Authors

  • Raxmonberdiyeva S.M.

Author Biography

  • Raxmonberdiyeva S.M.

     

    Nizomiy nomidagi TDPU

    Musiqa madaniyati fakulteti

    dotsent v.b

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118595

Keywords:

Texnologiya ta’lim-tarbiya metod integratsiya ijodiy san’at ovoz intonatsiya musiqiy – ritmik harakatlar.

Abstract

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishni ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri musiqa ekanligi, integratsiyalashgan musiqa mashg‘ulotlarida fanlararo aloqalardan maqsadli foydalanish bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ulkan imkoniyatlar yaratishi, integratsiyalashgan mashg‘ulotlarni rang-barang san’at turlari vositasida bola ongida dunyoning go‘zal va betakror yaxlit obrazini shakllantirish bilan belgilanishi haqida so‘z boradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

436

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MUSIQIY

MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INTEGRALLASHDAN

MASHG‘ULOTLARNING AHAMIYATI

Nizomiy nomidagi TDPU

Musiqa madaniyati fakulteti

dotsent v.b.Raxmonberdiyeva S.M.

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya

jarayoni samaradorligini oshirishni ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri

musiqa

ekanligi,

integratsiyalashgan

musiqa

mashg‘ulotlarida

fanlararo

aloqalardan maqsadli foydalanish bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda

ulkan imkoniyatlar yaratishi, integratsiyalashgan mashg‘ulotlarni rang-barang

san’at turlari vositasida bola ongida dunyoning go‘zal va betakror yaxlit obrazini

shakllantirish bilan belgilanishi haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: Texnologiya, ta’lim-tarbiya, metod, integratsiya, ijodiy,

san’at, ovoz, intonatsiya, musiqiy – ritmik harakatlar.

Аннотация: В статье говорится о том, что одним из важнейших

направлений обеспечения повышения эффективности учебно-воспитательного

процесса в дошкольных образовательных организациях является музыка,

целенаправленное использование междисциплинарных коммуникаций в

интегрированном музыкальном обучении создает огромные возможности в

развитии творческих способностей детей, что интегративное обучение

определяется формированием в сознании ребенка красивого и неповторимого

целостного образа мира посредством красочных видов искусства.

Ключевые слова: технология, воспитание, метод, интеграция,

творчество, искусство, голос, интонация, музыкально-ритмические

движения.

Annotation: The article will talk about the fact that one of the important

directions of ensuring an increase in the effectiveness of the educational process of


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

437

preschool educational organizations is music, the targeted use of interdisciplinary

communication in integrated music sessions creates tremendous opportunities in the

development of children's creative abilities, and the formation of a beautiful and

unique holistic image of the world.

Keywords: Technology, education, method, integration, creative, art,

sound, intonation, musical-rhythmic movements.

Shaxsga xos asosiy fazilatlar bolaning ilk yoshlaridan boshlab

shakllanishini inobatga olgan holda hozirgi zamon maktabgacha ta’lim tashkilotlari

ta’lim-tarbiya jarayoni ma’nan boy va har tomonlama barkamol shaxsni

shakllantirishga yo’naltirilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni izlab topish va

amaliyotga tatbiq qilish borasida to‘xtovsiz takomillashib borayotganligi bilan

harakterlanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini

oshirishni ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri globallashgan davr axborot

oqimlarini faol o‘zlashtirish sharoitda xilma-xil san’at turlari asosida bolalar ijodiy

qobiliyatlarini o‘stirishda integratsiyalashgan mashg‘ulotlarni o‘tkazish hisoblanadi.

Amaliyot bolalarga berilayotgan ma’lumotlar har doim ham sifatli qabul

qilinmayotganligini ko‘rsatmoqda va o‘z-o‘zidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari

ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan innovatsion metod va yondashuvlarni ishlab

chiqishni dolzarb muammo sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda. [4; 15-16b.]

Integratsiyalashgan musiqa mashg‘ulotlarida fanlararo aloqalardan maqsadli

foydalanish bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ulkan imkoniyatlar

yaratadi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, dunyo ta’lim-tarbiya amaliyotida

integratsiyalashgan mashg‘ulotlarda fanlararo aloqalardan maqsadli foydalanish juda

keng qo‘yilgan. [6; 142-145b.] Tabiiy tarzda har bir pedagog o‘z xususiy

metodikasini ishlab chiqish asnosida integratsiyalashgan mashg‘ulotlarga kichik

bo‘lsa ham qandaydir yangilik kiritishga harakat qiladi. Bolalarning ijodiy

qobiliyatlarini shakllantirish va o‘stirishda musiqa, tasviriy san’at, nutq o‘stirish,

teatrlashtirish, jismoniy tarbiya faoliyatlarini integratsiyalash qo‘l keladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

438

Integratsiya maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ijodiy qobiliyatlarini

o‘stirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim-tarbiyaning o‘ta muhim va istiqbolli

metodologik yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Integratsiyalashgan mashg‘ulotlarning

bosh maqsadi rang-barang san’at turlari vositasida bola ongida dunyoning go‘zal va

betakror yaxlit obrazini shakllantirish bilan belgilanadi. [8; 67-69b.] Ularni samarali

qo‘llash uchun quyidagi vositalardan maqsadli foydalanishni tashkil qila bilish talab

qilinadi.

