MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
147
QOBUSNOMANING HOZIRGI DAVRDAGI MA’NAVIY
AHAMIYATI.
TUROBOVA ZAYNAXOL TUYCHI QIZI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEK TILI TA’LIM YO’NALISHI
1-BOSQICH TALABASI .
Annotatsiya
.Ushbu maqolada Kaykovusning “Qobusnoma” asari haqida
ma’lumotlar berilgan va uning hozirgi davrdagi ahamiyati yuzasidan fikrlar bayon
qilingan.
Kalit
so’zlar
:Kaykovus,
Qobusnoma,hozirgi
davr,tarbiya,odob-
axloq,bilim,ahamiyat.
Qobusnoma-Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan
axloqiy-ta’limiy asar,fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik
yodgorligi.Tabariston hukumdori Shams Al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur
Maoliy (Kaykovus) tomonidan fors tilida yozilgan va “Nasihatnomai Kaykovus”
deb atalgan.”Qobusnoma” shu asarning o’zbekcha tarjimasidir,muallif asarni o’g’li
Gilonshohga bag’ishlagan.Asar turk,uyg’ur,nemis,tatar,fransuz,rus va 1860-yilda
o’sha vaqtda endi 16 yoshga to’lgan shahzoda Muhammad Rahimxon Feruz
topshirig’i bilan buyuk shoir va mutafakkir Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan
birinchi bo’lib o’zbek tiliga tarjima qilingan.Hozirgi kunda Ogahiy tarjimasining
2 qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik
institutida,yana bir qo’lyozma nusxasi Sank-Peterburgda Saltikov-Shchedrin
nomidagi Xalq kutubxonasida saqlanadi.
“Qobusnoma” asarining Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi o’zbek tiliga
o’g’irilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nasshr qilingan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
148
“Qobusnoma” asosini Qur’oni Karim suralari,Muhammad s.a.v ning
faoliyati va ko’rsatmalarini ifodalovchi hadislar,hikmatli hikoyalar tashkil
etadi.Asar 44 bobdan iborat.Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq,Payg’ambarlarning
xilqati(yaratilishi),Alloh ne’matiga shukr qilmoq haqida bo’lib,qolgan 40 bobi
ota-onani hurmatlash,ilmiy bilimlarni,san’atni egallash,harb,savdo,dehqonchilik
ishlari va hunar o’rganish,odob-axloq qoidalariga rioya etish,farzand
tarbiyasi,saxovat,farzand tarbiyasi va juvonmardlik kabi ko’plab masalalarni o’z
ichiga oladi.
“Qobusnoma” asari - XII asrda yozilgan o’zbek adabiyotining
durdonalaridan biri bo’lib,uning hozirgi davrdagi ma’naviy ahamiyati juda
katta.Quyidagi nuqtalarda uning hozirgi zamon uchun ma’naviy ahamiyatini
ko’rib chiqish mumkin:
Asarning dastlabki 4 bobi diniy-falsafiy masalalarga bag’ishlangan
bo’lib,o’lim va o’liklar haqida mulohazalar,bu dunyo va narigi dunyo haqida
fikrlar,namoz o’qish haqida maslahatlar berilgan.Kaykovus zamondoshlariga shukr
qilish ko’rinishi Islom dinida 5 xil namoyon bo’lishini,bularning 2 tasi rizq
beruvchilardan,3 tasi rizq oluvchilardanligini aytadi,yana biri 5 vaqt namoz va
ramazon oyining ro’zasi ekanligini ta’kidlaydi.Shu o’rinda ro’za atigi 1 yilda 1
oygina ekanligini,uni o’z rasm-rusmlariga rioya qilgan holda tutib,nonlarni
ochlarga ulashishni, namozni yengil o’qimaslikni tayinlaydi,uni o’z o’rnida ado
etmaslik din va dunyoni qo’ldan berishlikligini uqtiradi.Bu esa insonlarni o’z
hayotini qayta baholashga,axloqiy va ma’naviy jihatdan to’g’ri yo’lni tanlashga
undaydi.
“Qobusnoma”da axloqiy fazilatlar,oilaviy munosabatlar,adolat,hallolik kabi
qadriyatlar yoritilgan.Masalan,uning “Omonatni saqlamoq zikrida”deb
nomlanadigan bobida muallif iloji boricha omonat olishdan uzoq bo’lishni
tayinlaydi,negaki uni asramoq oson emas,asraganda ham shunday asrash kerakki
unga hech bir zahmat yetmasin.Omonat beruvchi o’ylarki omonatdan unga hech
yetmaydi deb,ammo bilmaski uni saqlamoq nechog’lik og’ir ekanligini,agar
omonatga biror nasa bo’lsa xalqning ko’ziga qanday yaramas inson sifatida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
149
ko’rinishini.Kaykovus yana omonat olayotganda yoki berayotganda bitta guvoh
bilan olish va berishni maslahat beradi.
