Authors

  • Abdumalikova Zilola
  • Yusupov Rahimjon Karimovich

Author Biographies

  • Abdumalikova Zilola

    Samarqand Davlat universitetining Psixologiya va Ijtimoiy- siyosiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi

  • Yusupov Rahimjon Karimovich

    Ilmiy rahbar:  Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi                                            dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118495

Keywords:

Ona uyi. Ana Uyi. Ijtimoiy yetimlik. Ijtimoiy vaziyat.Oilani huquqiy qoʻllab quvvatlash. Ijtimoiy qoʻllab quvvatlash og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga ijtimoiy yordam.

Abstract

Ushbu maqolada Samarqand viloyatida yoʻlga qoʻyilgan "Ona uyi" qoʻllab-quvvatlash markazining maskan sifatidagi faoliyati o‘rganiladi. Zamonaviy ijtimoiy himoyaning xalqaro tajribasini keng yoyish uchun ijtimoiy himoya loyihaning maqsadi, vazifalari va uning Samarqand viloyatiga taʼsiri tahlil qilinadi. Zero, ijtimoiy himoyaning Oʻzbekistondagi ayollar uchun yordam shaklining yangi tajribasi namuna sifatida tahlil etiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_Март –2025

115

“ONA UYI” MASKANINING SAMARQAND VILOYATIDAGI

FAOLIYATIDAN

Samarqand Davlat universitetining Psixologiya va Ijtimoiy- siyosiy fanlar

fakulteti 3-bosqich talabasi

Abdumalikova Zilola

Ilmiy rahbar: Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi

dotsenti

Yusupov Rahimjon Karimovich

.

Annotasiya

: Ushbu maqolada Samarqand viloyatida yoʻlga qoʻyilgan "Ona

uyi" qoʻllab-quvvatlash markazining maskan sifatidagi faoliyati o‘rganiladi.

Zamonaviy ijtimoiy himoyaning xalqaro tajribasini keng yoyish uchun ijtimoiy

himoya loyihaning maqsadi, vazifalari va uning Samarqand viloyatiga taʼsiri tahlil

qilinadi. Zero, ijtimoiy himoyaning Oʻzbekistondagi ayollar uchun yordam shaklining

yangi tajribasi namuna sifatida tahlil etiladi.

Kalit soʻzlar

: Ona uyi. Ana Uyi. Ijtimoiy yetimlik. Ijtimoiy vaziyat.Oilani

huquqiy qoʻllab quvvatlash. Ijtimoiy qoʻllab quvvatlash, og‘ir hayotiy vaziyatga

tushib qolgan ayollarga ijtimoiy yordam.

Oʻzbekistonda "Ona uyi" loyihasi 2024yil 24-aprelda yoʻlga qoʻyilgan.

Toshkentda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash va

ijtimoiy yetimlikning oldini olishga qaratilgan "Ona uyi" loyihasining taqdimoti

boʻlib oʻtdi. 2024-yilda ishga tushirilgan ushbu loyiha Toshkent va Samarqandda oʻz

samarasini isbotladi. Bu yerda oʻnlab ayollar va bolalarga yordam bergan 3 ta uy

ochildi. Og‘ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko’magisiz qolganligi

natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo’lgan onalar, shu jumladan,

homilador ayollar (keyingi o‘rinlarda og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar)

uchun bolalar uylarida "Ona uyi" xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy

agentligi hamda Qozog’istonning ‘Ana Yyi’ jamoatchilik jamg’armasi hamkorligida

Samarqand shahrida tashkil etilgan ‘Ona uyi’ markazi yurtimizdagi uchinchi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_Март –2025

116

muassasaga aylandi.’Ana Yyi’ jamoatchilik jamg’armasi 2013 yilda tashkil etilgan

bo’lib, shu paytgacha Qozog’istonning 18 ta shahrida 21 ta ‘Ona uyi’ resurs markazi

tuzilgan. ‘Ona uy’lari tomonidan 7000 nafar ayolga manzilli ijtimoiy yordam

ko’rsatilib, ularning farzandlari yetimlikdan saqlab qolingan va o’z oilasida

tarbiyalanishi ta’minlangan.

