MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
471
HUQUQIY ONG TUSHUNCHASINING TARKIBIY TAHLILIGA
OID AYRIM FIKR VA MULOHAZALAR
Abdibositov Abduqodir Abdurahmon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar
kafedrasi o‘qituvchisi
e-mail:
Annotatsiya: Maqolada “Huquqiy ong” tushunchasining tarkibiy tahlili,
“huquq” va “ong” tushunchalari mazmuni, ushbu tushunchalarning lingvistik,
falsafiy va huquqiy tahlili, ularning “Huquqiy ong” iborasi tarkibidagi o‘ziga hos
o‘rni, “huquq” tushunchasining asosi sifatida “haq”, “haqiqat” so‘zlarining o‘rni
yoritilgan.
Kalit so‘zlar: huquqiy ong, huquq, “huquq” tushunchasining lingvistik,
falsafiy va huquqiy tahlili, ong, “ong” tushunchasining lingvistik, falsafiy va huquqiy
tahlili, haq, haqiqat.
Аннотация: В статье освещается структурный анализ понятия
“правосознание”,
содержание
понятий
“право”
и
“сознание”,
лингвистический, философский и правовой анализ этих понятий, их
специфическое место в структуре словосочетания “правосознание”, роль слов
“истина (от арабского)”, “истомина” как основы понятия “право”.
Ключевые слова: правосознание, право, лингвистический, философский
и правовой анализ понятия “право”, сознание, лингвистический, философский
и правовой анализ понятия “сознание”, истина (от арабского).
Annotation: The article highlights the structural analysis of the concept of
“legal consciousness”, the content of the concepts of “right” and “consciousness”,
linguistic, philosophical and legal analysis of these concepts, their specific place in
the structure of the word combination “legal consciousness”, the role of the words
“truth (from Arabic)”, “istimina” as the basis of the concept of “right”.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
472
Keywords: legal consciousness, right, linguistic, philosophical and legal
analysis of the concept of “right”, consciousness, linguistic, philosophical and legal
analysis of the concept of “consciousness”, truth (from Arabic).
Kirish.
Bugungi kunda, jamiyatimizning jadal rivojlanishi, fuqarolarimizda
huquqiy tafakkurning tubdan o‘zgarishi, yuridik faoliyatni amalga oshirish
qadriyatlari, mazmuni va vositalaridagi o‘zgarishlar sharoitida yuristlarning huquqiy
ongini, ya’ni kasbiy-huquqiy ongini o‘rganish muammosi dolzarb masalaga
aylanmoqda.
Mamlakatimizda chinakam fuqarolik jamiyati o‘rnatilishida aholi huquqiy
ongi va huquqiy madaniyatini oshirish juda katta ahamiyatga ega. Bu borada davlat
rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham o‘z nutqlarida takror va takror
uqtirib kelmoqda. «Har bir fuqaro, har bir inson, - deydi bu haqda u, - o‘z haq-
huquqini yaxshi bilishi va uni himoya qila olishi zarur. Odamlarni huquqiy
madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilimlar bilan qurollantirish asosiy vazifalardan biri
bo‘lishi shart. Toki jamiyatning har qaysi a’zosi o‘z huquqi, o‘z burchi va
mas’uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning
islohot, yangilanish haqidagi barcha so‘zlarimiz, sa’y-harakatlarimiz besamar
ketaveradi»
1
.
Maqsad va uni asoslash.
