MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
399
ODAM VA UNING SALOMATLIGI
Shahrisabz davlat pedagogika institut "Pedagogika" fakulteti
Boshlang'ich ta‘lim yo‘nalishi
Talaba: Deryayeva Zarina Ilyos qizi
Ilmiy maslahatchi:Alimardanova Mutabar Xolmo‘min qizi
Annotatsiya:Odam va uning salomatligi - bu jismoniy, ruhiy va ijtimoiy
madaniy,ma‘naviy farovonlikning muhim jihatlarini o'z ichiga olgan tushuncha
hisoblanadi. Salomatlik nafaqat kasalliklarning yo'qligi, balki insonning umumiy
holati, hayot sifati va ijtimoiy aloqalari bilan bog'liqdir. Odamning salomatligi uning
hayot sifatini belgilaydi va shaxsiy hamda professional muvaffaqiyatga erishishiga
yordam beradi.
Kalit so'zlar: Salomatlik,jismoniy farovonlik, ruhiy salomatlik, ijtimoiy
aloqalar, sogʻlom turmush tarzi.
Odam salomatligi- bu juda nozik tushuncha hisoblanadi.Sogʻlikni saqlash va
o‘zini har tomonlama ehtiyot qilishi,o‘zini nazorat qilib turishi,kasalliklardan
saqlanishi kerak. Salomatlikni kompleks tushuncha deb bilishadi chunki
ruhiy,ijtimoiy,ma‘naviy,jismoniy tushunchalar bir biri bilan chambarchas bog'liqdir.
Odam va uning salomatligi-Aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-
quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markaziga tibbiyot oliygohi va bilim
yurtlari bilan bir qatorda poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan dietolog hamshiralar,
kardiologlar, aholiga to'g'ri ovqatlanish bo'yicha maslahat bera oladigan
mutaxassislarni tayyorlash vakolati berilgan. Markaz xodimlari sanitariya-yordam
muassasalari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Birinchi navbatda aholi ko'p
yig'iladigan joylar — bozorlar, supermarketlar, mahallalar, korxonalarda aholining
salomatlik holatini o'rganish yo'lga qo'yildi. O'rganishlar natijasiga qarab maslahat
berish tizimi joriy qilindi.Bundan tashqari, salomatlik maydonlari, sog'lom
ovqatlanish yarmarkalari orqali ham aholiga maslahat berilyapti. Individual
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
400
yondashuv hamda maslahatlar tizimiga o'tildi. Poliklinikaga murojaat qilgan yoki
kasalxonaga borgan insonning salomatligidan kelib chiqib, individual maslahatlar
berish va keyinchalik ularni lozim bo'lsa nazoratga, konsul`tatsiya va davolash
reablitatsiya tadbirlariga jalb qilish amaliyoti joriy qilindi.
Salomatlik haqida bir nechta olimlar o‘zl fikrlarini keltirib o‘tishgan.Masalan:
Gippokrat: "Sog‘lik — insonning eng katta boyligi" degan. U salomatlikni o‘z-o‘zini
nazorat qilish va to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘lagan.
Sogʻlik insonning hayotida eng oliy ne‘matlaridan hisoblanadi.Sogʻlikni
saqlash insonlarning o‘z qo'lida bo‘ladi, o‘ziga e‘tibor bergan inson hayoti davomida
barcha rejalarini,ishlarini,mushkullarini o‘z o'rnida qo'yib amalga oshira
boshlaydi.Hayot bir marta beriladi shu ne‘matni e‘zozlagan inson bu hayotda
muvaffaqiyatga erishib yuksak natijalarga erishadi.Salomat bo‘lishini uchun o‘ziga
avvalo reja tuzib shu rejalarini birma-bir yo‘lga qo‘yib amalga oshirishi kerak.Ona
bolasining yoshlidan to‘g‘ri ovqatlantirib, mashqlarni bajartirib, o‘z vaqtida
nonushtani qildirib borsa bola sog‘lom rivojlanadi.Sog‘lik, muammolardan xoli
bo‘lish emas, balki hayotda haqiqiy baxt va qoniqish uchun zaruriy shartdir.
Sigmund Freud: "Psixologik salomatlik, jismoniy salomatlikni belgilaydi"
deb ta'kidlaydi.Bu fikrga shunday deyish mumkin.Inson salomatligi uchun eng zarur
bu oyda bir marta psixologlar bilan uchrashib muloqot qilishidir.Inson hayotida turli
xil vaziyatlar uchrab qoladi.Hayot shunday jumbokki insonni bir lahzada hayotdan
noumid qilib qo'yishi hech gap emas. Har doim ham qiyin vaziyatlarni o‘zi yecha
olmaydi,tushkin ahvolga tushib qolgan inson bu depretsiyadan chiqishi juda mushkul
vaziyat hisoblanadi.Bu vaziyatlarda avvalambor psixologlarga borib uchrashib
muloqot qilgani ma'qul hisoblanadi.Chunki psixologlar insondagi barcha vaziyatlarni
tushunishadi va insonni ko‘ziga qarab nima kechayotganini his qiladi va o‘sha
vaziyatga qarab muqolot yuritadi.Yana bitta olimning fikriga qaraydigan
bo'lsak:Sog'lom hayot tarzi - bu oddiy odatlar to'plami. Kundalik hayotda qiyin
bo'lmasligi, lekin natijalari uzoq muddatda juda foydali bo'lishi mumkin.
