Authors

  • S.Hamidullayeva
  • I.Yoqubov

Author Biographies

  • S.Hamidullayeva

    O‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi 3-kurs talabasi

  • I.Yoqubov

    Ilmiy rahbar: PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118601

Keywords:

alifbo islohoti yozuv tizimi arab yozuvi lotin alifbosi jadidlar harakati savodxonlik milliy uyg‘onish

Abstract

Ushbu maqolada XX asr boshlarida O‘zbekiston va Turkiyada amalga oshirilgan alifbo islohotlari tahlil qilinadi. Yozuv tizimini o‘zgartirishning sabablari, eski arab yozuvidan voz kechishning zarurati hamda bu jarayonning milliy uyg‘onish, savodxonlik va modernizatsiyaga ta’siri yoritiladi. Turkiyada 1928-yilda Atatürk boshchiligida lotin alifbosiga o‘tish islohotining ijtimoiy va madaniy oqibatlari, O‘zbekistonda esa jadidlar harakati va yozuv tizimidagi o‘zgarishlarning roli muhokama qilinadi. Ushbu islohotlarning milliy o‘zlikni anglash, ta’lim tizimi va madaniy taraqqiyotga ta’siri ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

393

XX ASR BOSHLARIDA O‘ZBEKISTON VA TURKIYADA ALIFBO

ISLOHOTI

O‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi 3-kurs talabasi

S.Hamidullayeva

Ilmiy rahbar: PhD.I.Yoqubov

Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr boshlarida O‘zbekiston va Turkiyada

amalga oshirilgan alifbo islohotlari tahlil qilinadi. Yozuv tizimini o‘zgartirishning

sabablari, eski arab yozuvidan voz kechishning zarurati hamda bu jarayonning milliy

uyg‘onish, savodxonlik va modernizatsiyaga ta’siri yoritiladi. Turkiyada 1928-yilda

Atatürk boshchiligida lotin alifbosiga o‘tish islohotining ijtimoiy va madaniy

oqibatlari, O‘zbekistonda esa jadidlar harakati va yozuv tizimidagi o‘zgarishlarning

roli muhokama qilinadi. Ushbu islohotlarning milliy o‘zlikni anglash, ta’lim tizimi va

madaniy taraqqiyotga ta’siri ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi.

Tayanch so‘zlar: alifbo islohoti, yozuv tizimi, arab yozuvi, lotin alifbosi,

jadidlar harakati, savodxonlik, milliy uyg‘onish

XX asr boshlarida Oʻzbekiston va Turkiyada alifbo islohoti juda dolzarb

mavzu hisoblangan. Bu jarayon, ikki mamlakatning tarixiy va ijtimoiy kontekstidan

kelib chiqqan holda, xalqni ma'rifatlantirish va milliy identitetni mustahkamlash

yo'lida muhim ahamiyatga ega edi. Alifbo islohoti, bir tomondan, til va madaniyatni

modernizatsiya qilishga, ikkinchi tomondan esa xalqni zamonaviy bilim bilan

ta'minlashga xizmat qildi. Bu jarayon, shuningdek, siyosiy va iqtisodiy o'zgarishlar

bilan ham uzviy bog'liq edi. Oʻzbekistonda 1928-yilda lotin yozuviga o'tish jarayoni

boshlandi, bu esa turk xalqlari bilan yaqinlashishga xizmat qildi. Turkiyada esa 1928-

yilda o'zgarish kiritilib, arab-lotin alifbosiga o'tildi, bu esa ilgari qoloq deb

hisoblangan qismni zamonaviylashtirdi. Oʻzbekiston va Turkiyadagi alifbo islohotlari

bir qator o'xshashliklarga ega bo'lsa-da, ularning sabablari va ta'siri turlicha bo'lgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

394

Oʻzbekistonda, asosan siyosiy motivlar, Turkiyada esa madaniy va ta'lim sohasidagi

o'zgarishlar muhim ahamiyatga ega edi.

XX asr boshlarida dunyoda milliy uyg‘onish harakatlari jadallashdi. Yevropa

va Osiyoda mustamlakachilikka qarshi harakatlar kuchayib, ko‘plab xalqlar o‘z

madaniyati va milliy o‘zligini anglashga intildilar. Ushbu jarayonda til va yozuv

masalalari muhim o‘rin tutdi. Yozuv tizimining soddalashtirilishi savodxonlikni

oshirishga, ta’lim tizimini isloh qilishga va ilm-fanning rivojlanishiga xizmat qilishi

mumkin edi. Shu sababli, o‘sha davrda ko‘plab davlatlar, jumladan, O‘zbekiston va

Turkiya ham alifbo masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi.