Huquqiy ong va uning asosiy mazmuni, tuzilishi,
rivojlanishi va funksiyalari huquqshunos olimlar tomonidan necha asrlar va davrlar
mobaynida o‘rganib kelinayotganligiga qaramasdan ular bu sohada aniq to‘xtamga
kelishaolganliklari yo‘q, shu sababli ham, bu soha gumanitar, ijtimoiy va ayniqsa
huquqiy fanlarning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Kasbiy-huquqiy ongning mazmuni va mohiyatini chuqurroq ochib berish
uchun avval huquqiy ong deb atalmish ijtimoiy hodisaning o‘zagi bo‘lgan “huquq”
va “ong” tushunchalarining tavsifini tahlil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero, Har
1
Р.К.Қаюмов, М.М.Мирҳамидов, А.Т.Тўлаганов, О.Т.Ҳусанов, У.Ж.Ҳотамов. Ўзбекистон Республикаси
Конституцияни ўрганиш курси. Т., «Ўзбекистон», 2001, 9-бет.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
473
bir so‘z birikmasidan tashkil topgan tushunchaning mazmuni uni tashkil etuvchi
so‘zlarning mazmuniga bevosita bog‘liqdir.
Huquq va ong tushunchalari turli soha vakillari tomonidan o‘rganilib
kelinmoqda.
“Huquq” tushunchasining yuridik mazmunini N. Saburov,
Sh. Saydullayev,
H.T. Odilqoriyev
kabi
huquqshunos
olimlarning
ilmiy
ishlanmalarida uchratishimiz mumkin. A. Madvaliyev, Z.M. Ma’rufov kabi tilshunos
olimlar tomonidan e’lon qilingan adabiyotlarda esa uning lingvistik mazmuni
yoritilgan.
“Ong” tushunchasining falsafiy ma’nosi bilan G. Rasuleva, I. Mirzaqulov
kabi olimlar tomonidan e’lon qilingan adabiyotlarda, lingvistik tahlillarini esa
A. Madvaliyev, Z.M. Ma’rufov kabi milliy tilshunos olimlarning hamda
S.I. Ojegova, N.Yu. Shvedova, J.E. Worcester kabi chet el tilshunos olimlarning
e’lon qilingan adabiyotlarida uchratishimiz mumkin. Bundan tashqari, “ong”
tushunchasini tahlil etishda Sh.A. Saydullayev kabi huquqshunos olimlar ham o‘z
xissalarini qo‘shgan.
Ilmiy muammoning tavsifi va yechimi.
“Huquq” tushunchasiga ta’rif
berishdan oldin, “Haq” so‘zining ma’nosini anglab olmog‘imiz lozim. Zero, “Huquq”
so‘zi haq so‘zining ko‘pligidir
2
.
Tilshunos olim Abduvahob Madvaliyev tahriri ostidagi O‘zbek tilining izohli
lug‘atida kelib chiqishi arabcha bo‘lgan “Haq” so‘zining 9 dan ortiq quyidagi
ma’nolari keltirilgan:
to‘g‘ri, rost, chin, xaqqoniy;
xuquq;
adolat;
haqiqiy holat;
haqiqat;
shaxs bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llanib, haqiqatning shu so‘z bildirgan
shaxs tomonida ekanini bildiradi,
2
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: 2006-2008. – б.568.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
474
biror narsa, ish-harakat uchun qonuniy bo‘lgan, talab, tartib-qoidaga to‘g‘ri
keladigan asos, erk-imkoniyat;
ish, mehnat, xizmat evaziga to‘lanadigan, olinadigan pul yoki boshqa narsa;
hudo, Olloh, tangri, parvardigor (hudoning sifatlaridan biri);
biror narsaning yuz berishi, amalga oshuvini kutish, ilinjida bo‘lish holatini
bildiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yuridik jihatdan “Haq” so‘ziga quyidagicha
ta’rif berish mumkin:
Haq – haqiqat, ya’ni muayyan ijtimoiy munosabatlar uchun asos bo‘la
oladigan, talab, tartib-qoidaga to‘g‘ri keladigan asos, erk-imkoniyat.
