MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
58
MINGDEVONA (HYOSCYAMUS L.) OʻSIMLIGINING BOTANIK
TAVSIFI
БОТАНИЧЕСКОЕ ОПИСАНИЕ РАСТЕНИЯ БЕЛЕНА
(HYOSCYAMUS L.)
BOTANICAL DESCRIPTION OF THE
HENBANES
PLANT
(HYOSCYAMUS L.)
Yursunova O‘g‘iloy Mamitali qizi
Fargʻona Davlat Universiteti
biologiya yoʻnalishi 2- bosqich talabasi
Annotatsiya: Mingdevona (Hyoscyamus L.) — Solanaceae oilasiga mansub
o‘simliklar turkumi bo‘lib, uning shifobaxsh va zaharli xususiyatlari bilan mashhur.
Ushbu o‘simlik tarkibidagi tropan alkaloidlari, jumladan, giossiamin va skopolamin,
og‘riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi hamda tutqanoqni oldini oluvchi ta’sirlari tufayli
xalq taboboti va zamonaviy farmakologiyada qo‘llaniladi. Ushbu maqolada
Mingdevonaning botanik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, an’anaviy va zamonaviy
tibbiyotdagi o‘rni hamda xavf-xatarlari yoritib beriladi.
Kalit soʻzlar: Mingidevona, skopolamin, guli, qora mingidevona, bandsiz
barg, poyasi, farmatsevtika, xalq tabobati, dorivor, zararli, ituzumdoshlar oilasi,
alkaloidlar, antispazmodik, urug‘lari , tropan alkaloidi, giossiamin.
Аннотация: Белена (Hyoscyamus L.) — род растений из семейства
Паслёновые (Solanaceae), известный своими лечебными и ядовитыми
свойствами. Тропановые алкалоиды, такие как гиосциамин и скополамин,
содержащиеся в этом растении, обладают обезболивающим, успокаивающим
и противосудорожным действием, благодаря чему применяются в народной
медицине и современной фармакологии. В данной статье рассматриваются
ботанические характеристики белена, её химический состав, роль в
традиционной и современной медицине, а также потенциальные риски.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
59
Ключевые слова: Белена, скополамин, цветок, чёрная белена,
цельнокрайний лист, стебель, фармацевтика, народная медицина,
лекарственный,
ядовитый,
семейство
паслёновые,
алкалоиды,
антиспазматический, семена, тропановый алкалоид, гиосциамин.
Annotation: Henbane (Hyoscyamus L. )is a genus of plants belonging to the
Solanaceae family, known for its medicinal and toxic properties. The tropane
alkaloids found in this plant, such as hyoscyamine and scopolamine, have analgesic,
sedative, and anticonvulsant effects, making them valuable in both traditional
medicine and modern pharmacology. This article explores the botanical
characteristics, chemical composition, role in traditional and contemporary
medicine, and potential risks of Hyoscyamus.
Keywords: Henbane, scopolamine, flower, black henbane, entire leaf, stem,
pharmaceutics, traditional medicine, medicinal, toxic, Solanaceae family, alkaloids,
antispasmodic, seeds, tropane alkaloid, hyoscyamine.
KIRISH
Mingdevona (
Hyoscyamus L.
) - Solanaceae (ituzumdoshlar) oilasiga mansub
oʻsimlik. Boʻyi 1,5 m gacha yetadi. Poyasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun
bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg hosil qiladi, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi
barglari tuxumsimon shaklli , 3—7 boʻlakga boʻlingan. Bargi bandsiz poyada
ketma-ket joylagan. Gullari sargʻish rangli, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil
qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha shakllarida boʻladi.
Oʻsimlikning hamma qismlari zaharli hisoblanadi. Ushbu o‘simlik qadimdan xalq
tabobati va zamonaviy tibbiyotda qo‘llanilgan bo‘lib, uning asosiy bioaktiv moddalari
– tropan alkaloidlari (giossiamin, skopolamin va atropin) kuchli tinchlantiruvchi,
og‘riq qoldiruvchi va tutqanoqqa qarshi ta’sirga ega(1-rasm).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
60
1- rasm Mingdevonaning umimiy koʻrinishi
Mingdevona Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, Uzoq Sharqda keng tarqalgan.
Oʻzbekistonda 2 turi (turkman va qora ) bor, koʻproq qora Mingdevona (zaharli
begona oʻt) uchraydi. Ushbu oʻsimlikning asosiy uchrash joylari yoʻl yoqalarida,
oʻtloq va partov yerlarda, ekinzorlarda oʻsadi. Bargi tarkibida giossiamin, atropin,
skopolamin va boshqa zaharli alkaloidlar bor. Barg ekstrakti va urugʻining moyi bod,
asab kasalliklarida ogʻriq qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Doridarmon tayyorlash
uchun maxsus ekiladi.
Ushbu oʻsimlik bilan zararlanish holatlari koʻp uchrab turadi. Iste’mol
qilgandan soʻng 10-20 daqiqa oʻtib, oʻsimlikdan zaharlanish belgilari yuzaga chiqadi.
