Authors

  • Murtazayeva Billura Hakim qizi
  • Alimardonova Mutabar

Author Biographies

  • Murtazayeva Billura Hakim qizi

    Talaba

  • Alimardonova Mutabar

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti "Pedagogika"fakulteti.

    Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118525

Keywords:

Oʻsimlik tabiat tabiiy resurslar dunyoqarash tafakkur ekalogiya madaniy meroslar atrof muhitni muhofaza qilish.

Abstract

Ushbu  maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirishda. Mutafakkirlari merosidan foydalanish, bilimlarni o‘zlashtirishning ahamiyati, tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarda ekologik mazmunidagi bilimlarni takomillashtirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, shuningdek, umumta’lim maktabi o‘quv rejalari vadasturlariga tabiat-jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish,atrof-muhitga jiddiy munosabatda bolish tabiiy resurslarni asrash  atrof muhitga zarar yetkazmaslik yashil muhitni shakllantirish oʻsmliklar dunyosini kengaytirish  daraxtlar ekish. Oʻquvchilarga tabiatning oʻrni hayotimizda qanchalik muhim ekanligi ekalogik tafakkurni shakllantirish dunyoqarashini boyitishdir. O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan foydalanish jarayoni,o‘qitishda atrof-muhit muhofazasi, o‘qitish metodlari, vositalari, boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid ijobiy munosabatlari va qarashlari va tabiat o’rtasidagi munosabatlar haqidagi ilmiy manbalarni singdirish jihatlari keltirilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

403

TABIAT BILAN TANISHTIRISHDA MUTAFAKKIRLAR

MEROSIDAN FOYDALANISH

Talaba: Murtazayeva Billura Hakim qizi

Ilmiy rahbar:Alimardonova Mutabar

Shahrisabz davlat pedagogika instituti "Pedagogika"fakulteti.

Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi.

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik

tafakkurni shakllantirishda. Mutafakkirlari merosidan foydalanish, bilimlarni

o‘zlashtirishning ahamiyati, tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarda ekologik

mazmunidagi bilimlarni takomillashtirish, muammoli vaziyatlarni yaratish,

shuningdek, umumta’lim maktabi o‘quv rejalari vadasturlariga tabiat-jamiyat

o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish,atrof-muhitga jiddiy munosabatda bolish

tabiiy resurslarni asrash atrof muhitga zarar yetkazmaslik yashil muhitni

shakllantirish oʻsmliklar dunyosini kengaytirish daraxtlar ekish. Oʻquvchilarga

tabiatning oʻrni hayotimizda qanchalik muhim ekanligi ekalogik tafakkurni

shakllantirish dunyoqarashini boyitishdir. O‘rta Osiyo mutafakkirlari merosidan

foydalanish jarayoni,o‘qitishda atrof-muhit muhofazasi, o‘qitish metodlari,

vositalari, boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid ijobiy munosabatlari va

qarashlari va tabiat o’rtasidagi munosabatlar haqidagi ilmiy manbalarni singdirish

jihatlari keltirilgan.

Kalit soʻz: Oʻsimlik, tabiat ,tabiiy resurslar, dunyoqarash, tafakkur

ekalogiya,madaniy meroslar, atrof muhitni muhofaza qilish.

Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlar bo‘yicha darslarni tashkil etishda tabiiy

muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga insonning

kuchli antropogen ta’siri tufayli ekologik muammolar vujudga kelayotganligi, sanoat

mahsulotlaridan atmosferaning ifloslanishi ekologik muammolarni vujudga

keltirganligi, еyuzida ekologik tang vaziyatli hududlarning keskin ko‘payishi, global


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

404

ekologik inqiroz havfining real ekanligini o‘quvchilarga tushuntirish lozim.

O‘quvchilar tushunishlari lozimki, tabiatni muhofaza qilish hozirgi va kelgusi

avlodning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish

va atrof-muhitni saqlashdan iborat. Shu jihatdan o‘quvchilarga ekologiya va ekologik

tushunchalar haqida .ma’lumot beriladi.Xususan, ekologiya hayot jarayonlarini

o‘ziga xos metodlarda tadqiq qiladigan mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiyaning

ijtimoiy hayot bilan bevosita bog‘langan tarmoqlari ham rivojlanmoqda. Shu bilan

birgalikda turli fanlardan ekologik muammolar jihatlari o‘rganiladi. “Ekologiya” tirik

organizmlarning (har qanday ko‘rinishdagi, barcha darajada uyg‘unlashgan) hayot

faoliyati qonuniyatlarini ular hayotida kechadigan tabiiy muhitning inson omili

ta’sirida yuzaga keladigan holatni o‘rganadigan fandir.Shunday ekan, tabiat

qonunlarining muvozanatini buzmaslik kerak. Demak, yoshlarga, kelajak avlodga

bolalikdan tabiatga mehr-muruvvatli bo‘lish tuyg‘ularini singdirib borish

lozim.Tabiat insonni ma’naviy boyitishning bitmas tuganmas manbaidir. Tabiat bilan

inson o'rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda ekologik ta’lim-tarbiyaning roli nihoyatda

katta. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik

ta’lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan yangi

munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning

shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat

uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning

an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma’naviyatli shaxsning

shakllanishiga olib keladi.Tabiatni asrab avaylash ardoqlash insonning burchi

ekanligi haqidagi ta’limotlar Turoni Turkistondan yetishib chiqqan buyuk olimlaming

ta’limotlarida o‘z ifodasini topgan. Allomalar o‘z davrida tabiatdan foydalanish, ular

bilan bog‘liq boTgan voqea, hodisalar haqida boy ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.