Shu o‘rinda, haqiqat so‘ziga S. Razzoqov quyidagicha ta’rif beradi:
Haqiqat – ob’yektning biluvchi sub’yekt tomonidan adekvat aks ettirilishi,
uning o‘z-o‘zicha, mavjudligiga ko‘ra, inson va uning ongidan tashqarida mustaqil
mavjud holda ifodalanishi, hissiy, empirik tajriba, tushunchalar, g‘oyalar, hukmlar,
nazariyalar, ta’limotlar va dunyoning bir butun manzarasining dialektik
rivojlanishdagi ob’yektiv mazmunidir
3
. S. Razzoqovning ushbu ta’rifidagi “adekvat”
so‘zi e’tiborimizni tortdi. “Adekvat” tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib u
“tenglashgan, mos, aynan bir, o‘xshash” kabi ma’nolarni bildiradi. Ammo, ushbu
tushunchaning asl mazmuni bilish nazariyasida narsa va hodisalarning xossalari va
aloqalarini ularning ob’yektiv mazmuniga toʻgʻri keladigan, aniq va mos qilib
olishdir
4
. Demak, S. Razzoqov “ob’yektning biluvchi sub’yekt tomonidan adekvat
aks ettirilishi” jumlasi orqali “haqiqat bu isbot talab etilmaydigan voqelikning inson
ongida hech qanday o‘zgartirishlarsiz, asl holatda aks etishi” degan xulosaga
kelishimiz mumkin.
Demak, “Huquq” haq, ya’ni haqiqatlar tizimidir. Z.M. Ma’rufov tahriri ostida
nashr qilingan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “Huquq” so‘ziga quyidagicha
ta’riflar berilgan:
3
С. Раззоқов Фалсафа қисқача изоҳли луғат. Тошкент: 2004. – б.378.
4
https://uz.wikipedia.org/wiki/Adekvat
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
475
davlat hokimiyati tomonidan belgilanadigan va qo‘riqlanadigan, jamiyatda
kishilarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan qonun-qoidalar, normalar
majmui;
kimsaga biror ish-harakat qilish uchun berilgan, davlat qonunlari va boshqa
xil qonun-qarorlari bilan mustahkamlangan, kafolatlangan imkoniyat, erk, ixtiyor
5
.
Yuridik adabiyotlarda “Huquq” tushunchasining bir qancha bir-biriga
o‘xshash ma’nolarini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasida chop etilgan “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darslikda “huquq”
tushunchasiga sof yuridik ma’noda ijtimoiy manfaatlarni ifodalovchi, davlat
tomonidan o‘rnatiladigan hamda ta’minlanadigan va ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solishga qaratilgan umummajburiy yuridik normalar tizimi deb ta’rif berilgan
6
.
Nurmat Saburov va Shahzod Saydullayevlar esa “huquq” tushunchasiga
davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki ma’qullanadigan, o‘zida erkinlik, tenglik va
adolat tamoyillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga
qaratilgan, bajarilishi umummajburiy bo‘lgan yurish - turish qoidalari yig‘indisi deb
ta’rif berishgan
7
.
Professor H.T. Odilqoriyevning umumiy tahriri ostida chop etilgan “Davlat
va huquq nazariyasi” nomli darslikda “huquq” tushunchasiga davlat tomonidan
o‘rnatiladigan va qo‘riqlanadigan, mamlakat aholisining umumiy va shaxsiy
manfaatlarini ifodalovchi va ijtimoiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish
vositasi sifatida amal qiluvchi umummajburiy xulq-atvor qoidalari tizimi deb ta’rif
berilgan
8
.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan “Huquq” tushunchasi to‘g‘risidagi quyidagi
xulosalarni bildiramiz:
birinchidan,
huquq – haq, ya’ni haqiqatlar tizimidir;
5
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Москва: 1981. – б.714.
6
Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Дарслик. Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2018. – б.76.
7
Сабуров Н., Сайдуллаев Ш. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Ўқув қўлланма. Ўзбекистон Республикаси Адлия
вазирлиги Тошкент давлат юридик институти, 2011. – б.64.
