MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
462
TERGOV FAOLIYATIDA INSON HUQUQLARI KAFOLATLARINING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
IIV Malaka oshirish instituti yuridik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan
XAMRAYEV JASUR QUDRAT O‘G‘LI
Annotatsiya.
Maqolada
surishtiruvchi
va
tergovchilar
tomonidan
ayblanuvchining
aybsizligi
prezumpsiyasi
prinsipining
umumiy
qoidalari
tergovchining kasbiy huquqiy ongi bilan bog‘liqligi, shuningdek tergov harakatlarini
amalga oshirish jarayonida tergovchining kasbiy huquqiy ongining buzilishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar, mavjud muammolar ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar: aybsizlik prezumpsiyasi, huquqiy xabardorlik, tergovchi, gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi.
Аннотатсия.
В стате рассматривается взаимосвяз общих положений
принципа презумпсии невиновности обвиняемого дознавателем и следователем
и профессионалного правосознания следователя, а также факторы и
существующие проблемы, влияющие на нарушение профессионалного
правосознания следователя при осуществлении следственных действий.
Ключевые слова: презумпсия невиновности, правосознание, следовател,
подозреваемый, обвиняемый.
Annotation.
The article examines the relationship between the general
provisions of the principle of the presumption of innocence of the accused by the
inquiry officer and investigators and the investigator's professional legal awareness,
as well as the factors and existing problems that affect the violation of the
investigator's professional legal awareness during the implementation of
investigative actions.
Keywords: presumption of innocence, legal awareness, investigator, suspect,
accused.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
463
Yangi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasidayoq
O‘zbekistonni insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, qonun
ustuvorligi bilan boshqariladigan davlat deb e’lon qildi va shu bilan butun jahon
umuminsoniy va davlat-huquqiy qadriyatlarning alohida ahamiyati va ustuvorligini
ta’kidladi.
Bosh Qomusimizning 30 dan ortiq moddalari bevosita inson huquq va
erkinliklariga bag‘ishlangan hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining
barcha prinsipial qoidalarini o‘zida mujassam etgan.
2023 yil 30 iyun kuniagi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan Oliy
Majlis
Qonunchilik
palatasi
tomonidan
“O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy
qonuni bilan Konstitutsiyaning tegishli moddalaridagi tuzatishlarda ham “Miranda
qoidasi”, “Xabeas korpus” instituti va boshqa inson huquqlari bilan bog‘liq
masalalarni konstitutsiyaviy norma darajasida belgilab qo‘yilishi ham bejiz emas,
albatta
1
.
Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya qilish,
jinoyat protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligini yanada takomillashtirish, qonun
ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va
aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsiplarni ro‘yobga chiqarish
maqsadida 2017 yil 30 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud –
tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5268-sonli Farmoni qabul
qilindi. shu munosabat bilan aybsizlik prezumpsiyasi tamoyilini amalga oshirish
tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro hamjamiyati tomonidan tan olingan aybsizlik prezumpsiyasi nafaqat
rasmiy xarakterga ega bo‘lgan, balki davlatni huquqiy tartibga solishda alohida
maqomga ega bo‘lgan jinoyat protsessining prinsipi sifatida qaraladi. Shaxsni asossiz
ayblovlar va jinoiy ta’qiblardan himoya qilishni ta’minlashning eng muhim
kafolatlaridan biri bo‘lgan aybsizlik prezumpsiyasi, yangi ijtimoiy huquqiy ongni
1
https://www.gazeta.uz/uz/2022/06/22/constitutional-reform/
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
464
shakllantirishda richag rolini o‘ynaydi. Aybsizlik prezumpsiyasi va uni amalda
to‘g‘ri, samarali qo‘llash masalasi har bir insonning hokimiyat va erkinlik holatidagi
tushunchasi, yangi huquqiy ongning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi – qonun va
davlat tomonidan himoya qilinadigan huquqiy ong bilan chambarchas bog‘liq.
Dastlabki tergov jarayonida aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga rioya
qilmaslik jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzilishiga olib keladi, tergov organlari,
prokuratura va sudning vakolatiga putur еtkazadi, natijada ijtimoiy tarafkashlik,
jamiyatda qonunga va davlatga nisbatan fuqarolar tomonidan ishonchsizlik
bildiriladi.
