MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
13
BOTANIKA ORQALI ESTETIK ONGNI SHAKLLANTIRISH:
RA’NODOSHLAR MISOLIDA
Xatamova Madina Otabek qizi, Soatova Nozima Sobir qizi,
G’aniyeva Muhayyo G’ulom qizi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Tabiat to‘g‘risidagi yetakchi fanlarning biri biоlоgiya zimmasiga
o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda bir qancha mas’uliyatli
vazifalarni tashlaydi. Biоlоgiyani o‘qitishda, avvalо, o‘quvchilarni biоlоgiyaning
asоsiy g‘оyasi, nazariya, qоnuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, xalq xo‘jaligining
turli tarmоqlarida tutgan o‘rni, biоlоgik bilimlarini o‘zlashtirishning ahamiyati bilan
tanishtirish ,nazarda tutiladi va shu оrqali insоnning tabiat va jamiyatga bo‘lgan оngli
munоsabatini tarkib toptirish bilan uzviy bоg‘langan hоlda ,ta’lim- tarbiyaviy tizim
vujudga keladi. Mazkur tizim o‘zida o‘quvchilar tоmоnidan fan asоslarini mustahkam
o‘zlashtirishlari barоbarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish,
o‘quvchilarni ma’naviy-axlоqiy, vatanparvarlik, ekоlоgik, estetik, iqtisоdiy,
jismоniy, gigiyenik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalarini
mujassamlashtiradi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish o‘quvchilarning biоlоgiya
fanini o‘rganishi biоlоgik оbyektlarning tuzilishi, rivоjlanishi va hayot faоliyati
qоnuniyatlarini tushunishiga оlib keladi.
Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi.Shuni maxsus ta'kidlash kerakki,
zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor
omil bo'lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi.
Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosat jihatdan
mukammal bo'lib yetishishiga monelik ko'rsatadi.
Estetik tarbiya. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta`lim oluvchilarda boy
estetik dunyoqarashni hosil qilish masalasiga keng e`tibor berilgan.Ma`lumki,
estetika go`zallik elementlari, sharoitlari va qonunlari to`g`risidagi fandir. Estetik
tarbiya go`zallik hissi, tuyg`ular, badiiy didni rivojlantirishga qaratilgan.Estetika
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
14
mehnatda, ijtimoiy va shaxsiy hayotda o`z atrofida go`zallik barpo etishga intilishni
vujudga keltiradi. Go`zallikni ko`ra bilish, idrok qilish, barpo etish \ tarbiya
vazifalaridan biridir.
O`quvchilarni estetik tarbiyalashda biologiya o`quv xonasi, tirik tabiat
burchagi, maktab tajriba yer maydonlarida vujudga keltirilgan tartib, va go’zallik
muhim rol o`ynaydi. Biologiya o`quv xonasidagi o`simliklar, ko`rgazma vositalari
estetik talablarga javob berishi va ma`lum bir mazmunda joylashtirilgan bo`lishi
kerak.
Estetik tarbiyaning vazifasi:
1. O`quvchilarni go`zallikni ko`rish va idrok qilishga, chiroylini xunukdan
farq qilishga o`rgatish, bu bilan estetikani idrok qilish bilan bog`lash;
2. Tabiatda, mehnat jarayonida, o`z atrofida, shaxsiy va ijtimoiy hayotda
go`zallikni o`rnatish va himoya qilishga, estetik didni mehnat va turmush madaniyati
bilan bog`lash;
3. Turli hayotiy vaziyatlarda chiroyli ish tutishga, estetikani ma`naviy ahloqiy
qarashlar bilan uyg`unlashtirishga o`rgatishdan iborat.
Biologiyani o`qitishda estetik tarbiya serqirra bo`lib, uni dars, darsdan va
sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalarda amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Iqtisodiy tarbiya. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o`tishi, ta`lim-tarbiya
jarayonida o`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish zaruratini keltirib chiqaradi.
O`quvchilar botanika, zoologiya, umumiy biologiya o`quv fanlarida o`simlik va
hayvonlarning mahsuldorligi, dalalarning unumdorligini oshirish, tuproq va yerga
nisbatan munosabatini tubdan o`zgartirish, olinadigan mahsulotlarni ham miqdor,
xam sifat jihatdan orttirish masalalari bilan tanishadilar. O`qituvchi o`rganilayotgan
mavzu mazmuniga bog`liq holda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirishi zarur.
Raʼnodoshlar, atirguldoshlar (Rosaceae) — ikki urugʻ pallali usimliklar oilasi.
Daraxt, buta va o’tlardan iborat. Barglari ketma-ket joylashgan. Gullari toʻgʻri,
asosan, ikki jinsli, yakka yoki koʻpincha toʻpgulda oʻrnashgan. Changchisi koʻp;
meva barglari bitta va koʻp boʻladi. Mevasi — poʻstli, koʻsakcha, olma, danak va
boshqa koʻrinishda boʻladi. Baʼzi madaniy Ra’nodoshlarda mevalar partenokarp va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
15
urug’siz tuzilgan. 100 ga yaqin turkumi (3000 dan ortiq turi) bor. Butun yer sharida
tarqalgan. Asosan, Shimoliy. yarim sharning moʻtadil va subtropik hududlarida
tarqalgan. Oʻzbekistonda 38 turkumga mansub 266 turi o’sadi. Ra’noguldoshlar oilasi
koʻpincha quyidagi kenja oilalar: tobulg’idoshcha lar (mevasi
— koʻp poʻstli); olmadoshchalar (mevasi— olma); atirguldoshchalar (mevasi
— koʻp koʻsakcha); olxoʻridoshchalar (mevasi — danakcha)ga boʻlinadi.
