MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
49
SHIRINMIYA-(GLYCYRRHIZA GLABRA L.) NING BOTANIK
TAVSIFI VA ISHLATILISHI
БОТАНИЧЕСКОЕ ОПИСАНИЕ И ИСПОЛЬЗОВАНИЕ
СОЛОДКИ-(GLYCYRRHIZA GLABRA L.)
BOTANICAL DESCRIPTION AND USE OF LICORICE-
(GLYCYRRHIZA GLABRA L.)
Yursunova O‘g‘iloy Mamitali qizi
Farg‘ona Davlat Universiteti biologiya yo‘nalishi 2-kurs talabasi
Annotasiya: Ushbu maqolada Shirinmiyaning (Glycyrrhiza glabra - L)
dorivor xususiyatlari, xalq tabobatidagi ro'li va turli sohalarda qo‘llanilishi haqida
ma’lumot beriladi. Shirinmiya nafas yo‘llari, oshqozon-ichak tizimi va immunitet
bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, ushbu
o‘simlik oziq-ovqat, farmatsevtika va kosmetika sanoatida ham muhim o‘rin tutadi.
Maqolada shirinmiyaning inson salomatligi va turli sanoat tarmoqlaridagi ahamiyati
tahlil qilinadi.
Kalit soʻzlar: Glycyrrhiza glabra L, gerbitsit , сhuchukmiya, provitamin A,
shirin ildiz, gul, meva .
Аннотация: В статье представлена информация о лечебных свойствах
солодки голой (Glycyrrhiza glabra - L.), ее роли в народной медицине и
применении в различных областях. Солодка широко используется для лечения
респираторных, желудочно-кишечных и иммунных заболеваний. Это растение
также играет важную роль в пищевой, фармацевтической и косметической
промышленности. В статье анализируется значение солодки для здоровья
человека и различных отраслей промышленности.
Ключевые слова: Glycyrrhiza glabra L., гербицид, солодка, провитамин
А, корень солодки, цветок, плод.
Annotation: This article provides information about the medicinal properties
of Licorice (Glycyrrhiza glabra - L), its role in folk medicine and its use in various
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
50
fields. Licorice is widely used to eliminate problems related to the respiratory tract,
gastrointestinal system and immunity. This plant also plays an important role in the
food, pharmaceutical and cosmetic industries. The article analyzes the importance of
licorice in human health and various industrial sectors.
Keywords: Glycyrrhiza glabra L, herbicide, licorice, provitamin A, licorice
root, flower, fruit.
KIRISH
Shirinmiya
(Glycyrrhiza glabra L.)
— dukkakdoshlar oilasiga mansub ko‘p
yillik, ildizpoyali o‘t oʻsimlik. Poyasi tarmoqli, qo‘pol, balandligi 40-150
sm
ga
yetadi va tik oʻsadi.
Barglari murakkab, toq
patsimon, cho‘ziq shaklda poyada navbatma-
navbat joylashgan. Gullari binafsha rangli, boshoqga o‘xshash to‘pgulda
yig‘ilgan.
Mevasi-cho‘zinchoq
dukkak.
Aprel-iyun
oylarida
gullab,
keyin meva beradi. Urug‘ hamda vegetativ usulda (ildizpoyalari orqali)
ko‘paytirish
mumkin.
Ildiz
tizimi
kuchli
rivojlanib,
yer
ostiga 3
metr
chuqurlikgacha
boradi.
Ildizpoyalaridan
yer
usti
novdalari
o‘sadi, urug‘i qattiq qobig‘ ga ega bo‘lib, 30-35°C haroratda unib chiqadi.
(1-rasm).
Turkum nomi
Glycyrrhiza
-grekcha so‘z bo'lib, “
glykys”
- shirin, “rrhiza” ildiz
degan ma’noni anglatadi
1- rasm .
Glycyrrhiza glabra L.
-Shirinmiya
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
51
ADABIYOTLAR TAHLILI VA ISHLATILISHI
Ushbu oʻsimlik Oʻrta Osiyoning hamma rayonlarida, jumladan, Toshkent,
Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlarida tarqalgan. Hamma chopiqtalab ekinlar, ayniqsa,
beda va donli ekinlar orasida uchraydi, sugʻorish kanallari boʻylari, ariq yoqalari, bogʻ
va uzumzorlarda oʻsadi. Kurashish choralari: yerni haydashda ildiz qoldiqlarini
yoʻqotish; nihollari paydo boʻlgach, ekin qator oralariga chuqur ishlov berish; don
ekinlariga gerbitsidlar purkash .
Shirinmiyadan sanoat miqyosida tush, gutamin hamda koʻnchilik korxonalari
uchun qimmatbaho boʻyoqlar olinadi. Hozirda ushbu oʻsimlik jahon bozorida juda
qadrlanadigan xom ashyo hisoblanib, uni yetkazib beradigan asosiy xoʻjaliklar Oʻrta
Osiyo respublikalari, jumladan, Qozogʻistondir. Mamlakatimizda esa Amudaryo
qayir yerlarida shifobaxsh shirinmiya yetishtirishga ixtisoslashgan xoʻjaliklar tashkil
etilgan. Shuningdek Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo viloyatida ham shirinmiya ishlab
chiqarish korxonalari mavjud.