8
Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Дарслик. Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2009. – б.185.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
476
ikkinchidan,
huquq – davlat
hokimiyati
tomonidan
belgilanadi
va
qo‘riqlanadi, ayrim hollarda davlat tomonidan ma’qullanadi (xalqaro normalarni
ratifikatsiya qilishga oid);
uchinchidan,
huquq – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan;
to‘rtinchidan,
huquq – o‘zida erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini
ifodalaydi;
beshinchidan,
huquq – umummajburiy;
oltinchidan,
huquq – aholining umumiy va shaxsiy manfaatlarini ifodalovchi;
yettinchidan,
huquq – xulq-atvor qoidalari tizimi.
Yuqoridagi olimlarning fikr va mulohazalari hamda shaxsiy tahlillarimizga
tayangan “Huquq” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berishni lozim topdik:
“Huquq – davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki ma’qullanadigan, ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, o‘zida ijtimoiy manfaatlarni ifodalovchi,
umummajburiy xulq-atvor qoidalari tizimi”.
Huquqiy ong tushunchasini tahlil qilar ekanmiz uning asosiy qismi sifatidagi
“Ong” tushunchasiga to‘xtalib o‘tishimiz lozim. Z.M. Ma’rufov tahriri ostida nashr
qilingan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “Ong” so‘ziga quyidagicha ta’riflar
berilgan:
kishining fikrlash qobiliyati, aql, idrok;
odamning yoki odamlar guruhining ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi va
unga munosabati;
voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan
va ma’lum maqsadga yo‘nalgan holda aks etishi;
belgili bir ijtimoiy sinf vakili bo‘lgan kishilarning psixologik, siyosiy va
falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlari majmui, tizimi
9
.
Tilshunos olim Abduvahob Madvaliyev tahriri ostidagi O‘zbek tilining izohli
lug‘atida esa “ong”ning quyidagi mazmunlari keltirilgan:
odam ruhiy faoliyatining oliy shakli, kishining fikrlash qobiliyati, aql,
idrok;
9
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Москва: 1981. – б.537.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
477
odamning yoki odamlar guruhining ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi va
unga munosabati;
voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan
va ma’lum maqsadga yo‘nalgan holda aks etishi;
belgili bir ijtimoiy sinf vakili bo‘lgan kishilarning psixologik, siyosiy va
falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlari majmui
10
.
Yuqoridagi ikki tilshinos olimning qaydlari bilan tanishar ekanmiz ularning
hulosalari deyarli bir xil ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
“Ong” so‘zining rus tilidagi mazmunini rus tilshunos olimlari S.I. Ojegova va
N.Yu. Shvedovalar tahriri ostidagi “Rus tilining izohli lug‘ati”dan bilib olishimiz
mumkin. Ushbu lug‘atga asosan o‘rganilayotgan tushunchaning quyidagi ma’nolari
keltirilgan:
anglash;
insonning haqiqatni fikr yuritish orqali anglash qobiliyati;
insonning sog‘lom aql va idrokka ega bo‘lgan holati, ya’ni uning o‘z
harakatlari va xis-tuyg‘ularini anglay olish qobiliyati;
fikr, tuyg‘u va biror narsani aniq tushunish
11
.
J.E. Worcester tahriri ostida chop etilgan “Ingliz tilining talaffuz va izohli
lug‘ati”da “ong” tushunchasining quyidagi ingliz tilidagi ma’nolari keltirilgan:
o‘z fikrlarini anglash;
aqliy idrok orqali bilish
12
.
“Ong” tushunchasining mazmunini bir qancha milliy nashrlarda ham
uchratish mumkin. A. Ibrohimov, H. Sultonov va N. Jo‘rayevlar hammuallifligidagi
“Vatan tuyg‘usi” kitobida “ong” to‘g‘risida quyidagi satrlar keltirilgan:
«Odamning ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi, unga munosabati uning
onggida yuz beradi. Siyosiy ong, ijtimoiy ong iboralari ana shundan kelib chiqqandir.
Voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va albatta,
10
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: 2006-2008. – б.568.
