MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
281
MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN MATEMATIK QIYINCHILIKLAR
VA ULARNI YENGISH STRATEGIYALARI
O‘ktamov Madadjon O‘ktam o‘g‘li
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi
kafedrasi o‘qituvchisi
Abduraxmanova Nozima Akbar qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
“Matematika” yo‘nalishi talabasi
abduraxmonovanozima908@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab o‘quvchilari duch keladigan
matematik qiyinchiliklarning sabablari, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri va bu
muammolarni yengish strategiyalari keng yoritiladi. O‘quvchilarning matematik
qobiliyatlarini rivojlantirish va ularda qiziqish uyg‘otish uchun samarali usullar
taklif etiladi. Shuningdek maqolada matematikaning ta’lim jarayonidagi
muammolari, ularning yechimlari batafsil bayon qilingan. Bu borada ota-onaning va
oilaning o‘rni ham aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar. Matematika, qiyinchiliklar, ta’lim, o‘quvchilar, strategiyalar,
innovatsion yondashuvlar.
Annotation. This article provides a comprehensive overview of the causes of
mathematical difficulties faced by schoolchildren, their impact on the educational
process, and strategies for overcoming these problems. Effective methods are
proposed to develop students' mathematical abilities and arouse their interest. The
article also describes in detail the problems of mathematics in the educational process
and their solutions. The role of parents and families in this regard is also mentioned.
Keywords. Mathematics, difficulties, education, students, strategies,
innovative approaches.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
282
Аннотация. В данной статье будут подробно рассмотрены причины
математических трудностей, с которыми сталкиваются школьники, их
влияние на учебный процесс и стратегии преодоления этих проблем.
Предлагаются
эффективные
методы
развития
математических
способностей учащихся и пробуждения их интереса. Также в статье подробно
описаны проблемы математики в образовательном процессе и пути их
решения. В этой связи также была упомянута роль родителей и семьи.
Ключевые слова. Математика, проблемы, образование, студенты,
стратегии, инновационные подходы.
Matematika ta’limi butun dunyoda eng muhim va zaruriy yo‘nalishlardan biri
sanaladi. Biroq, ko‘plab maktab o‘quvchilari bu fandan qiyinchiliklarga duch
keladilar. Ushbu muammolar turli sabablarga ega bo‘lib, ularning ichida psixologik
omillar, metodologik muammolar va o‘qitishning zamonaviy talablariga mos
kelmasligi kabilar mavjud. Ko‘pchilik o‘quvchilar matematikani tushunish qiyin,
quruq va murakkab deb hisoblashadi. Bu esa ularning darslarga bo‘lgan qiziqishini
kamaytirib, o‘ziga ishonchsizlikni oshiradi. Matematika qiyinchiliklarining asosiy
sabablari orasida avvalo individual yondashuv yetishmovchiligi mavjud. Har bir
o‘quvchining bilim darajasi va o‘rganish uslubi turlicha bo‘lgani sababli, darslar ham
har bir bola uchun moslashtirilishi kerak. Biroq, an’anaviy ta’lim tizimida bunday
yondashuv yetarli darajada qo‘llanilmaydi.