Tabiatga mehr, yuksak axloq-odobini tarbiyalash lozimligini o‘z asarida bayon

etganlar.Tabiat - bizni o‘rab olgan borliq, olam. Tabiat vaqt va fazoda cheksizdir,

to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘ladi. Jamiyat ham

tabiatning, moddiy olamning o‘ziga xos bir boMagidir.Tabiiy muhit - tabiiy jism va

moddalarning, nimanidir yoki kimnidir o‘rab turuvchi, uning hayotiy faoliyati


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

405

kechadigan tabiiy sharoitlar mujassamligi. Geografik adabiyotlarda mazkur

tushuncha, ko‘pincha, geografik qobiqning inson va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rab

turgan qismiga nisbatan ishlatiladi.Geografik muhit - jamiyatni o‘rab turgan tabiiy

sharoit; ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tarixiy koʻpbosqichida tabiatning

jamiyat bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan bir qismi. Geografik muhit jamiyat

taraqqiyotining doimiy va zaruriy sharoitlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va xo‘jalik

tarmoqlarining joylashishiga faol ta’sir etadi.

o‘z navbatida, jamiyat ham geografik muhitga ta’sir koTsatadi. Jamiyat rivojlanib

borgani sari geografik muhit doirasi o‘zgarib, kengayib boradi.Texnogen muhit -

aholini o‘rab turgan atrof-muhitning bir qismi botib, inson tomonidan yaratilgan

obyektlar, jism va moddalar tushuniladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari texnogen

muhit takomillashib boradi.Atrof-muhit — aholini o‘rab turgan tabiiy va texnogen

muhitni qamrab olgan yashash va mehnat qilish sharoiti. Jamiyat bilan tabiat

o‘rtasidagi ta’sir va munosabatlar makon va zamonda o‘zgarib, xilma-xillashib

boradi. Inson faoliyati maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa, tabiatdan oqilona

foydalanish shu joy, hudud, o‘lkaning yashnashiga olib kelgan. Aks ta’sir esa,

noqulay sharoitning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Insoniyat tarixi davomida uning

tabiat bilan boTgan munosabati doim o‘zgarib, murakkablashib borgan. Jamiyatning

tabiatga ta’sirining ortib borishi va tabiatga munosabatining o‘zgarib borishini besh

bosqichga bo‘lish mumkin.Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati. Tabiatga

muhabbat - juda keng qamrovli va murakkab his-tuyg‘udir. U yuksak ruhiy va aqliy

qatlamlami o‘z ichiga oladigan murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Maktabgacha

yoshdagi bolalarda atrofmuhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga doir

tadqiqot ishlarini olib borgan M.Umarovaning fikricha, bu hissiyotnibiyalashni

bolalikning erta yoshidan boshlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Har bir

bolada o‘zi yashab turgan mahalliy o‘lka va 0 ‘zbekiston tabiatiga muhabbat bilan

qarash, unga ko‘ngil qo'yish ishtiyoqi o‘sib boradi. Bolalikda tug‘ilgan bu

tuyg‘umaktab yillarida rivojlanib, boyib boradi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib

aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish - bu

ularda tabiatga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash va hissiy tajribaga asoslangan, atrof -


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

406

muhit haqidagi real bilimlami anglashning ta’limiy vositasidir.0 ‘rta asrlarda 0 ‘rta

Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr

Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiatshunoslik

fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganiar. Ular hali ekologiya fani dunyoga

kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni

e’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.Buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-

Xorazmiy (783-850) risolalaridan birida bunday deb yozadi: “Bilingki, daryoning

ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan

mehringizni darig‘ tutmanglar!” Daryoning “yoshli ko‘zlari” deganda Muhammad

Muso al-Xorazmiy nimalarni ko‘zda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha

isrof boMishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz, eng avvalo, daryo

bilan odam laming “bir-birlarini tushunishlari”, o‘zaro mehrmuhabbat qo‘yishlarini

nazarda tutgan.847-yilda Muhammad al-Xorazmiy “Kitob surat ul-arz” nomli asarini

yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvatorlar, choMlar,

tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar va o‘rmonlar, ulardagi o‘simlik, hayvonot dunyosi,

shuningdek, yerning asosiy boyliklari hamda boshqa tabiiy resurslar haqida

ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya,

etnografiya, tibbiyot, shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko‘nikmalari va tarixiy-