Shirinmiya-chorva mollari uchun toʻyimli ozuqa hisoblanadi. Chunki uning
tarkibida oqsil, kletchatka, provitamin A va boshqa foydali moddalar bor. Undan
oziq-ovqat sanoatida turli xil taʼmli sharbatlar, likyorlar, shirinliklar tayyorlanadi.
2-rasm. Shinimiyaning tashqi tuzilishi .
Shirinmiya oʻsimligi qadimdan koʻplab olimlarni oʻziga jalb qilib kelgan va
hozirgi kunda ham koʻplab olimlar hamda yosh tadqiqotchilar jumladan magistrlar,
doktorantlar va xatto tadbirkor, dehqonlar ham ushbu noyob oʻsimlikka katta qiziqish
bilan yondashmoqda. Qadimgi yunon olimlari Gippokrat va Feofrast shirinmiya
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
52
ildiziga yuqori baho berib, nafas yoʻllari kasalliklarida ishlatishni tavsiya etgan.
Ushbu oʻsimlik Abu Ali ibn Sino asarlarida ham uchraydi.
Olimlardan Buass’ya (Boisser 1872) va Engler (Engler 1894) Glcyrrhiza
turkumlarini oʻrgangan. Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Tabiiy fanlar
fakulteti Biologiya kafedrasi oʻqituvchisi N.A.Yuldasheva ham shirinmiya
oʻsimligini tabiiy sharoitda oʻrganish boʻyicha oʻz ilmiy ishlarini olib borgan. Biz
oʻrganayotgan shirinmiya
(g.glabra)
turi Eugycyrrhiza seksiyasiga mansub.
B.f.f.d, dotsent M.A.Yusupova “Unumdorligi past boʻlgan maydonlarda
qizilmiya
(Glycyrrhiza glabra)
ekishning foydali xususiyatlari nomli maqolasida
quyidagi ma’lumotlarni keltirgan: shoʻrlangan va gipsli tuproqlarda qizilmiyani ekish
maqsadga muvofiqdir. Chunki 5 yil qizilmiya oʻstirilgan yerda tuproqning
shoʻrlanganlik darajasi 2,5 barobargacha kamayib, azot, gumus, bilan toʻyinadi.
A.J.Qoʻziyev Silliq shirinmiya
Glycyrrhiza Glabra L.
urugʻidan koʻchat
yetishtirish va oʻstirishning bioekologik asoslari mavzusida dissertatsiya ishini
yoqlagan, ekin maydonlarida oʻstirilgan silliq shirinmiyaning yer osti hosildorligi va
undagi toʻplangan foydali moddalarning tarkibi oʻsimlik yoshi, qismlari va oʻstirilgan
sharoitiga qarab turlicha.
Shirinmiya oʻsimligi butun dunyo olimlarining qiziqishiga sabab boʻlgan.
Shirinmiya dunyoning koʻplab rivojlangan mamlakatlarida ekib oʻstiriladi, uning
eksport va import hajmi ham juda yuqori. Angliya, AQSh, Ispaniya, Italiya, Fransiya
Turkiya, Xitoy, Hindiston, Iroq, Eron, Afgʻoniston, Suriya, Azarbayjon,
Turkmaniston va Oʻzbekistonda iqtisodiy maqsadlarda katta maydonlarda ekiladi.
Har yili Xitoy hamda AQSH kabi davlatlar katta hajmdagi shirinmiyani import qilib
oladi. Yurtimizda ham shirinmiyaning qimmatli xususiyatlarini inobatga olgan holda
ushbu oʻsimlikni katta maydonlarda yetishtirishga davlat ahamiyati darajasida e’tibor
qaratilmoqda.
XULOSA
Shirinmiyani yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha olib borilayotgan
tadqiqotlar hamda amaliy ishlar uning nafaqat iqtisodiy, balki ekologik ahamiyatini
ham oshirib kelmoqda. Bu o‘simlik qishloq xo‘jaligi, sanoat va tibbiyot sohalarida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
53
keng qo‘llanilib, jahon bozorida yuqori talabga ega xom ashyo sifatida e’tirof etiladi.
Uni ekish va yetishtirish tuproq unumdorligini oshirish, sho‘rlanishni kamaytirish
hamda qishloq xo‘jalik maydonlaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida shirinmiya eksport va import hajmi yildan yilga
ortib bormoqda. Yurtimizda ham ushbu o‘simlikka davlat darajasida e’tibor
qaratilayotgani uning istiqbolli yo‘nalishlardan biri ekanini tasdiqlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Shifobaxsh ne’matlar M.Nabiyev, V.Shalnev, Toshkent – “Mehnat” - 1989
2.D.Saidov, L.Pauzner, L.Shamsuvaliyeva “Shirinmiya”, “O‘zbekiston” nashriyoti,
Toshkent-1975
3.Ashermetov O.A., Badalov M.M. Shirinmiya yetishtirish bo‘yicha qo‘llanma. O‘.:
1995.
4.Muhammadxonov C., Jonguzarov F. O
‘
simlikshunoslikga oid ruscha o
‘
zbekcha
izohli lug
‘
at.-T.:Mehnat, 1989.-320 b.