Ra’noguldoshlarga mevali (olma, nok, behi, olcha, olvoli gilos, olxoʻri, oʻrik,
shaftoli va boshqalar), rezavor mevali (malina, qulupnay, maymunjon va boshqalar),
manzarali (atirgul, tobulgʻi va boshqalar) oʻsimliklar kiradi.
Atirguldoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishi jixatidan 4 ta oilachaga
bo‘linadi;
TUBULG‘IDOSHSHALAR-SPIRAEOIDEAE. Bu oilachaning vakillari buta
o‘simliklaridir .Barglari oddiy yoki mu-rakkab, gullari mayda sochoq yoki
qalqonsimon to‘pgulga yig‘ilgan.Gullari to‘g‘ri,qo‘shgulqo‘rg‘onli kosacha va
gultojibargdan iborat, ular 5 tadan bo‘lib joy-lashgan.Changchilar soni ko‘p,
urug‘chisi 5 ta meva bargchaning birikishidan hosil bo‘lgan.Tugunchasi ustki Mevasi
to‘p yoyma meva.
ITBURUNDOSHSHALAR-ROSOIDIEAE. Bu oilachaga o‘t, chala buta va
buta o‘simliklar kiradi. Barglari tok patsi-mon, murakkab yoki o‘yilgan oddiy,
yonbargchali. Poyasi ko‘pincha tikanli. Gul-qo‘rg‘oni murakkab, chang-chilar soni
ko‘p, urug‘chisi bitta yoki ko‘p meva bargchadan tashkil topgan. Gul o‘rni botiq yoki
qavariq. Tugunchasi ustki yoki o‘rta. Mevasi yong‘oqcha yoki murakkab danakchali
meva.
OLMADOSHSHALAR-POMOIDEAE. Bu oilachaning vakillari daraxt va
buta o‘simliklardir. Ularning barglari, oddiy, ba'zan murakkab, yonbargchali.
Gulkosacha va gultojbargi 5 tadan, joylash-gan. Changchilari soni ko‘p. Urug‘chisi
bitta, ba'zan 2-5 ta mevabargchadan iborat.Gul o‘rni botiq. Tugunchasi ostki, mevasi
sersuv soxta meva.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
16
OLXO‘RIDOSHSHALAR–PRUNOIDEAE. Olxo‘ridoshchalar vakilliari
daraxt va buta o‘simliklardir. Barglari oddiy, butun, poyaga ketma-ket joylashgan.
Gulqo‘rg‘oni murakkab, 5 tadan joylashgan.
Changchilari 10-20 ta. Urug‘chisi bitta mevabargchadan hosil bo‘lgan.
Tugunchasi ustki. Mevasi quruq yoki sersuv, danakcha.
Ahamiyati. Atirguldoshlar oilasining ko‘pchilik vakillari oziq-ovqat o‘simligi
hisoblanadi. Ularning mevasini tarkibida qand moddalari, har hil organik kislotalar,
vitaminlar va efir moylari uchraydi. Shuningdek bir qancha turlari tibbiyotda dori
tayyorlashda, manzarali o‘simlik sifatida istirohat bog‘larida ekib o‘stirib
kelinmoqda. Ra’nodoshlar oilasi vakillari o’quvchilarga nafaqat ilmiy qarashlarini
o’stirishga balki estetik qarashlarini ham rivojlanishiga yordam beradi. Aynan ra’no
yoki atirgul barcha hiyobonlar, ilmiy maskanlarning chiroyiga chiroy qo’shib turadi
bu esa ilmiy maskanlarda tabiiy landshaftlarni hosil qilib o’quvchilarning fanga
bo’lgan qiziqishlarini oshirib boradi. Esterik tarbiya o’quvchilarni yetuk shaxs qilib
tarbiyalashga yordam beradi .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Tolipova J. O., G‘ofurov A.T. Biologiya o‘qitish metodikasi. Oliy o‘quv
yurtlari uchun darslik. T.: TDPU, 2012.
2.
A. To’xtayev, Azimova O, 6-sinf Botanika 2017.
3.
Мавлонов, Х., Худанов, У. О., & Бердиқулов, Х. (2021). ВЕШЕНКА
ЕТИШТИРИШДА
ИНОВАЦИОН
ТЕХНОЛОГИЯЛАР
ИШЛАБ
ЧИҚИШ.
Журнал естественных наук
,
1
(5).
4.
Бердикулов, Х. (2020). Biological, ecological and agricultural significance of
Rooks (Corvus frugilegus).
Журнал естественных наук
, (1).
5.
Keldiyorovich, B. K. (2024). THE EFFECT OF STIMULANTS ON
CROTALARIA
HAY
YIELD
AND
QUALITY
INDICATORS.
Cotton
Science
,
4
(1).
6.
Бердиқулов, Х. К., Ортиқова, Л. С., & Негматова, С. Т. (2024).
КРОТАЛАРИЯ КЎК МАССА ҲОСИЛИГА БИОСТИМУЛЯТОРЛАРНИНГ
ТАЪСИРИ.
Science and innovation
,
3
(Special Issue 21), 93-97.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
17
7.
Keldiyorovich, B. X. (2023). Species of the Genus Crotalaria L. and Their
Biological Significance.
Web of Agriculture: Journal of Agriculture and Biological
Sciences
,
1
(4), 1-7.