Bunda ogʻiz qurishi, koʻz qorachigʻining kengayi-shi, ovoz boʻgʻilishi, yuzning
qizarishi va yurak ishining susayishi kuzatiladi. Birozdan soʻng harorat koʻtariladi,
titroq, hushdan ketish holatlari vujudga keladi. Birinchi yordam berish uchun
bemorga koʻp suyuqlik ichirib, qustirish kerak. Bugungi kunda Mingdevonaning
farmatsevtika, biotexnologiya va xalq tabobotidagi o‘rni ortib bormoqda. Tadqiqotlar
natijasida uning terapevtik salohiyati va xavf-xatarlari chuqur o‘rganilmoqda.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
61
Oʻzbekistonda Mingdevonani Qora mingdevona
(Hyoscyamus nige
r) va
Turkman mingdevonasi- (
Hyoscyamus turcomanicus
) turlari mavjud.
Qora mingdevona (Hyoscyamus niger)
– ituzumdoshlar
(Solanaceae)
oilasiga mansub bir yoki ikki yillik oʻsimlik boʻlib, Oʻzbekistonda keng tarqalgan
zaharli dorivor oʻsimliklardan biridir. Uning boʻyi 20-80 sm gacha yetadi, barglari
yirik, tukli boʻladi. Gullari esa sariq tusda, binafsha tomirlar bilan qoplangan boʻladi.
Qora mingdevona Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida uchraydi. U asosan
yoʻl chetlari va ariqlar boʻyida, oʻtloqlarda, togʻ etaklarida, ekinzor va bogʻlar
yaqinida, partov yerlarda oʻsadi. Bu oʻsimlik tuproq tanlamaydi, lekin nam va qumloq
yoki loyqa tuproqlarda yaxshi oʻsadi. U koʻpincha begona oʻt sifatida uchraydi. Qora
mingdevona barglari va urugʻlari tarkibida biologik faol moddalar, xususan tropan
alkaloidlari
mavjud.
Asosiy
tarkibiy
qismlari:
Giossiamin
,skopolamin
(hyoskin),atropin Bu alkaloidlar markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, antispazmodik,
tinchlantiruvchi va ogʻriq qoldiruvchi xususiyatlarga ega. Qora mingdevona oʻta
zaharli oʻsimlik hisoblanadi. Uning notoʻgʻri yoki ortiqcha dozalarda ishlatilishi ogʻir
zaharlanishga olib kelishi mumkin, shuning uchun faqat tibbiyot mutaxassisi nazorati
ostida qoʻllanilishi tavsiya etiladi.
Turkman mingdevonasi (Hyoscyamus turcomanicus)-
qora mingdevonaga
yaqin tur hisoblanadi. U ham ituzumdoshlar oilasiga mansub boʻlib, tashqi koʻrinishi
oʻxshash bo‘lsa-da, biroz kichikroq va qurgʻoqchil sharoitlarga moslashgan.
Oʻzbekistonning
janubiy hududlarida, xususan: Qashqadaryo va
Surxondaryo viloyatlarida,choʻl va yarim choʻl hududlarida, togʻ oldi va toshloq
yerlarda uchraydi. Bu tur asosan Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston,
Turkmaniston va Qozogʻistonning quruq iqlimli mintaqalarida uchraydi. Turkman
mingdevonasi qora mingdevonaga oʻxshash tarkibga ega boʻlib, unda ham tropan
alkaloidlari mavjudligi taxmin qilinadi. Biroq, bu tur boʻyicha ilmiy tadqiqotlar
yetarlicha olib borilmagan, shuning uchun aniq kimyoviy tarkibi haqida toʻliq
ma’lumot mavjud emas.
XULOSA
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
62
Mingdevonaning asosiy dorivor ahamiyati tropan alkaloidlari – giossiamin,
skopolamin va atropinning mavjudligi bilan bog‘liq. Ushbu moddalar
tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi va tutqanoqqa qarshi ta’sirga ega. Shu sababli
mingdevona qadimdan xalq taboboti va an’anaviy tibbiyotda qo‘llanib kelgan.
Hozirgi kunda ham farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida bu o‘simlikning
ahamiyati ortib bormoqda.Biroq mingdevona o‘ta zaharli hisoblanib, noto‘g‘ri
ishlatilganda yoki tasodifan iste’mol qilinganda jiddiy zaharlanishga sabab bo‘lishi
mumkin. Zaharlanish belgilari orasida og‘iz qurishi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi,
yurak ishining susayishi, titroq va hushdan ketish holatlari kuzatiladi. Shu bois bu
o‘simlikdan foydalanish faqat tibbiyot mutaxassislari nazorati ostida amalga
oshirilishi kerak. Umuman olganda, mingdevona tabiatda keng tarqalgan va dorivor
xususiyatlarga ega bo‘lgan muhim o‘simliklardan biridir. Uning farmakologik
salohiyati chuqur o‘rganilmoqda, biroq xavf-xatarlarini ham inobatga olish zarur.
Kelajakda ushbu o‘simlik bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar uning
tibbiyotdagi qo‘llanilish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Armando T. Hunziker: The Genera of Solanaceae (o‘zbek tilida: Ituzumdoshlarning
Turkumi). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Liechtenstei 2001.
2. Karimov I., Rashidov S. Dorivor oʻsimliklarning farmakologik xususiyatlari. –
Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2010.
3. Haqberdiev O., Xolmirzayev M. Ituzumdosh oʻsimliklar va ularning dorivor
ahamiyati. – Samarqand: Samarqand Davlat Universiteti nashriyoti, 2017.
4. Flora of Uzbekistan (Vol. 7) – Tashkent: Science Publishing House, 1961.