MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
330
ART PEDAGOGIKA VA ART TERAPIYA: MOHIYATI VA TA’LIM
JARAYONIDAGI O‘RNI
Salimova Marjona Abduraxim qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Xoliyorova Rushana Ikrom qizi
Shahrisabz davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada art pedagogika va art terapiyaning mohiyati
hamda ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Art pedagogika ijodiy ta’lim vositasi
sifatida san’at orqali o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
bo‘lsa, art terapiya psixologik muammolarni bartaraf etish va emotsional
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada art terapiyaning
asosiy tarmoqlari, ta’lim jarayonida qo‘llanilishi hamda uning samaradorligi
yoritilgan. Art pedagogika va art terapiyaning integratsiyasi natijasida
o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri, ijtimoiy va psixologik rivojlanishi yanada samarali
yo‘nalishda shakllanishi mumkinligi asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: art pedagogika, art terapiya, san’at asosida ta’lim, ijodiy
tafakkur, emotsional rivojlanish, musiqaterapiya, dramaterapiya, rasm chizish
terapiyasi, ta’lim jarayoni, integratsiyalashgan yondashuv.
Kirish
Hozirgi kunda ta’lim tizimida innovatsion pedagogik yondashuvlar, jumladan,
san’at bilan bog‘liq metodlar tobora keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida san’at va
madaniyat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4481-
sonli qarorida san’atning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ta’kidlanib, ta’lim tizimida
san’at asoslarini chuqur o‘rganish muhimligi qayd etilgan[1]. Shuningdek, “Ta’lim
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2020-yil 23-sentabr) va
Prezidentning 2022-yil 21-yanvardagi “Ta’lim-tarbiya tizimini 2030-yilgacha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
331
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida ta’limda zamonaviy
va ijodiy yondashuvlarni joriy etish, o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish
masalalari ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan[2,3].
Ushbu normativ hujjatlar ta’lim jarayonida art pedagogika va art terapiyaning
qo‘llanilishini rag‘batlantiradi, chunki mazkur yondashuvlar nafaqat o‘quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, balki ularning psixologik holatini yaxshilashga
ham xizmat qiladi. Xususan, art pedagogika san’at orqali ta’lim-tarbiya berish usullari
majmuasi sifatida o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va madaniy ongini
shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa, art terapiya esa psixologik muammolarni bartaraf
etish, emotsional barqarorlikni ta’minlash va shaxsiy rivojlanishga xizmat qiladi.
Bugungi ta’lim jarayonida ushbu ikki yondashuvning sinergetik aloqalarini
o‘rganish, ularning samaradorligini aniqlash va amaliyotga tatbiq etish dolzarb
masalalardan biridir. Shu sababli, maqolada art pedagogika va art terapiyaning
mohiyati, ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda pedagogik va terapevtik
jarayonlardagi integratsiyasi tahlil qilinadi.
Asosiy qism
Art pedagogika san'at asarlari, ijodiy jarayonlar va vizual ifoda orqali
o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tanqidiy nazarini va yaratuvchanligini
rivojlantirishga qaratilgan[4]. Ushbu yo‘nalishning nazariy asosi konstruktivistik
pedagogika, eksperimental yondashuvlar va interaktiv ta'lim usullaridan iborat[5]. Art
pedagogika orqali o‘quvchilar nafaqat san'at asarlarini yaratishni o‘rganibgina
qolmay, balki ular orqali madaniy meros, tarixiy kontekst va zamonaviy ijtimoiy
masalalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
ART pedagogikaning asosiy yo‘nalishlaridan biri – art terapiya bo‘lib, bu
psixokorreksiya usuli hisoblanadi. “Art” – san’at, “therapy” – davolash degan
ma’nolarni anglatadi va so‘zma-so‘z tarjima qilinganda "san’at bilan davolash" degan
ma’noni beradi[6]. Art terapiya – ijodiy faoliyat orqali muloqotning terapevtik
ta’siriga asoslangan usuldir[7].
Psixoterapiyaning nisbatan yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan art terapiya
dastlab stressga uchragan bolalar bilan ishlashda qo‘llanilgan. 1938-yilda Adrian Xill
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
332
tomonidan bu atama birinchi marta ishlatilgan. U art terapiya usulini sil kasalligi bilan
og‘rigan bemorlar bilan ishlashda qo‘llab, tez orada bu yondashuv keng tarqalgan.
Art terapiyaning asosiy tarmoqlari va usullari
Art terapiyaning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari
quyidagilardir:
Musiqa terapiyasi
– musiqaning emotsional va psixologik ta’siridan
foydalanish.