Jinoyatlarni issiq izidan tez va to‘liq ochish, jinoyat sodir qilgan shaxslarni
aniqlash va ularning jinoiy qilmishlarini fosh qilish, qonunni to‘g‘ri qo‘llanilishini
ta’minlash, jinoyat sodir etgan har bir shaxsni adolatli jazolash, birorta ham begunoh
odamni noqonuniy javobgarlikka tortmaslik – bularning barchasi jinoyat
protsessining eng muhim vazifalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 23-moddasida
“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda
aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan
sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.” deb belgilab qo‘yilganligi
ham bejiz emas, albatta.
Zero, aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra jinoyat-protsessual munosabatlarda
ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olmasdan
amalga oshirish mumkin emas.
Ayni paytda, bizning davlatimiz jamoatchilik bilan aloqalarni tartibga
soluvchi sifatida asosiy vazifasi, O‘zbekistonning har bir fuqarosi jinoyat protsessi
ishtirokchisiga bo‘lgan taqdirda, unga hech qanday zarar еtkazilmasligiga, uning
ayblovlardan o‘zini himoya qilish uchun qonuniy talablari dastlabki tergov paytida
amalga oshirilishiga qat’iy ishonchga ega bo‘lishi lozim.
Tom ma’noda, mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun aybsizlik
prezumpsiyasi, shaxs erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatining muhim kafolati bo‘lib
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
465
xizmat qilishi, har qanday ayblanuvchiga ayblovdan o‘zini faol himoya qilish
imkoniyatini yaratilishi shart.
Aybsizlik prezumpsiyasi tarixini tahlil qilish, ushbu prinsip haqida chinakam
huquqiy davlatning asosiy qoidalaridan biri va jinoyat protsessini tashkil etish
yo‘nalishi sifatida gapirishga imkon beradi.
Albatta, aybsizlik prezumpsiyasining jamoat hayotidagi roli ushbu davlatda
hukmronlik qilayotgan siyosiy rejimga bog‘liqligini istisno qilib bo‘lmaydi, bu uning
chuqur ijtimoiy-siyosiy ildizlarini yana bir bor tasdiqlaydi. Aybsizlik prezumpsiyasi
prinsipining o‘ziga xosligi shundaki, u jinoyat protsessini o‘zi rivojlanishining
mahsuli emas, uning ichki muntazamligi; bu tamoyil XVIII asrdagi buyuk fransuz
inqilobi davrida ijtimoiy-siyosiy g‘oya sifatida paydo bo‘ldi va jinoiy jarayonga
nisbatan siyosiy munosabatdan kelib chiqdi. Shundan beri, aybsizlik prezumpsiyasi
jamoatchilik bilan aloqalar amaliyotiga qat’iy singib, eng yuqori axloqiy va huquqiy
qadriyat sifatida tan olindi, sababi mazkur masalaning tag zamirida inson manfaati va
uning qadr qimmati hamda shaxsiy dahlsizligi yotibdi.
Aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat-protsessual institut sifatida dastlab 1789
yilda Fransiyada qabul qilingan “Inson va fuqarolik huquqlari Deklaratsiyasi”da
shakllantirilgan, so‘ngra esa 1948 yilda BMT tomonidan qabul qilingan “Inson
huquqlari umumjaxon Deklaratsiyasida ham bu g‘oya takomillashtirilgan
2
.
Jamiyatda shaxsning manfaatlari birinchi o‘rinda turishi kerakligi ko‘rsatib
o‘tilgan. Biroq, hozirgi vaqtda davlatning mafkuraviy munosabati tobora kuchayib
bormoqda, unga ko‘ra jamoat manfaati har doim shaxs manfaatidan yuqori. Har yili
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi sanksiyalar darajasi sezilarli
oshirilmoqda, yangi o‘zgartirishlar kiritilmoqda, tezkor tergov faoliyati tobora
faollashmoqda, oqlovlarning ulushi sezilarli darajada ko‘paymoqda.
So‘nggi yillarda jinoiy-huquqiy siyosatning maqsadi inson huquqlarini
himoya qilish emas, balki haqiqatni aniqlash va insonparvarlik prinsiplari o‘rniga
ko‘proq jazoning muqarrarligi prinsipiga ustunlik berilishi xususidagi fikrlar tobora
ommalashmoqda.
