MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
70
ZAMONDOSHLARINING MAQSUD SHAYXZODA TO‘G‘RISIDAGI FIKR
VA MULOHAZALARI
Toshkent davlat transport universitetini
Avtomobil yoʻllari muhandisligi fakulteti
YMAL-6 guruhi talabasi Elmurodov Hamidillo Otabek oʻgʻli
Annotatsiya: Maqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos ijodiy
yo‘li va boy merosi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkorlardan biridir.
Ozarbayjonning Oqtosh shahrida ziyoli oilada dunyoga kelib, taqdir taqozosi bilan
uning hayoti va ijodi O‘zbekiston bilan bog‘lanadi. Ushbu maqolada, serqirra
ijodkor, ikki xalqning chinakam dilbandi bo‘lgan va ozar va o‘zbek adabiyotiga ulkan
hissa qo‘shgan ijodkor Maqsud Shayxzoda faoliyati va ijodi haqida fikr va
mulohazalar qilinadi.
Kalit so’zlar: Maqsud Shayxzoda, o’zbek adabiyoti, serqirra ijodkor, tarjima
asarlar,ziyoli,taqdir taqozosi,dilbandi,merosi,ijodi, ta’lim, tarjimonlik.
Maqsud Shayxzoda 1908-yil 7-noyabrda Ozarbayjonning Oqtosh shahrida
ziyoli oilada tug‘ilgan. Uning otasi Ma’sumbek nafaqat shifokor, balki ilm-fan va
adabiyotga ham chuqur mehr qo‘ygan kishi bo‘lib, oilada ilmiy va badiiy muhit
shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. Yosh Shayxzoda oilasidagi bu ma’rifatli muhit
ta’sirida shakllandi. Shoirning otasi Ma’sumbek bolalarning estetik zavqi va
she’riyatiga nisbatan havasini tarbiyalashga katta ahamiyat berar, hech erinmay
bolalari bilan o‘zi shug‘illanar edi. Buni shoir shunday xotirlaydi: “Meni otam
rahmatli o‘z zamonasining ilg‘or ziyolisi, doktori edi, odatda, bolalarga she’r o‘qib
berar va keyincha ayrim so‘zlarni aytib berib, shu so‘zga mos qofiya topishni
bizlardan so‘rar edi. Qofiya ham vazn ohangiga qulog‘im o‘rganib ketib, men besh
yasharligimda 8-10 misradan iborat bir masal to‘qiganim esimda. Albatta, muayyan
fikr va sujetdan holi bo‘lgan bu masal “bo‘ri bilan olmaxon’’ haqida to‘qilgan edi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
71
Harqalay she’rga muhabbat umrimning ilk yillaridan boshlab qonimga, qalbimga,
fikrimga singib ketganini jur’at bilan ayta olaman. Pushkin, Lermontov, Shekspir,
Balzak, Firdavsiy va Navoiy asarlarini o‘qib ulg‘aydi. U yoshlik yillarida ilm olishga
ishtiyoqi baland bo‘lib, Boku Oliy pedagogika institutida tahsil oldi. Uning mehnat
faoliyati esa Dog‘istonda boshlanib, u yerda muallimlik, jurnalistika va adabiy
faoliyat bilan shug‘ullandi. Ammo, Maqsud Shayxzodaning hayot yo‘li osoyishta
bir tekisda kechmadi. U 1927-yilda millatchilikda ayblanib, qamaldi va 3 yil surgun
jazosiga Toshkentga jo‘natiladi. 1928-yilda Toshkentga keladi va uzoq vaqtdan so‘ng
ozodlikka chiqadi. Toshkentda yaxshi va insofli odamlar bilan inoqlashdi. So‘ngra
o‘zbek tilini o‘rganadi va o‘zbek tilida ijod qila boshlaydi. Tez orada o‘zbek adabiy
hayotining faol ishtirokchisiga aylandi. Yaqin o‘n yil ichida qator she’riy to‘plamlari
nashr ettirib, el og‘ziga tushd. “Domla Shayxzoda’’, “Shayx aka’’ shoir va olim
sifatida e’zozlandi. U dastlab turli gazeta va jurnallarda ishladi, keyinchalik esa Fanlar
Qo‘mitasining Til va adabiyot institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritdi. U
adabiyotga yangicha nazar bilan qarar, zamonaviy she’riyatga o‘ziga xos ovoz olib
kirgan ijodkor edi. Shayxzoda o‘zbek mumtoz adabiyotini chuqur o‘rganib, ayniqsa,
Alisher Navoiy ijodiy merosini ilmiy jihatdan tadqiq etdi. Uning ilmiy ishlari
filologiya sohasida ham muhim o‘rin tutadi. 1935-1938 yillarda Fanlar Qo‘mitasi
qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim sifatida ishladi. 1938-yildan
umrining so‘ngiga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika
institutining “O‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasida dotsent lavozimida xizmat qilib,
malakali kadrlar yetishtirishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Shayxzodaning adabiy faoliyati 1930-1940-yillar mobaynida birin-ketin
uning dastlabki she’riy to‘plamlari –“Loyiq soqchi’’(1931), “O‘n she’r” (1932),
“Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934) va “Jumhuriyat” (1935), ‘‘Yangi
devon’’(1936) she’riy to‘plamlari adabiyotga o‘ziga xos ovozga ega bo‘lgan shoir
kirib kelayotganidan darak berdi. Shoirning ijodi mustahkam milliy ruh, Vatanga
bo‘lgan sadoqat va insoniy qadriyatlarga chuqur hurmat bilan yo‘g‘rilgan edi.