Magoterapiya
– ertaklar asosida terapiya.
Qo‘g‘irchoq terapiyasi
– qo‘g‘irchoqlar yordamida muammolarni ifodalash va
bartaraf etish.
Dramaterapiya
– sahnalashtirilgan rolli o‘yinlar orqali hissiy muammolarni
bartaraf etish.
Rasm chizish terapiyasi
– insonning ichki kechinmalarini tasvirlash orqali
ifodalash va tahlil qilish[8].
Art terapiya bolalar va kattalarga o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifodalash imkonini
beradi. Bu usul orqali ular g‘azab, quvonch, sevgi kabi his-tuyg‘ularini ifoda etishadi.
Art terapiya nafaqat psixologik muammolarni hal qilishda, balki ijodiy fikrlashni
rivojlantirishda ham samarali vosita hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida art terapiyadan foydalanish
Ta'lim tizimida art pedagogika va art terapiya o‘zaro to‘qnashgan va
qo‘shimcha afzalliklar yaratgan yondashuvlardan biri hisoblanadi. Ularning
integratsiyasi orqali o‘quvchilarning nafaqat akademik, balki emotsional va ijtimoiy
rivojlanishi ta'minlanadi. Misol uchun, san'at mashg‘ulotlari o‘quvchilarning o‘zini
ifoda etish imkoniyatini kengaytiradi, ularning ichki hissiyotlarini aks ettirishga
yordam beradi va shuningdek, guruh ichidagi muloqot va empatiya darajasini
oshiradi.
Art terapiya metodlari yordamida o‘quvchilar va kattalar stressni boshqarish,
ichki ziddiyatlarni bartaraf etish va ruhiy muvozanatni tiklash imkoniyatiga ega
bo‘lishadi. Ta'lim muassasalarida bu yondashuv psixologik qo‘llab-quvvatlashning
muhim usuli sifatida tan olinmoqda. Ularning qo‘llanilishi, ayniqsa, maxsus ta'lim
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
333
ehtiyojlari bo‘lgan talabalarda, shaxsiy rivojlanish va o‘z-o‘zini anglash jarayonini
kuchaytiradi.
Art terapiya ta’lim jarayonida mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishga yordam
beradi. Uni dars mavzusiga mos ravishda yoki qisqa tanaffus sifatida qo‘llash
mumkin. Masalan, tasavvurga asoslangan mashqlar orqali talabalarning emotsional
yengillik his qilishlari va ijodiy fikrlashlari rivojlanadi:
“Tasavvur qiling, siz dengiz bo‘yidasiz, quyoshning zarrin nurlari ostida sayr
qilyapsiz. Dengizning toza havosidan nafas olib, ichingizdagi barcha salbiy fikr va
his-tuyg‘ularni chiqarib tashlayapsiz.”
Bunday relaksatsion usullar talabalar va
o‘quvchilar uchun stressni kamaytiradi, ijodiy tasavvurlarini rivojlantiradi va o‘quv
jarayoniga bo‘lgan qiziqishni oshiradi
Xulosa
Bugungi kunda ART pedagogika ta’lim jarayonida kreativlik, yangilikka
intilish, mustaqil izlanish va o‘rganish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi muhim
yo‘nalishlardan biriga aylangan. Rivojlangan davlatlar tajribasiga asoslanib, art
pedagogikani umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida keng joriy
etish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston Respublikasida san’at va
madaniyat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: PQ-4481-sonli
qaror, 2019-yil 8-oktabr. – URL: https://lex.uz/docs/
2.
O‘zbekiston Respublikasi. Ta’lim to‘g‘risida Qonuni, 2020-yil 23-sentabr. –
URL: https://lex.uz/docs/
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Ta’lim-tarbiya tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida: PF-6108-sonli farmon, 2022-yil
21-yanvar. – URL: https://lex.uz/docs/
4.
Сергейва Н. Ю. Арт-педагогика и арт-терапия: к вопросу разграничения
понятий // Вопросы психологии. – 2016. – № 5. – С. 12–19.
5.
Лебедева Л. Практика арт-терапии: подходы, диагностика, система
занятий. – Санкт-Петербург: Речь, 2003. – 256 с.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
334
6.
Туратов Ж. Г. Амалий дарсларда арт педагогиканинг ўрни. – Тошкент:
Фан, 2020. – 198 б.
7.
Орифжонова Г. Арт-терапия: ўқув қўлланма. – Тошкент: Sharq, 2019. –
172 б.
8.
Malchiodi C. A. The Art Therapy Sourcebook. – New York: McGraw-Hill,
2007. – 336 p.7.