2
A.M.Larin “Aybsizlik prezumsiyasi” 1982 yil -12 bet
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
466
Ammo, endilikda xalqaro gumanitar huquqning asosiy prinsipini tan olmaslik
mumkin emas, sababi jamiyatning eng asosiy oliy qadriyati - bu inson, uning
huquqlari va erkinliklari bo‘lishi shubhasizdir, xolbuki O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida mazkur norma o‘z aksini topgan. Shu sababli ham O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartishlarning birinchi yo‘nalishi –
inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmatini ulug‘lash, dahlsiz huquq va
manfaatlarni mustahkamlash deb nomlanishi ham bejiz emas
3
.
Aybsizlik prezumpsiyasining g‘oyaviy asoslari dastlabki tergovni xolisona va
har tomonlama, to‘liq o‘tkazishni, ayblanuvchining nafaqat ayblov, balki oqlov
holatlarini aniqlashni talab etadi, ya’ni dastlabki tergovni bir yoqlamalik, xususan
ayblov nuqtai nazari bilan amalga oshirish amaliyotidan voz kechish lozim bo‘ladi.
Shuning uchun, bizning fikrimizcha, aybsizlik prezumpsiyasining samarali, ijobiy
amalga oshirilishi faqatgina huquqiy normalarga qarab emas, balki unga ijodiy
yondoshgan holda ish
yuritadigan shaxslar, xususan surishtiruvchi
va
tergovchilarning huquqiy ongini rivojlanish darajasiga ham bog‘liq deb o‘ylaymiz.
Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi kunga qadar jinoyat-protsessual
nazariyasida asosiy e’tibor aybsizlik prezumpsiyasi tergovchi tomonidan
ayblanuvchining aybiga ichki ishonchi bilan o‘zaro bog‘liqligiga qaratilgandi va
jinoyat ishini tergov qilishda aybsizlik prezumpsiyasi tamoyilini qo‘llashga
tergovchining kasbiy huquqiy ongi darajasining ta’sirini aniqlashga bag‘ishlangan
deyarli hech qanday harakatlar yoki kompleks ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan
4
.
Dastlabki tergov jarayonida tergovchilar jinoyat ishini oqlov nuqtai nazardan
emas, aksincha ayblov nuqtai nazardan qarashi muammosi mavjudligi xech kimga sir
emas. Haqiqat shundaki, har bir jinoyat ishida isbotlashning butun jarayoni ayblilik
yo‘nalishi bo‘yicha davom etadi, tergovchilar uning aybsizligini aniqlashga qarab
jinoyat ishini tugatishga harakat qilganda esa jamoatchilik fikridagi salbiy holat, ya’ni
tergovchi muayyan bir manfaatdorlik evaziga shu yo‘lni tutgan degan fikr kelib
3
https://www.gazeta.uz/uz/2022/06/22/constitutional-reform/
4
Gromov N.A. Dastlabki tergov organlari, prokuratura va sudlarning huquqni muhofaza qilish faoliyati. –
M., 2000. – S. 121.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
467
chiqadi deb uylaydi va shu sababli tergov amaliyotida imkon darajada jinoyat ishini
sudga yuborish va har xil gap-so‘zlarga qolmaslik pozitsiyasida ish tutadi.
Jinoyat huquqi fanida shunday holat aniqlanganki, aybsizlik prezumpsiyasini
amalga oshirishda va ayblov nuqtai nazardan qarashni bartaraf etishda dastlabki
tergovni olib borayotgan shaxslarning kasbiy huquqiy ongi eng muhim rol o‘ynaydi.
Huquqiy amaliyotning tabiati uning munosabati va mazmuniga bog‘liq.
Huquqiy ong o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, u tashqi muhitdan, tizimdan,
davlatning siyosiy va huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadi. Albatta, Yangi
O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Bosh prokuratura faoliyati ta’siri
ostida professional huquqiy xabardorlik shakllanganligini e’tiborsiz qoldirib
bo‘lmaydi.
«Ko‘pchilik yaxshi biladi,- deb ta’kidladi Prezident, - ilgari qariyb 90 foiz
jinoiy ishlar qayta tergovga yuborilar edi. Endilikda sudlar tomonidan jinoyat ishlarini
qo‘shimcha tergovga qaytarish tartibi bekor qilindi. Bu esa sud va tergov
organlarining haqiqatni aniqlash, shuningdek, qonuniy, asosli va adolatli qarorlar
qabul qilish borasidagi mas’uliyatini oshirdi.
Biroq, jinoyat-protsessual amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tergovchining jinoyat
ishini tergov qilish paytida harakatlarining tabiati uning me’yoriy-huquqiy bazani
bilishi bilan emas, balki uning kasbiy huquqiy ongi darajasi, qonuniylik va adolat
tuyg‘usini rivojlantirish bilan belgilanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,
tergovchining huquqiy ongida ijtimoiy-psixologik omil nuqtai nazaridan qonuniylik
hissi huquqiy dunyoqarashning asl nusxasidir.
