MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
63
BOSHLANGʻICH TAʼLIM TABBIY FANLARI DARSLARIDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi
Ilmiy rahbar:Alimardanova Mutabar Xolmoʻminovna
Talaba:Yoʻldosheva Charos Toʻyli qizi
Annotasiya: Ushbu maqolada boshlang'ich ta'limdagi tabiiy fanlar darslarida
axborot texnologiyalaridan oʻrinli foydalanish, ta'lim jarayonini samarali va
interaktiv tarzda tashkil etish,bundan tashqari tabiiy fan maktab oʻquvchilariga
butun borliq toʻgʻrisida umumiy tushunchalarni beruvchi fan boʻlib boshlangʻich
sinf oʻquvchilariga ushbu fanni oʻqitishda zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida
va samarali oʻqitish metodlaridan foydalanish kabi mavzular bayon etilgan.
Kalit soʻzlar:boshlangʻich ta'lim,tabiiy fan, oʻquvchi, darslik, metod,
zamonaviy texnologiya, video, multimedia.
Bugungi kunda o'qituvchi va o'quvchilari oldiga katta talablar qo'ymoqda, bu
talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, o'quvchilarning
bilim va ko'nikmalariga ega boʻlishi, ularni tashkil qilinishi va u orqali o'quvchilarni
turli bilim va ko'nikmalarni egallab olishidir. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan
zamonda ta'lim jarayonini to'g'ri va samarali tashkil etishda innovatsion
texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o'rni
beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika va videofilmlardan
foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo'lishiga ko'mak beradi, buning uchun
esa o'qituvchi o'z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga
qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman» deya o'ziga savol
berishi ya'ni, an'anaviy ta'limdan qochib, noan'anaviy ta'lim berishga intilishi
lozim.Mamlakatimizdagi deyarli barcha umumta'lim maktablari zamonaviy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
64
kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu esa, o'z
navbatida, boshlang'ich sinf o'qituvchilarning o'z mehnat faoliyatlariga yangicha
yondashuvlarini talab etadi. Boshlang'ich sinf darslari o'quv jarayoniga yangi
texnologiyalarni joriy etilishi, o'qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib
chiqishiga emas, balki yangicha yondashuv orqali uning vazifasi va rolini o'zgartirib,
o'qituvchilik faoliyatini yanada serqirra, ijodiy va kreativ yondashuvga asoslangan
kasbga aylantiradi.
Tabiiy fanlar haqidagi bilimlar uzoq yillar davomida amaliy izlanishlar tufayli
qo‘lga kiritilgan.Tabiatni bilishda, uni anglashda ilmiy-amaliy tajriba, hamda amaliy
bilimlar muhim rol o‘ynab kelgan va kelmoqda. Ma'lumki, tabiatshunoslik keng
qamrovli moddiy dunyoni rangbarang xususiyatlari, tabiatning har xil voqea
hodisalarini o‘rganuvchi fan boʻlib, ilmiy tajriba asosida shakllanadi, amaliyot esa
mazkur fanning poydevori hisoblanadi. Insoniyatning tabiat qonunlari haqidagi
bilimlarini, ilmiy asoslangan amaliy faoliyatlarini bilish jarayonini ilm-fan taraqqiyoti
belgilaydi. Nazariy bilimlar mazmun – mohiyatini anglashga bo‘lgan ehtiyoj
amaliyotda tug‘iladi va ularning to‘g‘riligi amaliyot orqali tekshiriladi.Boshlangʻich
taʼlimda tabiiy fanlar darsligi hozirgi kunda 1-sinf darslik kitoblaridan boshlab
kiritilib kelmoqda.1-sinflarning tabiiy fan kitobi koʻproq rasmlardan tashkil topgan
ya'ni boshlangʻich sinf oʻquvchilarida rasmli kitoblarga qiziqish kuchli
boʻladi.Oʻqituvchilar esa dars tashkil qilish jarayonida oʻquvchilarni qiziqtiradigan
multimediali vositalar va koʻrgazmali qurollardan foydalanishi bu dars
samaradorligini oshiradi.Shiddat bilan rivojlanayotgan zamanimizda ta'lim sohasida
juda katta oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda.Xususan maktab darsliklarida oʻqituvchi va
oʻquvchilar uchun qulayliklar yaratilmoqda.Masalan:Tabiiy fan darsliklarida
oʻquvchilar uchun mashq daftarlari mavjud.Oʻquvchilar shu bugun oʻtgan mavzusiga
doir mashqlarni bajarib mavzuni mustahkamlaydilar.Bu esa juda yaxshi samara
beradi.Oʻquvchilar yuqori sinfga qarab borgan sari darsliklardagi ma'lumotlar ham
murakkablashib boradi.Darsliklardagi rasmlarga doir qiyinlashib murakkablashib
boradi.Oʻqituvchilar tabiiy fan darslarida koʻproq zamonaviy texnologiyalardan
foydalanib darslarni tashkil qilsa bu darslar oʻquvchilarning oʻzlashtirishi yaxshi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
65
boʻladi.Masalan:4-sinf tabiiy fan darsligida ,,Oʻsimliklar"boʻlimini mavzularini
yoritish jarayonida koʻrgazmalilik va video rolliklardan foydalanib dars oʻtish
mumkin.Tabiiy fan mavzusida asosan oʻquvchilarning esida qolishi uchun
zamonaviy texnologiyani qoʻllash oʻrinli.