“Maqsud
Shayxzodaning she’riyat olami benihoya sertafakkur,
mushohadalari teran, tuyg‘ulari samimiy, u chindan ham mutafakkir shoir va olim.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
72
Uning asarlarida badiiylik bilan ilmiy tafakkur tabiiy ravishda uyg‘unlashgan. U
zamonamizning atoqli so‘z san’atkori’’ deya ta’rif bergan edi. (Oybek)
Meni aka deydilar.
Qo‘shiqlarda olishuvlarda,
Jangnomada va ashulada.
O‘tib ketdi yoshlik yillari,
Ko‘p hikmatlar yig‘dim kallada.
Kechdim shunday umr cho‘lini,
Sakrab ketdim chorak asrdan.
Yaqinlashdi o‘ttizga hayot,
To‘ymadim men nozli she’rdan.
“Taqdir Maqsudni minglab tengqurlari singari hayot dengizining asov
to‘lqinlari qa’riga tashladi. U ba’zan dengizning quturgan to‘lqinlariga qarshi tik
borar, ba’zan esa, Sa’diy aytganidek, yuragini sokin mavjlar ixtiyoriga topshirar edi.
Yigirma yoshida bu to‘lqinlar uni qardosh O‘zbekiston tuprog‘iga keltirdi. Buyuk
Ulug‘bekning, Navoiyning muqaddas vatani Maqsudni o‘z farzandidek mehribon
quchog‘iga oldi va uning ulkan shoirlik iste’dodiga qo‘sh qanot baxsh etdi.
Maqsud o‘zbek tili va san’atini, o‘zbek adabiyotini astoydil muhabbat bilan
o‘rgandi. Bu qadim, boy madaniyat chashmasidan bahramand bo‘lib, sovet xalqining
yangi turmush va yangi madaniyat barpo etish yo‘lidagi sharafli kurashini qizg‘in
kuyladi, ko‘ngillarga quvonch, shuurga fikr eltuvchi barkamol asarlar yaratdi’’
“Mirzo Ibrohimov, Ozarbayjon yozuvchisi’’.
“Men Maqsud og‘a bilan bo‘lgan uzoq yillik do‘stona munosabatlar
mobaynida shu narsaga amin va qoyil qoldimki, og‘a-ziyoliga - ziyolinamo, olimga
– olimlarcha, ishchiga – ishchisimon, dehqonga – dehqonlarcha, tolibi ilmlarga –
g‘amxo‘r muallim sifa-tida muomala qilishning juda nozik «sir»larini bilar edi. Qaysi
bir majlisda, qaysi davrada, qandayin doirada boʼlmasin shirin suhbat, dilkash, dildor,
ulfatlar qadrini darhol oʼz tasarrufiga ola bilardi. Men buni juda koʼp marotaba
shohidi boʼlganman’’ Uning siymosida shu ikki ulug‘ qadimiy madaniyat sohibi
bo‘lmish o‘zbek va ozariylarning aqlu zakovati, donoligi, oqil va donishmandligi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
73
erksevar intilishlari, tantilik va mehmonna-vozlik fazilatlari ajoyib tarzda
uyg‘unlashgan, mujassamlashgan.
“Sulaymon Rustam, Ozarbayjon xalq shoiri, Mehnat qahramoni’’.
“O‘rtoq Navoiy’’ ballasidan
Hirotning eng tanho bir go‘shasidan
Bog‘larga eltuvchi tor ko‘chasida.
Poytaxtning xilvatgoh tor ko‘chasida,
Unda shinam uyning darvozasi bor.