Bundan tashqari, o‘quvchilarning matematik tayyorgarlik darajasi bir-biridan
farq qilishi mumkin, bu esa ayrim bolalar uchun mavzularni tushunishni yanada
murakkablashtiradi. Matematika bo‘yicha qiyinchiliklarni yengishning samarali
usullaridan biri darslarni interaktiv va vizual tarzda o‘tishdir. Zamonaviy
texnologiyalar, jumladan, raqamli ta’lim platformalari va o‘yinlar matematikani
tushunishni osonlashtiradi. Masalan, Geogebra va Wolfram Alpha kabi dasturlar
geometriya va algebra masalalarini tushuntirishda yordam beradi. Bundan tashqari,
o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ularni real hayotdagi
vaziyatlarga bog‘langan misollar bilan shug‘ullantirish muhim ahamiyatga ega.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
283
O‘qituvchilarning metodik yondashuvi ham muhim rol o‘ynaydi. O‘qitish
jarayonida matematikani faqat formulalar va hisoblashlar orqali o‘rgatish emas, balki
uni tushunish va amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirish lozim. Shu bilan birga,
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga va matematik muammolarni hal qilishga o‘rgatish
ham muhimdir. Bu borada muammoli o‘qitish (problem-based learning) usuli
samarali bo‘lib, bunda o‘quvchilar mustaqil ravishda turli muammolarni hal qilish
orqali matematik tushunchalarni yaxshiroq o‘zlashtiradilar. Shuningdek, ota-onalar
va jamiyatning roli ham katta ahamiyatga ega. Agar ota-onalar o‘z farzandlariga
matematikani o‘rganishda rag‘bat bersalar va ularning qiyinchiliklarini tushunishga
harakat qilsalar, bolalar bu fan bo‘yicha yaxshiroq natijalarga erishishlari mumkin.
Uyda qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish, matematik o‘yinlar o‘ynash va bolalarni
bilimlaridan foydalanishga undash ularning ishonchini oshirishga yordam beradi.
Maktab o‘quvchilari uchun matematik qiyinchiliklar bo‘yicha adabiyotlar
tahlili va olimlarning fikrini ko‘rib chiqaylik.
Matematika ta’limi bo‘yicha olib
borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning bu fandan qiyinchiliklarga
duch kelishining sabablari turli omillarga bog‘liq. Bu omillar psixologik, metodik va
pedagogik jihatlarni o‘z ichiga oladi. Dunyo miqyosidagi olimlar va ta’lim
mutaxassislari matematikani o‘rgatish va o‘rganish jarayonidagi qiyinchiliklarni
tahlil qilib, ularni yengish yo‘llarini taklif etganlar.Rossiyalik olim
L. S. Vygotskiy
o‘zining "Madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasi"da har bir bola bilimni individual
tarzda o‘zlashtirishini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, matematikani tushunishda o‘quvchilar
o‘zlariga mos usul bilan o‘rganishlari kerak. Agar o‘qitish metodlari bir xil bo‘lsa,
ayrim o‘quvchilar ortda qolishi mumkin. Amerikalik pedagog
Jerome Bruner
esa
o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishda interaktiv va vizual usullar
muhimligini ta’kidlaydi. U matematik tushunchalarni ifodalash uchun real hayotiy
misollardan foydalanish o‘quvchilarga mavzuni yaxshiroq tushunishga yordam
berishini aytadi. Shuningdek,
Jean Piaget
matematik qiyinchiliklarni psixologik
nuqtai nazardan tahlil qilgan. Uning fikricha, bolalar fikrlash darajasi va yosh
xususiyatlariga qarab turli bosqichlarda matematik tushunchalarni anglaydilar.
Masalan, 7 yoshdan kichik bolalar abstrakt tushunchalarni tushunishda qiynaladilar,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
284
shuning uchun ularga konkret misollar va tasviriy materiallar asosida o‘rgatish
samaraliroq bo‘ladi. O‘zbekistonlik olimlar orasida
I. S. Nosirova
va
M. A. Qosimov
maktab darsliklarining murakkabligi va ularni osonlashtirish usullari haqida
tadqiqotlar olib borishgan. Ularning ta’kidlashicha, maktab darsliklari ayrim hollarda
juda texnik til bilan yozilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarning tushunish qobiliyatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Bu
qiyinchiliklarni yengish strategiyalari bo‘yicha olimlar o‘z
tavsiyalarini berib o‘tishgan. John Hattie
va
Gregory Yates
o‘z tadqiqotlarida
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash darajasi va ta’lim sifati o‘rtasidagi bog‘liqlikni
ko‘rsatib o‘tgan. Ularning fikricha, agar o‘quvchilar o‘zlarini zaif deb hisoblasalar,
matematikadan yutuqlarga erishish ehtimoli kamayadi. Shu sababli, o‘qituvchilar
bolalarni rag‘batlantirishi va ularga muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini ko‘rsatishi
kerak.