Boshlangʻich sinf tabiiy fan darsliklarida texnologiyalar yordamida
darslarni yanada interaktiv qilish mumkin. Misol uchun, multimedia vositalari (video,
slaydlar) yordamida tibbiy fanlarga oid murakkab tushunchalarni o'quvchilarga
yanada tushunarli va qiziqarli tarzda taqdim etish mumkin. Masalan, inson
organlarining tuzilishi va funksiyalarini tushuntiruvchi interaktiv videolar orqali
o'quvchilar organlarning tarkibini va ishlash jarayonlarini to'liq ko'rishlari
mumkin.Xususan boshlangʻich sinf tabiiy fan darslarida oʻquvchilar uchun amaliy
mavzular ham bor.Masalan tabiat hodisalar mavzularini oʻquvchilar bilan amaliy
tarzda kuzatish mumkin.Internetdagi turli resurslar tibbiy fanlar bo‘yicha darslarni
boyitish va o‘quvchilarga yangiliklarni yetkazishda yordam beradi. O‘quvchilar
tibbiyotga oid ilmiy maqolalar, videolar, animatsiyalar va boshqa interaktiv
materiallar yordamida o‘z bilimlarini kengaytirishlari mumkin.
Boshlangʻich taʼlimda tibbiy fanlar darslarida axborot texnologiyalaridan
foydalanish oʻquvchilarga yangi bilimlarni o‘rganishda keng imkoniyatlar yaratadi.
Ular darslarni qiziqarli va interaktiv qilish, bilim olish jarayonini samarali tarzda
tashkil etish, mustaqil ishlashni rag‘batlantirish kabi afzalliklarga ega. Shu bilan
birga, texnologiyalarni to‘g‘ri va samarali ishlatish uchun o‘qituvchilar o‘z bilim va
ko‘nikmalarini doimiy ravishda yangilab borishlari lozim.O‘quvchilarga axborot
texnologiyalari yordamida tibbiy fanlar bo‘yicha bilim berish, nafaqat ularning
nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham
yordam beradi. Bu esa ularning kelajakdagi sog‘liqni saqlash sohasidagi
muvaffaqiyatli faoliyatini taʼminlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Ma‘ruza matni.
Samarqand, 2000y
2.Hamdamov I.H. va boshqalar. Таbiiy fanlar zamonaviy konsepsiyasi. Т., 2007 y.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
66
3.D.Sharipova, D.Xodiyeva, M.Shirinov “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish
metodikasi” darslik.2018 yil.
4.M.Nuritdinova. Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi. T.:O‘qituvchi 2005.
5.Suyarov K. [va boshq.] Tabiiy fanlar: 1-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika
ta’lim markazi, 2021.- 88b
6.Suyarov K. [va boshq.] Tabiiy fanlar: 2-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika
ta’lim markazi, 2021.- 120b
7.. Sangirova Z. [va boshq.] Tabiiy fanlar: 3-sinf uchun darslik. – Toshkent:
Respublika ta’lim markazi, 2022.- 136b