XX asr boshlarida O‘zbekiston va Turkiyada alifbo islohoti milliy uyg‘onish,

savodxonlik darajasini oshirish va modernizatsiya jarayonining ajralmas qismi

sifatida amalga oshirildi. O‘zbekistonda arab yozuvi uzoq yillar davomida ishlatilgan

bo‘lsa-da, uning murakkabligi va turkiy tillarga to‘liq mos kelmasligi sababli yozuv

tizimini soddalashtirish masalasi ko‘tarildi. Jadidlar harakati ushbu o‘zgarishning

asosiy targ‘ibotchilaridan bo‘lib, yangi alifbo orqali ta’limni rivojlantirish va

savodxonlikni oshirishga harakat qildilar. 1929-yilda O‘zbekistonda lotin alifbosi

rasmiy yozuv sifatida qabul qilindi, biroq keyinchalik 1940-yilda kirill alifbosiga

o‘tildi. Turkiyada esa Mustafo Kamol Atatürk boshchiligida 1928-yilda arab

yozuvidan lotin alifbosiga o‘tish islohoti amalga oshirildi. Bu qaror savodxonlik

darajasini keskin oshirish, zamonaviy ta’lim va ilm-fan rivojiga yo‘l ochish

maqsadida qabul qilindi. Yangi alifbo turk tilining fonetik xususiyatlariga

moslashgan bo‘lib, uni o‘rganish va qo‘llash osonlashdi. Natijada, Turkiya madaniy

jihatdan G‘arb bilan yaqinlashdi, ta’lim tizimi modernizatsiya qilindi va milliy

o‘zlikni anglash jarayoni jadallashdi. O‘zbekiston va Turkiyadagi alifbo islohotlari

milliy madaniyat, ta’lim va jamiyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Eski yozuv tizimlarining muammolari orasida ularning murakkabligi va

o‘qish-yozish jarayonini qiyinlashtirishi asosiy o‘rin tutardi. Masalan, arab yozuvi

O‘zbekistonda uzoq yillar davomida ishlatilgan bo‘lsa-da, uning turkiy tillarga

moslashmaganligi sababli, o‘rganish qiyinchilik tug‘dirgan. Unli tovushlarning to‘liq

ifodalanmasligi va chiziqli emasligi matnni tushunishda muayyan qiyinchiliklarni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

395

yuzaga keltirgan. Turkiyada ham arab yozuvi ishlatilgan bo‘lib, u turk tilining tovush

tizimiga to‘liq mos kelmagan. Bu esa savodxonlik darajasining past bo‘lishiga va

zamonaviy bilimlarning keng yoyilishiga to‘sqinlik qilgan. Shuning uchun yozuv

islohoti zaruratga aylandi.

1

Alifbo islohotining asosiy maqsadlaridan biri modernizatsiya jarayonini

jadallashtirish edi. Chunki yozuv nafaqat savodxonlik, balki ilm-fan, texnologiya va

madaniyat rivojida ham katta ahamiyat kasb etadi. O‘z milliy yozuv tizimining

takomillashtirilishi xalqning o‘zligini anglash jarayonida ham muhim vosita bo‘lib

xizmat qilgan. O‘zbekiston va Turkiyada alifbo o‘zgarishlari milliy tilni rivojlantirish,

uni ilmiy va texnik sohalarda yanada kengroq qo‘llash imkoniyatlarini yaratish

maqsadida amalga oshirildi. Shu bilan birga, bu islohotlar madaniy integratsiya

jarayonlariga ham ta’sir ko‘rsatdi, chunki lotin alifbosiga o‘tish Yevropa ta’lim tizimi

va ilm-fan bilan yaqinlashishni ham anglatardi. Alifbo islohoti milliy madaniyat va

o‘zlikni anglash bilan chambarchas bog‘liq edi. Eski yozuv tizimlari muayyan tarixiy

va diniy merosni aks ettirgan bo‘lsa-da, ular yangi davr talablariga to‘liq mos

kelavermas edi. O‘zbek va turk ziyolilari ushbu masalada faollik ko‘rsatib, til va

yozuvning rivojlanishini yangi davr talablariga moslashtirishga harakat qildilar.