Richard Skemp
o‘z tadqiqotlarida matematikani o‘qitishda "instrumental" va
"mantiqiy" yondashuvlarni solishtirib chiqqan. U shuni aniqlagan: agar matematikani
faqat formulalar va qoidalar orqali o‘rgatilsa, o‘quvchilar uni yodlashadi, lekin
tushunmaydilar. Agar mavzularni tushunishga asoslangan o‘qitish usuli qo‘llansa,
bolalar qoidalarni mantiqan anglaydilar va o‘rganilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llay
oladilar. Bugungi kunda matematik qiyinchiliklarni yengish uchun zamonaviy
texnologiyalar ham faol qo‘llanilmoqda. Masalan:
Khan Academy
va
Coursera
kabi
platformalar onlayn ta’lim orqali o‘quvchilarga qulay formatda matematikani
o‘rganish imkonini beradi.
Geogebra
va
Desmos
dasturlari interaktiv geometriya va
algebra mashg‘ulotlarini osonlashtiradi.
Finlandiya ta’lim tizimi
o‘quvchilarga
bosqichma-bosqich mustaqil o‘rganish imkonini berish orqali matematikaga
qiziqishni oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Matematika darslarida duch kelinadigan
qiyinchiliklar va ularni yengish usullari haqida turli tadqiqotlar olib borilgan.
Olimlarning fikricha, matematikani o‘qitishda individual yondashuv, interaktiv
metodlar va texnologik vositalardan foydalanish o‘quvchilarning bu fanga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi. O‘zbekistonlik olimlarning tavsiyalariga ko‘ra, darsliklarni
soddalashtirish, tushunarli til va misollardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli, matematik qiyinchiliklarni yengish uchun kompleks strategiyalarni
ishlab chiqish zarur.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
285
Matematika fanini o‘rganishda o‘quvchilar turli muammolarga duch
keladilar. Ushbu muammolarni hal qilish uchun samarali yondashuvlar va
innovatsion usullarni qo‘llash muhim. Quyida asosiy muammolar va ularning
yechimlari ko‘rib chiqiladi. Ko‘pgina o‘quvchilar matematikani zerikarli va tushunish
qiyin fan deb hisoblaydilar. Bu ularning darslarga bo‘lgan motivatsiyasini pasaytiradi
va natijada yomon baholar olishlariga olib keladi. Buning yechimi esa interaktiv va
qiziqarli
dars metodlarini qo‘llash: o‘yinli mashqlar, vizual materiallar, hayotiy
misollarga asoslangan topshiriqlar darslarni qiziqarli qiladi. Raqamli texnologiyalarni
joriy
etish – Geogebra, Desmos, Wolfram Alpha kabi ilovalardan foydalanish
o‘quvchilarga mavzularni oson tushunishga yordam beradi. Real hayot bilan
bog‘lash
– masalan, o‘quvchilarni iqtisod, muhandislik, dasturlash kabi sohalarda
matematikadan foydalanish misollari bilan tanishtirish.