11
Ожегов Ш.И., Шведова Н.Ю. Толковый словарь русского языка. – Россия СССР: 1960.
12
Worcester J.E. Pronouncing and explanatory dictionary of the english language with pronouncing vocabularies of
classical and scripture proper names. – Boston: 1831. – p.70.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
478
ma’lum maqsadga yo‘nalgan holda aks etishi ongning zuhuridir. Ong, shuningdek,
kishining ruhiy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham
majmui hisoblanadi. Ijtimoiy ong deganda ana shular nazarda tutiladi»
13
.
Sh.A. Saydullayev o‘z muallifligi ostida chop etilgan “Davlat va huquq
nazariyasi” darsligida ong faqat shaxsgagina xos bo‘lgan, miyaning til va nutq
yordamida voqelik aksini umumlashtiradigan, maqsadga muvofiq, konstruktiv hamda
ijodiy namoyon bo‘ladigan oliy funksiya ekanligi keltirilgan
14
.
Yana bir tadqiqotchi olimimiz K. Allaberganov ong hususida tadqiqotlarni
o‘rganib quyidagi xulosalarni bildirgan:
ong - bu voqelikni inson psixik olamida aks ettirishning eng yuqori shakli;
ong - bu doimiy holatda faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan psixik jarayon;
ong o‘z navbatida yagona bo‘linmas ma’naviy shakllanish hamdir;
ong - bu ham tafakkur uslubi va ob’ektiv borlikda mavjud bo‘lgan haqiqat
bilan aloqalar tizimi hamdir
15
.
“Ong” tushunchasining mazmunini yoritishda uning falsafiy ma’nosi bilan
ham
tanishish
maqsadga
muvofiq
bo‘ladi. Ong – falsafadagi markaziy
kategoriyalardan biri bo‘lib, ko‘p qirrali va murakkab bo‘lganligi tufayli falsafa,
psixologiya, psixiatriya, fiziologiya, kibernetika, informatika singari turli fanlarning
o‘rganish ob’yekti hisoblanadi
16
. “Falsafa” qisqacha izohli lug‘atida in’ikos
nazariyasi nuktai nazaridan ong, inson ijtimoiy tarakkiyotida voqelikni ruhiy aks
ettirishning oliy shakli ekanligi hamda u ruhiy holat bo‘lib, ruhiyat tushunchasi ong
tushunchasiga qaraganda kengroq ekanligi belgilangan. Ushbu fikrlar davomida ong
faqat insongagina hos bo‘lishi hamda ong yangi tug‘ilgan chaqaloqda, ruxiy
kasallarda shakllanmagan bo‘lishi bildirilgan.
Ong tufayli bilish va hodisalarni baxolash munosabatlari amalga oshiriladi va
bundan ongning asosiy bilish va xis-xayajon uyg‘otuvchilik vazifalari kelib chiqadi.
13
Иброҳимов А., Султонов Ҳ., Жўраев Н. Ватан туйғуси. Т., «Ўзбекистон», 1996, 30-31-бетлар.
14
Сайдуллаев Ш.А. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Дарслик. Тошкент, 2018. – б.93.
15
Allaberganov Karimbergan Huquqiy ong tushunchasini o’rganishning nazariy jihatlar // Academic research in
educational sciences. 2020. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/huquqiy-ong-tushunchasini-o-rganishning-
nazariy-jihatlar (дата обращения: 27.06.2024).
16
Расулева Г., Мирзақулов И. Фалсафа қисқача изоҳли луғат. – Тошкент: 2004. – б.284.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
479
Ong mazmunini avvalo, inson tajribasi davomida hamisha tasdiqlanib va rivojlanib
boruvchi bilimlar tizimi tashkil etadi. Lekin ong bilan bilim bir narsa emas. Agar
bilim inson tajribasi tasdig‘idan o‘tgan voqelik in’ikosi bo‘lsa, ong, albatta,
voqelikning so‘zsiz isbotlangan, haqiqiy in’ikosi bo‘lmaydi. Chunki ong tarkibida
taxmin, adashish, aldanish hollari ham uchraydi
17
.