O‘zbekistonda jadidlar harakati, Turkiyada esa Atatürk islohotlari natijasida alifbo

islohoti amalga oshirilib, bu o‘z navbatida ilmiy va madaniy rivojlanishning yangi

bosqichiga yo‘l ochdi.

2

XX asr boshlarida Oʻzbekistonda alifbo islohoti jarayoni Jadidlar harakati

bilan tahdidlandi. Jadidlar, yangi fikrlar va ta'lim usullarini targ‘ib qilgan intilishlar,

Oʻzbekistonning milliy o‘zligini anglashida muhim rol o'ynadi. Ular an'anaviy arab

yozuvidan voz kechib, xalqni yangicha bilim va madaniyat bilan ta'minlash yo‘lida

lotin alifbosini joriy qilishni taklif etdilar. Bu harakat, bir tomondan, ta'limni

osonlashtirish maqsadida, ikkinchi tomondan esa xalqni modernizatsiya qilish uchun

zarur ahamiyatga ega edi. 1929-yilda Oʻzbekistonda yangi lotin alifbosiga rasmiy

1

Djumayeva S.K., Botirova S.I. O‘zbek adabiyoti tarixi. 2021. 5 b.

2

Mirvaliyev S, Shokirova R. O’zbek Adiblari. Toshkent: Fan, 1993. 70 b.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

396

ravishda o'tish amalga oshirildi. Bu o'zgarish, mamlakatni boshqa turk xalqlari bilan

ahil qiladi hamda zamonaviy bilim va tafakkurga o‘tish yo‘lida muhim qadam bo'ldi.

3

Biroq, 1930-yillarda Sovetlar Ittifoqining ta'siri kuchaygan davrda,

Oʻzbekiston alifbosining o'zgarishi yana bir bor ro'y berdi. 1940-yilda, ideologik

sabablarga ko'ra, kirill alifbosiga o'tishga qaror qilindi. Bu tartib, xalqni ruslashuv

jarayonida yanada chuqurroq integratsiya qilish maqsadida amalga oshirildi. Oʻzbek

tilida yozuvning kirill alifbosiga o‘tishi, bir tomondan, ta'lim va madaniyotni

rossiyaliklar orasida mustahkamlashga xizmat qildi, ikkinchi tomondan esa milliy

muammolarni asossiz ravishda qiyinlashtirdi. Shuningdek, sovet davrining ideologik

va siyosiy muammolari, xalqning o‘zligini anglashta ko'p to'siqlar yaratdi va bu

jarayonda kirill alifbosi o‘zining qattiq tutib bergan xarakteri bilan esga olinadi.

Mustaqillikdan so‘ng, 1991-yilda Oʻzbekiston o‘zining tarixiy va madaniy merosini

tiklash yo‘lida yangi qadam qo‘ydi. 1993-yilda lotin alifbosiga qaytish jarayoni

boshlandi. Ushbu jarayon, xalqni milliy xususiyatlarini saqlash va yangi zamonaviy

bilimlarni olishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qildi. Davlat rahbariyatining

qarorlari bilan yangi yozuv tizimining joriy qilinishi, Oʻzbekistonda ta'lim va

madaniyatni rivojlantirishga, xalqaro munosabatlarni kuchaytirishga, xususan,

boshqa turk soʻzlashuvchilar bilan yanada yaqinlashishga keng imkoniyatlar ochdi.

Bunga javoban, 2021-yilda O‘zbekistonda lotin alifbosining to‘liq amal qilishi yo'lida

davom etishni belgilovchi dasturlar ishlab chiqildi. Alifbo islohoti, Oʻzbekistonning

ma'rifat, taraqqiyot va milliy o‘zlik yo‘lida muhim qadam bo'lib qoldi.

4

Usmonli imperiyasida asrlar davomida arab yozuvi ishlatilgan bo‘lib, u turk

tilining fonetik xususiyatlariga to‘liq mos kelmagan. Arab yozuvi asosan unli

tovushlarni to‘liq ifodalamasligi, chiziqli bo‘lmagan shaklda o‘qilishi va harflarning

turli pozitsiyalarda o‘zgarib ketishi tufayli o‘rganish jarayoni murakkab kechgan.