· tasviriy san’at– rasm (shakl, hajm, proportsiya, poza, umumiy

kompozitsiyada turli predmetlar uyg‘unligi)

· nutq o‘stirish- ertak, she’r, hikoyalar, suhbat, topishmoqlar, maqollar,

hikmatlar,

· teatrlashtirish – dramalashtirishning ifodali vositalari:

· harakatlar, jestlar, imo-ishoralar, ovoz, intonatsiya, holatlar;

· jismoniy tarbiya-gimnastika, musiqiy – ritmik harakatlar, mashqlar

Turli

yosh

guruhlarida

tashkil

qilinadigan

integratsiyalashgan

mashg‘ulotlarda amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat turlari o‘sha guruhlardagi

bolalarning psixologik, yosh va fiziologik xususiyatlarini to‘la mos bo‘lishi inobatga

olinishi o‘ta muhim. [5;

489-494

b.] Masalan, kichik yoshidagi bolalar bilan

o‘tkazadigan integratsiyalashgan mashg‘ulotlarda quyidagi faoliyat turlaridan

kompleks tarzda qo‘llash mumkin:

· nutq o’stirish - ertak, she’r, qo’shiq;

· jismoniy tarbiya- musiqiy – ritmik harakatlar, mashqlar;

O‘rta yoshdagi MTT guruhlarida e’tirof etilayotgan talablar musiqa ham

teatrlashtirish hisobiga yanada boyitiladi:

· musiqa – ohang, ritm, uyg’unlik -garmoniya, dinamika, intonatsiya;

· teatrlashtirish - dramalashtirishning ifodali vositalari;

· harakatlar, jestlar, imo-ishoralar, ovoz, intonatsiya, holatlar;

Katta yoshdagi MTT guruhlarida o‘tkazadigan integratsiyalashgan

mashg‘ulotlarimda e’tirof etilayotgan talablar musiqa, tasviriy san’at, nutq o‘stirish,

jismoniy tarbiya hamda teatrlashtirish vositalaridan foydalaniladi. [3; 67-69

b.]


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

439

Integratsiyalashgan mashg‘ulotlarni katta guruhlarda amalga oshirishda turli

usullardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bu metod bolalarni o‘zbek xalq cholg‘ularida

ijro etishda individual tarzda talqin qilinadi. masalan, Moychechak gulining har bir

yaprog‘i bilan biror o‘zbek xalq cholg‘usi belgilanadi. Yaproqlardan birini tanlagan

bola belgilangan xalq cholg‘u nomi, uning o’ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot

berish bilan birga o‘sha cholg‘uda ijro mahoratini ham namoyish etishga, ya’ni uni

chalishga harakat qiladi.[2: 47-49b]

Tayyorlov guruhlarida sanab o‘tilgan faoliyatlarning barchasidan to‘laqonli

foydalaniladi, masalan, «Flomasterlar» metodiga murojaat qilamiz. MTT bolalari

musiqa eshitish asnosida qo‘llaridagi flamasterlari bilan doska yoki daftarlarida

musiqa xarakteriga mos tuyg‘ularini ranglar vositasida ifodalashga harakat qiladilar.

Bunda mayin va mahzun ohanglarni to‘lqinli chiziqlar, o‘ynoqi ritmlarni esa qisqa

yoki uzun to‘g‘ri chiziqlar bilan chizishadi, shuningdek, jamoaviy tarzda musiqa

harakteriga mos ertak aytishlari, qo‘shiq kuylashlari hamda turli jismoniy mashqlarni

bajarishlari mumkin bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki bolani har tomonlama musiqiy

madaniyatini

shakllantirishda,

uni

estetik

tarbiyalashda

integrallashgan

mashg‘ulotlarning o‘rni kattadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

Rauf Kadyrov. Music is pedagogical. T: Flow guide. "Music" published. 2018.

2.

Rachmonberdieva, S. (2023). THE IMPORTANCE OF METHODS OF

VOCAL PEDAGOGY IN THE EDUCATION OF THE VOICE OF STUDENTS IN

THE PERIOD OF MUTATION. In

Педагогика и психология в современном мире:

теоретические и практические исследования

(pp. 142-145).

3.

Raxmonberdiyeva, S. M. (2020). Oquvchilar estetik didini shakllantirishda

musiqa tinglash faoliyatining tutgan orni. Интернаука, (1-3), 67-69.

4.

Raxmonberdiyeva, S. M. (2021). Musiqa darslarida bolalarning musiqiy ijodiy

faoliyatini shakllantirishning samaradorligi. Интернаука, (19-6), 15-16.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

440

5.

Raxmonberdiyeva, S. (2022). MTT da bolalarni maqom asarlari tinglatishga

o‘rgatish va uni idrok qilish ko ‘nikmalarini rivojlantirish. Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences,

2

(7), 489-494.

6.

Karimova, D. (2023). Musiqa o'qitishning pedagogik tashxisi va metodlari.

Наука и технология в современном мире, 2(7), 47-49.

7.

Karimova, D. A. (2023). Musiqa o’qitish metodikasi: boshlang’ich sinflarda

musiqa tinglash faoliyati. Science and Education, 4(3), 389-394.

8.

Trigulova, A. K., & Kimsanov, O. (2021). Musical sense of hearing and

methods of its development in the process of piano performance.

Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(10), 1002-1004

9.

Trigulova, A. X. (2021). Formation Of The Cognitive Activity Of 5-Class

Secondary School Students With The Familiarity Of The Instruments Of The

Symphony Orchestra.

Экономика и социум

, (4-1 (83)), 428-431.

10.

Trigulova, A. (2024). THE SIGNIFICANCE OF BV ASAFYEV'S

INTONATION

THEORY

IN

THE

INSTRUMENTAL-PERFORMANCE

TRAINING OF A MUSIC TEACHER.

The American Journal of Social Science and

Education Innovations

,

6

(09), 192-195

11.

Trigulova, A. X. (2023). Musiqiy faoliyat vositasida talabalarning ma’naviy

dunyosini shakllantirish.

Science and Education

,

4

(5), 1208-1211.