Matematik tushunchalarni tushunishdagi qiyinchiliklar ham muammo
hisoblanadi. Ko‘pgina o‘quvchilar matematik formulalarni yodlab olishadi, lekin
ularning mantiqiy asosini tushunishmaydi. Bu esa ularga masalalarni yechishda
qiyinchilik tug‘diradi. Bunda har bir yangi mavzu oldingi bilimlarga asoslangan holda
tushuntirilishi kerak. Diagrammalar, grafiklar, interaktiv modellar orqali tushuntirish
matematik tushunchalarni ancha yengillashtiradi. Matematik muammolarni
yechishda mustaqil fikrlashni rivojlantirish uchun mantiqiy o‘yinlar va masalalar
berish ham ancha samara beradi. Ko‘pgina o‘quvchilar matematikadan noto‘g‘ri
javob olishdan qo‘rqadilar yoki o‘z bilimlariga ishonmaydilar. Bu esa ularning
darslarda faol qatnashishiga to‘sqinlik qiladi. Bunda o‘quvchilarni rag‘batlantirish va
ijobiy
muhit yaratish, kichik yutuqlarni ham e’tirof etish va o‘quvchilarni
muvaffaqiyatga undash. Har bir o‘quvchining bilim darajasini inobatga olib, unga
mos topshiriqlar berish, o‘quvchilar o‘z tengdoshlari bilan ishlaganda, ular bir-biridan
ko‘proq o‘rganishadi va ishonchlari oshadi. Ba’zi o‘qituvchilar matematikani faqat
formulalar va qoidalarga asoslangan holda o‘qitishadi, bu esa o‘quvchilarning fanni
tushunishiga emas, yodlashiga olib keladi. Bunda esa o‘quvchilarga masalalar berib,
o‘quvchilarni mustaqil yechim topishga undash, matematikani texnologiya va san’at
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
286
bilan bog‘langan holda o‘qitish orqali qiziqishni oshirish, ular o‘z fikrlarini himoya
qila oladigan muhit yaratish.
Ko‘p hollarda o‘quvchilarga darsda olingan bilimlar yetarli bo‘lmaydi, lekin
ularga mustaqil ravishda shug‘ullanish uchun yo‘nalish berilmaydi. Yechim:
qo‘shimcha darslar va individual mashg‘ulotlarni tashkil qilish – qiyinchiliklarga
duch kelgan o‘quvchilar uchun maxsus qo‘shimcha darslar o‘tkazish. Onlayn
kurslardan foydalanish – Khan Academy, Coursera, Udemy kabi platformalar orqali
qo‘shimcha o‘rganish imkoniyatlarini yaratish. Matematik to‘garaklarni yo‘lga
qo‘yish – qiziqish bildirgan o‘quvchilar uchun fakultativ darslar va turli tanlovlar
tashkil qilish.
Ba’zi ota-onalar farzandlarining matematik qiyinchiliklariga e’tibor
bermaydilar yoki ularga yordam bera olmaydilar. Bu esa bolalar bilimining orqada
qolishiga olib kelishi mumkin. Bu borada ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish,
maktablarda ota-onalar uchun seminar va treninglar tashkil qilish, Uy vazifalariga
nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish, ota-onalarga farzandlari bilan dars qilish bo‘yicha
yo‘l-yo‘riq berish, Matematika bo‘yicha oilaviy o‘yinlar tashkil qilish, uy sharoitida
turli matematik o‘yinlar o‘ynash orqali bolalarni fanga qiziqtirish eng zo‘r
yechimlardir. Matematika darslarida faqat natijaga e’tibor qaratilib, o‘quvchilarning
mantiqiy fikrlashi va jarayondagi harakatlari kam baholanadi. Bu esa ba’zi
o‘quvchilarning qiziqishini pasaytiradi. Yechim: Jarayonga yo‘naltirilgan baholash
tizimini joriy
etish, faqat yakuniy natijani emas, balki fikrlash jarayonini ham
baholash, Shaxsiy rivojlanishni hisobga olish, har bir o‘quvchining oldingi natijalari
bilan hozirgi bilimlarini solishtirib, taraqqiyotini baholash, O‘quvchilarga o‘z
bilimlarini
baholash imkoniyatini berish, o‘z-o‘zini baholash va tengdoshlar baholash
tizimini qo‘llash muhim. Matematika darslarida uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf
etish uchun kompleks yondashuv zarur. Interaktiv o‘qitish, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish, individual yondashuv va ota-onalar ishtirokini
oshirish orqali o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va
muvaffaqiyatga erishishlariga yordam berish mumkin. Agar bu strategiyalar to‘g‘ri
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
287
qo‘llansa, o‘quvchilar matematika fanini nafaqat oson o‘zlashtiradilar, balki uni sevib
o‘rganadilar.