Salomatlikni saqlash uchun o'z-o'zidan nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatingizni ham
qadrlashingiz lozim. Zahirangizda doimo mutaxassislarning maslahatlari va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
401
tavsiyalariga e'tibor berish, kelajakda qandaydir kasalliklardan saqlanishga yordam
beradi.
Salomatlik (sog’lik) — har qanday tirik organizmning o’zi va uning barcha
a’zolari o’z vazifalarini to’liq bajara oladigan holati: nuqsonlar, kasalliklarning
yo’qligi (salomatlik tushunchasining batafsil ta’rifi quyida keltirilgan). Salomatlikni
o’rganadigan fanlarga dietologiya, farmakologiya, biologiya, epidemiologiya,
psixologiya (salomatlik psixologiyasi, rivojlanish psixologiyasi, eksperimental va
klinik psixologiya, ijtimoiy (sotsial) psixologiya), psixiatriya, pediatriya, tibbiy
sotsiologiya va tibbiy antropologiya, psixoxigina, defektologiya va boshqalar kiradi.
Kalyu «Salomatlik tushunchasining asosiy xususiyatlari va sog’liqni
saqlashni qayta tuzishning ayrim masalalari: batafsil ma’lumot» nomli ishida
dunyoning turli mamlakatlarida, turli davrlarda va turli ilmiy me’yorlar tomonidan
tuzilgan salomatlikning 79 ta’rifini ko’rib chiqdi. Ta’riflar orasida quyidagilar
uchraydi:
1.Sog’lik — organizmning barcha darajalarda normal faoliyat ko’rsatishi,
shaxsiy yashab qolish va nasl qoldirishga imkon beradigan biologik jarayonlarning
normal kechishi.
2.Organizm va uning funktsiyalarining atrof muhit bilan dinamik muvozanati.
3.Ijtimoiy faoliyatda va jamoat foydali ishlarida qatnashish, asosiy ijtimoiy
funktsiyalarni to’liq bajarish qobiliyati.
4.Kasalliklar, kasal holatlar va o’zgarishlar bo’lmasligi.
5.Organimzning doimo o’zgarib turadigan atrof-muhit sharoitlariga
moslashish qobiliyati.
Xulosa qiladigan bo‘lsak,salomatlik bu insonning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy
farovonligi bo'lib, insonning to'liq hayot kechirishiga asos. Sog'lom hayot tarzi uchun
to'g'ri ovqatlanish, jismoniy faollik, sifatli uyqu va stressni boshqarish muhim
ahamiyatga ega. Bularning barchasi salomatlikni yaxshilashga yordam beradi va
davomiyligini ta'minlaydi. Salomatlikni saqlash uchun doimiy ravishda mutaxassislar
maslahati va zamonaviy tavsiyalarga amal qilish tavsiya etiladi. Salomatlik — bu eng
muhim boylik, shuning uchun unga har doim e'tibor berish zarur.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
402
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.B.Aminov, T.Tilavov. Odam va uning salomatligi. 8-sinf. Umumta'lim maktablari
uchun darslik. To’rtinchi nashri. Toshkent. “O'qituvchi”, NMIU, 2009. 162 b.
2. B.Aminov, T.Tilavov, O.Mavlonov. Odam va uning salomatligi. 8-sinf.
Umumta'lim maktablari uchun darslik. Beshichi nashri. Toshkent. “O'qituvchi”,
NMIU, 2014. 160 b.
3."Sog'lom turmush tarzi" - A.P. Shcherbakov Bu asar sog'lom hayot tarzini
shakllantirish va saqlash bo'yicha tavsiyalar beradi.
4."Ovqatlanish va sog'liq" - M.T. Sirojov Noto'g'ri ovqatlanishning salomatlikka
ta'siri va to'g'ri ovqatlanish tamoyillari haqida.
5. "Ruhiy salomatlik" - L.N. Makarova Ruhiy salomatlikni saqlash va stressni
kamaytirish usullari.
6. "Jismoniy faollik va uning foydalari" - O.R. Karimov Jismoniy faollik va
sportning salomatlikka ta'siri haqida muhim ma'lumotlar.