huquqiy bilimlari umumlashtirishganAbu Nasr Farobiy. So‘nggi yillarda bolalarni

tabiat bilan tanishtirish fanining istiqbollariTarix zarvaraqlarida o‘zlarining o‘chmas,

unutilmas nomlarini qoldirgan buyuk pedagoglar boJa tarbiyasida tabiatning

ahamiyati uning bola ruhiyatiga qanday ta’sir qilishi haqida ilmiy ftkrlarni aytib

o‘tganlar. Ushbu mavzuni o‘rganishda biz G‘arb pedagoglaridan: Y.A.Komenskiy,

J.J.Russo, I.G.Pestolotsiy kabi olimlaming bola tarbiyasida tabiatning tutgan o‘rni

haqidagi ilmiy asarlari bilan tanishamiz.Rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiyning,

“Inson tarbiya predmeti sifatida” asari bilan tanishamiz. Ushinskiy “Men o‘z hayot

tajribamda shunday xulosaga keldimki, go‘zal tabiat yosh qalbga shunday katta

tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatar ekan, hatto pedagogikaning ta’siri ham u bilan

raqobatlashishga ojizdir”, - degan edi. Bizga ma’lumki, bola dunyoga kelar ekan ilk

yoshligidan boshlab tabiat bilan muloqotda bo‘ladi. Bu haqda buyuk pedagog


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

407

olimlarimiz o‘zlari yashab o‘tgan davrda, bolaning har tomonlama o‘sishida

ma’naviy ozuqa beradigan tabiatning noz - ne’matidir deb, ta’kidlab o‘tganlar. Biz

hozirda o‘tmishdagi pedagoglarimizning dono fikrlari va ilmiy asarlariga suyangan

holda o‘zimizning pedagogik faoliyatimizda foydalanamiz.O'rta asrlarda tabiat

haqidagi tushunchalar Yevropa mamlakatlarida deyarli rivojlanmadi. G‘arbiy

Yevropada fan tushkunlikka tushgan bir davrda 0 ‘rta Osiyo olimlari uni

rivojlantirdilar. 0 ‘rta asrlarda 0 ‘rta Osiyo olimlari hali ekologiya fani umuman yo‘q

bo‘lgan davrda tabiat, undagi muvozanat, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlarni

aytganlar. Tabiat va uning mahsuli inson uchun ekan, undan oqilona va odilona

foydalanish kerak. Yerga, suvga, hayvonlarga boigan munosabatlarimizni y

axshilashimiz bilangina ona tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin.Maktabgacha

yoshdagi bolalarga mehnat tarbiyasini berish ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash

mehnatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kattalar yaratgan mehnat mahsulini

e’zozlash, uning qadriga yetish ruhida tarbiyalashni bolalik davridan boshlashi lozim.

Bolalarning mehnat tarbiyasi burchagida gulzorda, o‘simliklar va hayvonlarni

parvarishlash jarayonida amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi har bir guruhning yosh

xususiyatini hisobga olgan holda amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.Kichik

guruhda mehnat tarbiyasini berishda bolalar tarbiyachi bilan birga xonadagi

o‘simliklarga suv quyadilar, akvariumdagi baliqlarga ovqat beradilar, qushlarga don

tashlaydilar, bog‘cha hovlisidagi poliz ekinlarini yig‘ib - terib olishda ishtirok

etadilar.0 ‘rta guruhda mehnat tarbiyasi bir oz murakkablashadi, maktabgacha ta’lim

tashkilotlarining yer maydonchasidagi o‘simliklarni o‘zlari parvarish qiladilar. Tabiat

burchagidagi hayvonlarni o‘zlari ovqatlantiradilar, parvarishlaydilar.Katta tayyorlov

guruhlarda amalga oshiriladigan mehnat tarbiyasi ham bir muncha o‘ziga xosligi,

murakkabligi bilan ajralib turadi. Bolalarning o‘simliklarga bo‘lgan munosabati,

mehnat qilishlari jonli tabiatga, Vatanga bo‘lgan muhabbatni yanada oshiradi. Tabiat

vositasida tarbiya berish umumiy tarbiyaning bir qismi bo‘lib, u o‘z oldiga

bolalarning yosh xususiyatlarini, bilish jarayonlari, qobiliyatlarini yaxshi bilgan holda

tarbiya berishni vazifa qilib qo‘yadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ekologiyaga oid


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

408

meroslarini o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiatni avaylab

asrash, tabiiy resurslarni kelajak avlodlarga еtkazish zarurligi haqidagi tushunchalar

shakllanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Mirziyoyev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga

quramiz” T 2017 y.

2. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon demokratik 0 ‘zbekiston davlatini

birgalikdda barpo etamiz” T 2016y

3. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini

ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” T 2016 У-

4. “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 2017-yil 30-sentabr,

5198-sonli farmoni. - Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

5. 0 ‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha

harakatlar strategiyasi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

farmoni. 0 ‘zbekiston