Savodxonlik darajasi past bo‘lib, keng xalq ommasi uchun o‘qish va yozish qiyin

kechgan. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida imperiyada modernizatsiya

harakatlari kuchaygan sari arab yozuvining o‘rniga soddaroq va o‘rganish oson

3

Adizova N.B., Jumayev R,X., Qo‘ldoshev R.A., Ismatov S.R., Ona tili o ‘qitish metodikasi. Buxoro: Durdona. 2021,

292-bet

4

Mirvaliyev S, Shokirova R. O’zbek Adiblari. Toshkent: Fan. 1993, 58 b.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

397

bo‘lgan alifbo joriy etish masalasi ko‘tarila boshladi. Yevropaga intilish va ilm-fan

taraqqiyotidan ortda qolmaslik uchun yozuv islohoti muhim zarurat sifatida ko‘rildi.

5

Mustaqil Turkiya davlati tashkil topgach, mamlakatni zamonaviylashtirish va

modernizatsiya qilish yo‘lida radikal islohotlar amalga oshirildi. 1928-yilda Mustafo

Kamol Atatürk boshchiligida arab yozuvidan lotin alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qaror

qabul qilindi. Bu islohotning asosiy maqsadi savodxonlikni oshirish, turk tilining

yozma tizimini soddalashtirish va ilm-fan rivojini tezlashtirish edi. Lotin alifbosiga

o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshirilib, yangi harflar turk tilining fonetik

tuzilishiga mos ravishda shakllantirildi. Davlat bu o‘zgarishni ommalashtirish uchun

keng ko‘lamli ta’lim dasturlarini joriy etdi, maxsus kurslar tashkil qilindi va matbuot

lotin alifbosiga o‘tkazildi. Atatürk bu jarayonni shaxsan nazorat qilib, xalq orasida

yangi yozuvni ommalashtirish uchun safarbarlik e’lon qildi.

6

Alifbo islohoti natijasida savodxonlik darajasi keskin oshdi va yangi yozuv

tizimi qisqa muddat ichida keng qabul qilindi. Lotin alifbosiga o‘tish nafaqat ta’lim

tizimiga, balki turk jamiyatining madaniy va intellektual rivojiga ham sezilarli ta’sir

ko‘rsatdi. Yangi yozuv tizimi orqali Turkiya ilmiy va texnologik taraqqiyot yo‘lida

katta qadam tashladi. Arab yozuvidan voz kechish bilan eski diniy va siyosiy

tuzumdan ajralish ramziy ma’noga ham ega bo‘ldi, bu esa yangi zamonaviy milliy

davlatning shakllanishiga xizmat qildi. Turkiyaning Yevropa bilan ilmiy va madaniy

integratsiyasi kuchaydi, matbuot va ta’lim tizimi soddalashtirildi, bu esa xalqning

bilim va ma’rifatga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirdi.

7

O‘zbekiston va Turkiyada alifbo islohoti jarayonlari o‘xshashliklar va farqlar

bilan ajralib turadi. Siyosiy omillar bu jarayonlarning belgilovchi jihatlaridir.

O‘zbekiston alifbo islohoti Sovet Ittifoqi ta’siri ostida amalga oshirildi. 1920-

yillarning oxirlaridan 1940-yilgacha bo‘lgan davrda, Soviet rahbariyati lotin

alifbosini joriy qilish orqali tili turkib tandini o‘zgartirishni maqsad qildi. Bu, nafaqat

5

Arslan M. Tarihi süreçte Türkçenin yabancı dil olarak öğretimi-öğrenimi çalışmaları. Kahramanmaraş Sütçü İmam

Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi. 2012, 167-188 s.

6

Gündoğdu A. Türk dil birliğinin sonbaharı 1926-1941 Latin alfabesi dönemi. Ankara Üniversitesi Dil ve Tarih-

Coğrafya Fakültesi Dergisi. 2014, 1-8 s.

7

Sardoğan S.C. Aman Muhtar’ın “Ayållär Mämläkäti Ve Sältänäti” adlı eserindeki hikâyeler üzerine dil ve üslup

incelemesi (Master's thesis, Pamukkale Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

398

savodxonlikni oshirish, balki mahalliy aholi orasida ruslashuv jarayonini

kuchaytirishda ham muhim ahamiyatga ega edi. Boshqa tomondan, Mustafa Kamol

Atatürk Turkiyadagi alifbo islohoti orqali ateist va zamonaviy dunyoqarashni

shakllantirishga intildi. Atatürk zamonaviy, g‘arbiy ideallarga tayangan holda, arab

yozuvidan lotin yozuviga o‘tishni yangilik va o‘zgarishlar timsoli sifatida ko‘rdi, bu

esa millatning savodxonligini oshirishi kerak edi.