Ijtimoiy hodisa bo‘lib, tergovchining individual huquqiy ongi, albatta, jamoat
xuquqiy ongi, atrofdagi huquqiy muhit va muayyan ijtimoiy tizimda rivojlangan
amaliy faoliyat ta’siri ostida rivojlanadi. Shubhasiz, qonunlarni pisand qilmaslik,
huquqiy savodsizlik, rasmiyatchilik va shaxsga kinoyaviy munosabatda bo‘lish kabi
huquqiy ongning buzulishidan voz kechish lozim bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda jinoyat ishlarni tergov qilayotgan surishtiruvchi va
tergovchilarning kasbiy huquqiy ongini deformatsiyasi muammosi huquqshunos
olimlar va psixologlarning diqqat-e’tiborini tortgan. Bundan tashqari, aynan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
468
tergovchilarning kasbiy huquqiy ongining deformatsiyasi, bizning nuqtai nazarimizga
ko‘ra, jinoiy protsessni ayblov tarafkashlikni buzadi, bu ijtimoiy munosabatlarning
ijobiy tartibga soluvchisi sifatida qonunni mensimaslikka va unga rioya qilmaslikka,
shuningdek, insonning huquqlari va erkinliklarini tan olinmasligiga olib keladi.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va o‘tkazilgan amaliy tajribalar shuni
ko‘rsatadiki, kasbiy huquqiy ongning deformatsiyasi ustun bo‘lgan joyda qonuning
va inson huquqlarining qadrsizlanishiga olib keladi. Huqushunoslarning kasbiy
huquqiy ongining buzilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri insonlarning qadr-qimmatini poymol
qilinishiga olib keladi va g‘ayriijtimoyi xatti-harakatlarning salbiy faollashuviga hissa
qo‘shadi.
Umuman, tergovchining shaxsi, professional huquqiy ong buzilishlari
natijasida, ular tomonidan doimiy ravishda jinoyat sodir qilganlikda gumonlash
fikrida bo‘lishi, takabburlik, qo‘pollik, ruhiy bosim o‘tkazishi kabi salbiy xislatlari
ko‘rinishi bor, bundan tashqari ayrim tergovchilarni o‘ziga bino qo‘yishi, o‘zini doim
haq deb bilishi, tanqidni to‘g‘ri qabul qilmasligi, o‘zining amaliy tajribasiga
keragidan ortiq ishonishi kabi holatlar mavjud.
Ushbu holatni bartaraf etish uchun esa, albatta tergov organlari ishini
soddalashtirish, jamoada ijobiy muhitni yaratish, belgilangan ish tartibidan
chiqmaslik, tergovchilarning kasbiy huquqiy ongi darajasini oshirish bo‘yicha ularni
malakasini oshirish va o‘z ustida mustaqil ishlashlariga sharoit yaratish, ayniqsa
ustoz-shogird ana’nasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va davlat tomonidan tergovchilarni
ijtimoiy, madaniy, ayniqsa moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli
choralarini ko‘rish zarurligini ko‘rsatadi.
Ayrim olimlar ilmiy tadqiqot ishlarida tergovchilarning kasbiy huquqiy
ongidagi buzilishlar muammolarini o‘rgangan bo‘lsalarda, ammo bevosita ichki ishlar
organlari tergovchilarining kasbiy huquqiy ongidagi buzilishlarni kompleks ravishda
ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganish, uning tabiati va xususiyatlarini tahlil qilish
bo‘yicha tadqiqot ishlari amalga oshirilmagan va ushbu salbiy hodisaning sabablari
еtarlicha, batafsil o‘rganib chiqilmagan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
469
Bu jiddiy ijtimoiy muammoning mexanizmi va shakllarini o‘rganish amaliyot
xodimlari uchun еtarli darajada zaruriyat tug‘dirmaydi, ular aksariyat hollarda
belgilangan ish hajmini, jinoyat ishi soni bo‘yicha ko‘rsatkichlarga ishlash
tendensiyasiga e’tiborni qaratish bilan cheklanadi. Ammo, ilmiy tadqiqotlar ob’ekti
sifatida tergovchilarni kasbiy huquqiy ongidagi buzilishlarni keltirib chiqaruvchi
barcha holatlarni o‘rganish esa ilmiy jamoatchilik zimmasiga yuklatiladi.