30- yillarning oxirida Maqsud Shayxzoda qizg‘in adabiy ijod bilan birga
o‘zbek klassik adabiyotining katta arboblari ijodini o‘rganish va tashviq qilish
borasida barakali mehnat qildi. Bobur, Muqimiy ijodiga bag‘ishlab qator maqolalar
yozdi. “Bobur – Alisher Navoiyning ulug‘ davomchisidir. Binobarin, u Navoiyni
o‘ziga doim ustoz deb bilgan.
Do‘stlari viqor bilan do‘stim desa arziydigan, hamkasblari iftihor bilan
hamkasbim desa yarashadigan bir ajoyib inson, inson bo‘lganda ham haqqi bilan
shoir, haqqi bilan fozil, haqqi bilan olimi zamon bo‘lgan Maqsud Shayxzoda haqida
og‘zimni to‘ldirib so‘zlagim keladi deb aytgan edi shoir Sobir Abdulla .
1958-yilda Shayxzoda o‘zining mashhur “Toshkentnoma” lirik dostonini
yaratdi. Ushbu doston qadimiy va ayni paytda zamonaviy Toshkent shahriga
bag‘ishlangan bo‘lib, shoirning o‘z ona yurti bo‘lmish Ozarbayjondan uzoqda
yashasa-da, o‘zbek xalqi madaniyatiga qanchalik chuqur singib ketganini ko‘rsatadi.
U nafaqat lirik shoir, balki dramaturg sifatida ham yuksak iste’dod sohibi bo‘lib,
1960-yilda yozgan “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida buyuk o‘zbek olimi va
ma’rifatparvar hukmdorining yorqin obrazini yaratdi.
Shayxzoda tarjimon sifatida ham katta ishlarni amalga oshirgan. U
Pushkinning “Mis chavandoz”, Lermontovning “Kavkaz asiri”, Mayakovskiyning
“Juda soz” dostonlari va ko‘plab she’rlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
Bundan tashqari, Shekspirning “Hamlet”, “Romeo va Julyetta” tragediyalari va
sonetlarini, Nozim Hikmatning she’riy asarlarini, shuningdek, ozarbayjon shoirlari
ijodini ham tarjima qilgan. Uning tarjimalari faqat so‘zma-so‘z o‘girish bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
74
cheklanmay, asarlarning badiiy ruhini, estetik qiymatini saqlab qolishga qaratilgan
edi.
Adib o‘zbek adabiyoti tarixi, xalq og‘zaki ijodi, xususan, Alisher Navoiy
merosini o‘rganish borasida ham muhim ilmiy tadqiqotlar olib borgan. U filologiya
fanlari nomzodi unvoniga ega bo‘lib, o‘zbek adabiyotshunosligi rivojiga salmoqli
hissa qo‘shgan. Uning ilmiy ishlari nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyotshunosligida
ham e’tirof etilgan.
Maqsud Shayxzoda ijodi eng gullagan paytda, shiraga to‘lgan vaqtda bu
olamdan ketdi. Shoir 1967-yil 19-fevralda og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi va
Toshkentning Chig‘atoy qabristoniga dafn etildi. Bu qabriston O‘zbekistonning eng
mashhur madaniy va ilmiy arboblari qo‘nim topgan muqaddas joylardan biridir. U
Ozarbayjon tuprog‘ida tug‘ilgan bo‘lsa-da, taqdir taqozosi bilan o‘zbek diyoriga
kelib, bu yurtda butun borlig‘i bilan ijod qilib, xalq e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Uning
nomi o‘zbek adabiyoti tarixida abadiy saqlanib qoladi.
Xulosa:
Maqsud Shayxzoda nafaqat iste’dodli shoir va dramaturg, balki
milliy adabiyotimizning yirik namoyondalaridan biri sifatida tan olinadi. Uning ijodi
milliy iftixor, Vatanga muhabbat, insoniylik va adolat kabi tushunchalar bilan
yo‘g‘rilgan bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan. Shoirning
asarlari, uning ma’rifiy faoliyati va tarjima merosi keyingi avlodlarga ilhom manbai
bo‘lib xizmat qiladi. U kishi ikki xalq dilbandi she’riyati cho‘qqisini egallagan
shoirlardandir. O‘zbek xalqi doimo shunday ulug‘ ijodkori borligidan faxrlanadi.
O‘ylaymanki, biz yosh avlod va keying avlodlar ham Maqsud Shayxzoda she’riyati
gulshanidagi gullaridan ifor, she’riyati va adabiyotidan esa muhabbatni his etib
yashaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi – O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi,
Toshkent, O‘zbekiston Milliy Ensiklopediya bosh tahririyati.
2.
M. Qosimov. “O‘zbek adabiyoti tarixi”, Toshkent, Fan nashriyoti, 1985.
3.
Shayxzodaning adabiy va tarjima asarlari – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi fondlaridan olingan materiallar.