Jamiyatning munosabati va qabul qilish jarayoni ham o‘xshashlik va farqlar

bilan to‘la edi. O‘zbekistonda alifbo islohotiga qarshi noroziliklar bo‘lgan, chunki

ko‘plab aholining an’anaviy yozuv tizimiga bo‘lgan sodiqligi buni qiyinlashtirib

yuborgan edi. Ayniqsa, o‘rta va qari avlod vakillari yangi alifboga o‘tishga tayyor

emasdi. Shu bilan birga, yangi avlod uchun yangi alifbo ta'lim jarayonini

osonlashtirish va madaniyatni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilgandi. Turkiyada

esa alifbo islohoti keng qo‘llab-quvvatlandi, chunki bu jarayon tug‘ulish, taraqqiyot

va Yevropa bilan integratsiyaning ramzi bo‘lib qoldi. Atatürk, alifbo islohoti orqali,

mahalliy aholini yangilash va jamiyatni yangi davrga tayyorlashga harakat qildi.

8

Islohot natijalari ham har ikki mamlakatda turlicha bo‘ldi. O‘zbekistonda

alifbo islohoti natijasida savodxonlik darajasi ko‘tarilgan bo‘lsa-da, Sovet davrida

bosim va cheklovlar tufayli ba’zi muammolar mavjud bo‘lib qoldi. Biroq, 1990-

yillardan so‘ng, mustaqillik natijasida ta'lim va madaniy rivojlanish yo‘nalishlari

yangi g‘oyalar bilan boyitildi. Turkiyada esa alifbo islohoti natijasida savodxonlik

darajasi jiddiy o‘sdi va mamlakat madaniyati yangilandi. Yozuv tizimini yangilash

ijtimoiy rivojlanishga va bilimni oshirishga xizmat qildi. Har ikki mamlakatda alifbo

islohoti jamiyatning o‘zligini anglashda muhim rol o‘ynadi, ammo sifat va samarasi

turlicha bo‘lib qoldi. O‘zbekistonda yozuv tizimining o‘zgarishi tajribasini hisobga

olgan holda, Turkiya donishmandligi va modernizatsiyasining yangi bosqichini

belgilab berdi.

9

Oʻzbekiston va Turkiya alifbo islohotlari tarixiy saboqlari, xalqlarning

identitetini mustahkamlash va madaniy merosni saqlashda muhim ahamiyatga ega.

8

Yüce M. Orta Asya Türk Cumhuriyetleri ve Türkiye İle İlişkiler. Baskı, İstanbul: Siyaset, Ekonomi ve Toplum

Araştırmaları Vakfı Yayınları. 2022. 40 s.

9

Баскаков НА. Алтайская семья языков и ее изучение. М. “Наука”, 1981 Sep 30.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

399

Bu jarayonlar til va yozuv tizimini yangilash orqali xalqni ma'rifatlantirishga xizmat

qildi. Zamonaviy davrda yozuv tizimi, milliy o‘zlikni shakllantirishda asosiy vosita

bo'lib, xalqning qalbida o'zligini anglashga yordam beradi. Kelajakda alifbo islohoti

va til rivojlanishi istiqbollari, globalizatsiya jarayonlari va texnologik yangiliklar

bilan bog'liq holda davom etadi. Milliy yozuv tizimlarini saqlash va rivojlantirish,

xalqning ma'naviy va madaniy qadriyatlarini avaylash, zamonaviy olishmalarda

muhim ahamiyatga ega bo'lishi kerak. Bu orqali til va madaniyatni yanada boyitishga

erishish mumkin. XX asr boshlarida O‘zbekiston va Turkiyada amalga oshirilgan

alifbo islohoti til, madaniyat va milliy o‘zlikni anglash jarayonining muhim qismi

bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlarning ortida jamiyatni modernizatsiya qilish, savodxonlikni

oshirish va xalqning ilm-fanga erkin kirish imkoniyatini ta’minlash maqsadi yotardi.

Bu islohotlar nafaqat yozuv tizimining texnik jihatdan soddalashtirilishi, balki milliy

taraqqiyot va madaniy mustaqillikning muhim elementi sifatida ham e’tirof etilishi

lozim.