Huquqiy ongning murakkab va ko‘p qirrali hodisa sifatida buzilishi o‘ziga har
tomonlama yondashuvni talab qiladi, ya’ni yurisprudensiya nuqtai nazaridan bir
vaqtning o‘zida falsafiy, psixologik va sotsiologik asoslash bilan ilmiy tadqiqotning
еtarli usullaridan foydalangan holda o‘rganadi.
Bizning fikrimizcha, O‘zbekistonda tergovchilarning kasbiy huquqiy ongi
buzilishining namoyon bo‘lishidagi eng muhim shakllaridan biri qonunlarni bilmaslik
yoki bila turib uni mensimaslik, ya’ni xodimlarda huquqiy nigilizm kayfiyatining
ustunligi sabali qonuniylikni qadrsizlanishi, qonunlarni e’tiborsiz qoldirishda yoki
ularning tartibga soluvchi ijtimoiy rolini kamsitishda ifodalangan huquqiy nigilizmni
ta’kidlash kerak.
Shu bilan birga, psixologik darajasi bo‘yicha ayrim protsessual qoidalar
tergovchilar tomonidan birinchi va ikkinchi darajali deb baholanadi va maqsadga
muvofiqlik prinsipi qonuniylik prinsipiga qarama qarshi chiqadi.
Huquqni muhofaza qilish organlari amaliyotida deformatsiyaning bu shakli
huquqni muhofaza qilish organlarining qonunchilikka biroz zid bo‘lgan o‘zlarining
“yozilmagan qonunlari”ga ega ekanligida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki,
tergovchilarning asosiy vazifalari fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish
bo‘lsada, ammo ayrim holatlarda tergovchilarning kasbiy huquqiy ongidagi
buzilishlar natijasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini e’tiborsiz qoldiradilar.
Shunday qilib, jinoyat ishini professional darajada tergov qilish o‘rniga, ayrim
holatlarda jinoyat ishini shoshmashosharlik bilan, o‘zlarining kasbiy mahoratlariga
keragidan ortiq ishongan holda sudga yuborish natijasida fuqarolarning huquqlari va
erkinliklari buzilish holatlarini uchrashi ham hech kimga sir emas.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–1_ Март –2025
470
Bundan tashqari, ba’zan jinoyat ishini tergov qilishning noqonuniy
usullaridan foydalanish holatlarini uchrab turishi, natijada go‘yoki tergovchilarga
barcha narsa mumkinligi, qilgan xatosi uchun jazosiz qolish g‘oyasiga va “xato qilish
huquqiga” ega ekanligiga ishonishiga olib keladi. Tergovchilarning kasbiy huquqiy
ongi deformatsiyasining barcha ko‘rinishlari, albatta, davlatimizning butun ijtimoiy-
huquqiy tizimiga katta zarar еtkazadi, eng yomoni dastalabki tergov jarayonida
fuqarolarning qonuniy huquq va erkinliklari buziladi va jinoyat protsessida ayblov
nuqtai-nazardan qarash elementlariini rivojlantirish uchun zamin yaratadi,
shuningdek har bir fuqaroning ongida mamlakatimizda qonun ustuvorligiga
ishonchsizlikni uyg‘otadi.
Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, agarda tergovchilarni kasbiy huquqiy
ongidagi buzilishlar o‘z vaqtida barataraf etilmas ekan, bu nafaqat tergovchilarning
ish samaradorligini pasayishiga yoki ularni jinoyat ishlarni sifatsiz tergov qilishiga
ta’sir qilib qolmasdan, aksincha mazkur jinoyat protsessi ishtirokchilari bo‘lgan
fuqarolarning huquq va erkinliklarini poymol etilishiga, bu esa jamiyatda
tergovchilarga nisbatan ishonchsizlik hissini ortishiga sabab bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasi; Toshkent – 2023 yil.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessal kodeksi. Toshkent – 2023 yil.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. Toshkent – 2023 yil.
4.
Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2017 yil 18 aprel kunidagi PQ-
2898 – sonli qarori.
5.
Gromov N.A. Dastlabki tergov organlari, prokuratura va sudlarning huquqni
muhofaza qilish faoliyati. Moskva – 2000 yil.
6.
A.M.Larin “Aybsizlik prezumsiyasi” Moskva – 1982 yil.
7.
https://stat.sud.uz -
internet tarmog‘i.
8.