Ong – insonda aloqalar, munosabatlar, ob’yektiv dunyo qonuniyatlari
to‘g‘risida umumiy bilimlar shakllanishiga asos bo‘ladi. Insonga maqsad va rejalarni
tuzishi, uning tabiat va ijtimoiy muhitdagi faoliyatini boshqarish undagi borliqqa
nisbatan emotsional (hissiy), ratsional (aqliy) va amaliy munosabatlarni boshqarish
va nazorat qilishda yordam beradi.
Demak, “ong” o‘z-o‘ziga va jamiyat qadriyatlariga munosabatni qamrab olib,
shaxsning o‘zini va uni o‘rab turgan tevarak-atrofni fikr yuritish orqali anglash
qobiliyatidir.
Yakuniy qism.
Yuqoridagi “huquq” va “ong” tushunchalariga oid ta’riflar,
tushuntirishlar, ilmiy fikr va mulohazalar ushbu tushunchalarning mohiyati va
mazmunini chuqur anglash imkonini beradi. Shuningdek, ushbu fikr va
mulohazalardan kelib chiqib huquqiy ongga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin:
Huquqiy ong – shaxsning jamiyatda belgilangan, ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy xulq-atvor qoidalarini fikr yuritish orqali
anglash qobiliyatidir.
Ammo, ushbu mulohazalar ikkala tushunchalarning mazmunlarini
alohida - alohida tushunish imkonini beradi xolos. “Huquqiy ong” tushunchasi ushbu
ikki so‘zning so‘z birikmasidan iborat bo‘lsada, uning ma’nosi ancha keng va uning
mazmunini anglash uchun bu tushunchani chuqurroq o‘rganishni talab etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Р.К.Қаюмов, М.М.Мирҳамидов, А.Т.Тўлаганов, О.Т.Ҳусанов,
У.Ж.Ҳотамов. Ўзбекистон Республикаси Конституцияни ўрганиш курси. Т.,
«Ўзбекистон», 2001, 9-бет.
17
http://forum.oyina.uz/kiril/teahause/2159
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
480
2.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: 2006-2008. – б.568.
3.
С. Раззоқов Фалсафа қисқача изоҳли луғат. Тошкент: 2004. – б.378.
4.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Adekvat
5.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Москва: 1981. – б.714.
6.
Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Дарслик. Ўзбекистон Республикаси ИИВ
Академияси, 2018. – б.76.
7.
Сабуров Н., Сайдуллаев Ш. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Ўқув
қўлланма. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Тошкент давлат юридик
институти, 2011. – б.64.
8.
Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Дарслик. Ўзбекистон Республикаси ИИВ
Академияси, 2009. – б.185.
9.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: 2006-2008. – б.568.
10.
Ожегов Ш.И., Шведова Н.Ю. Толковый словарь русского языка. –
Россия СССР: 1960.
11.
Worcester J.E. Pronouncing and explanatory dictionary of the english
language with pronouncing vocabularies of classical and scripture proper names. –
Boston: 1831. – p.70.
12.
Иброҳимов А., Султонов Ҳ., Жўраев Н. Ватан туйғуси. Т.,
«Ўзбекистон», 1996, 30-31-бетлар.
13.
Сайдуллаев Ш.А. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Дарслик. Тошкент,
2018. – б.93.
14.
Расулева Г., Мирзақулов И. Фалсафа қисқача изоҳли луғат. –
Тошкент: 2004. – б.284.
15.
Allaberganov Karimbergan Huquqiy ong tushunchasini o’rganishning
nazariy jihatlar // Academic research in educational sciences. 2020. №4. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/huquqiy-ong-tushunchasini-o-rganishning-nazariy-
jihatlar (дата обращения: 27.06.2024).
16.
http://forum.oyina.uz/kiril/teahause/2159