O‘zbekiston misolida:

O‘zbekistonda arab yozuvining murakkabligi sababli

ta’lim jarayonida ko‘plab muammolar yuzaga kelgan. Jadidlar harakati bu

muammolarni hal qilish uchun lotin alifbosiga o‘tishni ilgari surdi. 1929-yilda qabul

qilingan lotin alifbosi yozuvni ancha soddalashtirdi va savodxonlik darajasining

oshishiga xizmat qildi. Ammo 1940-yilda Sovet Ittifoqi ta’siri bilan o‘zbek tili uchun

kirill yozuvi joriy qilindi. Bu o‘zgarish milliy mustaqillikni cheklash va sovet

mafkurasini mustahkamlash vositasi bo‘ldi. O‘zbekiston 1993-yilda yana lotin

yozuviga qaytishga qaror qildi, bu esa milliy madaniyat va o‘zlikni anglash yo‘lida

muhim qadam bo‘ldi.

Turkiya misolida:

1928-yilda Atatürk boshchiligida arab yozuvidan lotin

alifbosiga o‘tish islohoti amalga oshirildi. Yangi yozuv tizimi turk tilining fonetik

tuzilishiga moslashgan bo‘lib, uni o‘rganish va qo‘llashni osonlashtirdi. Shu sababli,

islohot savodxonlikning tez oshishiga olib keldi. Masalan, 1927-yilda Turkiyada

savodxonlik darajasi atigi 10% bo‘lsa, 1935-yilga kelib bu ko‘rsatkich 30% ga yetdi.

10

10

Мальцев Д. Исторические мифы стран Средней Азии. Россия и мусульманский мир. 2017(2 (296)), 48-80 с.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–1_ Март –2025

400

Islohot Turkiyaning G‘arb bilan madaniy va ilmiy integratsiyasini tezlashtirdi, biroq

eski yozuv asosidagi diniy va tarixiy matnlarni tushunish qiyinlashdi. Tahliliy jihatlar:

Milliy uyg‘onish va mustaqillik:

O‘zbekistonda alifbo islohoti jadidlar

harakati bilan bog‘liq bo‘lib, milliy o‘zlikni shakllantirish jarayonining bir qismi edi.

Turkiyada esa bu islohot eski Usmonli tuzumidan uzilish va modernizatsiya

maqsadida amalga oshirildi.

1.

Savodxonlik darajasi:

Har ikkala mamlakatda islohot savodxonlikning

oshishiga katta hissa qo‘shdi. Turkiyada lotin yozuviga o‘tish bilan savodxonlik

darajasi tez o‘sdi, O‘zbekistonda esa yozuv tizimining bir necha bor almashtirilishi

bu jarayonga salbiy ta’sir qildi.

2.

Siyosiy va madaniy ta’sir:

O‘zbekistonda alifbo o‘zgarishlari

mustamlakachilik va mafkuraviy nazorat vositasi bo‘lgan bo‘lsa, Turkiyada bu

mustaqil millat qurish yo‘lida tashlangan qadam sifatida talqin qilindi.

Shunday qilib, O‘zbekiston va Turkiyadagi alifbo islohotlari o‘zining ijobiy

va salbiy tomonlariga ega bo‘lsa-da, ularning umumiy xususiyati milliy o‘zlikni

anglash va modernizatsiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Gömeç SY, Fidan AG. Özbek tarihi ve kültürüne genel bir bakiş. Genel Türk

Tarihi Araştırmaları Dergisi. 2022, 4(8): 749-76 s.

2.

Gündoğdu A. Türk dil birliğinin sonbaharı 1926-1941 Latin alfabesi dönemi.

Ankara Üniversitesi Dil ve Tarih-Coğrafya Fakültesi Dergisi. 2014. 1-8 s.

3.

Mirvaliyev S, Shokirova R. O’zbek Adiblari. Toshkent:“Fan. 1993.

4.

Yoqubov, I. (2025). O ‘ZBEK VA TURK TILLARIDAGI GAP

BO’LAKLARINING QIYOSIY TAVSIFI.

FARS International Journal of

Education, Social Science & Humanities.

,

13

(2), 9-14.

5.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=

3bpt6QUAAAAJ&citation_for_view=3bpt6QUAAAAJ:vbGhcppDl1QC

6.

Мальцев Д. Исторические мифы стран Средней Азии. Россия и

мусульманский мир. 2017(2 (296)):48-80 с.