Xulosa qilib aytganda, matematik qiyinchiliklar ko‘plab o‘quvchilar uchun
dolzarb muammo bo‘lib, ularni yengish uchun kompleks yondashuv talab etiladi.
O‘qitish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, interaktiv metodlarni
joriy etish, real hayotiy misollar asosida dars o‘tish, shuningdek, o‘quvchilarning
psixologik holatini inobatga olish matematikani o‘rganishni ancha samarali qiladi.
Agar bu strategiyalar to‘g‘ri qo‘llansa, matematikaga bo‘lgan qiziqish oshib,
o‘quvchilar bu fanni yanada chuqurroq o‘zlashtirishlari mumkin bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Uktamov, M. "Modeling the professional training development of future
teachers through computer training."
Science and innovation
2.B9 (2023): 139-141.
2.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "Iqtisodiyotni
raqamlashtirish sharoitida iqtisodiy jarayonlar va moliyaviy munosabatlarning
transformatsiyasi."
Nashrlar
(2024): 38-41.
3.
O‘G‘Li, Madadjon O‘Ktam. "Kuzatuv quduqlarida yer osti suvlarini gidrorejim
parametrlarini masofaviy nazorat qilishning avtomatlashgan tizimlari."
Science and
Education
2.12 (2021): 202-211.
4.
Musirmonov, Shohboz, and Jasmina Toshpo‘lotova. "Moliya bozorini
rivojlantirishda
yashil
iqtisodiyotga
o‘tishining
muammolari
va
yechimlari."
Nashrlar
(2024): 374-377.
5.
Muhammadiyev, Alijon, and Shukurullo Aliqulov. "PROSPECTS OF USING
COMPUTER TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION."
Наука и
технология в современном мире
3 (2024): 90-92.
6.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "XXI ASR
YOSHLARINING AXBOROT PSIXOLOGIK XAFSIZLIGINI TA’MINLASH
MASALALARI."
Universal xalqaro ilmiy jurnal
1 (2024): 445-447.
7.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "SHAXSLARDA
TAVAKKALCHILIK BILAN BOG ‘LIQ VIRTUAL O ‘YINLARGA
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
288
MOYILLIGINI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI."
Universal xalqaro ilmiy
jurnal
1 (2024): 776-777.
8.
Toshpo‘lotova, Jasmina, and Yayra Musurmanova. "CURRENT ISSUES OF
TEACHING UZBEK AND RUSSIAN LANGUAGES IN THE PROCESS OF
GLOBALIZATION."
Models and methods in modern science
3 (2024): 187-191.
9.
Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "TEXNIKA OLIY TA'LIM
MUASSASALARIDA XORIJIY TILLARNI O ‘QITISHNING DOLZARB
MASALALARI."
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
3
(2024): 10-12.
10.
Toshpo‘lotova, Jasmina, and Yayra Musurmanova. "TA’LIM TIZIMIGA
INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARNI
JORIY
ETISH
VA
INTEGRATSIYALASH MASALALARI."
Общественные науки в современном
мире: теоретические и практические исследования
3 (2024): 46-49.
11.
Madadjon, O‘Ktamov. "PEDAGOGIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI
TALABALARINING
INFORMATIKADAN
AXBOROT-TEXNOLOGIK
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI."
Academic research in
educational sciences
4.CSPU Conference 1 (2023): 275-281.
12.
Октамов, Мададжон, Жасмина Тошполотова, and Яйра Мусурманова.
"Aniq fanlarni o ‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo ‘llagan holda
dars jarayonlarini tashkil etish."
Новый Узбекистан: наука, образование и
инновации
1.1 (2024): 432-434.