Markazda og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, tazyiq va zo’ravonlikka

uchragan 30 yoshgacha bo’lgan, 4 yoshdan oshmagan ikki nafargacha farzandli

onalar hamda homilador ayollarga xizmat ko’rsatiladi, deydi ‘Ona uyi’ kordinatori

Zilola Umirova. Ular bu yerda 6 oygacha yashash bilan birga kasb-hunar o’rganib,

hayotda o’z o’rnini topishi mumkin. Markazda 8 nafar ona, 12 nafar bola yashashi

uchun sharoit yaratilgan.Asosiy maqsad o’ziga bo’lgan ishonchni yo’qotgan, hayotga

qiziqishi so’ngan onalarni jamiyatga qaytarish, bolalarni yetimlikdan asrash. Ilk

kunlardan muassasamizga ikki ona joylashtirildi. Ulardan birining ikki nafar,

ikkinchisining bir nafar farzandi bor. Ikki bolali onaning katta farzandi maktabgacha

ta’lim tashkilotiga joylashtirilib, ayni paytda kichik farzandini davolash ishlari olib

borilmoqda.Markazda yashovchilarga psixologik, huquqiy hamda tibbiy yordamlar

ko’rsatilishi belgilangan. Og’ir ijtimoiy vaziyatdagi onalar ‘Inson’ ijtimoiy xizmatlar

markazi yo’llanmasi asosida qabul qilinadi.

Xulosa qilib taʼkidlash lozim. Ayollarning mehnat bozoriga kirishiga

ko‘maklashish – kasb-hunarga o‘qitish tizimini kengaytirish va ishga joylashishda

qo‘llab-quvvatlash roʻy beradi. Davlat va xususiy sektor hamkorligini kengaytirish –

korxonalar bilan hamkorlik qilib, ayollarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash

amalga oshirilib boradi.

Shunday qilib, "Ona uyi" loyihasi O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining

muhim qismi sifatida ayollar va bolalarning hayot sifatini oshirishga xizmat

qilmoqda. Ushbu tashabbus orqali ijtimoiy yetimlikning oldini olish, ayollarning

iqtisodiy mustaqilligini oshirish va jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga

erishilmoqda. Kelgusida ushdu loyihani yanada kengaytirish va uning

samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etaveradi. Xalqaro tashkilotlar bilan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_Март –2025

117

hamkorlikni rivojlantirish – xorijiy tajribalarni o‘rganish va ilg‘or amaliyotlarni tatbiq

etish jarayoni qoʻllab- quvvatlantirilaveradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1-

Negmatov I. Ijtimoiy ish tarixi va nazariyasi. Darslik. - Samarqand: SamDU

Tahririy nashriyoti, 2024. – 636 bet.

2-

Yusupov R.K. Ijtimoiy ishga kirish. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand : SamDU

nashri, 2020. – 264 bet.

3-

O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi//

https://kun.uz/01959544?q=%2Fuz%2F01959544

4-

https://uza.uz/oz/posts/samarqandda-ilk-ona-uyi-ochildi_653846

5-

Тошматова Ирода. “Она уйи” тадбиркорларни бирлаштираётган

ижтимоий лойиҳа//Янги Ўзбекистон 2025 йил 14 февраль, 32-сон.

6-

ONA UYI XALQARO FONDI (MHIF) Qozogʻiston “ANA UYI” //

http://https://dom-mamy.kz/ru/2024/07/26/dom-mamy-v-uzbekistane

7-

Центральная Азия без сирот: совместный проект бизнесменов Казахстана

и Узбекистана // https://forbes.kz/articles/tsentralnaya-aziya-bez-sirot-sovmestnyy-

proekt-