Oilaviy munosabatlarga to’xtaladigan bo’lsak,unga “Ota-ona haqini
bilmoq zikrida”degan bobini keltirolamiz.Bu bobda ota-onani hurmat qilish
maslahat berilgan,chunki , birinchidan, ota hamda ona farzandning aslidur,ya’ni
uning bu yorug’ dunyoda bo’lishining sababidur,ikkinchidan, bu dunyoni qaytar
dunyo deyishgan,shu sababli ham hozir ota-onaga ,yaqinlarimizga,umuman
hamma odamlarga qilgan yomon ishlarimiz qachondir o’zimizga qaytishi
mumkin.Asardagi ushbu fikrlar bugungi kunda katta ahamiyatga
egadir.Zero,farzandlar ushbu maslahatlarga quloq solib,o’z ota-onalarini hurmat
qilshmoqda va o’z ota-onasining qadriga yetishmoqda.
Kaykovus,ayniqsa,axloqiy fazilatlarga katta e’tibor qaratgan,”Nafsni
tiymoq va taomlanish tartibi zikrida” bobi bunga yaqqol dalildir.Muallif ushbu
bobda har ishni tartib bilan qilishni,shu o’rinda ovqatlanishni ham deydi va
odamlar 2 mahal:tunda va tongda ovqatlanib,xato qilishini, aslida esa tongda
ovqatlanib,peshingacha ishlab ,keyingi taomlanishni peshinda qilish kerakligini
va kechki ovqatni yemaslik kerakligini tayinlaydi,chunki ertalabki taom
peshingacha,peshingi taom kechgacha hazm bo’ladi,lekin kechgi taom hazm
bo’lmay qolib oshqozon bilan bog’liq turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.Bugungi
kunda bu maslahatlar odamlarga to’g’ri ovqatlanishiga turtki bo’loladi desak
hech mubolag’a bo’lmaydi.Hozirda hatto shifokorlar ham Kaykovusning XII
asrdagi ushbu fikrlarini e’tirof etishmoqda.
Asarda hunar o’rganish,mehnat va kasbni sevish kabi mavzular muhim
o’rin tutadi,hattoki bu uchun alohida “Hunar afzunlig’i bilan baland qadr va
oliy ta’b bo’lmoq zikrida”deyilgan bitta bob ajratilgan.Ushbu bobda Kaykovus
hunarsiz insonni tikonli butaga qiyoslagan,negaki tikon butasida ham tana bor-
u foyda yo’q, hunarsiz odamda ham tana bor-u,u tananing qo’lidan keladigan
ish yo’q.Hunar o’rganish nafaqat insonni moddiy jihatdan ta’minlaydi,balki
uning jamiyatda hurmat qozonishiga sabab bo’ladi.Bugungi kunda
,ayniqsa,iqtisodiy beqarorlik davrida kasb-hunar o’rganish shaxsiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
150
mustaqillikni ta’minlash va turmush sharoitlarini yaxshilashda muhim rol
o’ynaydi.Hatto mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonivich
ko’plab nutqlarida va siyosiy dasturlarida hunar o’rganishning muhimligini
ta’kidlagan va bu masalani yurtni rivojlantirishning asosiy tamoyillaridan biri
sifatida ko’rgan
“Qobusnoma”da yana bir bob borki,bunga to’talmasak bo’lmaydi.Bu bob
“Farzand parvarish qilmoq zikrida”bobidir.Kaykovus asarining ushbu qismida
otaning farzandga bo’lgan eng katta majburiyatlaridan biri yaxshi ism
qo’ymoqdir va uni oqil va bilimli ustozlarga topshirmoqdir deydi.Farzandga
ilmni,kasbni,jang san’atini,suvda suzishni va shu kabi har xil hayot yo’lida
zarur bo’lgan hunarlarni o’rgatishni tayinlaydi.Zero,kelajakda o’z yo’lini
qiyinchiliksiz topib ketolsin.Umuman olganda,”Qobusnoma” dagi farzand
tarbiyasi haqidagi fikrlar bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega,chunki ular
kelajagimiz poydevori bo’lmish yosh avlodni tarbiyalashda asosiy prinsiplarni
o’z ichiga oladi va zamonaviy jamiyatda axloqiy,ilmiy va ijtimoiy qadriyatlani
rivojlantirishga yordam beradi.
“Qobusnoma” asarining bugungi davrdagi ma’naviy ahamiyati haqida
gapirganda,bu asar nafaqat tarixiy,balki axloqiy va madaniy qiymatlarni ham
taqdim etadi.Ushbu asar, ayniqsa,insonning hayotda to’g’ri yo’lni
tanlash,ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va axloqiy qoidalar asosida
yashashga undaydi.Shuningdek,asarning ma’naviy ahamiyati shundaki,u zamon
o’zgarishlariga qarshi turib vaqt osha o’tgan qadriyatlarni saqlab qolish va
kelajak avlodga yetkazishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
abib Abdunazar.Unsur al-Maoliy,Qobusnoma,T., 1973(to’ldirilgan 3-nashr),T.,
1994.
aykovus.”Qobusnoma”,T-1994.
a’naviyatnomai Kaykovus.Ogahiy tarjimasi
ashimov K,Nishonova S,Pedagogika tarixi.-T.:O’zbekiston Milliy kutubxonasi
nashriyoti,2005.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_Апрел –2025
151
’zbek pedagogika tarixi(QO’LLANMA).prof. A.Zunnunov tahriri ostida .T.1997
aykovus
Ibn
Iskandar,
“Qobusnoma”.
Tahririyat:
M.Amin
Razi,Tehran:Elmi,2001.pp