyli,keng manglayli,tor biqinli, qobirg’ali, go’shtdor, to’shdor, olchanglagan,
boybicha monand, o’g’ir ko’chgan,qulog’I yupqa,iyagi sergo’sht,qoshi ko’proq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
156
bir-biriga ulash,ko’zi qismaroq qiz edi”.Oqqiz portretida oq yuzini go’zallik
ramziga,ya’ni nurli oyga o’xshatadi,asov toy tutqich bermaydigan,erkin
ot.Oqqizning hurkakligini baxshi shunday qiyoslaydi:Qarchig’ay-chaqqon harakat
qiluvchi epchil qushga,harakatini o’xshatadi.Qoy, asoan, yuvosh,beozor jonivor,
Oqqizning xarakteri muloyim qo’yga o’xshatilyapti.
Bundan tashqari dostonda kallarning tasvirini ham uchratamiz,ularning
tasviri ,jismoniy quvvati mubolag’alar bilan bo’rttirilib ko’rsatiladi.”Aynoq kal
shunday edi:”Ot,tuya,arava ko’tara olmas edi,doim bir yoqqa ko’chmoqchi bo’lsa
piyoda ketar edi”.Ko’rib turganimizday baxshi Aynoq kalning tasviri orqali
uning vazni rosa og’irligini,ya’ni kuchliligini mubolag’aning yuqori darajasi bilan
ifodalagan.Aynoqning ukasi Jaynoq:”Jaynoq juda masxaraboz edi,har tusli bo’la
berar edi,har tusli bo’lganda o’zining jo’ralari ham tanimas edi”.Ersak kal
shunday edi:”Oqshomlari qo’liga kamonni olsa,qushni ko’zidan urar edi.Juda
mergan edi…. Tersak kal sinchi edi:”Yilqining tulporini suyagidan tanir
edi,qilichning o’tkirini qinidan bilar edi”.
SHuningdek,dotonda Hasan mardning g’azablangan vaqtdagi holatiga
(Ravshanni dor tagiga olib borishgandagi ahvoli) ham guvoh bo’lamiz:”Hasan
polvon o’zi olovday yonib,dudday tutanib turgan edi.endi mardning g’ayrati
kelib,jazavasi qo’zg’alib,o’g’lining bu so’zlarini eshitib,bir na’ra tortib
yubordi,shu yerda turganlarning ko’pi eti-petidan tushib,aqli shoshib,esidan
adashib,ne botirman deganlar turolmay emaklashib,bari birday chuvillashib
qoldi…”.SHu bilan birgalikda, baxshi uning oti Girko’kning jangovarligini
nihoyatda ustalik bilan tasvirlaydi:”Ostidagi Girko’kni mard Hasan
kishkishladi,og’zin ochib Girko’k ot nechovini tishladi,ozi qirgani ozmidi,oti ham
urush boshladi,necha odamning kallasini oti uzib tashladi”.
Ko’rib turganimizdek,portret janri “ Ravshan” dostonida ham xalq og’zaki
ijodining asosiy elemantlaridan biri bo’lib,u qahramonlarning o’zaro
munosabatlari,ularning ichki kechinmalari va qarorlaridagi murakkabliklarni
yoritishda xizmat qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
157
ADABIYOTLAR RO’YXATI(REFERENCES
1.Asqad Muxtorning “CHinor” romanida ayol portretining badiiy-psixologik
asoslari/2022/Oripova Gulnoza/Alijonova Maftuna Azimjon qizi.
2.Primqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” asarida ayol
timsoli/2022/Abdurahimova D/Otabekova O.X/Abduraximova D.
3.”Judolik diyori” romanida portret tasviri/2023/Jo’rayeva M/Tojiyeva N.
4.Zulfiya Qurolboyeva qizi asarlarida ayollar ruhiy olami tasviri/2022/Lobar
Rajabboyeva.
5.Cyberleninka.ru/articil